Kichik yosh guruhi bolalariga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berish Mundarija Kirish
Download 41.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqetnopsixologiya kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiya berish usullarini o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Kichik yosh guruhi bolalariga ertaklar orqali axloqiy tarbiya berishning metod va yo’llarini kuzatish. Kurs ishining predmeti: Faoliyat jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda xalq og’zaki ijodining ertak janridan samarali foydalanish. Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Xalq og’zaki ijodining ertak janrini o’rganish. 2.Faoliyat jarayonida ertak janridan foydalangan holda axloqiy tarbiya berish samaradorligini kuzatish. 3.Kichik guruh bolalariga axloqiy tarbiya berish metodlarini o’rganish. Kurs ishining tuzilishi:kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I-BOB. KICHIK YOSH GURUHI BOLALARIGA ERTAKLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISHNING NAZARIY JIHATLARI 1.1.Ertaklar maktabgacha yoshdagi bolani axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida. Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) iitimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosabatlar ham da shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq -ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Axloq — shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali iamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg’unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvorni rag'batlantirish va jazolash. Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi. Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas. ham ma sohadagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy kategoriya deb ataladi. Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik. jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu axloqiy ideal deb ataladi. Axloqning asosiy qirralari (tamoyillari) - birdamlik (shaxsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko’rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo‘ysundirilishi) va insonparvarlik (shaxsga o 'z -o ‘zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo‘lish). Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch. vijdon, sha’n, qadr qimmat kabilarni keltirib o'tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e'tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o 'tish to'g’ri bo ‘ladi. Axloqiy me 'yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko’p asrlik tajribasi natijasidir. Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg‘unlikka intilib kelgan. Axloq me'yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash. ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan. Axloq-me 'yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi dementi idealiam esa, shaxs o ‘zida tarkib toptirishni xohlagan me'yor va sifatlar tarzida ajratib ko‘rsatish mumkin. Me’yor - bir turdagi xulq-atvor. takrorlanadigan vaziyat, talab. standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorning ko'plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi. Qadriyatlar - ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar xilma-xil tasnifga ega bo‘lib, eng umumiy tarzda mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya'ni umum ahamiyatli (obyektiv) tavsifga ega bo’lib , ular o'zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtayi nazardan, turlicha munosabatlar va barcha subyekt uchun ijobiy xususiyatga ega. Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ular faqat qandaydir munosabat bilan yoki ma’lum bir subyektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo‘ladi. Axloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o ‘zaro bog'liq vazifani shart qilib qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rinishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xatti-harakatlarini yo'naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek, ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi. ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ularning xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog'liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar. his-tuyg'ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo'lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi, Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) bolalarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlarii tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) axloqiy' xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e ’tibor qaratish lozim: 1) kichik, o'rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar haqida ma'lumot berish; 2) har bir o‘rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, multik tasmalar, diopozitivlar va bolalarning jonli harakatlari orqali tushuntirish; 3) bola doimiy ravishda "nima yaxshi-yu, nima yomon?” so‘zining ma'nosini anglab o‘z fikrini sodda bayon etishi" Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 1) axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi; 2) ta'lim -tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; 3) axloqiy tarbiya ishini hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish; 4 ) bolalarning faolligi; 5) jamoada tarbiyalash; 6) tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; 7) tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi; 8) oila, maktabgacha ta'lim tashkiloti, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta ’sirining birligi; 9) boladagi ijobiy sifatlarga suyanish; 10) bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasida subyekt-subyekt munosabatlarining o‘rnatilishi, dialog nuqtayi nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun psixik jarayonlarga (motivatsiya, anglash, interiorizatsiya va boshqalar) tashqi ta'sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur. Axloqiy tarbiyani amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. O'zaro to‘g'ri munosabat uslubi: a) jamoaning katta a'zolari o'rtasida b) pedagogik va ota-onalar jamoasi o‘rtasida; Hasanboeva O. Bog'cha bolalarining axloqiy tarbiyasida ommaviy axborotlardan foydalanish pedagogik muammo sifatida. “Pedagogik ta ’limni takomillashtirish muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabat, kattalaming bolalarga munosabati. Kattalar(pedagoglar)ning bolalarga nisbatan insonparvarlik tamoyilida, o'zaro hamkorlik, o‘zaro yordam. hurmat munosabatida bo’lishi eng muhim shart-sharoit hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'rnatilgan qat'iy kun tartibi. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o'z tengdoshlariga va boshqa kishilarga nisbatan ijobiy hissiy munosabatni yuzaga keltiruvchi muhit yaratish. 4. Bolalarni axloq me’yorlari va qoidalariga o‘rgatish hamda shular asosida bola shaxsida ijobiy axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash. 5. Jamoada hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o’rnatish. 6.Kun davomida bolalarning xilma-xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish. 7. Bolalarning ijobiy axloqiy xulqini mashq qildiradigan shart-sharoit tug‘dirish. 8. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan oilaning hamkorligi va boshqalar. Axloqiy tarbiyaga zamonaviy (shakllantiruvchi. madaniyatshunoslik. aksiologik, ijtimoiylashtiruvchi, germenevtik. sinergetik, antropologik) yondashuvlar tahlili axloqiy tarbiyaning quyidagi pedagogik sharoitlarini samarali vositalar sifatida ko‘rsatish uchun asos bo'ladi: - o‘yin, muloqot, faoliyat jarayonida tabiiy ijtimoiv-axloqiy moslashnv; - psixologik muhitni yaratish; - dialog, hamkorlik; - axloqiy qoidalar, hodisalarga qadriyatli munosabatni shakllantirish. - tarbiyalanuvchilaming mustaqil faoliyatini tashkil qilish: - ijtimoiy ahamiyatli sifatlarini shakllantirish; - axloqiy tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchlari sifatida qarama-qarshiliklarni aniqlash va bartaraf qilish: -emotsional kechinmalami uyg‘otish; -tarbiyalanuvchilarning ichki potensialini ochib berish; - axloqiy o‘zgarishlarni doimiy tashhislash. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini axloqiy tarbiyalashda aniq mezonlarga asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi O'zbekiston Respublikasida yashayotganini bilishi', - o'zi haqida qayg‘urishi, o‘zining narsa-buyumlarini asrab-avaylashi, gullarni va uy hayvonlarini parvarishlay olishi; - ota-onasi, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi, o'rtoqlari, tabiatni va butun tiriklikni sevishi; - maktabgacha ta ’lim qiz va o ‘g ‘il bolalar bilan о‘rtoq bo'lishi: - uyda, maktabgacha ta'lim tashkilotida va o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishga doir topshiriqlarni bajarishda mehnatsevar bo‘lishi; - tartibsizlik, ifloslik, nohaqlik, yomonlik, qizg‘anchiqlikka qarshi turishi - uyda va maktabgacha ta’lim tashkilotida foydalaniladigan narsalar, non. elektr toki, suv kabilarni asrab-avaylashi', - kattalar, ota-onasi, o‘rtoqlariga yordam berishi, - rasm chizish. qo‘shiq va she’r aytish, raqs tushish, yangi o‘yinchoq va o‘yinlarni yarata olishi lozim. Tarbiyaga texnologik yondashuv - tarbiya axloqiy fazilatlarni shakllantirish natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayoni texnologiyasi alohida-alohida loyihalash, tarbiyaning shakl, uslub va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon. Texnologik yondashuv imkoniyati tarbiya jarayonining o‘zida uning ko‘p omilliligi - ko‘plab omillar ta’siriga uchrashi, natijalarning tezda namoyon bo ‘lmasligi, tarbiyachi faoliyatining (bevosita yoki bilvosita) yo'naltirilganligi, ko‘p bosqichlilik bilan bog’liq ravishda mujassamdir. Ko‘p bosqichlilik tarbiyalanuvchining u yoki bu sifat haqida ta’sir darajasidan tushunchaga va keyinroq o‘zlashtirilganlariga muvofiq harakat qilish ko'nikmasini shakllantirish hamda to‘g‘ri xulq-atvor odatlarini shakllantirishga o’tish bilan tavsiflanadi. Shunga asosan V.S.Selivanov tarbiya jarayoni. uning bosqichlari ketma-ketligi murakkab o‘ziga xoslikka ega ekanligi haqidagi xulosaga keladi. Tarbiya, shaxs sifatlarini shakllantirish emotsional yo‘nalganlik, xulqning muhim shakliga ijodiy munosabat uyg‘otishdan boshlanadi. Ikkinchi bosqich harakatni to‘g‘ri bajarish malakasini, ya'n i to‘g‘ri xatti-harakat qilishni mashq qilish sanaladi. Keyinchalik harakatni unga ijobiy munosabat bilan ko‘p marta bajarish davomida oqilona xulq-atvorga odatlantiriladi. Tushunchani o’zlashtirish (shakllantirish) - tarbiya jarayonining keyingi bosqichi. O 'zlashtiriigan tushunchalar asosida ijtimoiy xulq tajribasi tashkil qilinadi. Axloqiy fazilatlarini shakllantirish jarayonining pedagogik maqsadlari uning ijtimoiy maqsadlari, ijtimoiy mohiyati va ijtimoiy funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular, birinchidan, bolalarning axloqiy ko'rinishlar va tegishli faoliyat usullarini amaliy tatbiq etish ko'nikma va malakalarini egallashini ta’minlash; ikkinchidan,shu asosda o‘rganilayotgan sifatning yuqori darajasini shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarga quyidagi pedagogik shartlar bajarilganidagina erishish mumkin: bolalarni zarur sifatning yo'naltirilgan rivojlanishiga olib keladigan axloqiy mazmun bilan boyitilgan real hayotiy vaziyatlarga kiritish; bolalarni rivojlantirishga qaratilgan o 'z-o ‘zini axloqiy takomillashtirish vazifalarini ongli ravishda o 'z oldiga qo'yishlari; pedagogik ta’sir ilgarilab borish tavsifiga ega bo‘lishi, o‘zida yangi, biroq hozirgacha shaxsiy tajribada sinovdan o‘tganlarni aks ettirishi kerak, Ma’naviy axloqiy tarbiya ta’rifi, uning psixologik asoslari va mezonlariga asoslanib, loyihalangan axloqiy fazilatlari shakllantirish texnologiyasi sifatida quyidagi tizimli ketma-ketlikka asoslanish maqsadga muvofiq. Axloqiy fazilatlari shakllantirish texnologiyasi o'zaro bir-biriga bog‘langan, bir-birini to’ldirib boruvchi quyidagi qadamlar ketma-ketligidan iborat: I) nazariy bilimlar, fazilatlar ta’rifini shakllantirish; 2) fazilatning rivojlanishidagi kamchiliklami aniqlash; 3) suhbatlar, topshiriqlarga emotsional munosabatni aniqlash; 4) fazilatning rivojlanganlik darajasini mezonlar bo‘yicha aniqlash; 5) pedagogik vaziyatlami yaratish; 6) tarbiyalanuvchilami faazilatni namoyon qilish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish 7) olingan ko‘nikmalami mustahkamlash uchun mashqlar: 8) natijalami baholash; 8) korreksiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda turli uslub va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Axloqiy tarbiya uslublari, bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlari, shaxsning axloqiy his-tuyg'ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy fazilatlari shakllantirish texnologiyasi. Axloqiy tarbiya uslublarini shartli ravishda quyidagicha tasn n etish m um kin: vosm daei bolalarni 1. A xloqiy ongni shakllantirish uslublari: axloqiy tarbiyalash hikoya, tushuntirish, estetik suhbat, izohlash, uslublari , nasihat, namuna va boshqalar. 2. Axloqiy xulq-atvorni shakllantirish uslublari: mashq. o‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hokazolar. 3. Axloqiy motivatsiyani hosil qilishga doir uslublar: rag'batlantirish, tanbeh berish kabilar. Axloqiy ongni shakllantirish uslublari. Axloqiy mavzudagi hikoya axloqiv mazmundagi voqea-hodisalari yorqin emotsional bayon etilishidir. Hikoya bolalarning his-tuyg'ulariga ta’sir etib, ularga axloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o‘zlashtirishga yordam beradi. Download 41.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling