Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni
Download 222.5 Kb.
|
Ikki yoshli bolalarga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yaxshilikka yomonlik”
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zbek xalq ertaklari asosida axloqiy tushunchalarni shakllantirishda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni.
Ma’lumki insonning barkamolligi tashqi ko’rinishiga qarab emas, balki ko’proq uning ma’naviy dunyosiga qarab emas, baliki ko’proq belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi ana shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy ham moddiy kamolotiga bog’liq. Insoniyat ma’naviy qashshoq ekan, risoladagiday kelajagi porloq jamiyat qyrib bo’lmasligi hayot haqiqati ekanligi ma’lum bo’lib qoladi. Bunday insonni tarbiyalash muayyan darajada ta’lim muassasalari jumlasiga yuklatiladi. Demak, kelajagimiz, or-nomusimiz, orzu-umidlarimiz , ishonchimiz, butun borlig’imiz ana shu ilm maskanlari bilan bog’liq. Bas, shunday ekan, butun kuch-g’ayratimizni, qalb qo’rimizni ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishiga qaratmog’imiz lozim. Ertak- xalq poetik ijodi janrlaridan biri. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib falsafiy-ta’limiy g’oyalar hamda hayotiymuammolar asosiga qurilgan, badiiy to’qima va uydirmalardan holi bo’lmagan og’zaki hikoyalar. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoniy lug’at” asarida etik izchilligi uchraydi va biron narsani hikoya qilish ma’nosini bilidiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tuman, qishloqlarida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda Xorazma vavarqi deb ham yuritiladi. Ertaklar fantastikaning tutgan o’rni me’yori va funksiyasiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: fantastika elementlari ustun bo’lgan ertaklar va fantastika elementlari ham yoki umuman bo’lmaydigan hayotiy uydurmalar vositasida to’qiladigan ertaklar. Birinchi guruhdagi ertaklar ko’proq ibtidoiy tushunchalari mazmunini aks ettirsa ikkinchi guruhdagi ertaklar ko’proq ibtidoiy tushunchalar mazmunini aks ettirsa, ikkinchi guruhdagi ertaklar asosan ijtimoiy hayotiy mazmunni ifoda etadi. Ertaklar shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar sehrli ertaklar hayoti-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo’linadi. Bu esa asosan tarbiyachi-murabbiy uning olib borayotgan tarbiyasining samaradorligiga, ta’sir qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning nechog’li mahoratli tashkil eta bilishiga bog’liq. Odamlar o’rtasida mehr- oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar nihotda zarur bo’lib qolgan vaziyatda tarbiyaviy tadbirlar xush axloqlik tarbiyasi saboqlarning ahamiyatga yanada oshadi. Yaxshi tarbiya kishining bebaho boyligidir. Bu boylik bilan yosh avlodni tarbiyaviy tadbiri ishlari uyg’un tashkil qilingandagina ta’minlash mumkin. Bolalarning axloqiy tarbiyashda tarbiyaviy tadbirlarning roli katta. Biz tajriba sinov ishlarimiz davomida birinchi maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarni kuzatib, tahlil qildik. Natijada bir necha bayramlarga bag’ishlangan tarbiyaviy tadbirlarning stenariysini tuzib chiqdik. Uni Samarqand shaxridagi xalq ta’limi bo’limiga qarashli 122- MTM ga taqdim etdik. Katta gruh tarbiyachisi Ochilova Muqaddas bizga stenariy asosida tadbir tashkil etishimizga yordam beradi. Tadbir Navro’z bayramiga bag’ishlab tashkil etiladi, tadbirda faqat 1 guruh tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Tadbirda MTM ni hamma bolalari ota-onalari tarbiyachilari tashkil qilinadi. Faollar zali Navro’z kayfiyatini ifoda etgan holda bezatiladi yana sahna yuzasi ozod qilinib tarbiyachilar tomonidan yasalgan gullagan daraxtlar sahnaning bir necha joyiga o’rnatiladi. Qog’ozdan qaldirg’och va boshqa qushlar maketi sahna tepasiga osib qo’yiladi. Sahna to’riga katta harflar bilan hashamdor qilib yozilgan. “Assalom Navro’z!” shior osib qo’yiladi. Shoirning atrofi esa tarbiyachilar tomonidan yasalgan har xil gullar bilan bezatiladi. Sahnadagi daraxtlar yoniga yanada chiroyli ko’rinish uchun rangli suratlardan yasatilgan turli xil gul tasmalari o’rnatiladi. Sahna burchagida turgan pioninada muassasa musiqachisi Xudayberdiyeva Sevinch “Bahor valsi” kuyini chala boshladi. Boshlovchi tarbiyachimiz Ochilova M va sahnaga bayramning kayfiyatida kirib keldi. Boshlovchi: Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qadrli ota-nalar va aziz bolajonlar! O’lkamizda ko’klam o’z sepini yoyib Navro’z shkuhi kelmoqda. Bayram kayfiyati sizni hech qachon tark etmasin. Endi navbat bolajonlarga Dilshod: Doshqozonda sumalak Ko’k somsa yopar onam Sochga taqib jamalak Singlim o’ynaydi xurram. Aziza: Ko’kda uchib turnalar O’lkam sari yo’l olar Dillarga shodlik solib Qalblarga quvonch solib. Boshlovchi: Rahmat bolajonlar! Endi sahnaga Bahoroyni taklif qilamiz! Marhamat Bahoroy. Yana “Bahor valsi” chalinib davraga egnida oppoq kiyimda boshida yashil gulchambarak bahoroy kirib keldi. Bahoroy rolini tarbiyachilardan biri ijro etadi. Bahoroy: Assalomu alaykum jajji bolajonlar, o’ylaymanki mening kirib kelishim dillaringizga xushnudlik bag’ishlagan. Men ham siz bilan uchrashib turganimdan bag’oyat xursandman. Bolajonlar meni faslimda qanday bayramlarni nishonlaymiz? Murod: Onajonim kechlari Alla aytib ukanga Onajonim allasi Orom berar dilimga Mohira: Qaldirg’och qanot qoqar Baland-baland uchushib Bizga omonlik tilar Bahordan shodlanishib. Bahodir: Lola chiqdi gul boqqa Chiroyli gul termoqqa Tarbiyachi opasiga Uni sovg’a qilmoqqa. Zafar: O’tib ketgan bobolar Ruhi shod bo’lsin doim Kelajak biznikidir Qo’llab tursin xudoyim. Bahoroy: rahmat bolajonlar men sizlardan xursand bo’ldim. Qani bolajonlar endi aytingchi bahorda qanday taomlar tayyorlanadi. Nafisa: sumalak, ko’k somsa, ko’k chuchvara, halim. Bahoroy: qanday qushlar o’lkamizga uchib keladi? Ruslan: qaldirg’och, turna Bahoroy: qanday gullar ochiladi? Matluba: boychechak, qizg’aldoq, qoqigul Bahoroy: Rahmat bolajonlar! Aqlli, dono, zukko ekansizlar. Bolajonlar tarbiyachi opangiz Kamolova R sizga qanday raqslarni ijro etishni o’rgatgan? Nargiza: “Lazgi”, “Dilxiroj”, “Andijon polka”, “Bahor” biz xozir sizga “Dilxiroj” raqsini ijro etib beramiz. Musiqachilar tomonidan “Dilxiroj” raqsini ijro etib beramiz. Musiqachilar tomonidan “Dilxiroj” kuy chalindi 5 ta qiz kuyga monanad raqsga tushadi. Bahoroy: Raxmat juda xursand bo’ldim. Matluba: bahoroy, biz sizga sh’e raqs ijro etib berdik. Savollaringizga javob berdik, endi siz ham bizga biron narsa aytib bersangiz Bahoroy: mayli, bolajonlar, men sizlarni xursand qilish uchun ertak aytib beraman. Ertak sahnalashtirilgan holda namoyish etiladi. Ertak qahramonlari tarbiyalanuvchilardan tanlaydi. Ertagim “Yaxshilikka yomonlik” deb nomlangandi. Bahoroy: bor ekanda yo’q ekan och ekanda to’q eka, qadim o’tgan zamonda bir chol-kampir bo’lgan ekan. Chol o’tin terish bilan bola-chaqasini boqar ekan. Bir kuni chol o’tin terish maqsadida o’rmonga boribdi. O’tin terib qaytayotganda yordam bering degan ovozni eshitibdi. sahna o’rtasida bir qop ichida qora kiyimdagi bir bola ilon ko’rinishida yotgan bo’ladi va baland-baland ovozda boshqalarni yordamga chaqirayotgan bo’ladi. O’rmonchi chol qiyofasidagi bola qop yoniga kelib qopni ochadi. Ilon qopdan chiqgach cholga qarata shunday deydi: - hoy chol men seni chaqaman. Chol:- sen yaxshilikka yomonlik qilmoqchimisan hali ilon meni ishim zahar sochish deb turgan bir paytda ayyor tulki dumlarini likkillatib kelib qoldi. Tulki: qani-qani bu yerda nimalar bo’layapti shunda chol bo’lgan voqeani aytib beradi. Tulki o’zini hayratlanganga solib yo’q-yo’q men bunga ishonmayman, senday katta ilon shunday kichkina qopga sig’adimi? Nahotki, ishonish juda qiyin. Ilon: men yolg’on gapirmadim. Ishonmasang man ko’r, deya qopga qaytib kiribdi. Tulki: Arzimaydi bobojon. Yo’lingiz bexavotir bo’lsin . ilon yana yordam so’ragancha qolib ketaveribdi. Sahna pardasi tushiriladi. Bahoroy: ertagim sizlarga yoqdimi bolajonlar? Bolalar bir ovozdan ha deb javob berishdi. Bahoroy: bu ertakda sizga qaysi qahramonlar yoqadi? Murod: chol va tulki Bahoroy: ilon cholni chaqaman deb to’g’ri ish qildimi? Nafisa: yo’q, chunki chol uni o’limdan qutqarmoqchi bo’lib unga yaxshilik qilmoqchi edi. Bahoroy: chol kimning yordami bilan omon qoldi? Dilshod: aqlli tulkining Bahoroy: ertakdan xursand bo’lagn bo’lsangiz, endi menga qo’shiq aytib beringchi? Bolalar birgalikda “O’zbekiston” qo’shig’ini ijro etishadi. Qo’shiq tugagach bahoroy “yana ko’rishguncha” deya bolalar bilan xayrlashdi. Boshlovchi: shu bilan bahor bayrami navro’z uchun tayyorlangan musisqiy ertagimiz nihoyasiga yetdi. Yana bir bor barchangizni bahor ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. E’tiboringiz uchun raxmat! “bahor valsi” kuyi ohista chalinadi. Bolalardan sahnadan birin ketin chiqib ketishadi. Ma’naviyat va jamiyat tushunchalari bir- biri bilan chambarchas bog’liqdir. Kishilar ma’naviy kamolotining har qanday darajasiga faqat jamoaga birlashib yashash, mehnat qildagina yetisha oladilar. Ta’lim-tarbiya ishlarining zamirida barcha davrlarda ham muhim manfaaatlar bilan bog’langan maqsadlar yotgan bu maqsadelar tizimi va ularning mohiyati turli siyosat kuchlar yaratgan va amal qilgan mafkurada ifidalangan, har qanday mafkura ham jamiyat ma’naviy kamolotini unga zamin bularga ta’lim-tarbiya ishlari tizimini muayyan ijtimoiy, siyosiy maqsadlar bilan bog’lashga qaratilagn g’oyalardan iborat bo’lgan. Tarbiya, ta’lim zamirida yotgan har qanday g’oya ijtimoiy adolat, insonparvarlik,yetuk axloq, demokratiya, huquq mezonlariga, ilm-fan yutuqlariga asoslangandagina jamiyat manbai kamolotga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Inson hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, hatti-harakatlari bilan o’zining bilimini ma’naviy ta’limini boyitib boradi. Aqliy va axloqiy boyib borgan sari o’z oldiga oliyjanob vazifalarni qo’yib, unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa ma’naviy zaminni talab qiladi. Ma’naviy kamolot jarayonida inson xarakteri tarbiyalanadi. Bolalarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalshda ertaklar asosiy omillardam biri hisoblanadi. Ayniqsa, o’zbek tillarida o’zbek aytib bermay bola o’stirishga ota-oanlar va kattalarni yoki ertak eshitmay voyaga yetgan bolalarni tasavvur etish qiyin.. ertakning tarbiyaviy tomoni shundaki unda bola tarbiyasining deyarli barcha qismlari- jismoniy, aqliy, kamolot, ilm hunarga muhabbat, mehnatsevarlik, ma’naviy sifat hamda nafis did va farosatni tarkib topishga oid ko’plab materiallarni uchratamiz. Shu bois bog’cha yoshidagi bolalarni o’zbek xalq ertaklari asosida tarbiyalash davr tamoyilidir. “Uchinchi ming yilllikning bolasi” o’quv dasturida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalshda o’zbek xalq ertaklarining o’rniga olishga e’tibor berilgan. Bu muhim dasturda bolalarning yoshi xususiyatlari e’tiborga olingan holda ertak mazmunlari berilgan. Ko’p yillik kuzatishlar hamda ilmiy odatlarni o’rgatish natijalaridan quyidagi xulosa keladi: Maktabgacha ta’lim yo’nalishida tayyorlanayotgan kadrlarning sifat ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor ko’rsatish kerak. Chunki bo’lajak tarbiyachining o’zi o’zbek xalq pedagogikasini yaxshi bilishi lozim. Bu uchun o’zbek xalq og’zaki ijodini maxsus kurs yoki tanlov orqali chuqur o’rgatishni talab etiladi. Talabalar o’rtasida xalq og’zaki ijodi shoirlariga (masalan “alla”) bag’ishlangan ko’rik tanlovlar o’tkazish kerak. Har bir guruhlar uchun o’zbek xalq ertaklari tizimiga solinib, shu asosda o’rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Tajribali mitaxasis-olimlar tomonidan o’zbek xalq ertaklari qahramonlarini aks ettiruvchi rasmlar, buketlar chiqarilishi zarur. Ularning o’tkazish bo’yicha uslubiy tavsiyalar kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “ertaklar yaxhsilikka yetaklar” mavzusida konkurslarni muntazam o’tkazishni yo’lga qo’yish davr talabidir. Xulosa Maktabgacha ta’lim yoщdagi o’zbek bolalar nasrining mavzulari, g’oyalari, obrazlari nihoyatda xilma-xil. Bu asarlarning pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda insoniylik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik, o’rtoqlik, do’stlik, to’g’rilik, halollik, ahillik, qo’rqmaslik, jasurlik, xushaxloqlilik va boshqa ijobiy fazilatlar ulug’lanadi; qo’rqoqlik, munofiqlik, xudbinlik, xasislik, dangasalik, aldamchilik, ayyorlik, manmanlik, odobsizlik kabi yomon xulq-atvorlar qoralanadi. Adiblarimiz o’zlarining eng yaxshi asarlarida badiiylikning asosiy belgilarini tashkil etuvchi aks ettirish va obraz yaratish usullari, vositalaridan foydalanganlar va maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining o’ziga xosligi masalalariga rioya qilganlar. Maktabgacha ta’lim yoщdagi bolalar uchun yaratilgan o’zbek xalq ertaklari va adabiy ertaklar ichida, garchi oz bo’lsada, bevosita odamlar (kattalar va bolalar) obrazi yaratilgan asarlar ham mavjud. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ruhiy olamiga mos tarzda yaratilgan o’zbek adiblarining adabiy ertaklarida kichkintoylar dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynovchi xalq ertaklarida kichkintoylar dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynovchi xalq ertaklari poetikasiga xos an’analarga ijodiy rioya qilinib, talqin etilganligi uchun ular qiziqarli, ta’sirli chiqqan. – Ertaklarda mazmun va g’oyalarni qiziqarli, ta’sirli ifoda etishda eng ko’p qo’llanadigan an’anaviy usullardan biri badiiy takrordir. Biz bu usulning adabiyotshunoslikda kam ishlanganligini inobatga olib, uni alohida tekshirib, hillarini aniqlashga harakat qildik. Kuzatishlarimiz bu usulning ham bog’cha yoshidagi bolalar ertaklarida kattalar ertaklariga nisbatan o’ziga xos belgilar asosida qo’llanishini tasdiqladi. – Ma’lumki, badiiylikning asosiy mezonlaridan biri asar mazmunining haqqoniyligidir. Shu ma’noda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo’ljallangan o’zbek ertaklarining ko’pchiligida badiiy to’qima real hayot bilan bog’langan. – Kichkintoylarning biror asarning ma’qul bo’lishi va bo’lmasligi shu asarning badiiy saviyasiga, unda yaratilgan obrazlarning eozibadorligiga bog’liq. Agar asarlar badiiy jihatdan har tomonlama mukammal yozilgan bo’lsa, qaysi janrda bo’lishidan qat’iy nazar, ular kichkintoylarni qiziqtiradi, qalblarini hayajonlantiradi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling