Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish


Download 222.5 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1478947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish

Savatchangga sol, pishdim, Shakar bo’lib yetishdim. Qizlarga ulash, mayli Tishlaring qamashmaydi.
Demak, bu ertak kompozisiyasidagi voqyealarning birinchisi uchinchisi bilan, ikkinchisi esa to’rtinchisi bilan mantiqan bog’langan.
Qizchaning to’rtinchi murojaatiga e’tibor beraylik:
O’rik, o’rik! O’Urigingdan ber!- dedi
Savatchangga sol, pishdim,
Shakar bo’lib yetishdim,
Qizlarga ulash, mayli Tishlaring qamashmaydi.
Xullas, to’rtala epizodda takrorlanib kelayotgan o’zgarishsiz va juz’iy o’zgarishli jumlalar shu tariqa mantiqiy bog’langan va bir butunlikni vujudga keltirgan.
Asar tahlilidan ko’rinib turibdiki, Mirmuhsin xalq ertaklarida qo’llangan takror usuliga xos xususiyatlarni shunchaki davom zttirmay, unga ijodiy sayqal bergan va yanada go’zallashtirgan. Shuning uchun muallifning «Olxo’ri va o’rik» nomli ertagi bolalar qalbiga nihoyatda yaqin, ularni tabiatga muhabbat ru-hida tarbiyalaydi, estetik didlarini o’stiradi.
Uchinchi xil takror, ya’ni ertak syujetiga asos bo’lgan mustaqil voqyealar mazmuniga biroz o’zgartirish kiritilgan holda bir necha bor takrorlanish ko’proq bog’chaning katta guruh bolalari saviyasiga mos keladigan ertaklarda uchraydi. Chunki bunday ertaklar syujeti bir necha mustaqil voqyealarning qo’shilmasidan tarkib
topgan.
Fikrimizning isboti uchun «Ur to’qmoq» o’zbek xalq ertagini ko’rib chiqaylik. Asardagi birinchi voqyeada cholning safarga chiqishiga sabab bo’lgan ov haqida hi-koya qilinadi. Unda ovchi cholning tuzog’iga «Laylaklar boshlig’i»ning ilinishi, chol uni qo’yib yuborishi, bu yaxshilik evaziga Laylak cholga «nima tilasang, shuni beraman», deya va’da qilishi tasvirlanadi. Bu voqyeadan keyin kelgan uch voqyea takror usulining uchinchi xili asosida yaratilgan. Shuning uchun e’tiborimizni ko’proq ana shu uch voqyeaning tahliliga jalb etamiz.
Mazmunan o’xshash kelgan uch voqyeada ham samimiy maslahatchi yaxshi inson yilqichini, yaxshilikka yaxshilik bilan javob beruvchi, va’dasini mardona bajaruvchi Laylakvoyni, sodda cholni quvlik bilan aldovchi sho’x bolalarni ko’ramiz. Ovchi cholning soddaligi va sami-miyligining guvohi bo’lamiz. Har uchala voqyeada o’zga-rishsiz kelgan o’rinlar va ayrim juz’iy o’zgarish bi lan kelgan jumlalar bor. Masalan, ovchi chol uch marta La'ylakning eshigidan quyidagi holatda kirib kelib:
— Assalomu alaykum,— deydi. Laylakvoy:

  • Haq saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim!

yoki birinchi safar chol bolalarga qarab shunday deydi: «Ug’illarim, mana bu xumchani qarab turing. Men bir oz mizg’ib olay, faqat «Qayna xumcha» demanglar», ikkinchi safar: «O’g’illarim, mana shu dasturxonni ushlab o’tiring, men bir oz mizg’ib olay, faqat «Ochil dasturxon» demanglar»; uchinchi marta: «Ug’illarim, mana shu to’qmoqni ushlab turing, men bir oz mizg’ib olay, faqat «Ur to’qmoq» deb gapirmanglar», deydi.
O’xshash voqyealardagi ana shunday jumlalar ertakdagi bir butunlikni ta’min etish bilan bir qatorda, yuqorida aytganimizdek, bolaning voqyea mazmuniga chuqur tushunib yetishida va xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishida muhim rol o’ynaydi. Ertak bolalar tushunchasiga xos yo’sinda rivojlanadi. Unda sodda voqyealar, hikoya qilinishi bilan birga ertakka xos sirlilik ham mavjudki, ana shu narsa butun ertakni bir o’q atrofiga jipslashtirgan. Bu sir, ya’ni bolalar tomonidan almashtirib qo’yilgan narsalar («Qayna xumcha», «Ochil dasturxon») asar tugunini tashkil etadi. Asar tugunining to’rtinchi voqyeada hal etilishi ertakning qiziqarli bo’lishini oshirish bilan birga, voqyealar bir-biriga mantiqiy ravishda bog’lanishini ta’min etgan.
Ertakdagi xotimalovchi beshinchi voqyeada takror uchramaydi. Unda mehnatkash, kambag’al xalqning tom ma’nodagi orzu va armoni aks etgan. Ya’ni qadimda xalqimizning orzularidan biri podshoning xalqparvar, adolatparvar bo’lishi edi. Xalq ovchi cholda mana shu sifatlarni ko’radi va uni xon o’rniga yurtga hokim qiladi.
Ma’lumki, xalq ertaklari qaysi millatga mansub bo’lsa, shubhasiz ularda o’sha millatning dunyoqarashi, milliy urf-odati, axloqiy va estetik normalari o’z ifodasini topadi. O’zbeklarning eng shakllangan odatlaridan biri bu eshikdan kirib kelgan odamning «Assalomu alaykum» deyishi va xonadon sohibining bunga javobidir. Shuning uchun ham bu odat ertaklarimizning tomir-tomiriga singib ketgan. Yuqoridagi ertakning keyingi variantida («Bog’chalarning katta guruhi uchun xrestomatiya»ga kiritilganida) ana shu gap faqat birinchi voqyeada beriladi. Qolgan ikkitasida esa yo’q. Vaholanki, voqyealar bir kunda sodir bo’lmaydi. Bu haqda har ikkala variantda ham alohida shunday deb to’xtalib o’tiladi: «Chol yetti kecha-yu, yetti kunduz deganda uyiga yetib» boradi. Demak, Laylakning oldiga qaytib borish uchun u yana yetti kecha-yu, yetti kunduz yo’l bosadi. Oradan o’n to’rt kun vaqt o’tadi. Cholning Laylak uyiga salom bermasdan kirishi bu milliy urfimizga to’g’ri kelmasligidan tashqari, mantiq doirasiga ham sig’may-di.
Ikkala variantdagi cholning Laylakdan sovg’a so’rash epizodi ham ikki xil. Birinchi variant (shartli ravishda «Kichkintoylar uchun xrestomatiya»ga kirgan variantni birinchi va «Bog’chalarning katta guruhlari uchun xrestomatiya»ga kirgan variantini ikkinchi variant deb ataymiz.)dagi birinchi voqyeada chol eshikdan kirib:

  • Assalomu alaykum, — deydi. Laylakvoy:

  • Haq saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim.
    Sen sovg’a uchun kelgan bo’lsang kerak, qani nima so’raysan?— dedi. Laylakning shu gaplaridan so’nggina chol o’z iltimosini aytadi. Ikkinchi variantida:

  • Assalomu alaykum,— debdi chol eshikdan kira turib bajarasanmi deb keldim, Laylakvoy.
    «Qaynar xumcha»ni ber.

Keltirilgan parchadan ko’rinib turibdiki, odob me’yori shu darajada buzilganki, hatto Laylak salomga javob tariqasida biron narsa deyishga ham ulgurmaydi. Kamsuqum, mehnatkash, rahmdil cholning kirgan zahoti shunday deyishi o’quvchini sira ishontirmaydi. Bu epizod cholni kulgili, noqulay vaziyatga tushirib qo’yadi.
Yana ertak variantlaridagi ikkinchi voqyeaning shu epizodini ko’rib chiqaylik. Birinchi variantda:
«Chol Laylakvoyning eshigidan kirib:

  • Assalomu alaykum,— dedi. Laylakvoy:

  • Haq saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim.
    Utgan gal senga «Qaynar xumcha»ni berib edim, ko’ngling to’lmadimi?— dedi. Chol hamma voqyeani aytib:—Meni aldading. «Qaynar xumcha»ning o’rniga boshqa xumcha beribsan, endi sendan: «Ochil dasturxonni» so’ragani
    keldim,— dedi.

Ertakka xos tipiklik, osoyishta ohang, Laylakning cholga bo’lgan samimiy munosabati, cholning kamsuqum tabiati hyech qanday izohsiz ko’rinib turibdi.
Ikkinchi variantda:

  • «Chol Laylakvoyning oldiga boribdi. Ha,— debdi Laylakvoy.—«Qaynar xumcha» sizga kamlik qildimi?

  • Meni aldab «Qaynar xumcha» o’rniga boshqasini beribsan,— debdi chol.— Menga «Ochil dasturxon»ni ber».

Ertak boshlanmasida chol Laylakni tuzoqdan ozod qilgan vaziyatdan ma’lumki, chol bilan Laylak do’st bo’lib qolishgan edi. Ammo bu epizodda do’stlik, samimiy ruh yo’qligi uchun o’quvchida o’zaro dushman bo’lgan ikki personaj uchrashishgandek taassurot uyg’otadi.
Salom yo’q, alik yo’q Laylakning qo’pol muomalasi o’quvchini seskantiradi. Shunday qo’pollik bilan kutib olingan cholning «Ochil dasturxon»ni so’rashga jur’at qilishi, to’g’risini aytganda, surbetlikka o’xshab ketadi.
Yoki uchinchi voqyeaga diqqat qilaylik:
«Chol Laylakvoy oldiga borib:
— Bo’lar ish bo’ldi, endi arzimagan bir narsa so’rayman. Menga «Ur to’qmoq»ni ber!—deydi».
Cholning dabdurustdan shu gaplar bilan eshikdan ki-rib kelishi nihoyatda g’ayritabiiy taassurot qoldiradi
Xullas, «Bog’chalarning katta guruhlari uchun xresto-matiya» kitobiga kiritilgan «Ur to’qmoq» ertagida tak-ror kelgan voqyealar bayonidagi tartibning buzilishi, ertak badiiyligiga, g’oyaviy mazmuniga, qahramonlar fe’l-atvoriga nihoyatda katta ziyon yetkazgan. Bu esa ertakning darbiyaviy ahamiyati pasayib ketishiga sabab bo’lgan.
Bolalarning sevimli yozuvchisi P. Muhammadyorova o’zining «Rob, uning do’stlari va yovuz Shamol haqida ertagi»da takror usulining uchinchi xilidan unumli foydalangan.
Mazkur ertakda juda muhim ijtimoiy g’oya — baynalmilallik, do’stlik o’ziga xos bir tarzda aks ettirilgan. Adiba agar «do’stlar hamjihat bo’lsalar, har qanday dushmanni» yanchib tashlashlari mumkinligini kich-kintoylar ongiga singdirish uchun ertak qahramonlari o’rtasidagi ziddiyatni puxta ko’rsata olgan. Asarda qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, do’stlarini himoya qila oladigan dadil Rob bilan yovuz Shamol o’rtasida keskin ziddiyat vujudga keladi. Kuchlar teng emas. «Yovuz Shamol qarib, munkillab» qolgan bo’lsa ham kichkina Robdan kuchli. Ammo Robning bukilmas irodasi, botir yuragi bor. U adolatsizliklardan cheksiz nafratlanadi. Shuning uchun ham yovuz Shamoldan qo’rqmaydi. Ertakning birinchi voqyeasida shular haqida hikoya qilinadi. Shu o’rinda alohida qayd etib o’tish kerakki, ertakning tuzilishi «Ur to’qmoq» ertagiga o’xshab ketadi. «Ur to’qmoq» ertagida birinchi voqyea (cholning sarguzashtiga sabab bo’lgan ov epizodi)dan keyin mazmunan bir-biriga hamohang uchta voqyea takror kelgan. P. Muhammadyoro-vaning ertagida ham birinchi voqyea, ya’ni Shamol bilan Rob o’rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi keyingi to’rtta voqyeaga yo’l ochib bergan. Shunday haqli e’tiroz tug’ilishi mumkin: «Ur to’qmoq» bir necha voqyealardan tashkil topgan bo’lsa ham, juda sodda ertak, «Rob...» esa nisbatan murakkabku!
Bunga sabab xalq ertagida avvalambor voqyea sodir bo’layotgan joy o’zgarmaydi, quyidagi sxema bo’yicha uch marta takrorlanadi: yilqi boqiladigan joy Laylakning uyi - qishloq - cholning uyi. Ertak rivojiga ta’sir etadigan biron ortiqcha tafsilot yoki kitobxon diqqatini bo’luvchi tevarak-atrof haqida biror ma’lumot berilmaydi. Butun maqsad bir g’oya tomon yo’nalti-rilgan: yaxshilik evaziga chol yaxshi yashasin, uning orqasidan butun xalq yaxshi kun ko’rsin, aldoqchilar, zolimlar jazosini olsin. Ertakdagi har bitta tafsilot shunga xizmat qiladi.
P. Muhammadyorova esa xalq ertagi an’anasidan foydalangan holda unga ijodiy munosabatda bo’ladi. Undagi takror kelayotgan to’rtta voqyea bir-biriga butunlay o’xshamagan to’rtta joyda sodir bo’ladi. Muallif har bir voqyea sodir bo’layotgan joy haqida qisqa badiiy izoh berishga harakat qiladi. Bu har bir voqyeaning mustaqilligini ta’min etadi, ertak g’oyasini chu-qurlashtiradi va ayni paytda uning murakkablashib borishiga sabab bo’ladi. Lekin muallif takror usulidagi intonasion ohangni, maromdagi izchillikni og’ishmay, bir tekisda qo’llaganligi tufayli u bolani zeriktirmaydi, voqyealar zanjirini to’g’ri tushunishga yordam beradi.




    1. Download 222.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling