Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-bob. Ayolning ro‘za tutmoqqa xohish bildirib eridan ruxsat olgachgina ro‘za tutmog‘i haqida
- 85-bob. Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa... (ya’ni, boshqa-boshqa joy solib yoqa...)
- 86-bob. Ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermaydi
- 88-bob. Bir yostiqqa bosh qo‘ygan erga ko‘rnamaklik qilmoqlik xususida
- 89-bob. Xotiningning senda haqi bor!
- 90-bob. Ayol erining uyiga homiydur!
- 91-bob. Olloh taolo: «Erlar xotinlarga hokimdurlar, bu shuning uchunki Olloh taolo ba’zilarin ba’zilaridan ortiq qilgandur» («Olloq taolo buyuk va ulug‘
- 92-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan arazlaganlarida ularning uylaridan o‘zga joyda (boloxonada) yotib yurdilar
- 93-bob. Xotinlarni qanday urmaslik kerak Olloh taolo: «Ularni jonlari og‘rimaydirgan qilib uringizlar!» — deydi
- 94-bob. Ayol gunohovar ish xususida eriga itoat qilmasin!
- 95-bob. Agar ayol erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki qo‘yib yuborishidan cho‘chisa...
- 96-bob Maniyni tashqariga to‘kish haqida
- 97-bob Safarga chiqmoqchi bo‘lganda xotinlari o‘rtasida qur’a tashlamoq haqida
- 98-bob Ayolning eri huzuriga kiradirgan kunini kundoshiga tuhfa qilishi xususida. Er xotinlari huzurig‘a kiradirgan kunlarini qanday taqsimlaydi
- 99-bob. Xotinlarni barobar ko‘rmoq haqida
- 100-bob. Juvon ustiga bokira qizga uylansa...
- 102-bob. Birvarakayiga hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqqan kishi xususida
- 103-bob. Kishining o‘z xotinlari huzuriga kunduzi kirib chiqishi haqida
- 104-bob. Kishi xotinlaridan ulardan birining uyida davolanib yotmoqqa ijozat so‘raganda unga ijozat berilgani xususida
- 105-bob. Kishining ba’zi xotinlarini ba’zisidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rmog’i haqida
- 106-bob. Uzida yo‘q narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatishning hamda kundoshning o‘zini birovlarga eri oldida e’tibori bordek qilib ko‘rsatishining makruhligi haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi 288 ustun erkan. Natijada, bizning ayollarimiz ularning ayollaridan «ta’lim» ola boshlashdi. Bir kuni xotinimga baqirib erdim, u ham menga baqirib javob qildi. Men: «Gap qaytarma!» — dedim. Xotinim: «Mening og‘zimga urmangiz, xudo haqi, Janob Rasulullohning xotinlari ham ul zotga gap qaytarishadi, Ul zot bugun kechgacha ularning biridan arazladilar»,— dedi. Bundan men qattiq xavotirga tushdim-da, xotinimga: «Ulardan qaysi biri shu ishni qilgan bo‘lsa, albatta badnom bo‘ladi!» — dedim. Keyin, kiyinib qizim Hafsaning huzuriga yo‘l oldim, yetib borgach, ichkariga kirdim-da, unga: «Ey Hafsa, bugun Janob Rasululloh birortangiz birlan kechgacha gaplashmayman, dedilarmi?» — dedim. Qizim: «Ha», — dedi. Men: «Ishonchimni oqlamading, baxtingni boy berding! Olloh taolo Janob Rasulullohning g‘azablari tufayli darg‘azab bo‘lsa, omon qolasizlarmi? Halok bo‘lasan! Janob Rasululloh birlan zinhor aytishma, ul zotga zarracha gap qaytarma, arazlama, nimaiki miyangga kelsa, mendan so‘ra, qo‘shningning yolg‘on- yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim. O’sha paytlarda biz: «G’asson podshohi bizga qarshi urush qilmoq taraddudida otlarini taqalamoqda» — deb xavotirlanib gapirib yurar erdik. Bir kuni ansoriy do‘stim o‘z navbati bo‘yicha Janob Rasulullohning huzurlariga borib, kechki payt qaytib keldi-da, eshigimni qattiq taqillatdi. Shunda, «Biror gunoh qilib qo‘yiptimikan?» deb qo‘rqib, darhol oldiga chiqdim. U menga: «Bugun bir ulkan voqea sodir bo‘ldi!» — dedi. Men: «Nima gap o‘zi, G’asson podshohi bostirib keldimi?» — dedim. U: «Yo‘q, aslo, bundan ham badtar va dahshatliroq, Janob Rasululloh xotinlarini taloq qilibdilar!»—dedi. Men: «Hafsa ishonchimni oqlamadi, baxtini boy berdi. Shunday bo‘lmasaydi, deb xayolimdan o‘tkazgan erdim-a!» — dedim-da, kiyinib olib Janob Rasululloh birlan birga bomdod namozini o‘qidim. Keyin, Janob Rasululloh boloxonalariga kirib, unda yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Men Hafsaning huzuriga kirsam, yig‘lab o‘ltiribdi, unga: «Seni yig‘latayotgan narsadan ehtiyot bo‘lmog‘ingni aytmaganmidim?! Mana, endi nima bo‘ldi?! Janob Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. U: «Bilmayman, ul zot hov anavi boloxonada yolg‘iz o‘zlari o‘ltiribdilar»,—dedi. Men tashqariga chiqib, minbar oldiga bordim, qarasam bir to‘da odamlar uning atrofida o‘ltirishibdi, ba’zisi yig‘layapti, men ham ular birlan biroz o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar meni mag‘lub qildi-da, Janob Rasululloh o‘ltirgan boloxona oldiga bordim. Qora xizmatkorlariga: «Umarga ichkariga kirmoqqa ijozat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. Xizmatkor ichkariga kirib, Janob Rasululloh birlan so‘zlashib qaytib chiqdi-da: «Janob Rasulullohga sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, boyagi minbar atrofida o‘ltirgan odamlar yoniga borib o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da, unga: «Umarga izn berasizmi, deb so‘rab chiq!»— dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, yana boyagi minbar atrofidagi odamlar oldiga borib o‘ltirdim. So‘ng, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da: «Umarga ruxsat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Endigina ortimga qaytib ketayotgan erdim, nogahon xizmatkor meni chaqirib: «Ul zot sizga ijozat berdilar»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga kirsam, ul zot bo‘yra ustida yotibdilar, bo‘yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlariga ichiga pohol tiqilgan teridan qilingan yostiq qo‘yib olibdilar. Men ul zotga salom berdim-da, tik turganimcha: «Yo Rasulalloh, xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Ul zot menga qarab: «Io‘q»,— dedilar. Men: «Ollohu akbar!» — dedim, so‘ng o‘sha tik turgan holimda: «Yo Rasulalloh, agar mening gaplarimga quloq osmog‘ingizni lozim topsangiz, tinglangiz! Sizga ma’lumki, biz Quraysh jamoasi xotinlarimizdan ustun turar erdik, Madinaga kelsak, bul Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 289 yerdagi qavm ayollari erkaklaridan ustun erkan»,— dedim. Janob Rasululloh bu gapimni eshitib tabassum qildilar. Keyin, men yana davom etib: «Yo Rasulalloh, agar bilsangiz, men Hafsaning huzuriga kirib, unga: «Qo‘shningning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — deb aytdim»,— dedim. Shunda ul zot yana bir tabassum qilib ko‘ydilar. Men tabassum qilganlaridan foydalanib, o‘ltirib oldim-da, uylariga ko‘z yugurtirdim. Olloh taolo haqi, uylarida uchta oshlanmagan teridan bo‘lak biror ko‘zga ilinadirgan narsa ko‘rmadim! Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilib, duo qilingiz, ummatingizga ne’matlarini bisyor qilsin! Olloh taolo Fors va Rum ahliga ne’matlarini bisyor qilgan, ularga mol-dunyo bergan, ular ersalar unga ibodat qilmaydilar»,— dedim. Janob Rasululloh yonboshlab yotgan erdilar, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar-da: «Yo Ibn al- Xattob, rost aytding! Darhaqikat, bu qavmlar barcha ne’matlarni mana shu dunyoda olmoqqa oshiqdilar»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, mening uchun Olloh taolodan mag‘firat tilangiz!» — dedim. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari haqlarida Hafsa Oishaga gap tarqatganda xotinlaridan yigirma to‘qqiz kun arazlagan erdilar. Janob Rasululloh Olloh taolo o‘zlariga tanbih berganda xotinlaridan qattiq xafa bo‘lganlaridan: «Men ular huzuriga bir oy kirmayman!» — deb aytgan erdilar. Yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, Janob Rasululloh Oishaning hujrasiga kirib, u birlan so‘zlasha boshladilar. Shunda Oisha: «Yo Rasulalloh, siz bizning huzurimizga bir oy kirmayman, deb ont ichgan erdingiz, vaholanki mening hisobimga ko‘ra, yigirma to‘qqiz kun o‘tkazib kirdingiz!»—dedi. Janob Rasululloh: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur», dedilar. Darhaqiqat, o‘sha oy yigirma to‘qqiz kun erdi. Oisha: «Keyin, Olloh taolo tanlash ixtiyori berilganligi haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh ayollaridan eng birinchi bo‘lib men birlan, so‘ng boshqa ayollari birlan gaplasha boshladilar»,— deydilar. Ul zotning boshqa ayollari ham, Oisha kabi: «Bir oy kirmayman deb, yigirma to‘qqiz kunda kirdingiz-ku?!» — deyishdi». 84-bob. Ayolning ro‘za tutmoqqa xohish bildirib eridan ruxsat olgachgina ro‘za tutmog‘i haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayol erining iznisiz ro‘za tutmaydi!» — dedilar». 85-bob. Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa... (ya’ni, boshqa-boshqa joy solib yoqa...) Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar er xotinini o‘z to‘shagiga chorlasa~yu, u bosh tortib kelmasa, maloikalar uni tongga qadar la’natlab chiqadilar!»—dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolgiz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytguniga qadar la’natlaydilar!» — dedilar». 86-bob. Ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermaydi Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayolning erining iznisiz ro‘za tutmogi halol ermas hamda ayol Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 290 erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmogiga izn bermasin va erining buyrugisiz biror narsani sarf qilmasin, chunki o‘sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidur!»—dedilar». 87-bob. Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatning darvozasi ostonasiga kelib turdim, u yerga (birinchi bo‘lib) kirayotgan omma miskinlar bo‘lib, boylar ersa to‘xtatib qo‘yilgan erdi. Ammo, do‘zax ahlini do‘zaxga haydamoqqa allaqachonlar amr qilingan bo‘lib, men uning ham darvozasi ostonasiga kelib turdim, ul yerga kirgan omma ayollar erdi»,— dedilar». 88-bob. Bir yostiqqa bosh qo‘ygan erga ko‘rnamaklik qilmoqlik xususida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida quyosh tutildi. Janob Rasululloh namoz o‘qidilar, odamlar ham birgalashib namoz o‘qishdi. Shunda «Surai Baqara» qiroatiga ketganchalik vaqt qiyomda uzoq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagidan ko‘ra kamroq vaqt sarfladilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgi ruku’dagidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostladilar, so‘ng sajda qildilar, keyin qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagiga nisbatan kamroq turdilar, so‘ng uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng turdilar, so‘ng sajda qildilar, keyin namozxonlarga o‘girildilar. Shu vaqtda quyosh tutilib bo‘lib, charaqlab turgan erdi. Janob Rasululloh odamlarga qarata bunday dedilar: «Quyosh birlan oy Olloh taoloning mo‘‘jizalaridan ikki mo‘‘jizadur. Ular biror kishining o‘limi yoki hayotligi tufayli tutilmaydilar, agar ularning tutilganini ko‘rsangizlar, darxol Olloh taoloni zikr qilingizlar!». Odamlar: «Yo Rasulalloh! Namoz chog‘ida sizning ana shu turgan yeringizda bir narsani olganingizni ko‘rdik, keyin orqaga tisarildingiz»,— deyishdi. Ul zot: «Men jannatni ko‘rdim.(yoki menga jannat ko‘rsatildi). Undan bir shingilni uzib olmoqchi bo‘ldim, agar ololganimda erdi, dunyo turguncha undan yer edingizlar. Keyin, do‘zaxni ko‘rdim, bugungidek (dahshatli) manzarani ko‘rmaganman! Qarasam, uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, nechun bunday?» — deyishdi. Ul zot: «Ko‘rnamaklik qilganlari uchun»,— dedilar. Odamlar: «Olloh taologa ko‘rnamaklik qilganlari uchunmi?» — deyishdi. Ul zot: «Erlariga va ularning qilgan yaxshiliklariga ko‘rnamaklik qilganlar. Agar ayollardan birortasiga umr bo‘yi yaxshilik qilsang-u, keyin sendan zarracha xatolik o‘tganini ko‘rsa, «Sendan sira yaxshilik ko‘rmadim!» deb aytgay»,— dedilar». Imron bunday deydshar: «Janob Rasululloh: «Jannat namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli kambag‘allar erkan, so‘ng do‘zax namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar». 89-bob. Xotiningning senda haqi bor! Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abdulloh! Sen kunduzi ro‘za tutib, kechasi birlan ibodat qilib chiqar ermishsan»,— Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 291 dedilar. Men: «Ha, yo Rasulalloh!»—dedim. Ul zot: «Bunday qilma! Ro‘za ham tut, og‘iz ham och, tunda ibodat ham qil, uxlagil ham, chunki jasadingning ham, ko‘zingning ham, xotiningning ham senda haqi bordur!» — dedilar». 90-bob. Ayol erining uyiga homiydur! Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar, amir ham homiydur va er o‘zining xonadon a’zolariga homiydur, xotin ersa erining uyi va uning bolalariga homiydur. Demak, barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar!» — dedilar». 91-bob. Olloh taolo: «Erlar xotinlarga hokimdurlar, bu shuning uchunki Olloh taolo ba’zilarin ba’zilaridan ortiq qilgandur» («Olloq taolo buyuk va ulug‘ zotdur» degan qavligacha),— deydi Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichib, boloxonalarida yolg‘iz o‘zlari yashadilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun deganda tushdilar, Shunda xotinlari: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!»—deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur»,—dedilar». 92-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan arazlaganlarida ularning uylaridan o‘zga joyda (boloxonada) yotib yurdilar Muoviya ibn Hayda: «Erkak xotinlaridan arazlaganda faqat ularning uylarida yotib yuradi» — deb aytgan erkanlar, ammo yuqoridagi fikr to‘g‘riroqdur. Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarining huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, kirdilar. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi»,— dedilar». Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Bir kuni ertalab turib Janob Rasulullohning xotinlari yig‘lashayotganini va ularning har biri oldida o‘z qarindoshlari to‘planib turganini ko‘rdim. Keyin, men masjidga chiqdim, qarasam u yerda odam liq to‘la. Hazrat Umar Janob Rasulullohning boloxonalari ostonasiga borib salom berdilar, ichkaridan hech kim alik olmadi, keyin yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi, yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi. Keyin, (endi qaytib ketaman, deb turganlarida) ichkaridan Janob Rasululloh chaqirib qoldilar, Hazrat Umar ichkariga kirdilar-da: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?»—dedilar. Ul zot: «Io‘q, lekin ularning huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdim»,— dedilar. Janob Rasululloh yigirma to‘qqiz kun turib, so‘ng xotinlari huzuriga kirdilar». 93-bob. Xotinlarni qanday urmaslik kerak? Olloh taolo: «Ularni jonlari og‘rimaydirgan qilib uringizlar!» — deydi Abdulloh ibn Zam’a rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 292 «Birortangiz qulni savalagandek xotiningizni savalamangiz! Keyin, ertasiga u birlan yana yaqinlik qilasiz»,— dedilar». 94-bob. Ayol gunohovar ish xususida eriga itoat qilmasin! Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol qizini erga berdi. Keyin u, qizining sochi to‘kilib ketgach, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, shul haqda «Kuyovim qizimga ulamasoch (yasamasoch) taqib qo‘ymog‘imni buyurdi»,— dedi Ul zot «Bu mumkin ermas, chunki ulamasoch (yasamasoch taqmoqlik) la’natlangandur!» — dedilar» 95-bob. Agar ayol erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki qo‘yib yuborishidan cho‘chisa... Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki quyib yuborishidan cho‘chiydirgan ayol shunday ayolki odatda eri undan ko‘ngli to‘lmay, uni taloq qilib boshqa xotin olgisi keladi. Shunda o‘sha ayol eriga: «Meni nikohingizda olib qolingiz va meni taloq qilmangiz-da, ustimga boshqa xotin olaveringiz, siz menga nafaqa va mahrni biroz kamroq bersangiz ham mayli!» — deydi. Olloh taolo bu xususda «Va agar bir xotin uz erining ko‘ngilsiz bo‘lishidan yoki yuz o‘girishidan qurqsa-yu, o‘zaro kelishib sulh qilishsa, bu har ikkisiga ham gunoh ermas, sulh yaxshidur!»—deydi» 96-bob Maniyni tashqariga to‘kish haqida Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh zamonlarida (bola bo‘lib qolmasin, deb) maniyni tashqariga to‘kar erdik»,— deydilar Ato Jobirdan naql qiladilar: «Biz maniyni tashqariga to‘kar erdik, keyin bu xususda oyat nozil bo‘ldi» Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «G’azotda asir olingan aeyollarni jimo’ qilayotib, (xomilador qilib qo‘yishdan qo‘rqqanimizdan) maniyni tashqariga to‘kar erdik. Keyin shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdik, ul zot bizga: «Yoki o‘zlaringiz shunday qilasizlarmi? Qiyomatga qadar dunyoga keladirgan odamlar allaqachonlar yaratib qo‘yilgandur!» — deb uch bor aytdilar». 97-bob Safarga chiqmoqchi bo‘lganda xotinlari o‘rtasida qur’a tashlamoq haqida Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar erdilar. Bu safar ham qur’a tashlab erdilar, qur’a Oisha birlan Hafsaga chiqdi. Odatda, Janob Rasululloh tun bo‘lsa, Oisha birlan suhbatlashgani borar erdilar. Hafsa Oishaga «Sen mening tuyamga va men sening tuyangga minib olsam-chi, nima qilishlarini bir ko‘rar erdik!» — dedilar. Oisha: «Bo‘pti!»—dedilar. Keyin, Ja-nob Rasululloh Oishaning tuyasi oldiga kelib, unda Hafsa o‘ltirganini ko‘rdilar-da, unga salom berib qaytib ketib qoldilar. Odamlar Hafsaning tuyasini cho‘ktirishdi. Oisha Janob Rasulullohni ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydilar-da, atrofga alanglay boshladilar. Odamlar Oishaning tuyalarini cho‘ktirganda ul muhtarama Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 293 oyoqlarini o‘tlar orasiga tiqib turib «Yo parvardigoro, shu yerdan bir chayon yoki ilon chiqarib meni chaqtirgil, men ul zotga biror narsa deyolmayman!» — dedilar». 98-bob Ayolning eri huzuriga kiradirgan kunini kundoshiga tuhfa qilishi xususida. Er xotinlari huzurig‘a kiradirgan kunlarini qanday taqsimlaydi? Hishom otalaridan naql qiladilar: «Savda binti Zam’a o‘zining huzuriga Janob Rasululloh kiradirgan kunini Oishaga tuhfa qildi. Janob Rasululloh uning huzuriga kiradirgan kunni Oishaga bagishladilar va bu kun Savdaning kuni erdi» 99-bob. Xotinlarni barobar ko‘rmoq haqida Olloh taolo «Va sizlar na qadar dillaringiz xoxlasa ham, xotinlarni barobar ko‘ra olmassizlar, zinhor bir tarafga egilib ketib, ikkinchi tarafni muallaq qoldirmanglar va agar isloh ham ehtiyot qilib tursangizlar, albatta Olloh taolo magfirat qilguvchi mehribondur va agar ikkalalari (ya’ni, er va xotin) ajralishsalar, (hech bok yo‘qdur), Olloh taolo har ikkalasini o‘z kushoyishidan bahramand qilgay, Olloh taolo kushoyishli hikmatli zotdur!» — deydi. 100-bob. Juvon ustiga bokira qizga uylansa... Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sunnat shuki, agar kishi bokira qizga uylansa, uning huzurida yetti kun va agar juvonga uylansa, uch kun turadi» 101-bob. Bokira qiz ustiga juvonga uylansa... Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambarimizdan qolgan sunnat shuki, agar kishi juvon ustiga bokira qizga uylansa, avval uning huzurida yetti kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi va agar kishi bokira qiz ustiga juvonga uylansa, avval uning huzurida uch kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi». 102-bob. Birvarakayiga hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqqan kishi xususida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kechada hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqar erdilar, o‘shanda ul zotning to‘qqizta xotinlari bor erdi». 103-bob. Kishining o‘z xotinlari huzuriga kunduzi kirib chiqishi haqida Oiish raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar asr namozidan qayqalar, ayollarining huzuriga kirar va ulardan biri birlan yaqinlik qilar erdilar. Bir kuni ul zot Hafsaning huzuriga kirib u yerda odatdagidan ko‘ra ko‘proq qolib ketdilar». 104-bob. Kishi xotinlaridan ulardan birining uyida davolanib yotmoqqa ijozat so‘raganda unga ijozat berilgani xususida Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 294 vafotlaridan burungi xastalik chog‘larida: «Ertaga men qay yerda bo‘laman, ertaga men qay yerda bo‘laman?»—deb so‘rar erdilar, ya’ni Oishaning huzuriga kiradirgan kunlari qachon kelishini so‘rar erdilar. Shunda xotinlari: «Uzingiz istagan xotiningizning uyida bo‘laveringiz!» — deb ijozat berishdi. Keyin, Janob Rasululloh to vafot qilgunlariga qadar Oishaning uyida bo‘ldilar. Oisha: «Janob Rasululloh aynan mening huzurimga kiradirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar. Olloh taolo o‘z omonatini olganda ul zotning boshlari bag‘rimda va tupuklari tupugimga omuxta erdi» (ya’ni, Oisha onamiz tish tozalaydirgan misvok uchini tishlari birlan yumshatib bergan, Janob Rasululloh ersalar uni olib tishlarini tozalagan erdilar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklariga omuxta bo‘lgan erdi). 105-bob. Kishining ba’zi xotinlarini ba’zisidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rmog’i haqida Ibn Abbos Hazrat Umarning Hafsaning huzuriga kirib: «Ey qizginam, qo‘shningning balandparvoz, yolg‘on-yashiq gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim, so‘ng bu gapimni ul zotga aytib berib erdim, tabassum qilib qo‘ydilar» — deb aytganlarini eshitgan erkanlar». 106-bob. Uzida yo‘q narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatishning hamda kundoshning o‘zini birovlarga eri oldida e’tibori bordek qilib ko‘rsatishining makruhligi haqida Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ayol: «Yo Rasulalloh, mening kundoshim bor, agar men o‘zimni erim menga bermayotgan narsaga to‘ygandek qilib ko‘rsaqam, menga gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Ul zot: «Uziga berilmagan narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatuvchi shaxs — birovning ikkita ko‘ylagini kiyib olgan odam kabidur!» — dedilar». 107-bob. Rashk haqida Mugiyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Agar men bir begona kishini xotinim birlan ko‘rib qolsam, uni qilich beti birlan ermas, tig‘i birlan urib, chopib tashlayman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sa’dning rashkidan ajablandingizlarmi? Men Sa’ddan, Olloh taolo ersa mendan ham ko‘proq rashklidur!» — dedilar». Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq kishi yo‘qdur, shul boisdan ham ul buzuqliklarni harom qildi, shuningdek Olloh taolodan ko‘ra madhni yoqtiradirganroq kishi ham yo‘qdur!» — dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Muhammad ummati! Olloh taolodan ko‘ra, agar u o‘z bandasining zino qilayotganini ko‘rsa, ko‘proq rashk qiladirgan shaxs yo‘qdur! Ey Muhammad ummati! Agar men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!»— dedilar». Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq shaxs yo‘qdur'» — dedilar» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling