6-mavzu: Adabiyotlar bilan ishlash. Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan
mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish
Reja:
1.
Ilm-fan taraqqiyotida amalga oshirilayotgan islohatlar
2. Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar
3. Elektron darsliklarning o’ziga xos xususiyatlari va
afzalliklari
4. Elektron darsliklarning asosiy xossalari va ularning turlari
5. Elektron darsliklarning kategoriyalari
Ilm-fan taraqqiyotida amalga oshirilayotgan islohatlar
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida
ham ilm-fan taraqqiyoti
natijalari,
shuningdek,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga
olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda
yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv
adabiyotlarining turli
shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim
oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan
bilimlarni takomillashtirish, yangi
bilimlarni
turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini
hosil qilishni
ta’minlashi kerak.
O’quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o’quv rejasida qayd etilgan fanlar
bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur
bilimlar majmuasi keltirilgan,
o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo’lib, ikki shaklada
tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-
fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati,
muqova turi va
boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.