Abu abdulloh


-bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


18-bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud 
nasroniy ayollar musulmon bo‘lsa... 
 
Ibn Abbos: «Agar nasroniy ayol eridan bir soat ilgari musulmon bo‘lsa ham, eriga 
(umuman) haromdur!» — deydilar. 
 
Ibrohim as-Soigrivoyat qiladilar: «Odamlar Atodan: «Ahd qabilasiga mansub bir ayol 
musulmon bo‘ldi, keyin u iddalik vaqtida eri ham musulmon bo‘ldi, u uning xotini bo‘lib 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
qola oladimi?»—deb so‘rashdi. Ato: «Io‘q, aslo! Endi, o‘shal xotin erining qayta nikohlab 
olmog‘ini hamda boshqa mahr bermog‘ini istashi kerak bo‘ladi»,— dedilar». 
 
Mujohid: «Agar er xotini musulmon bo‘lib, idda saqlayotgan vaqtda islomni qabul qilsa, 
unga uylanadi»,— deydilar. 
 
Olloh taolo: «Na (musulmon bo‘lgan) xotinlar (kofir) erlariga v na (kofir) erlar 
(musulmon bo‘lgan) xotinlariga halol bo‘lurlar!» — deydi. 
 
Qatoda bir vaqtda musulmon bulgan majusiy eru xotin xususida suzlab: «Ular 
nikohlanadilar. Agar ulardan biri ikkinchisidan ilgari musulmon bo‘lsa, musulmon bo‘lgani 
musulmon bo‘lmaganidan yuz o‘giradi, demak musulmon bo‘lmagan er uchun musulmon 
bo‘lgan xotiniga yo‘l yo‘qdur!» — deydilar. 
 
Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Bir mushrik ayol musulmonlar tomoniga o‘tdi, 
eri undan xul’ (mahr evaziga taloq bermoqlikni) talab qiladimi? Chunki, Olloh taolo: 
«Ular bergan narsalarni o‘zlariga qaytarib beringizlar!»—deydi-ku?!» — dedim. Ato: 
«Io‘q, chunki bu Janob Rasululloh birlan Ahd qabilasi o‘rtasida kelishib olingan erdi»,— 
dedilar». 
 
Mujohid: «Buning hammasi Janob Rasululloh birlan Quraysh qabilasi o‘rtasidagi sulhda 
qayd etilgan»,— deydilar. 
 
Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning xotinlari Oisha onamiz 
bunday dedilar: «Agar ayollar islomni qabul qilib Janob Rasulullohning huzurlariga 
kelishsa, ularni qaytarib yubormay imtihon qilib ko‘rardilar. Chunki, Olloh taolo: «Ey 
mo‘minlar! Agar sizlarning huzuringizga mo‘min ayollar kelishsa, ularni (kofirlarga 
qaytarib bermay) imtihon qilib ko‘ringizlar!» — deydi. Mazkur ayollardan qaysi biri o‘shal 
imtihondan o‘tgan bo‘lsa, demak u og‘ir sinovdan o‘tgan bo‘lar erdi. Janob Rasululloh 
ayollarni gapga solib, iymonlari haqiqiy erkanligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga: 
«Sizlarga ruxsat, boringizlar, men sizlarni bay’at qildirib (iymonlaringizning rost 
erkanligiga ont ichirib) bo‘ldim!» — der erdilar. Xudo haqi, Janob Rasulullohning qo‘llari 
biror begona ayolga tekkan ermas, ul zot ularga faqat so‘z birlan murojaat qilar erdilar! 
Xudo haqi, Janob Rasululloh begona ayollarga Olloh taolo o‘zlariga amr qilgan narsa 
birlangina, ya’ni so‘z birlangina murojaat qilar erdilar! «Sizlarni bay’at qildirib bo‘ldim!» 
deb so‘z birlan murojaat qilganlari buning dalilidur». 
 
19-bob. Olloh taoloning «Xotinlariga yaqin bormaslikka qasam ichadirgan 
odamlar uchun to‘rt oy muhlat berilur, bas agar (shul muddatda) qayqalar, 
Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi, nihoyatda rahimdil zotdur! Va agar taloq 
qilmoqni qasd qilsalar, albatta Olloh taolo eshitguvchi, bilguvchidur!» degan 
qavli xususida 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini iylo’ 
qildilar, ya’ni bir oy birga turmayman, deb ont ichdilar. Oyoqlari yorilib (sinib) ketgan 
bo‘lib, boloxonalarida yolgiz o‘zlari yigirma to‘qqiz kun turdilar. So‘ng, xotinlari huzuriga 
kirdilar, shunda ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga qasam ichib erdingiz-ku?!» — deyishdi. Ul 
zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur!» —dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
311
Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu iylo’ haqida so‘zlab, «Erlar Olloh taolo 
amriga muvofiq xotinlarni idda muddatlari tugagandan so‘ng, yaxshilik ila nikohda 
saqlab turmoqlari yoki taloq qilmoqqa azm qilmoqlari lozim bo‘ladi»,— deydilar». 
 
Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Agar xotinini iylo’ qilganiga to‘rt oydan oshsa, uni 
taloq qilguniga qadar uyida ushlab turadi. Bunda, to taloq qilguniga qadar xotini taloq 
hisoblanmaydi»,— deydilar. Bu haqda Xazrat Usmon, H,azrat Ali, Abu Dardo’, Oisha 
onamiz hamda Janob Rasulullohning o‘n ikki sahobalari ham aytishgan». 
 
20-bob. Yo‘qolgan odam va yo‘qolgan molning hukmi 
 
Ibn al-Musayyab: «Agar er jang vaqtida dom-daraksiz yo‘qolib qolsa, xotini bir yil uni 
kutadi. Ibn Mas’ud bir cho‘rini sotib olgan erdilar, bir yilga qadar uning egasini izlab 
topolmadilar. Keyin, bir-ikki dirhamdan ajratib, sadaqa qila boshladilar-da: «Yo 
parvardigoro, bu falonchiga (ya’ni, cho‘rining topilmagan egasiga) berishim kerak 
bo‘lgan qarzim uchundur!» — der erdilar hamda bizga: «Topilmaga nisbatan shunday ish 
tutingizlar!» — deb tayinlar erdilar». 
 
Zuhriy asirga tushib qolgan kishi haqida: «Uning qaerdaligi ma’lum bo‘lsa, xotini erga 
tegmaydi, uning moli ham taqsimlanmaydi. Agar er dom-daraksiz yo‘qolib keqa, xotini 
bir yil kutadi»,— deydilar. 
 
Munba’isning mavlosi Yazid rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohdan yo‘qolgan (topib 
olingan) qo‘y haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni o‘zingga olaver, chunki u seniki yoki biror 
birodaringniki yoki bo‘rinikidur!» — dedilar. Keyin, topib olingan tuya haqida so‘rashdi. 
Shunda ul zot qattiq g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketib: «U birlan ishing 
bo‘lmasin, uning ozuqa va suvi o‘zi birlan, agar och qolsa, egasi topib olguncha suv 
ichib, o‘t yeb yuraveradi!» — dedilar. So‘ng, topib olingan hamyon haqida so‘rashdi. Ul 
zot: «Uni ochib, ichidagini ko‘r, so‘ng bir yil davomida uni topib olganing haqida ovoza 
qil, agar egasi chiqmasa, uni molingga qo‘shib yuboraver!» — dedilar». 
 
21-bob. Zihor va Olloh taoloning «Olloh taolo uning sen birlan aytishib aytgan 
so‘zini eshitdi («Kimning qurbi yetmasa, oltmish miskinni to‘yg‘azsin!» degan 
qavligacha)» degan qavli xususida 
 
(«Zihor — kishining o‘z xotiniga: «Sen mening uchun onamning beli kabidursan!», ya’ni 
«Onamning beliga minmogim mumkin bo‘lmaganidek, endi seni ham mina olmayman!» 
deb aytmogidur. Shunday deb xotinidan arazlagan er, yarashganidan so‘ng, ichgan 
ontiga kafforat bermogi lozimdur). 
 
Molik raziyallohu anhu Ibn Shihobdan qulning zihori xususida so‘radilar. Ul kishi: «Ozod 
kishining zihori kabidur»,— dedilar. 
 
Molik: «Xotinini zihor qilgan qul ichgan onti kafforatiga ikki oy ro‘za tutib beradi»,—
deydilar. 
 
Hasan: «Ozod kishining ozod xotinini zihor qilmogi birlan qulning cho‘rini zihor qilmogi 
o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdur»,— deydilar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
Ikrima: «Agar kishi cho‘risini zihor qilsa, hechqisi yo‘q, chunki zihor kishining o‘z 
xotiniga nisbatan shar’iy hukmga egadur»,— deydilar. 
 
22-bob Taloq qilganini yoki biror narsani tasdiqlayotganini yohud biror 
narsadan qaytarganini yoinki biror narsa xususida amr qilganini ishora birlan 
anglatmoq haqida 
 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo 
(mayyitga ovoz chiqarmay) to‘kilgan ko‘z yoshi uchun azoblamaydi, ammo u mana bu 
(birlan dod-voy solingani) uchun azoblaydi» — deb tillariga ishora qildilar». 
 
Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga «yarmini 
ol!» degan ma’noda (qo‘llari birlan) ishora qildilar 
 
Asmo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz 
o‘qidilar. Men Oishaga: «Odamlarga ne bo‘ldi?»—dedim. U boish birlan Quyoshga ishora 
qildi. Men «(Qiyomat) alomatimi?»— dedim. U namozda turgan holda gapimni ma’qullab 
bosh irgadi». 
 
Anas: «Janob Rasululloh Abu Bakr as-Siddiqqa («Beri kelingiz!» deb) qo‘llzri birlan 
ishora qildilar»,— deydilar. 
 
Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Gunohi yo‘q!» deb qo‘llari birlan ishora qildilar»,— 
deydilar 
 
Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdagi kishining 
ov qilmogi haqida gapirayotib! «Birortangiz «Hamla qilgil!» deb unga buyurdingizmi yoki 
o‘ljaga ishora qildingizmi?» — dedilar. Odamlar «Io‘q»,— deyishdi. Ul zot «Unday bo‘lsa, 
yeyaveringizlar!» —dedilar». 
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohni tavof 
qildilar, har gal rukn oldiga kelganlarida unga (asolari birlan) ishora qilib qo‘yib, takbir 
aytar erdilar». 
 
Zaynab rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ya’juj va Ma’juj 
oldidagi to‘siq mana shuncha va mana shuncha ochildi va to‘qson foiz boylandi (ya’ni, 
o‘n foiz bo‘shatildi)»,— dedilar». 
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (Janob Rasululloh): 
«Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordur. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti 
o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindur, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolsa, banda Olloh 
taolodan nimaiki so‘rasa, tilagi mustajob bo‘lgaydur»,— dedilar-da, muborak qo‘llari 
birlan o‘shal vaqtning qisqaligiga ishora qildilar» 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik 
vaqtlarida bir yahudiy bir joriyaga tajovuz qilib, uning isirg‘asini tortib oldi-da, boshini 
tosh birlan urib yordi. Joriyani qarindoshlari Janob Rasulullohning huzurlariga ramaqijon 
holda keltirishdi, u so‘zlay olmas erdi. Ul zot: «Seni falonchi o‘ldirdimi?» —deb 
yahudiydan bo‘lak bir odamning ismini aytdilar. Joriya «yo‘q» degan ma’noda boshi 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
birlan ishora qildi. Ul zot. «Seni falonchi o‘ldirdimi?»—deb yana boshqa bir odamning 
ismini aytdilar. Joriya yana «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot: 
«Unda, falonchi o‘ldirdimi?» — deb uni o‘ldirgan yahudiyning ismini aytdilar. Joriya bu 
safar «Ha» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh 
o‘shal yahudiyni olib kelmoqni amr qildilar, uni olib kelishgach, boshini ikki tosh orasiga 
qo‘ydirib, majaqlattirdilar». 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning mashriqqa ishora qilib: «Fitna o‘sha tomondan chiqadi!»—deb aytganlarini 
eshitdim». 
 
Abdulloh ibi Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga safarda erdik. Quyosh botgach, bir kishiga: «Ulovingdan tushib, menga talqon 
qorib ber (ya’ni, talqonga suv yoki sut aralashtirib ber)!»—dedilar. Boyagi kishi: «Yo 
Rasulalloh, biroz ko‘qangiz bo‘lardi!»—dedi. Biroz yurishgach, ul zot yana: «Ulovingdan 
tushib, menga talqon qorib ber!»— dedilar. Boyagi kishi bu gal ham: «Yo Rasulalloh, 
yana biroz kuqangiz (kechroq og‘iz ochsangiz) bo‘lardi, og‘iz ochishingizga hali vaqt 
erta-ku!»—dedi. Yana biroz yurilgach, ul zot uchinchi bor: «Ulovingdan tushib, menga 
talqon qorib ber!»—dedilar. U ulovidan tushib, Payg‘ambarimiz alayhissalomga talqon 
qorib berdi, ul zot uni ichib og‘iz ochdilar. Keyin, mashriqqa qo‘llari birlan ishora qilib: 
«Agar tunning (qorong‘ulikning) o‘shal tomondan bosib kelayotganini 
ko‘rsangizlar.ro‘zador og‘iz ochaveradi»,—dedilar». 
 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallam: «Bilolning nidosi (azoni) birortangizga saharlikni man’ qilmaydi, chunki u 
saharlikka turgan kishining bomdodgacha mizg‘ib olmog‘iga hali vaqti borligini ma’lum 
qiladi. Bu uning bomdodga chaqirib azon aytgani ermas»,—dedilar-da, Hazrat Bilolning 
azonlari birlan bomdod azoni oraligida biroz mizg‘ib olmoqqa vaqt borligini anglatish 
maqsadida ikkala qo‘llarini ko‘tarib, birini ikkinchisidan uzoqroqqa cho‘zdilar». 
 
Abu Hurayra raziyallouu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Baxil birlan qo‘li ochiq odam ko‘kragidan to bo‘g‘zigacha temir jubba (sovut) kiyib olgan 
ikki kishiga o‘xshaydi. Qo‘li ochiq odam bir narsa ehson qildi deguncha, sovutining 
halqalari bo‘shashib, badanidagi sovut izlari yo‘qolgaydir. Ammo, baxil odam sadaqa 
qilmoqchi bo‘lishi birlanoq, jubbasining har bir halqasi ko‘kragu bo‘ynini tobora ko‘proq 
qisa boshlagay, u harchand chiranmasin, jubba kengaymagay»,— dedilar-da, 
bo‘g‘izlariga barmoqlari birlan ishora qildilar» 
 
23-bob. Li’on va Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Va ul odamlariki tuhmat 
qilurlar xotinlariga, agar bo‘lmasa alarning guvohlari o‘zlaridan bo‘lak, bunday 
odamning guvohligi shulki, to‘rt marta xudoga qasamyod qilib: «Albatta, men 
rost aytayo-tirman!» — der» 
 
Agar soqov er xotinini yozma yoki tushunarli imo-ishora birlan qazaf qilsa (zinokorlikda 
ayblasa), uning qazafi tili sog‘ kishining qazafi birlan barobardur. Chunki, Janob 
Rasululloh faroiz borasida ishoraga ijozat berganlar, buni ayrim hijozliklar va ulamolar 
ham tasdiqlashadi. Olloh taolo: «Keyin, Maryam bola tarafiga ishora qildi, ular: «Biz 
nechuk beshikda yotgan bolaga so‘zlay olamiz?» — dedilar»,— deydi. Zahhoq: «Imo-
ishorasiz qazaf qilmog‘i darkor»,— deydilar. Ayrim kishilar: «Agar soqov imo-ishora 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
birlan qazaf qilsa, xotiniga hadd jazosi berilmaydi ham, ular li’on qilinmaydilar ham» — 
deb, so‘ng: «Yozma yoki imo-ishora birlan taloq qilmoqlik joizdur va taloq birlan qazaf 
o‘rtasida farq yo‘qdur» — deb ta’kidlashadi. Shunga binoan, agar ular qazaf faqat 
og‘zaki ma’lum qilinadi»—deydirgan bo‘lsalar, demak taloq ham faqat og‘zaki ma’lum 
qilinsagina, joiz bo‘lishini ularga aytmoq kerak bo‘ladi, aks holda taloq ham, qazaf ham 
botil bo‘lib, soqovning xotini ham, o‘zi ham mulo’ana qilinadi. Sha’biy va Qatoda: «Agar 
(soqov) barmoqlari birlan «Sen taloqsan!» deb ishora qilsa, ishorasiga asosan xotini 
undan ajratiladi»,— deyishadi. Ibrohim: «Soqov er, agar o‘z qo‘li birlan qazafnoma yozib 
bersa, qabul qilmoq lozimdur»,— deydilar. Hammod: «Soqov va garang, agar boshi 
birlan qazaf qilganini ishora qilsa, joizdur»,— deydilar. 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning 
eng yaxshi hovlisi (xonadoni) haqida sizlarga xabar berayinmi?» — dedilar. «Ha, yo 
Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Banu an-Najjor, so‘ng ulardan keyingi Abd al-Ashhal, 
so‘ng ulardan keyingi Banu al-Hars ibn al-Xazraj, so‘ng ulardan keyingi Banu So’ida»,— 
dedilar. Keyin, qo‘llari birlan bir tomonga ishora qilib, barmoqlarini juftladilar-da, tosh 
otgandek harakat qildilar, so‘ng: «Ansorlarning barcha hovlilarida yaxshilik mavjuddur!» 
— dedilar». 
 
Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men 
payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomat mana bu mana bunga qanchalik yaqin bo‘lsa, 
shunchalik yaqin erdi» — deb ko‘rsatgich barmoqlari birlan o‘rta barmoqlari orasini 
birlashtirdilar». 
 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oy mana buncha va 
mana buncha va mana buncha, ya’ni o‘ttiz kun bo‘ladi»,— dedilar. So‘ng: «Oy mana 
buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi» — deb ham 
aytdilar. Ya’ni, ba’zi oy o‘ttiz kun va ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi, deb aytmoqchi 
bo‘ldilar». 
 
Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘llari birlan Yaman 
tomonga ishora qilib: «Iymon o‘shal tarafda!»—deb ikki bor aytdilar, so‘ng: «Lekin, og‘ir 
vaqtlar boshlanib, tuyakashlar bag‘ri tosh bo‘lib ketadi, shayton shoxi — Rabiy’a va 
Muzar qabilalari ham o‘sha tomondan chiqadi»,— dedilar». 
 
Sahl rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan yetimparvar 
ikkimiz jannatda mana bunday birga bo‘lamiz» — deb ko‘rsatkich va o‘rta 
barmoqlarining orasini biroz ochib ko‘rsatdilar». 
 
24-bob. Agar kishi bolasidan tonib arz qilsa... 
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, mening bolam qop-qora!» — dedi. Ul zot: «Tuyalaring 
bormi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Rangi qanaqa?»—dedilar. U: «Qizg‘ish»,— 
dedi. Ul zot: «Ularning orasida kulrangi bormi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «U 
qaerdan kelib qoldi?»—dedilar. U: «Menimcha, nasliga tortgandur?»— dedi. Ul zot: 
«O’g‘ling ham nasliga tortgan bo‘lsa kerak!»—dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
25-bob. Li’on qiluvchiga ont ichirmoq xususida 
 
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi xotinini qazaf qildi. Janob 
Rasululloh ansoriy birlan xotiniga qasam ichirib, so‘ng ularni ajratib yubordilar». 
 
26-bob Avval erkak li’on qiladi! 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya xotinini qazaf qildi, so‘ng 
kelib rost aytayotganini gapirib qasam ichdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo ikkingizdan 
biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?» — 
dedilar. Shunda xotin ham o‘rnidan turib rost gapirayotganiga qasam ichdi». 
 
27-bob. Li’on va li’ondan so‘ng xotinini taloq qilgan kishi haqida 
 
Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiyning 
huzurlariga kelib: «Ey Osim, nima deysiz, bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib 
olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud boshqa biror chora ko‘riladimi? 
Iltimos, shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab bilib bersangiz!» — dedi. Osim shul 
xususda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot bunday masala to‘g‘risida javob 
bergilari kelmay, Osimni shunday uyaltirdilarki, ul kishi hatto savol berganlariga ming 
pushaymon yedilar. Osim uylariga qaytib kelganlarida Uvaymir kelib: «Ey Osim, Janob 
Rasululloh sizga nima deb javob qildilar?» — dedi. Osim: «Menga yaxshilik qilmading! 
Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bergilari kelmadi»,— dedilar. 
Uvaymir: «Xudo haqi, o‘zim so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, 
Osimning huzurlaridan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga yo‘l oldi, yetib borganida 
ul zot odamlar davrasida o‘ltirgan erdilar. Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar bir kishi xotini 
birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud 
biror boshqa chora ko‘riladimi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sening va umr yo‘ldoshing 
xususida oyat nozil bo‘ldi, borib xotiningni olib kelgil!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bir-
birini (masjid-da) mulo’ana qilishdi, shunda men Janob Rasulullohning huzurlaridagi 
odamlar orasida erdim. Ikkalasi mulo’ana qilishib bo‘lishgach, Uvaymir: «Yo Rasulalloh, 
agar uni nikohimda olib qolsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman!» —dedi-da, Janob 
Rasulullohning amr qilmoqlarini kutmay, uni uch taloq qildi. Ibn Shihob: «Ushal yil — 
mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar». 
 
28-bob. Masjidda mulo’ana qilmoq xususida 
 
Bu yerda Sahl ibn Sa’d as-So’idiyning yuqoridagi rivoyatlari takroran keltirilgan. 
 
Ibn Shihob bunday deydilar: «Usha ikki eru xotindan so‘ng, bir-birini mulo’ana 
qiluvchilarni ajratib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Agar ayol homilador bo‘lsa, bolasi 
nasab xususida onasiga da’vo qilar erdi. Keyin, ayolning merosi xususida sunnat 
(qonun) joriy qilinib, ayol Olloh taolo farz qilgancha bolaga meros qoldiradirgan va bola 
onadan meros oladirgan bo‘ldi». 
 
Sahl ibn Sa’d bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal 
xotin qizg‘ish, pak-pakana bola tug‘sa, xotin rost gapirib, eri unga tuhmat qilgan, deb 
hisoblayman, basharti u qop-qora, ko‘zlari katta-katta bola tug‘sa, unda eri rost gapirib, 
xotini bolani birovdan orttirgan bo‘ladi»,— dedilar». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
 
29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortani dalil-isboqiz rajm 
qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deganlari haqida 
 
Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar. «Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning huzurlarida bir eru xotinning o‘zaro mulo’ana qilganligi haqida gapirdi. 
Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, so‘ng uyiga ketdi. Uyida 
o‘ltirganida bir kishi huzuriga kelib, xotinini bir begona erkak birlan tutib olganini aytib 
shikoyat qildi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga o‘zim balo orttirib o‘ltiribman!»— dedi-da, 
boyagi kishini ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi va ul zotga xotinini 
tutib olgan kishi xususida so‘zlab berdi. Bu kishi sarg‘ish, qotma, sochlari muloyim va 
silliq erdi. Xotinining o‘ynashi ersa qorachadan kelgan, semiz kishi erdi. Janob 
Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh qilgaysan!»—dedilar. Keyin, o‘shal ayol eri 
belgilarini aytgan kishiga o‘xshash bola tug‘ib qo‘ydi. Janob Rasululloh ularni li’on 
qildilar. Bir kishi Ibn Abbosga majlisda: «Janob Rasululloh «Birortani dalil-isboqiz rajm 
(toshbo‘ron) qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deb shu ayol haqida 
aytganmilar?»—dedi. Ibn Abbos: «Io‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom 
xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi». 
 
30-bob. Li’on qilingan ayolning mahri haqida 
 
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga: «Bir kishi xotinini qazaf qildimi?» — 
dedim. Ibn Umar: «Janob Rasululloh Uvaymir al-Ajaloniy birlan uning xotinini ajratib 
yubordilar. Ul zot ularga uch bor: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on 
gapirayotganingizni bilib turibdi, qaysiningiz tavba qilgaysiz?» — dedilar. Shunda ikkalasi 
ham tavba qilmoqdan bosh tortib erdi, ularni ajratib yubordilar»,— dedi». 
 
Ayyub bunday deydilar: «Amr ibn Dinor menga: «Sen ana shu hadisdagi bir (muhim) 
narsani tushirib qoldiryapsan. Ushanda uning eri: «Bergan mahrim nima bo‘ladi?» — 
degan erdi. Janob Rasululloh: «Senga mahrni qaytarib bermaydi, agar sen xotining 
xususida rost gapirgan bo‘lsang ham, bergan mahring xotiningning avratidan 
foydalanganing uchun unda qoladi, agar tuhmat qilgan bo‘lsang, senga mahrning 
qaytarib berilmasligi o‘z-o‘zidan ma’lumdur» — deb javob qilgan erdilar». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling