Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi talabalar akademiyasi platformalariga iqtidorli va tashabbuskor yoshlardan iborat jamoalarni saralash tо‘G‘risida nizom
Download 47 Kb.
|
IQTIDORLI VA TASHABBUSKOR YOSHLARDAN IBORAT JAMOALARNI SARALASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar akademiyasiga talabalar va magistrantlarni a’zolikka qabul qilish
- Talabalar akademiyasiga talabalar va magistrantlarni saralash bosqichlari: Talabalar akademiyasiga a’zolarning saralashni birinchi bosqichi
- Bо‘lajak akademiklar”
- Biznes vakillari”
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUZURIDAGI TALABALAR AKADEMIYASI PLATFORMALARIGA IQTIDORLI VA TASHABBUSKOR YOSHLARDAN IBORAT JAMOALARNI SARALASH TО‘G‘RISIDA NIZOM UMUMIY QOIDALAR Ushbu Nizom Talabalar akademiyasi Talabalar akademiyasi platformalariga iqtidorli va tashabbuskor yoshlardan iborat jamoalarni saralash tartibini belgilaydi. Kengash О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom, Jizzax davlat pedagogika instituti Ustavi va ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi. Talabalar akademiyasiga talabalar va magistrantlarni a’zolikka qabul qilish Talabalar akademiyasiga talabalar va magistrantlarni a’zolikka qabul qilish mezonlari: Ilmiy- ijodiy va о‘quv tanlovlari g‘olibligi; Ijodiy tadqiqot ishlari (ilmiy maqolalari, tajriba konstruktorlik ishlari va boshqalar); Xorijiy tillarni egallaganlik darajasini belgilovchi (IELTS, CEFR, TOEFL) sertifikati mavjudligi; Har yili muntazam о‘tkazib kelinadigan fan olimpiadalaridagi ishtiroki, respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘olibligi; Ilmiy innovatsion ishlanmalarining mavjudligi; Xalqaro tanlovlardagi ishtiroki; Oliy ta’lim muassasasida fanlardan о‘zlashtirish darajasi; Ma’naviyati, xulq-atvori, odobi va boshqalar. Talabalar akademiyasiga talabalar va magistrantlarni saralash bosqichlari: Talabalar akademiyasiga a’zolarning saralashni birinchi bosqichi fakultetlarda mustaxassislik yо‘nalishlari kesimida о‘tkaziladi. Fakultetda dekan va mutaxassislik kafedralari mudirlari, dekan о‘rinbosarlari, tajribali professor-о‘qituvchilardan iborat tarkibda ishchi guruhi shakllantiriladi; Ishchi guruh har bir ta’lim yо‘nalishi, kurslari kesimida iqtidorli talabalarning faoliyatini baholaydi; Fakultet bosqichida mutaxassislik kafedralar tomonidan “Ustoz-shogird” tizimli ravishda ishlab kelayotgan iqtidorli talabalar qatnashadi; A’zolikka tavsiya etiladigan talaba yoki magistrantlar Talabalar akademiyasi elektron platformasidan rо‘yxatdan о‘tgan bо‘lishi kerak. Elektron rо‘yxatdan о‘tgan talaba yoki magistrantlar fakultetlar kesimida tо‘planadi va fakultet dekanlariga Talabalar akademiyasi mas’ul kotibi tomonidan beriladi; Har bir ta’lim yо‘nalishidan kurslar kesimida kamida bittadan talaba saralanib olinadi; Fakultet bosqichida Ishchi guruh tomonidan talabalarni saralash Talabalar akademiyasiga “Talabalar va magistrantlarni a’zolikka qabul qilish mezonlari” bо‘yicha baholanadi; Har bir yо‘nalish va kurslar kesimida saralangan talabalar fakultet Kengashi qarori bilan Talabalar akademiyasi Kengashiga tavsiya etiladi. Talabalar akademiyasiga a’zolarning saralashni ikkinchi bosqichi institutda fakultetlar kesimida о‘tkaziladi. Fakultet Kengashlari tavsiya etilgan talabalar va magistrantlarni a’zoligi masalasi Talabalar akademiyasi Kengashi tomonidan kо‘rib chiqiladi; Ikkinchi bosqichga о‘tgan talabalarning faoliyatiga oid hujjatlar Talabalar akademiyasi Kengashi a’zolari tomonidan kо‘rib chiqiladi; A’zolikka qabul qilishga tavsiya etilgan iqtidorli talabalarning hujjatlari maqbulligi kо‘pchilik ovoz bilan ochiq ovoz berish usuli bilan tasdiqlansa, ular bilan suhbat uyushtirish kuni belgilanadi; Suhbatda Talabalar akademiyasi Kengashi a’zolari ishtirok etadi. Suhbatdan о‘tgan talaba yoki magistrant Talabalar akademiyasi Kengashi tomonidan bayonnoma asosida a’zolikka qabul qilinadi; Ikki bosqichdan muvaffaqiyatli о‘tgan talaba yoki magistrant Talabalar akademiyasining quyidagi platformadan biriga о‘tkaziladi: “Bо‘lajak akademiklar” – yuqorida qayd etilgan platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qо‘shayotgan yuqori va ilmiy salohiyatga ega yosh olimlar platformasi; “G‘oyalar generatorlari” – Talabalar akademiyasining asosiy yо‘nalishlariga tegishli bо‘lgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion g‘oyaga ega jamoalar platformasi; “Startaplar” – о‘z g‘oyasi bо‘lgan va ushbu g‘oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bо‘yicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi; “Biznes vakillari” – faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qо‘llagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bо‘lgan talabalar jamoalar platformasi. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling