6-mavzu: Adabiyotlar bilan ishlash. Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish Reja


Elektron darsliklarning kategoriyalari


Download 210.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana25.12.2022
Hajmi210.39 Kb.
#1065443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-ma\'ruza (1)



Elektron darslikni kategoriya(toifa)sini aniqlash ham zarur. Elektron darsliklar 
quyidagi to’rtta kategoriyalarga bo’linadi: 
I. kategoriya. O’quv materiallari asosan verbal matn sifatida keltirilib, ular 
giperilova va glossariylarga, shuningdek, 2-o’lchovli (2D) grafiklar-diagrammalar, 
rasmlarga (o’quv materialining 25% gacha) ega. 
II. kategoriya. O’quv materiallari qisman giperilovali va 2D grafikali matn 
shaklida va 3o’lchovli (3D) grafikdan iborat (o’quv materialining 25% gacha). 
III. kategoriya. O’quv materiallari matn, 2D grafiklar, video va audio 
animatsiyalar va 3D effektlarga ega (o’quv materialining 50% gacha). 
IV. 
kategoriya. Elektron 
darslik virtual 
muxitda, 
zamonaviy 
tarmoq 
texnologiyalarini qo’llab, o’qituvchi bilan kompyuter tarmog’i (Internet) orqali 
bog’langan holda masofaviy mashg’ulotlar olib borilishi darajasida yaratilgan.
Elektron darsliklarning har bir kategoriyasiga alohida o’z talablar mavjud. 
Lekin, bir qator talablar borki, ular barcha kategoriyalarga tegishlidir. Ular 
quyidagilardan iborat: 
- modullarning (paragraf va temalarning) matni 4-5 monitor ekranidan 
oshmasligi kerak (2 ta bet, ma’qulroq); 
- giperilovalar 3 bosqichdan oshmasligi ma’qul, chunki asosiy temadan chiqib 
ketish mumkin emas; 
- maxsulot sistemasi kompyuter texnologiyasi talablariga mos kelishi kerak
- turli rangdagi sahifalarni yaratishda psixolog va ergonomika mutaxassislari 
tavsiyalariga rioya qilish. 
Hozirgi kunda elektron darsliklar yartishning 4 bosqichli kategoriyasi mavjud: 
- bosqich elektron darsliklar bu gipermatn shaklida bo’lib, bunda o’quv 
materiallar birbiri bilan gipermurojaatlar orqali bog’lanadi. Unda ikki o’lchovli 
ko’rsatish qurollaridan, masalan suratlar, jadvallardan foydalanish mumkin. 
- bosqichli elektron darsliklar o’zida qisman gipermatn va ikki o’lchovli 
animatsiyani jamlashtiradi. Bu turdagi elektron darsliklarni ko’pincha virtual stendlar 
deb atash mumkin. 

bosqichli elektron darsliklar o’zida bir vaqtda ham animatsiya, ham 
gipermatnni jamlashtirib, bu turdagi elektron darsliklar ovozlashtiriladi. Ulardan 
multimedia vositalari orqali foydalanganligi uchun multimediyali elektron darslik deb 
atash mumkin. 
- bosqich elektron darsliklar zamonaviy tarmoq texnologiyalari asosida yaratilib, 
masofaviy o’qitish mezonlariga mos bo’lishi shart.

Download 210.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling