Sana: Tasdiqlayman: O’. I. B. D. O: Fan o’qituvchisi: Fan


Download 109.57 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi109.57 Kb.
#1633528
  1   2   3   4   5
Bog'liq
JINS GENETIKASI






Sana: Tasdiqlayman:
O’.I.B.D.O: ______________________


Fan o’qituvchisi: _______________
Fan: Biologiya
Sinf: 9
Mavzu: JINS GENETIKASI
Dars maqsadi:
a)ta’limiy: o’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha to’liq va tushunarli ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigiyenik, ekologik, iqtisodiy tarbiya berish;
c)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning vaziyatli masalalarga bo’lgan qiziqishni oshirish, o’z mulohazalariga ega bo’lishlariga yo’l ochib berish, darslik ustida mustaqil ishlash hamda tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish
Dars metodi: noan’anaviy (KEYS -STADI, (CASE STUDY) “CASE” ya’ni topshiriqlar bilan mustaqil ishlash, genetik masalalarni ishlash, “TOZA DOSKA” METODI ).
Dars jihozi: ko’rgazmali qurollar, darslik, kompyuter, proyektor, didaktik tarqatmalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) navbatchi axboroti ;
c) Fanga doir yangiliklarni tinglash.
d) o’quvchilarni yigitlar va qizlar jamoasiga birlashtirish. Case study an’anasi bo’yicha sinf o’quvchilari guruhlarga ajratiladi. Ularga o’z erkinligidan foydalangan hamda fandan uzoqlashmagan holda nom tanlash imkoni beriladi. 1-guruh Genetika 2-guruh DNK 3-guruh RNK.
O’qituvchi: O’tgan darsda biz qaysi mavzu bilan tanishib chiqdik va uyga vazifa tariqasida qanday topshiriq berilgan edi?


II.O’tgan mavzuni takrorlash:
Keling o’quvchilar o’tgan mavzumizni “Toza doska” metodik o’yini orqali takrorlab olamiz. Buning uchun bizlarga faqat doska bo’r kerak bo’ladi. O’qituvchi doskaga o’tgan mavzu bo’yicha barcha terminlar , so’z va gaplarni yozib chiqadi. Sinfdagi barcha o’quvchiga bittadan savol to’g’ri kelishi kerak. O’qituvchi doskadagi terminlarga oid savollarni o’quvchilarga berib boradi. O’quvchilar berilgan izohni javobini doskadan topib o’chiradi. Doska toza holga kelganda o’tgan mavzu takrorlanib, mustahkamlangan bo’ladi.













Download 109.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling