Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish


Download 222.5 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1478947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish


IKKI YOSHLI BOLALARGA ERTAKLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH
MUNDARIJA:


Kirish........................................................................................................................3
I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari........................
1.1. Maktabga ta’lim yoshidagi bolalar ertagining tabiati va g’oyalar olami..........6

    1. Maktagacha ta’lim yoshidagi bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari.30

II bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida o’zbek xalqi ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning amaliy jihatlari.......................................
2.1. Mashg’ulotlar jarayonida o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning usullari.......................................................................................34
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni...............................41
Xulosa.....................................................................................................................48
Ilovalar…………………………………………………………………………....50
Adabiyotlar ro’yxati..............................................................................................55
KIRISH

O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deya e’tirof etilishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratik, insonparvarlik g’oyalarining yetakchi o’rin egallashi yo’lida olib borilayotgan amaliy harakatlar respublika uzluksiz ta’lim tizimini jahon standarti darajasiga ko’tarish uchun zarur shart-sharoit yaratish lozimligini ko’rsatadi. Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini I.A.Karimov o’z asarlarida belgilab berd iva bermoqda.


Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya oldida turgan asosiy maqsadlardan biri yosh avlodga ajdodlarimiz asrlar davomida ortirilgan ma’naviy boyliklarni singdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror toptirish va muntazam rivojlantirib borish, Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatni his etishga o’rgatishdan iboratdir.
Badiiy adabiyot bolalar uchun ilk tarbiya vositasi ma’naviy-axloqiy boyliklarning bitmas-tuganmas xazinasidir. Bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalari xalqning ming yillar mobaynida yosh avlodni tarbiyalashda xizmat qilib kelgan buyuk pedagogik merosidir.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan ma’lumki bizning «Ertaklar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida axloqiy tushunchalarni shakllantirish» nomli bitiruv malakaviy ishimiz Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan o’z dolzarblikka egadir.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi:
O’zbek xalq ertaklari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishning yangicha shakl va usullarini ishlab chiqishni o’z tadqiqotimiz uchun asosiy maqsad qilib qo’ydik.
Tadqiqotning obekti: Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhida ta’lim-tarbiya jarayoni.
Tadqiqot predmeti:
O’zbek xalq ertaklari asosida maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida axloqiy tushunchalarni shakllantirish.
Tadqiqot vazifalari:
Yuqorida qayd etilgan maqsadimizdan kelib chiqib,

  1. Malakaviy bitiruv ishi uchun tanlangan mavzu bo’yicha pedagogik-psixologik ilmiy va o’quv adabiyot materiallarini o’rganib chiqish va umumlashtirish.

  2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’yin orqali ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo’yicha hozirgi zamon pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiy amaliy jihatdan tahlil qilish.

3. Qomusiy olimlarning ta’lim-tarbiya jarayonida o’zbek xalq ertaklarining ahamiyati haqidagi qarashlarini o’rganish va tahlil qilish.
4. Mavzu bo’yicha qilingan ishlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish va umumiy xulosaga chiqish.
5. O’zbek xalq ertaklari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning aniq usullarini ishlab chiqish.
Sanab o’tilgan vazifalar - hal qilish uchun quyidagi metodlardan foydalandik.

  1. Mavzuga oid ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilib chiqish;

  2. Bolalarni turli faoliyat jarayonida kuzatish;

  3. Suhbat metodi;

  4. Adabiyotlar bilan ishlash metodi;

  5. Ko’rsatmali metodlar.

Tadqiqot ilmiy farazi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi o’zbek xalq ertaklari asosida mashg’ulot va tarbiyaviy tadbirlar jarayoni orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirish bilan ifodalanadi.
Tadqiqot nazariy ahamiyati:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda axloqiy tushunchalarini shakllantirishda o’zbek xalq ertaklari ahamiyatining nazariy asoslari ochib beriladi. O’zbek xalq ertaklari orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirishning meznlari ishlab chiqildi.
Tadqiqot amaliy ahamiyati:
Bitiruv ishida yoritilgan nazariy amaliy g’oyalardan katta va tayyorlov guruh bolalarida o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirish maqsadida pedagogik faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqilgan ilmiy metodik tavsiyalar bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda samarali xizmat qiladi.
Malakaviy bitiruv ishining kirish qismida ilmiy tadqiqot ishimizning dolzarbligi asoslangan, maqsad va vazifalar belgilab chiqilgan, tadqiqot ob’ekti, predmeti, ilmiy farazi, nazariy va amaliy ahamiyati bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobi tadqiqotning nazariy asoslariga bag’ishlangan bo’lib «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari» deb nomlangan. Ushbu bobda mavzuning o’rganilganlik darajasi to’g’risida so’z yuritilgan.
Bitiruv malakaviy ishimizning ikkinchi bobi «Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida o’zbek xalqi ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning amaliy jihatlari» deb nomlangan.
Biz bu bobda mashg’ulotlar jarayonida o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning usullari hamda o’zbek xalq ertaklari asosida tarbiyaviy tadbirlar jarayonida bolalarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishda ijobiy natijalarga erishishimiz mumkinligi ta’kidlangan.
Malakaviy bitiruv ishining xulosa qismida, mavzuning hozirgi ijtimoiy hayotdagi dolzarbligi yana bir bor eslatilgan, o’tkazilgan tadqiqot natijalari qiyosiy hamda pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilinib, amaliy tavsiya va xulosalar qilingan. Mazkur malakaviy bitiruv ishidagi o’tkazilgan amaliy tadbirlar Samarqand shahrida 122-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining katta maktabgacha tarbiya yoshi, maktabga tayyorlov guruhlarida amalga oshirildi.
Ish bakalavrlik bitiruv ishini yozishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan yakunlanadi.

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling