Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-bob. Qur’on qiroati vaqtida yig‘lamoq haqida
- 26-bob. Qur’on qiroati birlan riyo qilguvchi, Qur’on qiroati birlan tirikchilik qilguvchi hamda Qur’on qiroati birlan maqtanguvchi shaxslar haqida
- 1-bob. Janob Rasulullohning «Sizlardan kimda-kim uylanishga qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi
- 3-bob. Ko‘pxotinlilik haqida
- 4-bob. Kim nima niyatda hijrat yoki biror kori xayr qilgan bo‘lsa, albatta o‘shanga erishadi, xotin olmoqni niyat qilgan xotin oladi
- 5-bob. Hamrohi Qur’onu islom bo‘lgan muhtoj kishini uylantirmoq lozimligi haqida
- 6-bob. Kishining o‘z musulmon birodariga: «Qaysi xotinimni istasang, o‘shani tanla, seni deb men undan voz kechaman!» — deb aytmog‘i xususida
- 7-bob. Tarki dunyo qilmoq va dunyodan toq o‘tmoqning makruhligi haqida
- 8-bob Bokira qizlarni nikohlab olish xususida
- 10-bob. Yosh bokira qizlarni erga bermoq xususida
- 11-bob. Kimga uylanmoq kerak va qanday ayol uylan-moqqa yaxshiroqdur
- 12-bob. Cho‘ri saqlamoq va cho‘risini ozod qilib, keyin unga uylangan shaxs xususida
- 13-bob. Cho‘rining ozod qilinganligini unga berilgan mahr, deb hisoblagan kishi haqida
- 14-bob. Muhtoj (og‘ir ahvolda qolgan) kishini uylantirish xususida. Olloh taolo: «Agar faqir bo‘lsalar, Olloh o‘z fazlidan ato etib, ularni boy qiladi»,— deydi.
- 15-bob. Din borasida tenglar haqida. Olloh taolo: «Va uldur ul zotiki, yaratdi suvdan odamizodni keyin qildi uni nasab
www.ziyouz.com kutubxonasi 259 alayhissalomning ro‘zalarini tutgil, ya’ni bir kun ro‘za tutgil, bir kun ogiz ochgil, har yetti kunda bir xatm qilgil!» — dedilar. Koshkiydi, Janob Rasulullohning nasihatlarini qabul qilgan bo‘lsam! Mana, endi qaridim, quvvatdan ketdim». Aytishlaricha, Abdulloh har kuni kunduzi Qur’onning yettidan bir qismini o‘z ahllaridan biriga o‘qib berar erkanlar. Buni kechasi o‘zlariga oson bo‘lsin uchun qilar erkanlar. Ozgina quvvatlanib olmoqni istasalar, bir necha kun ro‘za tutmas, keyin ersa ro‘za tutmagan kunlarining miqdoricha yana ro‘za tutar erkanlar, chunki «Janob Rasulul- lohning tavsiyalariga zid ish qilib qo‘ymokdan qo‘rqar erkanlar. Ba’zilar uch kunda, ba’zilar besh kunda, ko‘pchilik ersa, yetti kunda xatm qilar erdi, deyishadi. Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan. 25-bob. Qur’on qiroati vaqtida yig‘lamoq haqida Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga tushirilgan-ku?!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xushlayman»,— dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun ne holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni ularga guvoh qilib» degan oyatga yetganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To‘xta, yetarli!»—deb amr qildilar. Qarasam, Janob Rasulullohning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir». 26-bob. Qur’on qiroati birlan riyo qilguvchi, Qur’on qiroati birlan tirikchilik qilguvchi hamda Qur’on qiroati birlan maqtanguvchi shaxslar haqida Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb eshitdim: «Zamon oxirida shunday bir qavm kelurki, o‘zlari yosh, aqllari past bo‘lib, Ollohning kalomidan, rasulullohning so‘zlaridan gapirurlar, islomdan ersa o‘q kamondan qanday otilsa, shunday tez chiqurlar, ularning iymonlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay. Ularni qaerda ko‘rsangizlar, o‘ldiringizlar, chunki ularni o‘ldirgan odamga qiyomatda ulug ajr bordur!» Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohdan eshitgan erdim, bunday degan erdilar: «Sizlarning ichingizdan shunday bir qavm chiqurki, ular o‘zlarining namozlari birlan namozlaringizni tahqir qilurlar, ro‘zalari birlan ro‘zalaringizni tahqir qilurlar, amallari birlan amallaringizni tahqir qilurlar. Qur’on o‘qisalar, qiroatlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay, dindan o‘q kamondan otilgandek tez chiqurlar, o‘qning tigiga qarasalar, ovdan nishon yo‘q, kamonga qarasalar, unda ham hech vaqo yo‘q, ipiga qarasalar ham, hech narsa yo‘q, keyin o‘q otildimi-yo‘qmi, shak qila boshlagaylar» (Mazkur hadisda bora-bora insonlarda, ayniqsa yoshlarda e’tiqodning yo‘qolib ketishi, qalbda samimiy iymonning kamayishi nazarda tutiladi. Odamlarning xo‘jako‘rsinga qiladirgan ibodatu tilovati Ollohning huzurida hech qabuliyatga ega ermasligi bekor ketgan va nishonga tegmagan o‘qqa misol qilinadi). Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 260 27-bob. Dilingizni (xayolingizni) bir joyga yig‘ib Qur’on o‘qingiz! Jundub ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom: «Dilingizni jamlab Qur’on o‘qingiz, agar dilingiz faromush bo‘lsa, turib ketingiz!»—dedilar». Abdullohdan nakl qilinadiki, ul kishi bir odamning qiroatini eshitib qoldilar. Abdulloh o‘shal odam qiroat qilgan surani Janob Rasulullohdan o‘rganib, boshqacha uslubda qiroat qilur erdilar. «Men o‘shal odamni qo‘lidan ushlab Janob Rasulullohning qoshlariga olib bordim,— deydilar. Abdulloh,— shunda ul zot: «Ikkovingiz ham chiroyli o‘qiyotirsiz, shunday o‘qiyveringizlar!» —dedilar. Agar yanglishmasam, ul zot yana: «Sizlardan ilgarigi qavm ixtilof qilgan erdi, ixtiloflari ularni halok qildi» — deb ham aytdilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 261 NIKOH KITOBI Nikohga targ‘ib qilish haqida. Olloh taolo bu xususda: «Bas, nikohlaringizga olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini»,—deydi («An-Niso» surasi, 3- oyat) Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uch nafar kishi Janob Rasulullohning ayollari yashaydirgan hujralarga kelib, ul zotning toat-ibodatlari xususida so‘radi. Ayollar bu haqda xabar berishgach, ular tortishib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayoqdalar-u, biz qayoqdamiz, ul zotga tenglashishga bizga yo‘l bo‘lsin! Axir, Olloh taolo ul zotning sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan-ku!» — deyishdi. Shunda ulardan biri: «Ammo, men bo‘lsam, doimo tunda namoz o‘qiyman»,— dedi. Boshqasi: «Men og‘iz ochmay uzok, ro‘za tutaman (ya’ni, surunkasiga bir necha kun og‘iz ochmay ro‘za tutaman)»,— dedi. Yana biri: «Men ersam, ayollardan nari yuraman, hech qachon uylanmayman»,— dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, ularga: «Shunday va shunday deb aytgan sizlarmi? Ammo, Olloh taolo haqi, men Olloh taolodan sizlardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqib taqvo qilurman, lekin men ro‘za ham tutaman, og‘iz ham ochaman, namoz ham o‘qiyman, dam ham olaman (uxlayman ham), ayollarga uylanaman ham. Kimki mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emasdur (ya’ni, mening ummatim emasdur)!»—dedilar». Zuhriy rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini, agar barobar (teng) ta’minlay olmasligingizdan qo‘rqsangizlar, ul holda bir xotin kifoya qilur yoki mulklaringiz bo‘lmish cho‘rilarni nikohingizga olsangiz bo‘lur, bunda umid borki, bir tarafga og‘massizlar» («An-Niso» surasi, 3- oyat) degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, (odatda) yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘lib, valiy uning molu jamoliga qiziqadi-da, bir oz mahr berib unga uylanmoqchi bo‘ladi. Shu boisdan ham, valiylar (etim qiz asraganlar), to‘liq mahr bermay adolaqizlik qiladilar deb, yetimcha qizlarga uylanishdan qaytarildilar, ammo yetimcha qizlardan bo‘lak ayollarga uylanishlariga ijozat berildi»,— dedilar». 1-bob. Janob Rasulullohning «Sizlardan kimda-kim uylanishga qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, nikohga hojati bo‘lmagan kimsa uylanarmi-di?!» degan qavllari haqida Alqama raziyallohu annhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh birlan birga erdim, Usmon Minoda unga yo‘liqib: «Ey Abu Abdurrahmon, mening senda bir ishim bor»,— dedi, so‘ng ikkalasi chetga chiqdi. Usmon Abdullohga: «Ey Abu Abdurrahmon, biz seni bir bokira qizga uylantirib qo‘yaylikmi?»—dedi. Usmon Abdullohning bunga ehtiyoji yo‘qligini bilgach, menga ishora qilib: «Ey Alqama, men bundan qo‘limni yuvib, qo‘ltig‘imga urdim! Menga u: «Ammo, agar buni birovga ayqang...»,— deyapti. Payg‘ambarimiz ersalar bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!» — deb aytganlar»,— dedi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 262 2-bob. Qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tutgin! Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz — kuchimizni qaerga ishlatishni bilmaydirgan bir guruh yigitlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, shunda ul zot bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!»—deb aytdilar». 3-bob. Ko‘pxotinlilik haqida Ato raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Biz Ibn Abbos birlan birgalikda Sarafga — Maymunaning janozasiga bordik. Shunda Ibn Abbos: «Bu Janob Rasulullohning jufti halollaridur, agar tobutlarini ko‘tarsangizlar, silkitmay, titratmay asta yuringizlar, chunki Janob Rasulullohning to‘qqizta xotinlari bor erdi, ul zot sakkiztasiga ajratib, bittasiga ajratmas erdilar»,— dedi». (Maymuna onamiz boshqa onalarimizga nisbatan sabrqanoatliroq bo‘lgan bo‘lsalar, Janob Rasululloh ul muhta-ramaga g‘azotda olingan o‘ljalardan ulush ajratmagan bo‘lishlari mumkin, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur!) Anas raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning to‘qqizta xotinlari bo‘lib, bir kechada hammasini aylanib chiqardilar». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos menga: «Uylandingmi?» — dedi. Men: «Yo‘q»,— dedim. U: «Uylangin, zero bu ummatning eng yaxshisi (ya’ni, Janob Rasulul- loh) — eng xotini ko‘pidur!» — dedi». 4-bob. Kim nima niyatda hijrat yoki biror kori xayr qilgan bo‘lsa, albatta o‘shanga erishadi, xotin olmoqni niyat qilgan xotin oladi Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ishlar niyatga bog‘liqdur, darhaqiqat kishi niyat qilgan narsasiga muyassar bo‘ladi. Kimki Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida hijrat qilgan bo‘lsa, hijrati Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida bo‘lgan bo‘ladi, kimki mol-dunyo uchun hijrat qilgan bo‘lsa, mol-dunyoga erishadi yoki uylanmoq uchun hijrat qilgan bo‘lsa, uylanadi, chunki nimani deb hijrat qilgan bo‘lsa, o‘shanga erishadi». 5-bob. Hamrohi Qur’onu islom bo‘lgan muhtoj kishini uylantirmoq lozimligi haqida Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, xotinlarimiz yo‘q erdi. Shunda, biz: «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘tmaylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmog‘imizdan qaytardilar». 6-bob. Kishining o‘z musulmon birodariga: «Qaysi xotinimni istasang, o‘shani tanla, seni deb men undan voz kechaman!» — deb aytmog‘i xususida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf kirib keldi, Janob Rasululloh uni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Sa’dning ikkita xotini bo‘lib, u Abdurrahmonga: «Ahlu ayolim birlan molu dunyomning teng yarmini o‘zingga olgil!» — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 263 deb taklif qildi. Shunda, Abdurrahmon: «Olloh taolo senga, ahlu ayolingga hamda molu dunyongga baraka ato eqin, meni bozorga olib boringizlar!» — dedi. Uni bozorga olib borishgan erdi, u ozgina pishloq, ozgina sariyog xarid qildi. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh uni uchratib qoldilar, qo‘lida (yoki egnida) bir sarig narsaning dogi bor erdi. Ul zot unga: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?» — dedilar. U: «Bir ansoriya xotinga uylandim»,— dedi. Ul zot «Nima berding?» — dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin»,— dedi. Ul zot: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!» — dedilar». 7-bob. Tarki dunyo qilmoq va dunyodan toq o‘tmoqning makruhligi haqida Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usmon ibn Maz’unga dunyodan toq o‘tmoqni rad qildilar, agar ul kishiga ijozat berganlarida biz ham dunyodan toq o‘tgan bo‘lur erdik!». Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga gazot qilur erdik, hech narsamiz (xotinlarimiz) yo‘q erdi. Shunda, biz. «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘taylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmoqqan qaytardilar, so‘ng mahriga bir ko‘ylak berib bo‘lsa ham, uylanmog‘imizga ruxsat berdilar. Keyin, «Ey mo‘minlar, Olloh taolo sizlarga halol qilgan ne’matlarni harom qilmangizlar va tajovuz qilmangizlarki, Olloh taolo tajovuz qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi» degan oyati karimani bizga qiroat qildilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men yosh (yigit)man, biror yomon ish qilib qo‘ymasaydim, deb o‘zimdan xavotirlanaman, uylanay desam, hech vaqom yo‘q!» — dedim. Ul zot gapimga javob bermadilar. Men boyagi gapimni yana takrorladim, ul zot yana indamadilar. Men yana qaytardim, ul zot yana sukut qildilar, men yana aytdim, shunda ul zot menga: «Ey Abu Hurayra, senga munosib ko‘rilgan narsani allaqachonlar (taqdir) qalami bitib qo‘ygandur, bunga tan ber yoki tan berma (baribir taqdiringdagi bo‘ladi)»,— dedilar». 8-bob Bokira qizlarni nikohlab olish xususida Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos Oisha onamizga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizdan bo‘lak bokiraga uylanmaganlar»,— dedi». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, agar bir vodiyga tushsangiz-u, ul yerda mevasidan yeyilgan va mevasidan hali yeyilmagan ikki daraxtni ko‘rsangiz, qaysi birining tagida tuyangizni o‘tlatar erdingiz!» — dedim. Ul zot «Usha hali mevasidan yeyilmagan daraxtning tagida!» — dedilar» Oisha onamiz bu birlan Janob Rasulullohning o‘zlaridan bo‘lak bokiraga uylanmaganlarini nazarda tutyaptilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sen menga tushimda ikki bor ko‘rsatilgansan, bir kishi seni bir parcha ipak matoga o‘rab ko‘tarib ketayotgan ermish-u, menga «Bu sening xotining!» — der ermish. Keyin, men matoni ochib ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen ermishsan. Shunda, men «Agar bu tushim Olloh taolo tarafidan sodir qilingan bo‘lsa, albatta uni ro‘yobga chiqaradi!»—deb qo‘ydim». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 264 9-bob Juvon ayollar haqida Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Na qizlaringizni va na singillaringizni menga taklif qilmangizlar!»— dedilar» (ya’ni, Janob Rasululloh o‘z xotinlarining ilgarigi erlaridan bo‘lgan qizlarini va ularning singillarini nazarda tutib «Mening ularga uylanishim mumkin ermas, Olloh taolo buni harom qilgan»,— deyaptilar, chunki ularning qizi Janob Rasulullohga o‘gay qiz, singillari ersa, qaynsingil bo‘ladi) Jobir ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotdan qaytdik. Men tuyamni tezlatib ildamlab ketdim. Bir otliq ketimdan yetib kelib, qo‘lidagi tayoq birlan tuyamni nuqidi, tuyam sen ko‘rgan eng chopqir tuya kabi lo‘killab yugurib ketdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Nega shoshyapsan?» — dedilar. Men: «Chillali kuyovman»,— dedim. Ul zot «Bokiraga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. Men «Juvon»,— dedim. Ul zot «Qiz bola bo‘lganida bir-biringizga ovunchoq bo‘lgan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar (hazilla-shib) Yetib borgach, uylarimizga kirmoqchi bo‘lib erdik, ul zot «Kech kirguncha kirmay turingizlar, toki (xotinlaringiz) to‘ziq sochlarini tarab olsin, o‘zlaringiz bo‘lsangizlar, soch-soqollaringizni olib ulguringizlar!»— dedilar». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men uylandim Janob Rasululloh menga «Kimga uylanding?»—dedilar. Men «Juvonga»,— dedim. Ul zot «Nechun bokiraga uylanmading? Bokiraga uylanganingda erdi, (noz-karashma qilib) o‘ynashar erdi!»— dedilar». 10-bob. Yosh bokira qizlarni erga bermoq xususida Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr Siddiqdan Oishani o‘zlariga nikohlab bermoqlarini so‘radilar. Abu Bakr Siddiq ul zotga «Darhaqiqat, men sizning birodaringizman!» — dedilar. Ul zot «Siz Olloh taoloning dini va Kitobi bo‘yicha mening birodarimdursiz, shul boisdan Oisha mening uchun haloldur!» —dedilar». 11-bob. Kimga uylanmoq kerak va qanday ayol uylan-moqqa yaxshiroqdur? Abu Qurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuya minadirgan ayollar yaxshiroqdurDuraysh o‘z ayollarini yoshlikdanoq bolajon va eriga mehribon qilib tarbiyalaydi»,—dedilar». 12-bob. Cho‘ri saqlamoq va cho‘risini ozod qilib, keyin unga uylangan shaxs xususida Abu Burda otalaridan naql qshadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimda-kim qo‘lidagi cho‘risiga mukammal ta’lim berib, axloq-odob o‘rgatib, so‘ng uni ozod qilib, unga uylansa, ikkita savob olgay, ahli kitoblardan bo‘lmish qaysi bir odam o‘z payg‘ambarlariga hamda menga iymon keltirsa, unga ham ikkita savob tekkay,qaysidir mamluk o‘z valiysining haqini hamda Olloh taoloning haqini ado eqa, u ham ikkita savob olgay»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 265 Anas raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar birlan Madina oralig‘ida uch kun qolib, Safiyyaga uylandilar. Men musulmonlarni Janob Rasulullohning ziyofatlariga taklif qildim. Dasturxonga qo‘yishga na non va na go‘sht bor erdi. Janob Rasululloh: «Boriga qanoat qilingizlar!» — dedilar. Keyin, dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ tortildi, shul tariqa ziyofatlari bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar: «Safiyya mo‘minlarning onalaridan biri bo‘larmikan yoki cho‘rilardan biri bo‘larmikan?» — deyishdi. Keyin, ular yana: «Agar uni hijob (parda) ichiga olsalar, demak u mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ladi, aks holda cho‘rilaridan biri bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh Safiyyaning kajavasi ketlaridan yo‘lga tushganda, u birlan odamlar orasiga parda tortib qo‘ydilar». 13-bob. Cho‘rining ozod qilinganligini unga berilgan mahr, deb hisoblagan kishi haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar va uning ozod qilinganligini unga berilgan mahr o‘rnida ko‘rdilar». 14-bob. Muhtoj (og‘ir ahvolda qolgan) kishini uylantirish xususida. Olloh taolo: «Agar faqir bo‘lsalar, Olloh o‘z fazlidan ato etib, ularni boy qiladi»,— deydi. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, o‘zimni sizga bag‘ishlagani kel-dim!»— dedi. Janob Rasululloh unga qarab bir o‘qrayib qo‘ydilar-da, boshlarini quyi tushirdilar. Ayol, Janob Rasulullohning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. Shunda Janob Rasulullohning sahobalaridan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr uchun biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech vaqom yo‘q!»—dedi. Ul zot: «Uyingga borgin-da, mahrga yaragulik biror narsa topib kel!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hech narsa topolmadim!» — dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bir temir uzuk bo‘lsa ham, olib kel!» — dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hatto bitta temir uzuk ham topolmadim, ammo mening mana bu izorim (ishtonim) bor»,— dedi. Uning ridosi (badanning beldan tepa qismini berkitadirgan kiyim) bo‘lmay, faqat izori bor erdi, demak u mahrga izorining yarmini berishi kerak erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolingga undan hech vaqo qolmaydi va agar uni ayoling kiysa, senga undan hech vaqo qolmaydi»,— dedilar. Boyagi sahoba uzoq vaqt o‘ltirib qoldi. Keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, uning mung‘ayib o‘tirganini ko‘rdilar-da, uni qoshlariga chaqirdilar. U qoshlariga kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?»—dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — deb o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Ularni yoddan qiroat qila olasanmi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan yod bilgan surala-ringni mahr qilib, bu ayolni senga olib berdim!» — dedilar». 15-bob. Din borasida tenglar haqida. Olloh taolo: «Va uldur ul zotiki, yaratdi suvdan odamizodni keyin qildi uni nasab va kuyovlik sohibi va sening parvardigoring qodirdur» (ya’ni, maniydan insondek bir izzatli maxluqni yaratdi, keyin undan naslu nasab va kuyovlik aloqalarini vujudga keltirdi, birgina ojiz insondan jamoalar paydo qildi») («Al- Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 266 Furqon» surasi, 54- oyat) Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Badr g‘azotida bo‘lgan Abu Huzayfa Solimni o‘ziga o‘g‘il qilib olib, uni akasining qizi Hind (binti al-Valiyd ibn Utba ibn Rabiy’a)ga uylantirib qo‘ydi. U bir ansoriyning xotinining mavlosi erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Zaydni o‘zlariga o‘g‘il qilib olgan erdilar. Johiliyat davrida odamlar o‘g‘il qilib olingan bolani o‘sha o‘g‘il qilib olgan odamning ismi birlan, ya’ni «Ey falonchining o‘g‘li» deb chaqirishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Ularni (o‘g‘il qilib olingan bolalarni) o‘z otalarining ismi birlan chaqiringizlar!...» degan oyati karimasini nozil qildi. Abu Huzayfa ibn Utbaning xotini Sahla binti Suhayl ibn Amr al-Qurayshiy (keyinroq, al-Omiriy) Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz Solimni bola, deb hisoblar erdik, bu haqda Olloh taolo o‘z oyati karimasini nozil qilganini endi bildim»,— dedi-da, bo‘lgan voqeani aytib berdi». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zibo’a binti az-Zubayrning huzuriga kirib: «Menimcha, sen haj qilmoqchiga o‘xshaysan?» — dedilar. Zibo’a «Olloh taolo haqi, bunga kasalligimdan bo‘lak mone’lik yo‘q » — dedi. Janob Rasululloh unga «Hajga niyat qilavergil-da, «Yo parvardigoro, o‘zing meni qimirlay olmaydirgan qilib qo‘ygan joyimda (kasal qilib yotqizib qo‘ygan joyimda) hajimni qabul qilgaysan!» — deb iltijo qilgil!» — dedilar. Bu ayol Miqdod ibn al-Asvadning xotini erdi». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Ayolga uning quyidagi to‘rt narsasi uchun uylanasan molini, zotini, jamolini va diynini deb. Agar (o‘z diningdan chiqib boshqa) dindagi ayolga uylansang, xayriyatga erishmaysan!» — dedilar». Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mana bu masala xususida nima deysizlar?»—deb so‘radi. Ular (sahobalar) «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, unga uylanmog‘i lozim, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmog‘i darkor va agar birov gapirsa, eshitmog‘i lozim»,— deyishdi. Keyin, u indamay faqir musulmonlarning oldiga borib «Mana bu masalaga nima deysizlar?» — deb so‘radi. «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, uylanmasa ham bo‘ladi, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmasa ham bo‘ladi va agar birov gapirsa, eshitmasa ham bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Bu (Din xususida barchani barobar ko‘rgan odam) — yer yuzi to‘la ana shundaylardan ham yaxshiroqdur!» — dedilar» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling