Kichik yosh guruhi bolalariga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish Mundarija Kirish


Download 41.69 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi41.69 Kb.
#1602132
  1   2
Bog'liq
etnopsixologiya kurs ishi


Kichik yosh guruhi bolalariga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
Mundarija
Kirish
I-BOB. KICHIK YOSH GURUHI BOLALARIGA ERTAKLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISHNING NAZARIY JIHATLARI
1.1.Ertaklar maktabgacha yoshdagi bolani axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida.
1.2.Maktabgacha Kichik yoshdagi bolalarning ma’naviy –axloqiy tarbiyasida ertakning o’rni.
II-BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODINING ERTAK JANRIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI.
2.1. Axloqiy tarbiya berishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlarni olib borish.
2.2. Kichik yosh guruhi bolalariga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berishning metod va yo’llari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. 
Tarbiya haqida Imom Gʻazzoliyning «Ihyou ulumud din» kitobida bunday deyiladi: “Bola – ota-ona qoʻlidagi omonat. Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli. Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil boʻlaveradi. Agar yaxshilikka undalsa va oʻrgatilsa, saodatli boʻladi. Ota-onasi hamda odob, taʼlim-tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik boʻldi. Agar yomonlikka undalsa, halok boʻladi”.
Buyuk vatandoshimiz shayxurrais Abu Ali ibn Sino yosh avlod tarbiyasining ibtidosi qanday va nimalar bilan boʻlishi haqida quyidagilarni aytgan edi: “Yosh bola boshlangʻich taʼlim va tilga doir qoidalarni yod olganidan keyin u mashgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan kasb-hunar va sanʼatga moyilligiga qarab, uni shunga yoʻllaymiz. Agar u kotiblikni xohlasa, til, xat yozish, nutq soʻzlash va odamlar bilan muomala qilish kabilarga dalolat qilamiz. Albatta, bu oʻrinda, bolaning mayli ahamiyatga ega” (“Islomiy tarbiya va uning falsafasi”. Muhammad Atiya, 197-bet).
Bundan roppa-rosa bir asr oldin maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy tarbiya haqida kuyinib bunday degan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga javoban: birinchi – uy tarbiyasidur. Bu Onalarning vazifasidur. Ikkinchi – maktab va madrasa tarbiyasidur. Bu Otalar, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur.
Menga savol berurlar: Qaysi onalarni aytursiz? Bilimsiz, boshi paxmoq, qoʻli toʻqmoq onalarnimu? Oʻzlarida boʻlmagan tarbiyani qanday berurlar? Qaysi ota? Toʻychi, uloqchi, bazmchi, doʻmbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni koʻzi qiymagan, zamondan xabarsiz otalarnimi aytursiz? Avval ularni oʻzlarini oʻqutmaklik kerakdur.Bu soʻzlar kishini yuragini ezar, bagʻrini yondirur...»
Yoshlar tarbiyasini – hayot-mamot masalasi, deb taʼriflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki tarbiyasi moʻrt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf yoʻq. Yoshlarning hayotda adashishi, tuzatib boʻlmas xatolari tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xato yoki befarqlikning achchiq inʼikosidir.
Bu borada olib borilgan izlanishlarning aksari shuni koʻrsatmoqdaki, tarbiyada, avvalo, ota-onaning hissasi katta. Bejiz Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Hech bir ota-ona farzandiga goʻzal tarbiyadan koʻra qimmatliroq meros qoldira olmaydi”, demagan.

Download 41.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling