Buyuk siymolar haqida joylashtirish


Download 19.79 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.79 Kb.
#1486105
Bog'liq
Cho\'tboyeva Shoira BolajonKids


OTA ONALARGA FARZANDLARI UCHUN “BOLAJON” NOMLI “BUYUK SIYMOLAR HAQIDA JOYLASHTIRISH” MOBIL ILOVA YARATISH






Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
3-kurs talabasi
Cho’tboyeva Shoira Shavkat qizi
Ilmiy rahbar: Sheraliyeva Munavvar

Annotatsiya: Ushbu maqola shundan iboratki, hozirda yosh bolalar “o'rgimchak odam”ga, “betmen”ga o'xshashni xohlayman deb aytadi?, nega o'zimizning buyuk siymolarga taqlid qilmaydi?, shularga o'xshashni xohlayman demaydi? Shuning uchun ham bolalarga multimedia texnologiyalari orqali buyuk siymolarimizning qilgan ishlari va hayotini ko`rsatib berishimiz kerak.


Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, moil ilova, bolajon, multimedia, kids app, multigrafika.
“Raqamli dunyo bizning oldimizga ikki tomonlama vazifani qo'yadi: har bir bola uchun internetning foydasini maksimal darajada oshirish va shu bilan birga uning salbiy ta'sirini kamaytirish”.
BOLAJON mobil ilovasi orqali buyuk siyomolarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimiz hayoti, tarixi, bosib o'tgan yo'llari haqida multifmlar, kinolar hamda kichik ko'rsatuvlar taqdim etiladi.
Ushbu loyiha bolajonlarni YOUTUBE ijtimoiy tarmog'idan to'liq cheklanishlarga sabab bo'ladi
BOLAJON LOYIHANI ISHLAB CHIQISH SABABLARI:
Bilamiz-ki, dunyoda youtube platformasi tobora ommalashib bormoqda. Sabab: ushbu platforma barcha yo'nalishlarda foydalanuvchilar tomonidan videolar taqdim etiladi hamda ushbu videolarni boshqalar xohlagan vaqtda va takror ko'rishlari mumkin. Hozirgi kunda youtube foydalanuvchilarining deyarli 60 fozidan ortig'i bolalar va o'smirlarni tashkil qiladi. Afsuski ushbu platformada bolalar uchun juda xavfli bo'lgan, bannеrlar hamda qalqib chiquvchi oynalar, ssеnariylar va boshqa mеtodlardan foydalaniladi. Shuni aytish kеrakki, ushbu tarzda rеklama qilinadigan saytlar bolalar uchun zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, faqatgina intеrnеt bo‘ylab sayohat qiluvchi bolalar ustidan nazorat qilish haqida emas, balki ularni virtual muhitda himoyalash muammosi to‘g‘risida ham fikr yuritishga to‘g‘ri kеladi. Yuqoridagi xavflarni oldini olish, bolajonlarimizning har nomaqbul ma'lumotlardan himoyalash maqsadida, biz ham O'zbekiston va xorijdagi o'zbek oilalarining farzandlari uchun BUYUK SIYMOLAR VA AJDODLARIMIZNI TANITISH MAQSADIDA “BOLAJON” mobil ilovasi loyihasini boshlash arafasidamiz.
“BOLAJON” mobil ilovasi farzandingiz dunyoni quvonch bilan kashf etishi va muloqot qilishi uchun xavfsiz muhitni shakllantirishga yordam beradi. Bolani hordiq chiqarish bilan birga oʻqish, yaratish va rivojlanishga undovchi oilaviy tadbirlar yordamida “BOLAJON” farzandingizning raqamli olamdan xavfsiz foydalanishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek bu loyihamizda buyuk siymolarimiz, ajdodlarimiz hayoti va ijodlarini multimedia shaklida muntazam joylab boriladi. Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning tarixiy madaniyati shakllanishiga olib keladi. Masalan, Imom Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, At-Termiziy, Shiroq, Najmiddin Kubro, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa siymolarimiz, ajdodlarimiz hayoti va ijodlari to’g’risida multifilm va ko’rsatuvlar joylashtirilib boriladi.
Bu loyihamizdan kutilayotgan natija: Bolalar buyuk allomalar haqida to`liq multifimlar ko’rish orqali ma'lumotga ega bo`ladilar. Ularning asarlari va bajargan ishlari bilan tanishadilar. Ajdodlarga nisbatan faxr tuyg`usi uyg`onib kitobga bo`lgan qiziqishi va mehr muhabbati ortadi.
“BOLAJON” mobil ilovasi barcha tizimlar uchun ishlab chiqiladi. Ilovani Play Market va App Store platformasidan bepul yuklab olish mumkin bo`ladi.
Ilovadan foydalanish paytida bolalarga salbiy ta’sir qiluvchi har xil saytlar va dasturlarga cheklanishlar bo`ladi. Bu esa ota-onalarga juda katta yordam beradi. Loyihadan juda katta natija kutilmoqda. Ishonamizki, bu loyihamiz o`sib kelayotgan yosh avlod uchun ijobiy ta’sirini ko`rsatadi!


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.” - Toshkent, О‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  2. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi. Т., Fan va texnologiya, 2011.

  3. H.A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogikasi" "Tafakkur sarchashmalari" nashriyoti. T.,2019y.

  4. Loginova V.I., Samorukova P.G. “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi”, Toshkent. ”Pedagog” nashriyoti, 1991 yil.

  5. Fotima Qodirova “Maktabgacha pedagogika”2019.

  6. www. tdpu. uz

  7. www. pedagog. uz

  8. www. Ziyonet.uz

  9. www. edu. uz

Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling