Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Rasulullohning huzurlariga jo‘nadi. Yetib borganida, ul zot odamlar qurshovida turgan 
erdilar. «Yo Rasulalloh! Nima deysiz, agar bir kishi xotini birlan boshqa bir kishini tutib 
olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora 
ko‘riladi?»—dedi Osim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo sen birlan rafiqang xususida 
hozirgina oyat nozil qildi. Bor, xotiningni olib kel!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bizning 
huzurimizda bir-birlarini mulo’ana qilishdi (ya’ni, har biri o‘zining haq erkanligini aytib, 
bir-birini la’natladi). Mulo’anadan qutilganimizda, Uvaymir: «Yo Rasulalloh! Agar uni 
xotin qilsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman»,— dedi-da, unga Janob Rasululloh amr 
qilmasla-ridan burun, uni o‘zi uch taloq qildi». Ibn Shihob: «Usha yili mulo’ana 
qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziyning xotini Janob 
Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Rifo’at moni qat’iyan taloq qildi. 
Keyin,men Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziyga tegdim. Lekin, uning olati mana bu 
popuk yanglig‘ bo‘sh (yumshoq) erkan»,—dedi. Janob Rasululloh: «Menimcha, sen 
ilgarigi ering bo‘lmish Rifo’atga qaytib tegmoqchiga o‘xshaysan, ammo ilgarigi ering 
zavq olgani kabi to u sening va sen uning asaldonidan zavq olmas erkansan, bu mumkin 
ermas!»— dedilar». 
 
4-bob. Xotinlariga tanlash ixtiyorini bergan kishi xususida. Olloh taolo: «Ey 
payg‘ambari muhtaram, siz o‘z xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar dunyo 
hayotini va uning ziynatini istasangizlar, kelingizlar, men sizlarga bir oz foyda 
yetkazay-da, so‘ng sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray!» 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga 
tanlash ixtiyorini berdilar, biz (xotinlar) Olloh taolo birlan uning rasulini tanladik va buni 
bizga taloq, deb hisoblamadilar (ya’ni, Madinani zabt etmoq, musulmonlarni asir qilmoq 
va islom dinini poymol etmoq umidida kelgan kofirlarni Olloh taoloning o‘zi daf qildi, 
musulmonlarni dushmanga ro‘baro‘ qilmadi. Janob Rasulullohning xotinlari, dushman daf 
qilinib, xalq biroz osuda va orom olganini ko‘rishgach, Janob Rasulullohdan o‘zlarining 
ta’minotlarini ko‘paytirishni talab qilmoqchi bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularning bu 
niyatlaridan xabar topib, xafa bo‘ldilar-da, bir oygacha ularning huzuriga kirmaslikka ont 
ichdilar va masjidga yaqin bir boloxonada tanho turdilar. Hazrat Abu Bakr as-Siddiq va 
Hazrat Umar raziyallohu anhumo bu voqeani eshitishib ranjishdi-da, o‘z farzandlari 
Oisha birlan Hafsa onalarimizga tanbih berishdi. So‘ng, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi 
va sallamning huzurlariga kirishib, ul zotning muborak qalblarini shirin so‘zlar birlan 
yozishdi. Bir oydan so‘ng, Olloh taoloning yuqoridagi «Taxyir» (Bu dunyo hayoti birlan 
uning ziynatini yoki Olloh taolo birlan uning rasulini tanlash ixtiyori berilganligi haqidagi) 
oyati karimasi nozil bo‘ldi. Janob Rasululloh bu oyatni avval Oisha onamizga eshittirdilar, 
shunda Oisha onamiz Olloh taolo birlan uning rasulini tanladilar, boshqa onalarimiz ham 
Oisha onamiz yanglig‘ ish tutishdi). 
 
Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Masruqdan Janob 
Rasulullohning o‘z xotinlariga tanlash ixtiyorini berganliklari xususida so‘rab: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam bizga tanlash ixtiyorini berdilar, bu taloqmikin?» — dedilar. 
Masruq: «Xotinim (nikoh vaqtida) meni tanlagan bo‘lganidan keyin, mening unga yana 
bir yoki yuz marta tanlash ixtiyorini bermog‘imning menga qizig‘i yo‘q!» — dedi». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
5-bob. Agar er xotiniga «Men seni tark etdim» yoki «Men senga ruxsat 
berdim» yoki «Bo‘shsan» yoki «Erklisan» deb ayqa-yu, bundan taloq qilmoqni 
nazarda tutmagan bo‘lsa, niyatidagi bo‘ladi! 
 
Olloh azza va jalla: «Va ruxsat beringizlar ularga yaxshilik ila!» — deydi. Olloh taolo 
yana: «Va sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray (deb aytgil!)» — deydi. Shuningdek, Olloh 
taolo: «Yaxshilik ila nikohda saqlanur yoki xursand qilib (mahrlarini berib) qo‘yib 
yuborilur»,— deydi. Olloh taolo: «Yoki ularni yaxshilik ila tark etingizlar!» — deb ham 
aytadi. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga 
o‘rgatdilarki, ota-onamiz bizni ul zotdan ajralmog‘imizga buyruq bera olmas erkanlar». 
 
6-bob. «Sen menga haromsan!» deb xotiniga aytgan er xususida 
 
Hasan raziyallohu anhu: «Niyatidagi bo‘ladi»,— deydilar. 
 
Ilm ahli: «Agar er xotinini uch taloq qilgan bo‘lsa, xotini unga haromdur!» — deyishib, 
«harom» so‘zini «taloq» va «ajralish» ma’nosida qo‘llashadi. Bu yerdagi «harom» so‘zi 
taomga nisbatan ishlatiladigan «harom» kabi ermas, chunki halol taomni harom 
deyilmaydi, balki taloq qilingan ayolni harom deyiladi. Olloh taolo uch taloq xususida: 
«Bundan keyin ul xotin unga halol So‘lmas, toki boshqa bir erga nikoh qilinmasa»,— 
deydi. Ibn Umardan agar uch taloq qilgan kishilar haqida so‘ralsa, «Basharti bir bor yoki 
ikki bor taloq qilgan bo‘lsang, ul holda Janob Rasululloh menga qayta nikohlab olmoqni 
amr qilganlar va agar uch bor taloq qilgan bo‘lsang, unda xotining sendan bo‘lak erga 
nikohlanmaguncha senga haromdur!» — der erdilar. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kishi xotinini taloq qilib erdi, erga tegib 
ketdi. Keyin, u ham uni taloq qildi. Chunki, uning olati popuk singari lapashang bo‘lib, 
xotin undan qoniqmas erdi. Shul boisdan ham u uni tezda taloq qilgan erdi. Ushal xotin 
Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Erim meni taloq qildi, keyin men 
boshqa erga tegib erdim, u olyati popuk singari lapashang bo‘lganidan arang bir marta 
yaqinlik qila oldi, xolos, shunda ham meni qoniqtira olgani yo‘q. Endi, men ilgarigi 
erimga halol bo‘lamanmi?» —dedi. Janob Rasululloh: «Ilgarigi eringga, toki hozirgi ering 
sening va sen uning asaldonidan zavq olmas erkansan, halol bo‘lmaysan!» — dedilar». 
 
6-bob. Olloh taolo sizga halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilmangiz! 
 
Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosning «Agar kishi xotiniga: «Sen menga haromsan!» — desa, 
talok; bo‘lmaydi, chunki sizlar uchun Janob Rasulullohda yaxshi ibratlar mavjud-dur!» 
deb aytganlarini eshitgan erkanlar. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab 
binti Jahshning hujrasiga kirib, u yerda asal tanovul qilib, uzoq qolib ketadirgan odat 
chiqardilar. Shunda men Hafsa birlan til biriktirib: «Agar Janob Rasululloh birortamizning 
hujramizga kirib kelsalar, ul zotga «Sizdan mag‘ofir (asalga o‘xshash sassiq yelim) hidi 
kelyaptimi, mag‘ofir tanovul qildingizmi?» deb aytamiz, deb kelishib oldim. Keyin, Janob 
Rasululloh xotinlaridan birining huzuriga kirib erdilar, u ul zotga boyagi gapni aytdi. 
Janob Rasululloh: «Yo‘g‘-e, Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilgan erdim, 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
endi sira ham asal tanovul qilmayman!» — dedilar. Shunda «Ey payg‘ambari muhtaram! 
Olloh taolo sizga halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilmangiz!» degan oyati karima 
nozil bo‘ldi. Olloh taolo payg‘ambarimizning «Yo‘g‘-e, asal tanovul qilgan erdim» degan 
gaplarini nazarda tutib, Oisha va Hafsa onamizga qarata: «Payg‘ambar ba’zi xotinlariga 
ohista (pichirlab) biror so‘z aytganda...»—deb murojaat qildi». 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asal va 
halvoni xush ko‘rar erdilar. Asr namozidan qaytganlarida barcha xotinlarining huzuriga 
birma-bir kirib, suhbatlashib chiqur erdilar. Keyin, Hafsaning huzurida ko‘proq qolib 
ketadirgan odat chiqardilar, surishtirib bilsam, Hafsaga uning qavmidan bo‘lgan bir ayol 
bir idishda asal tortiq qilgan erkan. Janob Rasululloh o‘sha asaldan tanovul qilib, ko‘proq 
ushlanib qolar erkanlar. Men o‘zimga-o‘zim: «Xudo haqi, ul zotni bir boplaymiz!» — 
dedim-da, Savda binti Zam’aga: «Ul zotning huzuringga kirmoqlari turgan gap, 
huzuringga kirganlari-da: «Mag‘ofir yedingizmi?» — deysan, ul zot: «Yo‘q»,— deydilar. 
Sen: «Sizdan kelayotgan sassiq hid nimaning hidi?» — deysan. Ul zot: «Hafsa menga 
asal yedirgan erdi»,— deydilar. Sen: «Demak, asalarilar urfut gulidan asal olgan erkan-
da!» — deysan, men ham shunday deyman»,— deb tayinladim. So‘ng, Safiyyaga: «Ey 
Safiyya, sen ham shunday deb aytgil!»—dedim. Ushanda Savda: «Xudo haqi, Janob 
Rasululloh hujram eshigiga kelib turganlarida sen menga buyurgan gapni sendan 
qo‘rqqanimdangina aytmoqchi bo‘ldim»,— deb erdi. Janob Rasululloh Savdaga yaqinla-
shishlari hamonoq, u: «Yo Rasulalloh, mag‘ofir yedingizmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— 
dedilar. U: «Sizdan anqiyotgan sassiq hid nimaning hidi?» — dedi. Ul zot: «Hafsa menga 
asal yedirgan erdi»,— dedilar. U: «Demak, asalarilar urfut gulidan asal olgan erkanda!» 
— dedi. Keyin, men ham ul zot huzurimga kirganlarida shu gapni aytdim, Safiyyaning 
huzuriga kirganlarida u ham shunday dedi. Janob Rasululloh Hafsaning huzuriga 
kirganlarida, Hafsa: «Yo Rasulalloh, sizga asal yedirib qo‘yaymi?» — deb erdi, ul zot: 
«Yegim kelmayapti»,— dedilar. Shundan keyin, Savda menga: «Xudo haqi, biz Janob 
Rasulullohga asalni harom qilib qo‘ydik!»—dedi afsuslanib. Men unga: «Ovozingni 
o‘chir!» —dedim». 
 
7-bob. Nikohiga olmay turib taloq qilolmaydi! 
 
Olloh taolo: «Ey mo‘minlar! Agar mo‘mina ayollarni nikohingizga olgan bo‘lsangizlar-u, 
so‘ng ularni jimo’ qilmay turib taloq qilgan bo‘lsangizlar, ularni iddada saqlamog‘ingiz 
lozim ermas, ularning mahrlarini berib, yaxshilik ila qo‘yib yuboringizlar!» — deydi. 
 
Ibn Abbos yuqoridagi oyatga binoan «Olloh taolo taloqni nikoxdan keyinga qo‘ydi»,— 
dedilar. Ko‘pgina boshqa roviylar ham shul haqda rivoyat qilishadi, jumladan ash-
Sha’biy: «Ayol nikohdan ilgari taloq qilinmaydi»,— deydilar. 
 
8-bob. Agar kishi o‘z xotinini majburan: «Bu mening singlim»,— desa, u taloq 
bo‘lib qolmaydi! 
 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom xotinlari Sorani: «Bu 
mening singlim»,— deganlar va bu birgina Olloh azza va jallaning o‘ziga ayondur»,— 
dedilar. 
 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
9-bob. Tutqun va majburning hamda mast va majnunning talog‘i haqida 
 
Taloq, shirk va boshqa shunga o‘xshash masala xususida mast va majnunga nisbatan 
hukm bir bo‘lib, bular yanglishish va aql-hushning joyida ermasligi oqibatidir. Chunki, 
Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Amallar niyatga bogliq bo‘lib, har kimga niyat 
qilgani nasib bo‘ladi!» — deb aytganlar. Sha’biy bu haqda: «Parvardigoro, agar unuqak 
yoki xato qilsak yohud vasvasa oqibatida nojoiz xatti-harakatlar qilib qo‘ysak, bizni 
jazolamagil (aybdor qilmagil)!» — deb tilovat qilganlar. Janob Rasululloh o‘zining qilgan 
gunohini tan olgan kishidan: «Jinni ermasmisan?»—deb so‘raganlar. Hazrat Ali bunday 
deydilar: «Hamza ikki tuyamning qornini yordi. Shunda Janob Rasululloh Hamzani koyiy 
boshladilar, Hamza ersalar mast ko‘zlarini tikib: «Sizlar otamning qullari 
ermasmisizlar?!» — dedilar. Janob Rasululloh Hamzaning mast erkanliklarini bilib, 
tashqariga chiqdilar, biz ham ul zot birlan birga chiqib ketdik». Hazrat Usmon: «Majnun 
va mast kishining talogi o‘tmaydi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Mast va majbur qilingan 
kishining talog‘i nojoizdur»,— deydilar. Uqba ibn Omir: «Vosvosning talog‘i joiz 
ermas»,— deydilar. Ato. «Agar kishi xotinini taloq qila boshlagan bo‘lsa (ya’ni, birinchi 
martadan to uchinchi martagacha), har galgi taloqning o‘z shartlari mavjud»,— deydilar. 
Nofi’: «Bir kishi xotinini qat’iyyan taloq qildi, agar xotin erining uyidan chiqib keqa...»,— 
dedilar. Ibn Umar: «Agar u erining uyidan chiqib keqa, eridan uzilkesil ajragan bo‘ladi, 
basharti chiqib ketmasa, ul holda hechqisi yo‘q»,— dedilar. Zuhriy «Agar shunday va 
shunday qilmasam, xotinim uch taloq bo‘lsin!» deb aytganlar haqida gapirib: «Ushal 
qasamni ichgan vaqtida qalbida nima deb, nimani niyat qilgan bo‘lsa, undan o‘sha 
xususida so‘raladi. Agar u qasam ichgan vaqtidagi o‘zi istagan maqsadi birlan qalbiga 
tugib qo‘ygan niyatini ayqa, bu uning iymonu halolligiga havola»,— deydilar. Ibrohim: 
«Agar er xotiniga: «Mening senga ehtiyojim yo‘q!» — deb ayqa, niyatidagi hisobga o‘tadi 
va har bir odam o‘z tili birlan taloq qilmog‘i lozim!» —deydilar. Qatoda: «Basharti, er 
(yangi uylangan) xotiniga «Agar homilador bo‘lsang, uch taloqsan!» deb ayqa, ul holda 
u xotinini har gal hayzdan poklanganda bir marta jimo’ qiladi, agar xotininig homilador 
bo‘lgani ma’lum bo‘lsa, demak bola o‘zidan bo‘lgan»,— deydilar. Hasan: «Agar er 
xotiniga: «Uyingga (ota-onangnikiga) jo‘na!» — desa, niyatidagi hisobga o‘tadi»,— 
deydilar. Ibn Abbos: «Xotinni taloq qilsam, o‘zimni rizo qilgan bo‘laman, qul ozod 
qilsam, Olloh taoloni rizo qilgan bo‘laman!» — deydilar. Zuhriy: «Agar er xotiniga: «Sen 
xotinim ermassan!» — desa, niyat qilgani hisobga o‘tadi, ya’ni shunda xotinini talok, 
qilmoqni niyat qilgan bo‘lsa, taloq bo‘ladi»,— deydilar. Hazrat Ali: «Uch toifa odamlarga, 
ya’ni majnun tuzalguncha, bola balog‘atga yetguncha, uyqudagi uyg‘onguncha gunoh 
yozilmasligini bilmaysanmi?!» — deydilar. Hazrat Ali yana: «Jinnining talog‘idan bo‘lak 
barcha taloq hisobga o‘tadi»,— deydilar. 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Olloh taolo ummatimni ko‘nglidan o‘tkazgan, ammo qilmagan yoki gapirmagan narsasi 
uchun gunohkor qilmaydi» —deb aytganlar». 
 
Qatoda: «Ko‘nglida (ichida) taloq qilsa, taloq hisobga o‘tmaydi»,— deydilar. 
 
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasiga mansub bir kishi Janob 
Rasululloh masjiddaliklarida huzurlariga kelib, o‘zining zino qilib qo‘yganini aytdi. 
Shunda ul zot nafratlanib yuzlarini o‘girib oldilar. Boyagi kishi ul zotning o‘girilib olgan 
tomonlariga aylanib o‘tdi-da, zino qilganiga to‘rt marta iqror bo‘lib, o‘ziga o‘zi guvohlik 
berdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh uni chaqirib: «Jinni-pinni ermasmisan? 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
307
Uylanganmi-san?» — deb so‘radilar. U: «(Jinnilik dardim yo‘q), uylanganman»,— dedi. 
Ul zot uni namozgohda toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar. U birinchi tosh tegishi birlanoq 
qochib qoldi, keyin uni Harrada quvib yetib, o‘ldirdik». Bu yerda yuqoridagi hadis 
takroran keltirilgan. 
 
10-bob. Xul’ (kiyimni yechib berish) va bunda taloq qanday bo‘ladi? 
 
Olloh taoloning qavli: «Va sizlar uchun nojoizdur ularga (xotinlarga) bergan 
narsalaringizdan (mahrlaringizdan) biror narsani qaytarib olmoqlaringiz, lekin er va xotin 
bundan buyon Olloh taoloning hukmlariga rioya qilgan holda birga yashay olmasak 
kerak, deb qo‘rqsalar, ul holda xotin mahridan kechib o‘zini qutqarib olsa, har ikkalasiga 
gunoh bo‘lmas». 
 
(«Xul’ — kiyimni yechib berish» degan istilohning mazmuni quyidagicha: Er va xotin bir-
birlari uchun kiyimdur, chunki Olloh taolo: «Xotinlar sizlar uchun va sizlar ular uchun 
kiyimdursizlar»,— deydi. Shunga ko‘ra, agar er xotinini taloq qilgisi kelmasa-yu, xotin 
o‘ziga berilgan mahr evaziga eridan taloq olsa va er qabul qilib, unga taloq bersa, 
go‘yoki har ikkalasi bir-biriga kiyimini yechib bergandek bo‘ladi). 
 
Hazrat Umar ayolni unga berilgan taloq xatidan bo‘lak barcha mahri evaziga xul’ 
qilmoqlikka ijozat berdilar. Hazrat Usmon ayolni uning boshidagi sochlarini tang‘ib 
qo‘yadirgan bog‘ichidan bo‘lak barcha mahri evaziga xul’ qilmoqqa ijozat berdilar. 
 
Tovus raziyallohu anhu: «Er va xotin Olloh taolo har biriga farz qilgan hukmlarni bundan 
buyongi hayotida bajara olmaslikdan cho‘chisa-yu, lekin er xotiniga ahmaqona gap 
qilmayotgan bo‘lsa, to xotin eriga «Men seni deb nahsdan poklanmoq uchun g‘usl qilib 
o‘ltirmayman!»—demaguncha, xul’ halol bo‘lmaydi»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysni xulq va burch 
xususida ayblay olmayman, lekin men islomga zid ish tutishni ham istamayman!» — 
dedi. Janob Rasululloh: «Unga bog‘ini qaytarib bermoqchimisan!» — dedilar (ya’ni, xotin 
mahrga berilgan bog‘dan voz kechib, eridan taloq olmoqchi). Xotin: «Ha»,— dedi. Janob 
Rasululloh uning eriga: «Bog‘ni qabul qilgin-da, xotiningga qat’iyan taloq ber!» — 
dedilar». 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga 
kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysga burch va xulq xususida ayb qo‘ya 
olmayman, ammo men unga toqat ham qilolmayman!» — dedi. Ul zot: «Unga bog‘ini 
qaytarib bermoqchimisan?» — dedilar. Xotin: «Ha»,— dedi». 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga 
kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysni burch va xulq xususida ayblay olmayman
lekin men kufrdan qo‘rqaman»,— dedi. Ul zot: «Unga bog‘ini qaytarib 
bermoqchimisan?» — dedilar. Xotin: «Ha»,— dedi. Keyin, xotin bog‘ni eriga qaytarib 
berdi, Janob Rasululloh eriga amr qilib erdilar, u xotinini taloq qildi». 
 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
308
11-bob. Er va xotin orasining buzilishi va zarur bo‘lgan chog‘da xul’ qilmoqni 
ishora qiladimi? 
 
Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar eru xotin o‘rtasining buzulmogidan qo‘rqsangizlar, 
ul er xonadonidan bir odil kishini va xotin xonadonidan bir odil kishini ta’yin qilingizlar!» 
 
Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: 
«Banu Mugiyra o‘z qizini Aliga nikohlab bermoqlariga ijozat so‘radilar, men sira ham 
ijozat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ijozat bermayman! Ali qizimni taloq 
qilib, ularning qiziga uylanmoqni istasagina ruxsat beraman, chunki qizim mening bir 
bo‘lagimdur, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi, unga aziyat 
yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — deb aytganlarini eshitdim». 
 
12-bob. Cho‘rining sotib yuborilishi taloq hisoblanmaydi 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Cho‘ri Bariraga nisbatan ado etilmogi lozim 
bo‘lgan uchta sunnat mavjud erdi, ulardan biri — uning ozod qilinib, erini ixtiyor 
qilmog‘iga imkon berilganidur. Ushanda Janob Rasululloh: «Homiylik huquqi ozod qilgan 
shaxs qo‘liga o‘tadi»,— degan erdilar. Bir kuni ul zot hujramga kirib kelganlarida 
qozonda go‘sht qaynab turgan erdi. Oldilariga non va uyda mavjud bo‘lgan xurushlardan 
keltirildi. Ul zot: «Go‘sht qaynatib qo‘yilgan qozonga ko‘zim tushdi shekilli?» — dedilar. 
«Ha, qozonda go‘sht qaynatib qo‘yilgan, ammo bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan 
go‘shtdan, siz ersangiz sadaqa yemaysiz»,— deyishdi. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga 
sadaqa, bizgaersaxadyadir!»—dedilar». 
 
13-bob. Cho‘rining qulni tanlamog‘i haqida 
 
Ibn Abbos: «Men uning, ya’ni Bariraning erining qul erkanligini ko‘rganman»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos: «Men o‘shal Mugis Abdu Bani falonning, ya’ni Bariraning erining Madina 
ko‘chalarida Bariraning ketidan qolmay, unga yiglab yolborayotganini ko‘rib 
turgandekmen»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos: «Bariraning eri qop-qora qul bo‘lib, ismi Mugis Abdunnabiy erdi. Hozir men 
uning Madina ko‘chalarida Bariraga ergashib yurganini ko‘rib turgandekmen»,— 
deydilar. 
 
14-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning‘ Bariraning eriga shafoat 
qilganlari haqida 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bariraning eri qul bo‘lib, ismi Mug‘is erdi. Men uning 
Bariraning ketidan ergashib, yig‘lab yurganini va ko‘z yoshlarining soqoliga oqib 
tushayotganini ko‘rib turgandekmen. Janob Rasululloh: «Ey Abbos, Mug‘isning Bariraga 
bo‘lgan muhabbatidan va Bariraning Mug‘isga bo‘lgan nafratidan ajablanmaysanmi?» — 
dedilar. Janob Rasululloh Bariraga: «Unga qaytib tekkaningda erdi!»—dedilar. Barira: 
«Yo Rasulalloh, u menga shart qo‘ydi»,— dedi. Ul zot: «Chunki, men unga 
achinaman»,— dedilar. Barira: «Men unga muhtoj ermasman!» — dedi». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
15-bob. 
 
Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olmoqchi bo‘ldilar, shunda 
uning valiylari valiylik (homiylik) huquqini o‘zlarida olib qolishni shart qilib, sotmoqdan 
bosh tortdilar. Oisha onamiz buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni sotib 
olib, ozod qilaver, valoyat huquqi ozod qilgan shaxsniki-dur!»— dedilar. Bir kuni Janob 
Rasulullohga go‘sht keltirishdida, «Bu Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan»,— deyishdi. 
Ul zot: «Bu Bariraga sadaqa, bizga ersa hadyadir!» — dedilar». 
 
16-bob. Olloh taoloning «Mushrik ayollarni ular mo‘mina bo‘lmagunlariga 
qadar nikohingizga olmangizlar! Mushrik ayoldan, agar u sizga yoqib qolgan 
bo‘lsa ham, cho‘ri yaxshidur!» degan qavli haqida 
 
Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar, agar nasroniy ayolni yoki yahudiy ayolni nikohlab 
olmoq haqida so‘rashsa: «Olloh taolo mushrik ayollarni mo‘minlarga harom qildi, men 
(mushrik) ayolning Olloh taoloning bandalaridan biri bo‘lmish Isoni rabbim, deb shirk 
keltirganidan ko‘ra og‘irroq gunohini bilmayman!»—der erdilar». 
 
17-bob. Musulmon bo‘lgan mushrik ayollarni nikohlab olmoq va ularning 
iddalari haqida 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
mo‘minlarga nisbatan ikki xil mavqeda erdilar. Harb qabilasi mushriklari mo‘minlarga, 
mo‘minlar ersa ularga qarshi urush qilishar erdi. Ahd qabilasi mushriklari ersa 
mo‘minlarga qarshi urush qilishmas, mo‘minlar ham ularga qarshi urishmas erdilar. Agar 
Harb qabilasidan biror ayol musulmonlar tomoniga o‘qa, to hayz ko‘rib, hayzdan 
poklanmagunicha, nikohga olinmas erdi, agar hayzdan poklansa, uni nikohga olmoqlik 
ruxsat etilar erdi. Ushal ayol, agar eri ham musulmonlar tomoniga o‘qa-yu, lekin o‘zi 
hanuz biror mo‘minga nikohlanmagan bo‘lsa, eriga qaytarilar erdi. Basharti, 
mushriklarning birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar tomoniga o‘qa, u ozod deb 
hisoblanib, musulmonlar tomoniga o‘tgan ozod mushriklarga nisbatan qanday muomala 
qilinsa, unga ham shunday muomala qilinar erdi». 
 
Mujohid: «Agar Ahd qabilasi mushriklarining birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar 
tomoniga o‘qa, qaytarib bermay, narxini to‘lashar erdi»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar. «Qurayba binti Abu Umayya Umar ibn al-Xattobning 
huzurlarida erdi, keyin uni taloq qildilar. Unga Muoviya ibn Abu Sufyon uylandi. Abu 
Sufyonning qizi Ummulhakam ersa Iyoz ibn G’anam al-Fahriyga tekkan bo‘lib, keyin uni 
taloq qildi. Unga Abdulloh ibn Usmon as-Saqafiy uylandi». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling