Referat mavzu: Navbatchi hamshiraning ish vazifalari Guliston 2021 yil Navbatchi hamshiraning ish vazifalari Reja


Download 160.67 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi160.67 Kb.
#1506530
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Navbatchi hamshiraning ish vazifalari


R.SH.T.Y.I.M.S.V.F


HIRURGIYA BO’LIMI NAVBATCHI HAMSHIRASI


HUSANOVA HILOLA





REFERAT
Mavzu: Navbatchi hamshiraning ish vazifalari
Guliston – 2021 yil
Navbatchi hamshiraning ish vazifalari


Reja:
1. Etika va deontalogiya
2. Bemorlarni umumiy parvarish qilishning mohiyati.
3. Kasalliklarni oldini olish, bemorlarni parvarish qilish va davolashda tibbiy hamshiraning roli.


ETIKA VA DEONTALOGIYA
Deontologiya grekcha “deonthos” – “burch” degan ma’noni bildiradi. Bu terminni birinchi bo’lib Kant qo’llagan. Gippokratning aytishicha “Tibbiyotga o’zini bag’ishlagan inson quyidagi hislatlarga: oliy himmatlilik, sofdillik, teran fikr va bosiqlikka ega bo’lishi kerak”.
Paratsels “Mehr-muhabbat va g’amxo’rlik - eng yaxshi dori”, degan edi.
Hamshira bemor va atrofdagilar bilan hushmuomalada bo’lishi, sekin gapirishi, o’z ishini tez va sifatli qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, hujjatlarni qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim.
U hamisha ish kiyimida, sochlar qalpoq ostiga yig’ilgan, tirnoqlari kalta olingan, ish vaqtida har xil taqinchoqlar taqmagan bo’lishi kerak. Hamshira hamma bemorga kelib chiqishi, dunyoqarashi, yoshi, jinsi millatidan qat’iy nazar bir xil namunali xizmat ko’rsatishi shart. Doimo o’z ustida ishlab, bilimini va amaliy ko’nikmalarini oshirib borishi zarur.
Bemorlar bilan his - hayajonsiz, amaldagi qoidalar bo’yicha muomala qilish, insonlarga bo’lgan hurmat, burch hamda javobgarlik hamshira etikasi va axloqining negizidir.
Hamshira ishining o’ziga xos xususiyati shundaki, bemor bilan doimiy, kundalik muloqotni o’z ichiga oladi. Salomatligiga putur etgan inson (ayniqsa, uzoq davom qilgan xastalik) jismonan va ruhan zo’riqishga sabab bo’ladi. O’z salomatligi, hayotini hamshiraga ishongan bemor undan tez va samarali shifo topishni istaydi. U hamshiraning faqat malakasiga emas, balki sofdilligi, to’g’ri so’zligi, halolligi, olijanobligi va hushyorligiga ham ishonishi lozim.
Shuning uchun ham azaldan hamshiralarning axloqiy va ma’naviy jihatlariga alohida talablar qo’yilgan va bu kasb egasi o’z navbatida jamiyatga, hamkasblariga, bemorlarga nisbatan ma’lum bir axloqiy majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda hamshiralik maktabini bitiruvchilar Florens Naytingeyl qasamyodini qabul qilishadi, u hamshiraning etik va deontologik qonun - qoidalariga javob beradi.
Qasamyodda shunday deyilgan: “Olloh oldida va shu erda yig’ilganlar oldida halol hayot qurish, vijdonan o’z vazifamni ado etishga, o’zimni barcha zaharli va zararli moddalardan tiyishga, hech qachon zarar etkazuvchi dorilarni ishlatmaslikka va buyurmaslikka, bor kuchim bilan o’z kasb mahoratimni oshirib borishga, bemordan va uning qarindosh-urug’laridan u to’g’risida men biladigan ma’lumotni sir saqlashga, sidqidillik bilan shifokorga yordam berishga, menga muhtoj bo’lganlarga butun vujudim bilan g’amxo’rlik qilishga tantanali ravishda va’da beraman”.
Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tibbiyot xodimlari xulq-atvorining natijasini yana ham oshirishga qaratilgan qoidalarni o’rganish;
- tibbiyotdagi noqulay omillarga chek qo’yish;
- tibbiyot xodimlari bilan bemor o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganish;
- samarali bo’lmagan tibbiyot faoliyatining zararli oqibatlarini tugatish.
Shifokor topshiriqlari, ko’rsatmalarini o’z vaqtida aniq, bekamu – ko’st, vijdonan bajarishi hamshiraning asosiy deontologik vazifalaridan biridir.
Jamiyatimizning asosiy birligi mehnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a’zolarning uning rahbari ostidagi jipsligi, do’stona o’zaro munosabatlari, bir-birlarini hurmat qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi.
Fitna ig’vo, hasad jamoa ishini izdan chiqaradi. Bunga ayrim xodimlarning ichi qoraligi, mansabparastligi, manmanligi sabab bo’ladi. Frantsuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy (1717-1771 yil) «Hamma ehtiroslarning eng jirkanchlisi – nafrat, sotqinlik va fisqu – fasodlar hasad bayrog’i ostida kun ko’rishadi» degan edi. Insoniyat tarixida urushlar, toju-taxt atrofidagi fitnalar, davlat to’ntarishlari, qotillik, sotqinlik, oilaviy mojarolar va boshqa xunrezliklar baxil va xasadgo’ylik sabab bo’lgan.
Bunday holatlar tibbiyot xodimlarining etika va estetikasiga yot hamda ziddir.
Etika so’zi yunoncha «aethos» degan so’zdan kelib chiqib, “yurish-turish, axloq” degan ma’nolarni bildiradi. “Axloq” deganda kishilarning bir-biriga munosabati, jamiyat, sinf, davlat, vatan, oilaga bo’lgan munosabatlarni tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqod an’analari, tarbiyasi butun jamiyat yoki sinfning kuchi bilan qo’llab-quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar talablari tushuniladi.
Tibbiyot etikasi to’g’risida hind kitobi «Ayurveda» («Hayot bilimi» yoki «Hayot ilmi») da qayd qilingan bo’lib, unda yaxshilik, adolat muomalalari bilan bir qatorda shifokorga rahimdillik, hayrixohlik, adolatli, sabr-toqatli, osoyishta bo’lish va hech vaqt o’zini yo’qotib qo’ymaslik nasihat qilinadi.
Tibbiyot axloqining asosiy vazifalaridan biri – jamiyat va bemor kishi salomatligi yo’lida holis mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam ko’rsatish, bemorga diqqat–e’tibor, g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lishdir. O’zining barcha hatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish, tibbiyot xodimining yuksak vazifasini anglash, o’z Vataniga, Hukumatiga mehr-muhabbat va sadoqatni, burchiga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning olijanob an’analarini saqlash hamda ko’paytirishdan iboratdir. Buyuk allomalar fikricha, axloqda diyonat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, burch, javobgarlik, mas’uliyat, iffat, hayo, idroq, xayrixohlik, sadoqat, muhabbat, qadr-qimmat, nomus, xulq – atvor, baxt kabi insoniy hislatlar mujassamlashgandir. Yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lgan tibbiyot xodimi o’z burchini aniq va sifatli bajaradi.
Tibbiyot hamshirasi bemor bilan muomala qilishda axloq qoidalariga amal qilishdan tashqari, sabr-toqat bilan va o’zini tuta bilishi ham kerak. Hamshira shifokor bilan bemor o’rtasida ishonchni yaratishi, shifokor va kasalxonaning obro’-e’tiborini oshirishga hissa qo’shishi, kerak. Hamshira ish olib borayotganda bemorda bo’ladigan o’zgarishlar, bemorning tibbiy xodim bilan bo’ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor berishi lozim.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. Egrogeniya – bemorning o’z-o’ziga ta’siri.

  2. Egrotogeniya – bemorlarning bir-biriga ta’siri.

Bemorlarning bir-biriga ta’siri kuchli ekanligini e’tiborga olib, palataga joylashtirishda ularning yoshi, jinsi, kasbi, qiziqishlari, kasallik turi, og’ir-engilligiga e’tibor beriladi.

  1. Yatrogeniya – tibbiyot xodimlarining noto’g’ri hatti-harakatlari natijasida kelib chiqadigan bemordagi holatlar (yatrogen kasallik ham deyiladi) dir.

  2. Gospitalizm – bu bemorning kasallikka, kasalxona va uning sharoitlariga moslashguncha bo’lgan ruhiy kechinmalar davridir.

Bemor kasalxona sharoitiga tez moslashsa, davolanish jarayoniga kirishib ketsa, sog’ayish shuncha samarali kechadi.



Download 160.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling