3-mavzu: Elektron darsliklarning asosiy xossalari va kategoriyalari
Ajratilgan vaqt – 2 soat.
Asosiy savollar:
1. Elektron darsliklarning asosiy xossalari va ularning turlari.
2. Elektron darsliklarning kategoriyalari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: elektron darslik, elektron ta’lim, elektron ta’lim mahsulotlari, elektron manbalar, kategoriya, multimedia, 2D, 3D.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. An’anaviy bosma o‘quv adabiyotlari qanday turlarga bo‘linsa elektron o‘quv adabiyotlari ham shunday turlarga bo‘linadi. Sizningcha bu fikr to‘g‘rimi yoki yo‘qmi. Javobingizni izohlang.
2. Elektron darsliklarni kategoriyalarga ajratish ularning sifatiga bog‘liq deb qaraladi. Siz bu qarashga qo‘shilasizmi yoki yo‘qmi? Javobingizni izohlab bering.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi
TG’r
|
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt
|
1
|
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Elektron darsliklarning asosiy xossalari va kategoriyalari haqida talabalarga tushunchalar berish.
1.2. Identiv o‘quv maqsadlari.
1.2.1. Elektron darsliklarning asosiy xossalarini izohlay oladi.
1.2.2. Elektron darsliklarning turlarini tavsiflab beradi.
1.2.3. Elektron darsliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata oladi.
1.2.4. Elektron darsliklarning afzallik tomonlarini ajrata oladi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: elektron darslik, elektron ta’lim, elektron ta’lim mahsulotlari, elektron manbalar, kategoriya, multimedia, 2D, 3D.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |