Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 48-bob. Sarimsoq va ayrim ko‘katlarning makruhligi haqida
- 49-bob. Arok (yog‘ochidan misvok yasaladirgan daraxt) mevasi haqida
- 50-bob. Taom yegandan so‘ng og‘iz chayqash haqida
- 51-bob Barmoqlarni yalab va so‘rib, so‘ng ro‘molchaga (sochiqqa) artmoq lozim!
- 52-bob Kishi ovqatlanib bo‘lgach, ne deb aytmog‘i lozim
- 53-bob. Xizmatkor birlan birga ovqatlanmoq haqida
- 54-bob. Shukr qilib taom tanovul qilguvchi sabr qilib ro‘za tutguvchi yanglig‘dur!
- 56-bob. Agar kechki ovqat keltirilsa, (namozga) shoshilinmasin!
- 57-bob Olloh taoloning «Agar taom yeb bo‘lsangizlar, tarqalingizlar!» degan qavli haqida
- 1-bob. Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa aqiqa qilinmasa, unga ism qo‘yilib, tanglayi xurmo birlan ko‘tarib qo‘yiladi.
- 3-bob Tuyaning dastlabki tuqqan bolasini butga qurbonlik qilmoq haqida
- 4-bob Rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq haqida
- 1-bob Mi’roz birlai ov qilmoq xaqida
- 2-bob Mi’rozning yo‘g‘on (yon) tomoni birlan jarohatlangan jonivor haqida
- 3-bob Kamon birlan ov qilmoq xususida
- 4-bob. Tosh va kesak (guvalak) otmoq haqida
- 5-bob. Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, (har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!)»
- 6-bob. Agar it (o‘ljani) yegan bo‘lsa... Olloh taoloning qavli
- 7-bob. Otilgan jonivorni yo‘qotib qo‘yib, ikki-uch kundan keyin topsa...
www.ziyouz.com kutubxonasi 346 kishi kirib, to‘yib ovqatlandi. Shundan keyingina ul zotning o‘zlari taom tanovul qilib chiqib ketdilar. Keyin, men: «Yegulik biroz bo‘lsa ham kamaydimikan?»—deb ichkariga kirib qaray boshladim». 48-bob. Sarimsoq va ayrim ko‘katlarning makruhligi haqida Abdulaziz rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sarimsoq haqida nima deganlar?» — deb Anasdan so‘rashdi. «Kimki sarimsoq yesa, masjidimizga yaqinlashmasin!» - deb aytganlar»,— dedi Anas» — Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh «Kimki sarimsoq yoki piyoz yegan bo‘lsa, bizni (yoki masjidimizni) xoli qo‘ysin!» — dedilar» 49-bob. Arok (yog‘ochidan misvok yasaladirgan daraxt) mevasi haqida Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Marruzzahronda arok mevasini terayotgan erdik Shunda ul zot «Qorayganini teringizlar, chunki qoraygani yaxshi (pishgan) bo‘ladi!» — dedilar». 50-bob. Taom yegandan so‘ng og‘iz chayqash haqida Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan yerga borganimizda ul zot taom keltirmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik olib kelishmadi. Biz talqonni yedik. So‘ng, ul zot o‘rinlaridan turib ogiz chayqadilar, biz ham ogiz chayqadik, keyin namoz o‘qidik». Suvayd rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan joyga yetganimizda ul zot yegulik olib kelmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik keltirishmadi. Biz ul zot birlan birgalikda talqonni chaynay-chaynay yedik. Keyin, ul zot suv keltirmoqni amr qildilar, suv keltirishgach, ogyaz chaiqadilar, biz ham ogiz chayqadik So‘ng, tahoratlarini yangilamay biz birlan shom o‘qidilar». 51-bob Barmoqlarni yalab va so‘rib, so‘ng ro‘molchaga (sochiqqa) artmoq lozim! Ibn Abbos rivoyat qiladshar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Birortangiz taom yesangiz, barmoqlaringizni yalab tozalamaguningizcha rumolchaga artmangiz!» — dedilar». 52-bob Kishi ovqatlanib bo‘lgach, ne deb aytmog‘i lozim? Abu Umoma rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dasturxon yigishtirib olingach «Olloh taologa beadad ezgu shukronalar bo‘lsinki, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bo‘lib, unga muhtoj bo‘lmagan kimsa yo‘qdur! Yo parvardigoro!» — der erdilar». Xolid ibn Mi’don Abu Umomadan naql qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ovqat yeb bo‘lib, dasturxon yigishtirib olingach: «Bizni yedirib-ichirguvchi Olloh Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 347 taologa shukronalar bo‘lsinkim, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zotdir!»—deb erdilar. Keyin, ul zot yana bir kuni «Parvardigorimizga shukronalar bo‘lsinkim, ul saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zot bo‘lib, unga muhtoj bulmagan kimsa yo‘qdur!» — deb aytdilar» 53-bob. Xizmatkor birlan birga ovqatlanmoq haqida Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar birortangizni xizmatkoringiz o‘zi tayyorlagan taom birlan siylasa, u birlan o‘ltir-masangiz ham, bir yoki ikki luqma nasiba olib yengiz, chunki u bu birlan sizga o‘z mehr-muhabbatini izhor qilayotir!» — dedilar». 54-bob. Shukr qilib taom tanovul qilguvchi sabr qilib ro‘za tutguvchi yanglig‘dur! Abu Hurayra raziyallohu anhu yuqoridagi qavlni Janob Rasululloh aytganliklarini ta’kidlaydilar 55-bob. Taomga taklif qilingan kishining: «Bu ham men birlan birga» — deb aytganligi haqida Anas raziyallohu anhu: «Agar biror begaraz musulmonning uyiga kirsang, uning oldingga qo‘ygan narsalaridan yebich!» — deydilar. Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi bo‘lib, laqabi «Abu Shu’ayb» erdi, uning bir qassob gulomi ham bor erdi. Bir kuni Abu Shu’ayb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erdilar. Abu Shu’ayb Janob Rasulullohning chehralarida ochlik alomatini sezib, qassob gulomining oldiga bordi-da, unga: «Besh kishiga yetadigan taom tayyorlab ber, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilmoqchiman» — dedi. G’ulom unga taom tayyorlab bergach, u borib Janob Rasulullohni mehmonga taklif qildi. Mehmonga taklif qilinganlarga bir kishi ergashib keldi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Abu Shu’ayb, bir kishi bizga ergashib keldi, agar istasang, unga ijozat ber, istamasang, ijozat berma!» — dedilar. Abu Shu’ayb: «Nega endi, kiraversin!»—dedi». 56-bob. Agar kechki ovqat keltirilsa, (namozga) shoshilinmasin! Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llaridagi qo‘y qo‘lidan kesib yeyayotgan erdilar, namozga azon aytilib qoldi. Shunda ul zot qo‘y qo‘li birlan pichoqni qo‘yib o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar oldingizga kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa-yu, namoz boshlanib qolsa, avval ovqatni yeb olingiz!»—dedilar». Ibn Umar ham yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilganlar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 348 Nofi rivoyat qiladilar: «Bir kuni Ibn Umar imomning qiroatini eshitib turib ham kechki ovqatni yeyishda davom etavergan erdilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar namoz vaqti bo‘lib qolib, kechki ovqat keltirilsa, avval ovqatni yeb olingiz!» — dedilar». Hishom: «Agar kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa»,— deb yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qiladilar. 57-bob Olloh taoloning «Agar taom yeb bo‘lsangizlar, tarqalingizlar!» degan qavli haqida Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas bundai deydilar: «Men «Hijob» oyati tarixini barchadan ko‘ra yaxshiroq bilurman, Ubay ibn Ka’b mendan bu haqda so‘ragan erdi: Janob Rasululloh va Zaynab binti Jahsh ikkalalari kuyov-kelin bo‘lishdi, ul zot Madinada unga uylandilar. Kechqurun ul zot odamlarni to‘y ziyofatiga chaqirib, o‘zlari ham ular birlan birga o‘ltirdilar. Keyin, odamlar o‘rinlaridan turishgach, ul zot ham turdilar. Keyin tashqariga chiqib Oisha onamizning hujralari eshigigacha yurib bordilar, men ham birga bordim. So‘ng, odamlar chiqib ketib bo‘lgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, odamlar hanuz joylarida o‘ltirishar erdi. Buni ko‘rib izlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari eshigigacha ikkinchi bor yurib bordilar, men ham birga bordim. Keyin, yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu gal qaytganimizda odamlar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh ichkariga kirib o‘zlari birlan mening o‘rtamga hijob (parda) tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» oyatini nozil qildi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 349 AQIQA KITOBI («Aqiqa» — har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat birlan qurbonlik qilinadirgan jonlig‘ ham «aqiqa» deb ataladi). 1-bob. Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa aqiqa qilinmasa, unga ism qo‘yilib, tanglayi xurmo birlan ko‘tarib qo‘yiladi. Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men o‘gil ko‘rdim, so‘ng uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim. Janob Rasululloh unga «Ibrohim» deb ism qo‘yib, tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ydilar, keyin Olloh taolodan xayru barakot talab qildilar-da, menga qaytarib berdilar». Bu Abu Musoning to‘ngich farzandi erdi. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir chaqaloqni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga xurmo birlan tanglayini ko‘tarib qo‘ysinlar, deb olib kelishdi. Shunda chaqaloq Janob Rasulullohning kiyimlariga siyib qo‘yib erdi, siydik ustidan suv quyib yubordilar». Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (Abdulloh ibn Zubayrga homiladorlik vaqtimda) oy-kunim yaqinlashib qolganligiga qaramay, (Makkadan) yo‘lga chiqib Madinaga yetib bordim, so‘ng Quboda tushib, o‘sha yerda ko‘zim yoridi. Keyin, bolamni olib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim-da, uni tizzalariga qo‘ydim. Janob Rasululloh xurmo keltirmoqni amr qildilar, so‘ng uni chaynab bolamning og‘ziga tupurib qo‘ydilar. Bolamning og‘ziga birinchi bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak tupuklari kirdi Keyin, ul zot bolamning tanglayini chaynalgan xurmo birlan ko‘tarib, unga xayru barakot tilab duo qildilar. Mening farzandim islomda tug‘ilgan dastlabki bola bo‘lib, uning dunyoga kelganidan barcha musulmonlar behad xursand bo‘lishdi, chunki g‘animlar ularga «Yahudiylar sizlarni sihrlab qo‘ygan, sizlar endi farzand ko‘rmaysizlar!» — deb aytishgan erdi». Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talhaning o‘g‘ilchalari betob yotgan erdi. Abu Talha uylaridan ko‘chaga chiqishlari birlanoq u vafot etib qoldi. Abu Talha uylariga qaytib kelib, xotinlariga «Ug‘limning ahvoli nechuk?»—dedilar. Xotinlari Ummu Sulaym «Ilgarigidek orom olib yotibdi»,— dedilar-da, Abu Talhaga kechki ovqatni keltirdilar. Abu Talha ovqatlanib bo‘lib, xotinlarini jimo’ qildilar. G’usuldan so‘ng, xotinlari «Bolani dafn qilingiz!» —dedilar. Tong otgach, Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Shunda ul zot: «Kechasi jimo’ qilishdingizmi!»—dedilar. Abu Talha «Ha»,— dedilar. Ul zot: «Yo parvardigoro, bu ikkalasining tunini barakotli qilib, ularga o‘g‘il ato etgaysan!»—deb duo qildilar. Abu Talha (o‘g‘il ko‘rganlarida) menga: «Ug‘limni Janob Rasulullohning huzurlariga borguningcha ehtiyotlab ko‘tarib ol!» — dedilar. Keyin, Abu Talha o‘zlari ham men birlan birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga bordilar. Abu Talhaning xotinlari go‘dakning yo‘rgagiga biroz xurmo solib qo‘ygan erdilar. Janob Rasululloh go‘dakni qo‘llariga olib: «Buning yo‘rgagi ichida biror narsa bormi?» — dedilar. Biz «Ha, biroz xurmo bor»,— dedik. So‘ng, Janob Rasululloh bir dona xurmoni chaynab, uni og‘izlaridan oldilar-da, go‘dakning og‘ziga solib tanglayini ko‘tardilar, keyin unga «Abdulloh» deb ism qo‘ydilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 350 2-bob Aqiqa vaqtida (o‘g‘il) bola sochining (yoki jinsiy a’zosidagi xatna qilinadirgan terining) olib tashlanmogi haqida Salmon ibn Omir rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ug‘il bolaning aqiqasi uning o‘zi birlan birga bo‘lib, keyin uni qon oqizib olib tashlangiz.lar!»— deb aytganlarini eshitdim» (Ya’ni, «Ug‘il bola olatidagi xatna qilinadirgan teri tug‘ilish vaqtida unga hamroh bo‘lib, keyin uni xatna qilib olib tashlangizlar!») 3-bob Tuyaning dastlabki tuqqan bolasini butga qurbonlik qilmoq haqida Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuyaning dastlabki bolasini butga atab so‘ymoq hamda rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq ta’qiqlanadi!»— dedilar (ya’ni, johiliyat davrida, islomdan avval shunday qilishgan) 4-bob Rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq haqida Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 351 QURBONLIK, OV VA OVGA TASMIYA AYTMOQ HAQIDA KITOB Olloh taoloyaing qavli: «Harom qilindi sizlarga o‘zi o‘lgan jonivor va qon va to‘ng‘iz go‘shti va ul jonivoriki, unga Ollohdan boshqaning nomi aytilsa va bo‘g‘ilib o‘lgan jonivor va urilib o‘lgan jonivor va balandlikdan yiqilib o‘lgan jonivor va suzib o‘ldirilgan jonivor va darranda yeb (tishlab) o‘ldirgan jonivor, magar halol qilib olganlaringiz (ochliqdan nochor qolsangiz, shari’at yo‘li birlan so‘yilmagan jonivor go‘shtidan o‘lmay qoladirgan miqdorda iste’mol qilsangiz bo‘lur) va jonivoriki, so‘yilur Ka’badan boshqa ibodatxonalar uchun va taqsim qilmoqlaringiz qimor o‘qlari ila (johiliyat davridagi odamlar o‘z qismatlarini sinashda qo‘llagan ikki tomoni uchlik va o‘rta qismi yo‘g‘on tayoq bo‘lib, undan ovda ham foydalanganlar), bu hammasi gunoxdur, bugun noumid bo‘ldilar kofirlar sizlarning dinlaringizdan, endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!». Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, albatta Olloh taolo sizlarni qo‘llaringiz va nayzalaringiz kasb etib turgan bir kichik ov jonivori ila (ham) imtihon qilurki, toki bilsin Olloh taolo kim ko‘rmay turib undan qo‘rqur va kimiki bundan keyin haddan oshsa, bordur unga dardli azob!». Olloh taoloning qavli: «Halol qilindi sizlar uchun o‘txo‘r hayvonlar» («endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!» degan qavligacha, «Al-Moida» surasi). Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim («Mi’roz» — ko‘pincha bir tarafiga temir uchlik o‘rnatiladirgan ogir yogoch yoki kaltak bo‘lib, ba’zilar uni «Ikki uchi o‘tkir va o‘rta qismi yo‘gon paqiz nayza bo‘lgan»,— deyishadi. Johiliyat ahli uning ila o‘z qismatlarini sinaganlar. Ov vaqtida ersa uning uchlik tomoni qolib, yon tomoni birlan hayvonni urib o‘ldirganlar) Janob Rasululloh «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan jonivorni yeyaver, uning yon tomoni birlan jarohat yetkazilgan jonivor ersa urib o‘ldi- rilgandur (harom o‘lgandur)»,— dedilar. Keyin, ul zotdan tozi birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Ul zot «Agar iting o‘ljani tutib olgan bo‘lsa-yu, itingning yonida yana boshqa bir itning turganini ko‘rib, «Itimning o‘ljasini u tortib olmasaydi!» — deb qo‘rqsang va o‘sha begona it sen o‘ylagandek o‘ljani tortib olib, o‘ldirib quysa, uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya («Bismilloh») aytgansan, begona itga aytmagansan» — dedilar» 1-bob Mi’roz birlai ov qilmoq xaqida Ibn Umar bunduqa (kesak, loydan yasab quritilgan soqqa) birlan o‘ldirilgan jonivor haqida: «U urib o‘ldirilgandur» — deb, bunduqa birlan ov qilmoqni rad qiladilar. Bunduqa birlan ov qilmoqni Solim, Qosim, Mujohid, Ibrohim, Ato va Hasan ham rad qiladilar. Hasan qishloq va shaharlarda bunduqa otmoqni rad qilib, bundan bo‘lak joylarda bunduqa oqa, zarari yo‘q, deb hisoblaydilar. Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim: Janob Rasululloh «Agar jonivorni uning o‘tkir tomoni birlan (sanchib) jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver, agar jonivor uning yo‘gon (yon) tomoni birlan urib o‘ldirilgan bo‘lsa, ul holda u urib o‘ldirilgan bo‘lib, yemagil!» — dedilar. Men «Agar itimni o‘zim ovga qo‘yib borsam-chi'»— dedim. Janob Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 352 Rasululloh «Agar itingni o‘zing ovga qo‘yib yuborsang va tasmiya (Bismilloh) ayqang, u tutgan jonivorni yeyaver!»—dedilar. Men: «Agar jonivorni (biroz) yegan (tishlagan) bo‘lsa-chi»—dedim. Janob Rasululloh «Ul holda yemagil, chunki iting uni sening uchun ermas, o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. Men «Men itimni ovga quyib yuborsam-u, uning birlan bir begona itning ham turganini ko‘rsamchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Ul holda tutilgan jonivorni yemagil, chunki sen o‘zingning itingga tasmiya aytgansan, begona itga ermas!» — dedilar». 2-bob Mi’rozning yo‘g‘on (yon) tomoni birlan jarohatlangan jonivor haqida Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (ovga) o‘rgatilgan itni ovga qo‘yib boramiz, (bu haqda ne deysiz)?»—dedim. Janob Rasululloh «Senga tutib kelgan jonivorni yeyaver!» — dedilar Men. «It uni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa hammi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uldirib qo‘ygan bo‘lsa ham!» — dedilar. Men «Biz mi’roz birlan ov qilsakchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Utkir tomoni birlan sanchib jarohatlangan jonivorni yeyaver agar yo‘gon (yon) tomoni birlan urilgan bulsa, yema!» — dedilar». 3-bob Kamon birlan ov qilmoq xususida .Hasan va Ibrohim: «Agar jonivorni otganida uning qo‘li yoki oyogi tanasidan ajralib keqa, o‘sha ajralib ketgan qismi yeyilmaydi, qolgan qismi yeyilaveradi»,— deyishadi. Ibrohim «Agar jonivorning bo‘yni yoki beliga otgan bo‘lsang uni yeyaver!»— deydilar. A’mash Zayddan naql qilib bunday deydilar: «Abdullohning xonadoniga mansub bir kishining quloni (egasiga) qaysarlik qilib bo‘isinmay qo‘idi. Shunda o‘sha kishi odamlarga «Qulonning duch kelgan yeriga uringizlar, uning tanasidan nimaiki uzilib tushsa, yemangizlar, qolganini yeyaveringizlar!» — deb amr qildi». Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishlarida ovqat yesak bo‘lurmu? Shuningdek, ularning ov qiladirgan yerida kamonim hamda ovga o‘rgatilmagan va o‘rgatilgan itim birlan ov qilsam, mening uchun durust bo‘lurmu?» — dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, ahli kitoblar xususida eslatib juda yaxshi qilding! Agar ularning idishlaridan bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishlarida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishlarini yuvib, so‘ng unda ovqat yengizlar! «Bismilloh!» deb kamoning birlan ovlagan jonivorni yeyaver! «Bismilloh!» deb ovga o‘rgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham yeyaver! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni ham, itingdan tortib ololsang, yeyaver!» — dedilar». 4-bob. Tosh va kesak (guvalak) otmoq haqida Abdulloh ibn Burayda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mugaffal (tosh yoki kesak) otayotgan bir kishini ko‘rib, unga: «Otma, chunki Janob Rasululloh (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarib, «(Tosh yoki kesak) otib ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni yengib ham bo‘lmaydi. Lekin, (tosh yoki kesak) tishni sindirib, ko‘zni chiqaradi!» deb aytgandurlar»,— dedi. So‘ng, Abdulloh boyagi kishining shuncha gapdan keyin ham (tosh yoki kesak) otayotganini ko‘rib, unga. «Men senga Janob Rasulullohning (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarganlarini aytib turibman-u, sen bo‘lsang o‘z bilganingdan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 353 qolmay, hanuz otayotirsan. Endi, senyo birlan sira ham gaplashmaganim bo‘lsin!» — dedi». 5-bob. Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, (har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!)» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar» Solim Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki ovga o‘rgatilmagan (yoki tozi bo‘lmagan) itni boqsa, har kungi oladirgan savobining ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — deb aytganlarini eshitdim». Nofi’ Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi amali solihlari uchun tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar». 6-bob. Agar it (o‘ljani) yegan bo‘lsa... Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam!) Sizdan so‘rarlarki, qaysi jonivor ular uchun haloldur? Siz aytingizki, sizlarga har bir halol jonivor haloldur va ovchi jonivorlar ovlari hamki, sizlar ularni (ovga) o‘rgatdingizlar, qo‘yib yuborursizlar ovga, ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada. Bas, yenglar ular sizlar uchun tutgan ovdan va Olloh taolo nomin tilga olinglar ularni (ovga) qo‘yib yuborishda va qo‘rqinglar Olloh taolodan, batahqiq Olloh taolo tez hisob-kitob qilguvchi zotdur!». Ibn Abbos: «Agar it (o‘ljani) yegan (tishlagan) bo‘lsa, uni harom qilgan bo‘lur, zero u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lib, Olloh taolo: «... ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada» —deb aytadi. Shunga ko‘ra, sizlar itni urib, toki aytganingizni qiladirgan bo‘lgunicha, unga ta’lim berasizlar»,— deydilar. Ibn Umar ham it tishlagan (egan) ovni harom, deb hisoblaydilar. Ato ersalar: «Agar it o‘ljaning qonini ichib, o‘zini tishlamagan bo‘lsa, uni yeyaver!» — deydilar. Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga savol berib: «Biz it birlan ov qilguvchi bir qavmdurmiz, (shul xususida ne dersiz?)» — dedim. Ul zot: «Agar ovga o‘rgatilgan itingni qo‘yib yuborsang-u, Olloh taoloning ismini tilga olgan bo‘lsang, o‘zingga tutib bergan jonivorni yeyaver! Basharti, it jonivorni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, ul holda uni itning o‘zi yeydi, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Agar ovga qo‘yib yuborgan iting birlan begona itning turganini ko‘rsang, tutgan o‘ljasini yemagil!» — dedilar». 7-bob. Otilgan jonivorni yo‘qotib qo‘yib, ikki-uch kundan keyin topsa... Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar itingni ovga qo‘yib yuborayotib tasmiya aytgan bo‘lsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib qo‘ysa, yeyaver! Agar o‘ljani yegan bo‘lsa, yema, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Basharti, iting tasmiya aytilmagan bir begona it birlan birgalikda o‘ljani Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 354 ushlab o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, yema, chunki sen ulardan qaysi biri uni o‘ldirganligini bilmaysan. Agar sen bir o‘ljani otgach, uni (yo‘qotib qo‘yib) bir-ikki kundan so‘ng topsang-u, uning badanida sen otgan o‘q izidan bo‘lak iz bo‘lmasa, yeyaver! Agar u suvga tushgan bo‘lsa, yema!». Omir Adiy ibn Hotimdan naql qiladilar: «Adiy ibn Hotim Janob Rasulullohga: «Bir kishi o‘ljani otgach, uni ikki-uch kun izlab, so‘ng o‘lik holda topsa-yu o‘zi otgan o‘qning uning badaniga sanchilib turganini ko‘rsa, ne qilgay?» — dedi. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, yegay!» — dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling