Koxlear implantli bolalar uchun korreksion ishlarning istiqbol va taqvim rejalarini tuzish Duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning vazifalari va bosqichlari


Download 103.78 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi103.78 Kb.
#1828122
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdug\'afforova Lobar 5 MT


Koxlear implantli bolalar uchun korreksion ishlarning istiqbol va taqvim rejalarini tuzish
Duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning vazifalari va bosqichlari
Korreksion ish vazifalari;
1. Tashkiliy qism vazifasi- bolalarni ishlashga tayyorlash, diqqatini to’plash. Kirish nutqi qisqa, ammo tushunarli va aniq bo’lishi kerak.
2. Umumiy motorika mashqlarining vazifalari:
- muskullar ortiqcha bosimini yo’qotish;
-muskullar tonusini ixtiyoriy boshqarish ko’nikmalarini tarbiyalash;
- harakat buzilishlarini bartaraf etish;
- umumiy va mayda motorikani rivojlantirish.
3. Nutqiy mashqlarning vazifalari:
- to’g’ri nutqiy nafasni tarbiyalash;
- ovozni yengil va o’z vaqtida berishni tarbiyalash;
- artikulyatsion harakatlarni oson boshqarishni tarbiyalash;
- talaffuz qilinishi qiyin tovushlarni korreksiyalash ( sirg’aluvchilar- [c], [z], [ch], [j], [sh], sonorlar- [l], [r]);
- sonor tovushlarni korreksiyalash.
4. Nutqni harakatlar bilan korreksiyalash vazifalari:
- nutq tempi, ritmi va ravonligini tarbiyalash.
5. Nutqiy ish vazifalari:
- asta-sekin barcha murakkablashib boradigan nutq shakllarini tutilishlarsiz egallash.
6. Yakuniy vazifa:
- Harakatlardagi va nutqiy yutuqlarini baholash.
Tayyorlov davri:
Vazifalar:
1. Bolaning nutqiy stereotipini qayta qurish;
2. Fiziologik va nutqiy nafasni korreksiyalash;
3. Muskullar bosimini yo’qotish;
4. Nutqdan qo’rqishiga- psixoterapevtik ta’sir ko’rsatish;
5. Davolanishini ta’minlash:
- logonevrozda- terapevtik,
- nevrozga o’xshash duduqlanishda- dori-darmonli.
6. Nutqga nisbatan e’tiborni tarbiyalash.
Tizimli vazifalar:
1. Sukut saqlash rejimi;
2. muskullarni bo’shashtirish mashqlari:
A) qo’l,oyoq, bo’yin, yelka kamari,
B) artikulyatsion apparat;
V) nafas apparati;
G) ovoz apparati.
3. Diafragmal nafasni tarbiyalash.

Download 103.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling