Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
II bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida o’zbek xalqi ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning amaliy jihatlari
Download 222.5 Kb.
|
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
II bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarida o’zbek xalqi ertaklar asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning amaliy jihatlari.
Mashg’ulotlar jarayonida o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning usullari. Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi. Unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim olishga tayyorlaydi . maktabgacha ta’lim bola olti yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Bolalar 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davri maktabgacha davri maktabgacha davr deb hisoblanadi. Tajribalardan ma’lumki, bolalik davrida paydo bo’lgan taassurotlar izi umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilishi, atrof-muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davridir. Shu sababli ham ota-ona va tarbiyachilarning jiddiy e’tibor berishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda O’yin mashg’ulotlari , so’z, musiqa, ekskursiya, badiiy va jismoniy tarbiyaga O’zini tuta bilish, do’stlik birodarlikni o’rnida qo’yish, kattalarga hurmat, o’yin qoidalarini bilmaslik, buyumlarni asrash, va hokazolarga o’rgatish muhimdir. Shaxsning rivojlanishi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdori sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish o’sish, vaznning, kuchning ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashuvi harakatlari to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir. Ruhiy rivijlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlari va belgilarining shakllanishi, emotsional-irodaviy bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnash boshlaganda uning xulqida namoyon bo’ladi. Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy tarixiy tajribaning o’zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunini tanlash uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan kichik yoshadgi bolalar bialn ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi kitobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgachaa yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivijlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi, faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning xar xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari; munosabatda bo’lish faoliyati, bilish, buyumlar bialn bo’ladigan faoliyat, o’yin, oddiy mehnat va o’quv faoliyatlaridir, ta’lim- tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o’zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiya rahbarligida asta-sekin egallab boradilar. Maktabgacha ta’lim jarayonida ta’lim-tarbiya mashg’ulotlar davomida amlaga oshiriladi. Tajriba-sinov ishlarimiz mobaynida biz “tayyorlov 6-7 yosh davrida ” mashg’ulot turlarini kuzatib chiqdik. Natijada shu narsa aniq bo’ldiki, bu davrda bolalar quyidagi mashg’ulot turlari bilan shug’ullanishar ekan. Atrof olam bilan tanishtirish. (Buyuk siymolar, an’anaviy bayramlar, mashhur sarkardalar va xalq ijodi. Kattalar mehanati, transport va aoloqa vositalar) . Tabiat bilan tanishtirish Nutq o’stirish (nutqning tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, nutqning grammatik tuzilishi shakllantirish lug’atni boyitishni faollashtirish, savodxonlikka o’rgatish, hikoya qilib berish). Savodga tayyorgarlik Badiiy adabiyot bilan tanishtirish (she’r yodlash, o’qib berish, hikoya qilib berish, ifodali o’qish). Ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish (son va sanoq, miqdor kattalik, ) shakllari, fazoviy tasavvurlar vaqt haqida tasvir. Rasm loy, Aplekatsiya. Qurish, yasash (qo’l mehnati, loy ishi) Jismoniy tarbiya (yurish, yugurish, sakrash, irg’itish va emaklash). Musiqa Mashg’ulotning turlarini aniqlashdan maqsad o’zbek xalq ertaklarini qiya mashg’ulotlarda o’rgatish imkoniyati kengroq ekanligini aniqlash edi. Bolalrga o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shallantirish imkoniyatlari “Nutq o’stirish”, “Tasviriy faoliyat”, “Badiiy adabiyot” kabi mashg’ulot turlarida yetarlicha tarbiya yetkazib beriladi. Bu mashg’ulotda quyidagi ertaklar o’rgatiladi. “Egri va to’g’ri”, “Saxiy bilan baxil”, “Xurmacha polvon”, “Qarg’avoy”, “Ur to’qmoq”, “Zumrad bilan Qimmat”, “Maqtanchoq chittak”, “Yaxshilikka- yaxshilik”, “Vafodor it”, “Oq bo’ri”, “Qurbaqa qiz”, “Podsho va to’ti”, “Dushmanning katta-kichigi bo’lmaydi”, “Echki, qo’y va bo’rilar”, “Bo’ri bilan mergan”, “Bo’ri bilan echki”, “Uch tulki”, “Tukivoy”, “G’ulom”, “Dehqon bilan shayton”, “Ovchi bola”, “Nima eksang shuni o’rasan”, “Aql boylik”, “Oltin tarvuz”, “Uch og’ayni botirlar”, bu ertaklarning har biri bola ma’naviyati shakllanishida ko’mak beradi. Tarbiyachi ertakni bolalarga hikoya qilib bergan chog’da ularda ertakdan bo’lagan voqea xodisalar anglashilgan fikr g’oyalar singdiriladi: masalan, tarbiyachi bolaga: “Egri va to’g’ri” haqidagi Ertaklarni hikoya qilib berganida bolalarning deyarli hammasida To’g’rivoyga o’xshagan bo’lish istagi kuchayadi. Sababi ertak mobaynida To’g’rivoy o’z maqasadiga erishadi. Tarbiyachi To’g’rivoy qanday qilib maqsadga yetganligini yana bir bor tushuntiradi. Yana To’g’rivoy aqlli farosatli, odobli, rostgo’y bo’lgani uchun o’z do’stini aldamay unga yaxshlik qilgani uchun katta boylikka erishib, malikaga uylanishiga muvofiq bo’ladi. Demak ertakni tinglash davrida bolalarga To’g’rivoyning insoniy fazilatlari To’g’rivoyning aqlli farosat singdiriladi. Bolalarda yolg’onchilik, bergan va’dasi ustidan chiqa olmaslik ,o’z do’stiga hiyonat kabi salbiy xususiyatlardan yiroq bo’lishiga intilish paydo bo’ladi. “Ur to’qmoq” ertagi ham juda qiziqarli, sermatonat ekanligi bilan bolalar e’tiborini topadi. Ertakda bolalar ma’naviy axloqiy ongini o’stirishga yordam beradigan quyidagi holatlarini ko’rish mumkin: -harakatda barakat (cholning ro’zg’or uchun ovga chiqqani) -yaxshilikka yaxshilik (cholning laylakni qo’yib yuborishi evaziga “qaynar xumcha”, “ochil dasturxon”, “ur to’qmoqlarga” ega bo’lishi) Bu kabi jihatlar bolalarda ijobiy hislatlarni yanada yuksalishiga yordam beradi. Qishloq bolalarining rolni aldab ochil dasturxon, qaynar xumchalarni olib qo’yish, ham bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Bunday deyishimizga sabab o’sha holatlarning yo’lg’onchiligi birovning haqqiga hiyonat qilishi, kattalarga hurmatsizlik qilishi albatta o’zlariga urto’qmoq tomonidan ziyon yetkazilishi va buning oqibatida bolalar o’z xatolarini aniqlab olishlaridir. Ertakni tinglagan bolalar yolg’on gapirmaslikka, birovning haqqiga hiyonat qilmaslikka kattalarni hurmat qilishga o’rganishadi. Hayvonlar obrazi asosida yaratilgan “Echki bilan bo’ri” ertagi ijobiy xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Xususan, bo’rining o’z nafsini tiya olmay erki bolalariga ochko’zlarcha hujum qilib, ularni yamlamay yutishi uni halokatga yetaklaydi.bolalar ochko’z bo’ridan nafratlanadi. Echki bolalarga rahmi keladi mana shu ertakni eshitish mobaynida bolalarda salbiy va ijobiyqahramonlarga nisbatan mustaqil fikrlar shakllanadi. Qolaversa, bolalar nafsini tiya olmaslik ochko’zlik yomon xususiyatlar ekanligini aniqlab olishadi, mashg’ulot davomida bolalar yaxshilik va yomonlik xislatlarni aytib o’tiladi. “Qizil tovuq”- ushbu ertak ona tovuq jo’jalari, g’oz, o’rdak kabi obrazlardan tashkil topgan bo’lib, u bolalarni mehnat qilishga, mehnatning tagid rohat borligini anglashga yordam beradi. Ona tovuq bolalariga mehnat qilishnio’rgatish bilan birga ularda ijobiy fazilatlarni ham shakllantiradi. Yana: Birdamlik Sabr-qanoat Do’stonalik Mehribonlik Rahm-shavqat Bu kabi ijobiy hislatlarni bolalar ongiga singdirishadi salbiy obrazlar sanalgan g’oz va o’rdaklarning ham hissasi bor. Ular jo’jalar qilayotgan mehnatga bo’yin egishni xohlamay kichkinalar ustidan kulgan edim. Oqibatda esa ularning kichik jo’jalar mehr-shavqatga zor bo’lishiga olib keladi. Agar ular vaqtida mehnat qilib don to’plashganlarida bunday og’ir ahvolga tushgan tushmagan bo’lar edi. Bu holat bir jihatdan vaqtning qadriga yeitishni, hamma narsani borida qarlashuv ham o’rgatadi. “Ovchi va qush” ertagida bir qush o’z jonini saqlab qolish maqsadida ovchiga o’zini qo’yib yuborishi evaziga hamma do’stlarini, tutib berishni taklif qiladi. Bu ertakda do’stiga xiyonat, o’zgalar manfaatidan o’z manfaatini ustun qo’yishi, ochko’zlik nafsini jilovlay bilmaslik kabi salbiy hislatlar qoralanadi. Aqilli ovchi mahmadona qushning gaplariga amal qilmay uning jazosini beradi.mazkur ertakdan bolajonlar ochko’z bo’lmaslikni, har qanday sharoitda ham do’stlariga xiyonat qilmaslikni to’g’ri so’zlashishni o’rganishadi. Ovchining xatti-harakatlari orqali esa oqilona qaror qabul qilishni bilib olishadi. Demak o’zbek xalq ertaklari bolarning har tomonlama shakllantirishga xizmat qiladi. Jumladan: - har bir ertakda olg’a surilgan g’oyalardan bahramand bo’ladi ( masalan: “egri va to’g’ri” ertagida rostgo’y bo’lish kabi do’stiga yaxshilik qilish, halol bo’lish kabi jihatlar olg’a suriladi) Ertaklarni eshitish orqali bolalarda tinglash qobiliyati shakllanadi Mustaqil fikrlash va oqilona qaror qabul qilish ko’nikmalari vujudga keladi. Xotirasi mustahkamlanadi o’tkaziladigan savol- javoblar natijasida bolalardan shaxslashish, mulohaza yuritish qobiliyatlari shakllanadi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling