Islom bank tizimi va uning rivojlanish tendensiyalari


Download 1.3 Mb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1765549
  1   2   3   4
Bog'liq
XBI.mustaqil.ish

Islom bank tizimi va uning rivojlanish tendensiyalari

Reja:

1. Islom davlatlari iqtisodiy tizimi va foizga asoslangan iqtisodiy tizim.

2. Islom moliyasi va moliyaviy instrumentlari.

3. Islom bank faoliyatida risklarni boshqarish.

4. O'zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirish.

1. Islom davlatlari iqtisodiy tizimi va foizga asoslangan iqtisodiy tizim.

Asosiy farqlari:


Islomiy iqtisodiy tizimda “foiz” tushunchasi yo’qligi
Har bir qarorning shariat qonunlari doirasida amalga oshirilishi
Hujjatli savdolar(mudharaba va musharaka) keng qo’llanilishi
Korxona inqiroz fazasiga yaqinlashib qolganida obligatsiyalar chiqara olmasligi
Foyda ham, zarar ham bank va iste’molchi o’rtasida teng taqsimlanishi
Islomiy iqtisodiyotda tovarlarning narxlarida adolatsizlikka yo’l qo’yilmaydi.

Foiz nima uchun mumkin emas?


“Sudxo’rlar (qiyomat kuni qabrlaridan) jin chalib ketgan odam kabi(holatda) ko’padilar. Buning sababi – ularning: “Bay (savdo-sotiq) ham sudxo’rlikning huddi o’zi” degan gaplaridir. Holbuki, Alloh bayni halol, sudxo’rlikni (esa) harom qilgan. Bas, kim Robbidan nasihat yetgach, (sudxo’rlikdan) to’xtasa, u holda avvalgi o’tgani o’ziga va uning ishi Allohga (havola). Kim yana (sudxo’rlikka) qaytsa, o’shalar do’zax ahlidirlar va ular unda abadiy qoluvchilardir”
(Baqara surasi, 275-oyat)
Iqtisodiy jihatdan foizning keng tarqalishi qanday muammolarga sabab bo’ladi:
  • Ko’p miqdordagi sarmoyani dunyoning oz sonli insonlari qo’lida to’planib qolishi.
  • Foiz – boyni yanada boy, kambag’alni yanada kambag’al qiladi.
  • Iqtisodiy inqirozlarga olib kelishi.
  • Inflyatsiyani keskin oshib ketishi.
  • Iste’molchiga nisbatan adolatsizlik.

PuL VA TOVAR

  • Pul almashish vositasi ekanligini har tomonlama chuqur o'rganib, asoslab bergan ilk olim Imom G'azzoliydir. G'azzoliy ta'kidlaganidek, puldan pul ishlab topish yoki foiz olish uchun pul berish pulning yaralish hikmatiga zid harakat qilish demakdir. Pul maqsad emas, balki bir vositadir. Pulni maqsad sifatida qabul qilgan iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish rivojlanmaydi, ishsizlik ortadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling