Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va


Download 19.55 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1568221
  1   2
Bog'liq
aqidaparastlik


Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.
Mutaassiblik va g‘uluv Qur’oni karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday ko‘rinishi qat’iy rad etilgan. Jumladan, «Moida» surasida shunday deyiladi:
«Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi» (Moida, 87).
Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) ham o‘zlarining qator hadislarida diniy masalalarda haddan oshganlar noto‘g‘ri yo‘lda ekanini ko‘p bor ta’kidlab, ularning aksariyati Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘lganini aytib o‘tganlar. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Albatta, din osonlikdir. Kim dinda chuqur ketsa, u yengiladi», deyilgan. Boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom) «Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi», deb uch bora takror aytganlarining o‘zidan ham mutaassiblik va g‘uluvning naqadar yomon illat ekanini ko‘rishimiz mumkin.
Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog‘liqdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash ham odat tusiga kirdi.
U yoki bu hodisa, qoida tamoyilini mutlaqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasida topish mumkin, shu jumladan diniy niqob ostida ham topish mumkin. Ming afsuslar bo‘lsinki, muqaddas Islom dini nomidan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlanganlar ham kam emas.... 
Aqida – shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, eʼtiqod qilish lozim boʻlgan qoida va talablar. Aqida qanday shaklda boʻlmasin, muayyan ishonch va eʼtiqod asosida shakllanadi. Kishilar hayoti va turmushining barqaror hodisasi sifatida ularning maʼnaviyati, taʼlim-tarbiyasi va xulq-atvoriga taʼsir qiladi. Aqidaga xos eng muhim jihatlardan biri uning ijtimoiy xususiyatga hamda individual zohiriylikka ega ekanidadir. Aqida nafaqat diniy, balki dunyoviy asosga, obyektiv zaminga ega boʻlishi ham mumkin. Ammo bu uning obyektiv haqiqat ekanini anglatmaydi. Diniy aqidalarning asoslari muayyan dinlarning asosiy natijalarida, ularga xos qonun-qoidalar va talablarda ifodalangan. Masalan, islom aqidalarining asosi Qurʼon va hadislardagi meʼyor hamda koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.
 
Islomning sunniylik mazhabida eʼtirof etiladigan aqidalar yettita: bular Allohning yagonaligi, farishtalar, muqaddas kitoblar, paygʻambarlar, oxirat va taqdirga, insonning qiyomat kuni qayta tirilishiga ishonishdan iborat. Islom VII asrda shakllangan boʻlsa-da, ilohiyot ilmidagi aqidaviy taʼlimotlarning shakllanishida IX asr oxiri, X asrning birinchi yarmi alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki bu davrda kalom ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan moturidiya va ashʼariya taʼlimotlari vujudga kelgan. Imom Moturidiy va Imom Ashʼariy ilmiy-maʼnaviy merosida butun musulmon olamiga xos boʻlgan umumiy qoidalar oʻz aksini topgan. Bu – ahli sunna val-jamoatning ikki maktabi orasidagi aqidaviy masalalarga oid farq boʻlib, ularning biri lafziy (ifodadagi), ikkinchisi maʼnaviy (mazmuniy) tusga ega.
 

Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling