Abu abdulloh
-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar»
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, butun Yer qiyomat kuni uning kaftida bo‘lur, osmonlar ersa uning o‘ng qo‘lida o‘ralgan holda turur, pokdur ul va
- Ollohning amriga ko‘z tutarlar»
- «HO-MIM AS-SAJDA» SURASI
- 1-bob. Olloh, taoloning qavli: «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va bu narsa sizlarning o‘z parvardigoringizga qilgan gumonlaringizdur, ul gumon sizlarni halok qildi, bas sizlar ziyon (zarar)
- «HO-MIM-AYN-SIYN-QOF» SURASI Olloh taoloning qavli: «... Qarindoshlarga nisbatan muhabbatnigina (talab
- «ZUXRUF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va faryod qilurlarki, «Ey Molik, parvardigoring bizlarni
- «AD-DUXON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, osmondan aniq tutun keladirgan kunga ko‘z tutingiz!»
- 1-bob. Olloh taoloaing qavli: «Tutun odamlarni chulg‘ab olgay, bu ersa dardli azobdur»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rabbimiz, bizlardan azobni aritgil, bizlar mo‘minlarmiz!»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Nechuk nasib bo‘lur ularga nasihat, holbuki ularga haq payg‘ambar kelgandur» (ya’ni, balo kelganda nasihatga amal qilmoqdan foyda yo‘qdur)
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «So‘ng, undan yuz o‘girib, uni g‘irt jinni deyishdi»
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqin kunda ularni katta (qattiq) tutish qilurmiz, darhaqiqat biz intiqom olurmiz»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Keyin, vaqtiki ular ko‘rdilar ul azobniki, bulut suratida kelur o‘z vodiylari tomon, dedilar: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yog‘in
- «ALLAZIYNA KAFARUU» YoKI «MUHAMMAD» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va qirqursizlar (uzursizlar) qarindoshlik aloqalaringizni…»
- «AL-FATH» SURASI Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz ato etdik sizga bir ravshan fathni (zafarni)...»
- 1-bob Olloh taoloning qavli: «(Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath ato qildik), toki Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni mag‘firat qilsin
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudiy ulamolaridan biri kelib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Ey Muhammad, kitoblarimizdan bizga ma’lumki, Olloh osmonlarni bir barmog‘i (qudrati) birlan, yerlarni bir barmog‘i birlan, daraxtlarni bir barmog‘i birlan, suv va tuproqni bir barmog‘i birlan va boshqa maxluqotni bir barmog‘i birlan ushlab turib «Men podshohman!» — deydi»,—dedi. Payg‘ambar alayhissalom yahudiyning gapini tasdiqlab qattiq kuldilar, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar» degan oyatni o‘qidilar» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, butun Yer qiyomat kuni uning kaftida bo‘lur, osmonlar ersa uning o‘ng qo‘lida o‘ralgan holda turur, pokdur ul va yuqoridur ularning shirklaridan!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo Yerni kaftiga quyadi, o‘ng qo‘li birlan ersa osmonlarni o‘rab tashlab, so‘ng «Men podshohman, qani yer yuzining podshohlari?» — deydi»,— deganlarini eshitganman». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va sur chalinur, bas behush bo‘lur kimiki osmonlardadur va kimiki yerdadur, Olloh istaganlargina behush bo‘lmaslar. So‘ng, ikkinchi bor sur chalinur, bas birdan behush bo‘lganlar o‘rinlaridan turib, Ollohning amriga ko‘z tutarlar» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Ikkinchi bor sur chalinganda men birinchi bo‘lib boshimni ko‘targayman. Shunda men Muso alayhissalomning Arshni ushlab turganlarini ko‘rgayman, ammo ul kishi avvaldan shu holatda turibdilarmi yoki sur chalingach, turdilarmi, buni bilmagayman»,— dedilar» A’mash rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh. «Ikki bor sur chalinishining orasi qirqdur»,— deb aytgan erkanlar. Odamlar Abu Hurayradan: «Ey Abu Hurayra, qirq kunmi?»—deb so‘rashdi. Abu Hurayra: «Bilmayman»,— dedi. Kimdir: «Qirq yil bo‘lsa kerak», — dedi. Abu Hurayra «Bilmayman»,— dedi. Kimdir «Qirq oydur».— dedi. Abu Hurayra: «Bilmayman, lekin insonning hamma a’zosi chirib dumg‘azasigina saqlanib qolur, insonning qayta tarkib topdirilmog‘iga shu dumg‘aza asos bo‘lur», — dedi» «AL-MU’MIN» SURASI Alo ibn Ziyod bir kuni do‘zax haqida gapirib erdilar, bir odam Aloga «Nechun siz odamlarni umidsizlikka tushirayotirsiz?» — deb e’tiroz bildirdi. Shunda Alo bunday dedilar: «Men umidvor qilishga ham qodirdurman, Olloh taolo bir oyatida «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar!»— degan bo‘lsa, ikkinchi bir oyatida «Darhaqiqat (gunoh qilib) o‘z jonlariga jafo qilguvchilar do‘zax ahllaridur»,— deydi. Sizlar bo‘lsangiz, qilgan amallaringiz evaziga jannatdan joy ato etilmog‘i haqida oldindan xushxabar eshitmoqni xohlaysizlar, Olloh taolo ersa, o‘z Rasulini itoat etganlarning jannatga va osiylik qilganlarning do‘zaxga tushmog‘ini xabar qilish hamda kelgusi do‘zax azobidan ogohlantirish uchun yuborgandur» Urva ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Amr ibn Osga «Mushriklarning Janob Rasulullohga nisbatan qilgan eng qabih ishi haqida aytib beringz!»—dedim. Ul kishi bunday dedilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba hovlisida namoz o‘qiyotgan erdilar, shunda Uqba ibn Abu Mu’ayt kelib, ul zotning yoqalaridan ushladi-da, kiyimlarini bo‘yinlariga o‘rab, qattiq bo‘g‘di. Shu asnoda Abu Bakr kelib qolib, Uqbaning yoqasidan tortib Janob Rasulullohni uning changalidan xalos qildilar-da, unga «Rabbim Olloh degan kishini o‘ldirursizlarmi, vaholanki bul kishi sizlarga rabbingizdan dalillar keltirgandur!» — dedilar» «HO-MIM AS-SAJDA» SURASI Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Ibn Abbosdan bunday deb so‘radi: «Qur’onni o‘qiganimda undagi ba’zi bir oyatlar menga ixtilofli ko‘rindi. Masalan «Keyin, sur chalingan vaqtda ularning oralarida na nasl-nasab qolur va na ular bir-birlari ila savol-javob qila olurlar» degan oyatga «Va ular bir-birlariga boqishib savol-javob qilurlar» degan oyat ixtiloflidur. «Biror so‘zni Ollohdan yashira olmaslar» degan oyatga ersa, «Parvardigoro, bizlar mushrik emas erdik» degan oyat ixtilofli bo‘lib, keyingi oyatda mushriklar Ollohdan haqiqatni yashirayotirlar. Mana bu «Olloh osmonni yaratdi, shiftini baland qilib ko‘tardi va uni barobar qilib, tunini qorong‘u va yorug‘ligini zohir qildi va shundan so‘ng, Yerni yoyib tekis qildi» degan oyatlarda Olloh taolo osmonni Yerdan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 211 ilgari yaratganligini zikr qilsa, «Siz aytingizki, «Ey (mushriklar), haqiqatan ham sizlar shundog‘ xudoga munkir bo‘lursizlarmiki, ul yaratibdur Yerni ikki kunda va unga shirk keltirursizlarmi?! Budur jamiki olamlarning parvardigori va ul paydo qilibdur. Yerda tog‘lar va barakot ato etibdur. Yerga va muhayyo qilibdur unda yemaklar to‘rt kunda tamoman. Bu (tafsilotlar) so‘raguvchilar uchundur. Keyin, (parvardigor) yuzlandi osmon tarafiga va ul tutun kabi erdi, bas dedi unga va Yergaki, «Har ikkingiz kelingizlar yaxshilik ila yo zo‘rlik ila!» degan oyatlarda osmonni Yerdan keyin yaratgani zikr qilinur. Ayrim oyatlarda «Olloh mag‘firatli, mehribon erdi, qudratli, hikmatli yaratguvchi erdi, eshitguvchi va ko‘rguvchi erdi» deyilurki, bundan «Olloh taolo ilgari shunday bo‘lgan, hozir ersa unday ermas» deb tushunmoq mumkin» Ibn Abbos raziyallohu anhu yuqoridagi savollarga bunday deb javob qildilar 1) «Birinchi bor sur chalinganda barcha qo‘rquvdan nasl-nasabini (urug‘-aymog‘ini) unutib, bir-birini tanimagay va savol-javob qila olmagay, behush bo‘lib yiqilgay. Ikkinchi bor sur chalinganda ersa, hamma qayta o‘ziga kelib, savol-javob qilmoqqa tushgay 2) Olloh taolo ixlos ahlining gunohlarini kechadi, buni ko‘rib kofirlar: «Kelingizlar, bizlar ham mushrik ermas erdik, deb aytgaymiz!»—deyishur. Ammo, Olloh taolo ularning og‘izlarini muhrlab qo‘ygay, shunda qo‘llari so‘zlab guvohlik bergay-da, Ollohdan biror gapni yashirib bo‘lmasligi ayon bo‘lgay 3) Olloh taolo (dastlabki) ikki kunda Yerni yaratdi, so‘ng osmonlarni yaratdi, keyin osmonlarga yuzlanib, oxirgi ikki kunda ularni tekisladi, so‘ng suv yurgizib o‘tloqlar barpo qilmoqlik uchun Yerni ham tekisladi, tog‘laru tog‘ tizmalarini, tepaliklarni va ularning oralig‘idagi joy-larni ham oxirgi ikki kunda yaratdi 4) Olloh taolo o‘zini «Olloh mag‘firatli erdi»,— debdi, bu ham va uning «U doimo shunday bo‘lib qolur» degan qavli ham uning o‘zining qavlidur, zero Olloh taolo o‘zi iroda qilgan narsasidan sira ham voz kechmagandur. Demak, Qur’on sen o‘ylaganingdek ixtilofli ermas, chunki «erdi» va «shunday bo‘lib qolur» degan so‘zlar uning o‘zinikidur!» 1-bob. Olloh, taoloning qavli: «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar. Lekin, sizlar Olloh qilgan amallaringizdan ko‘pini bilmas, deb o‘yladingizlar» Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quraysh qabilasiga mansub ikki kishi birlan ularning Saqif qabilasiga mansub ikki qarindoshi yoki Sakif qabilasiga mansub ikki kishi birlan ularning Quraysh qabilasiga mansub ikki qarindoshi Baytullohda suhbatlashib o‘ltirar erdi. Ulardan biri: «Olloh taolo suhbatimizni eshitib turibdi, deb o‘ylaysizlarmi?!»—deb so‘radi. Boshqasi: «Qisman eshitadi»,— dedi. Yana biri: «Qisman eshitadirgan bo‘lsa, demak hammasini eshitadi»,— dedi. Shunda «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar...» degan oyat nozil bo‘ldi». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va bu narsa sizlarning o‘z parvardigoringizga qilgan gumonlaringizdur, ul gumon sizlarni halok qildi, bas sizlar ziyon (zarar) ko‘rganlardan bo‘ldingizlar» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quraysh qabilasidan ikki va Saqif qabilasidan bir kishi yoki Saqif qabilasidan ikki va Quraysh qabilasidan bir kishi Baytulloh oldida to‘plandi. Qorinlarida yog‘ mo‘l va qalblarida bilim oz bo‘lmish o‘shal kishilardan biri: «Nima deysizlar, Olloh taolo bizning gapimizni eshitayot-ganmikan?» — Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 212 dedi. Boshqasi: «Agar ovozimizni balandroq chiqarsak, eshitgay, pichirlashsak, eshitmagay»,— dedi. Yana boshqasi: «Agar baland ovoz birla gapirsak, eshitadirgan ersa, demak pichirlashsak ham eshitgay»,— dedi. Shunda Olloh taolo «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar...» degan oyatni nozil qildi». «HO-MIM-AYN-SIYN-QOF» SURASI Olloh taoloning qavli: «... Qarindoshlarga nisbatan muhabbatnigina (talab Ibn Abbos raziyallohu anhu «Qarindoshlarga nisbatan muhabbatnigina...» degan oyat to‘g‘risida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: «Qarindoshlar — Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oila a’zolaridur»,— dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Shoshildingiz, Quraysh qabilasining barcha kimsalari ham Payg‘ambar alayhissalomga qarindoshdurlar. Oyat «Men birlan o‘zlaringiz o‘rtangizdagi qarindoshlik munosabatlarini mustahkamla-mog‘ingiznigina (talab qilurman)» degan mazmunda». «ZUXRUF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va faryod qilurlarki, «Ey Molik, parvardigoring bizlarni o‘ldirsin qo‘ysin!». Molik derki, «Sizlar bu azobda mangu qolursizlar!» Safvon ibn Ya’loning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib: «Ey .Molik, parvardigoring bizlarni o‘ldirsin ko‘ysin...» degan oyatni o‘qiganlarini eshitdim». «AD-DUXON» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, osmondan aniq tutun keladirgan kunga ko‘z tutingiz!» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo bo‘lajagi haqida xabar bergan besh voqea bo‘lib o‘tdi, ular «Tutun», «Rum», «Oy», «Hujum»va «Sazo». 1-bob. Olloh taoloaing qavli: «Tutun odamlarni chulg‘ab olgay, bu ersa dardli azobdur» Abdulloh; ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Osmondan tutun kelganining sababi shulki, Quraysh Qabilasi Janob Rasulullohga osiylik qilib, qarshilik qilaverganidan so‘ng, ul zot ularni duoyi bad qildilar va ularga Yusuf alayhissalom davrlarida kelgan qahatchilik singari qahatchilik yuborishni Olloh taolodan so‘radilar. Tez fursatda Quraysh ahli qahatchilik balosiga giriftor bo‘lib, hatto ochlikdan suyaklarni ham yeyishdi. Biror kishi osmonga qarasa, azbaroyi ochligidan o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutun yanglig‘ narsa ko‘radigan bo‘ldi. Olloh taoloning «Ko‘z tutingiz shunday bir kungaki, osmondan tutun kelib odamlarni o‘rar, bu ersa dardli azobdur» degan xabari shul erdi. Pirovardida, Qurayshning kattalari Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Ey Ollohning Rasuli, Muzar ahli uchun Ollohdan suv so‘rab beringiz, chunki ular halok bo‘layotirlar!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzar ahlining kattasiga (ya’ni, Abu Sufyonga): «Sen jur’atli odamdursan, (o‘zing mushrik bo‘la turib, Ollohdan suv Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 213 so‘rayotirsan)!» — dedilar. Keyin, ul zot Olloh taolodan suv so‘radilar, Olloh taolo ularni suvga serob qildi. So‘ng, ushbu «Albatta, sizlar yana kufrga qaytursizlar» degan oyat nozil bo‘ldi. Darhaqiqat, serobchilik bo‘lgandan keyin, ular darhol yana kufrga qaytdilar. Olloh taolo shunda «Yaqin kunda katta (qattiq) tutish qilurmiz, darhaqiqat biz intiqom oluvchidurmiz» degan oyatni nozil qildi». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rabbimiz, bizlardan azobni aritgil, bizlar mo‘minlarmiz!» Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Ibn Mas’udning oldilariga kirgan erdim, ul kishi bunday dedilar: «Albatta, o‘zing bilmaydirgan narsa haqida «Olloh biluvchiroq» deyish ham ilmdandur. Olloh taolo o‘z Rasuliga: «Ey Muhammad, «Men da’vatim uchun sizlardan hech qachon haq so‘ramagayman va men payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!» deb aytingiz!» — dedi. Quraysh Janob Rasulullohga tajovuz qila boshlagandan keyin, ul zot: «Yo Olloh, Qurayshga Yusuf alayhissalom davridagi yetti yillik qahatchilik singari qahatchilik yuborib, menga yordam bergil!»— dedilar. Ular shunday qahatchilikka duchor bo‘ldilarki, hatto ochlikdan o‘limtiklarni, suyaklarni yedilar, azbaroyi ochlikdan birortasi osmonga qarasa, o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutunga o‘xshash narsa ko‘radirgan bo‘lib qoldi. Keyin, ular: «Ey rabbimiz, bizlardan azobni aritgil, bizlar mo‘minlarmiz!»—deb iltijo qilishdi. Shunda Olloh taolo: «Biz ulardan azobni ariqak, keyin ular yana kufrga qayturlar»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilganlaridan keyin, ulardan azob aridi. Ammo, ular darhol o‘z kufrlariga qaytdilar. Buning uchun Olloh taolo ulardan Badr kuni qasos oldi. Chunki, u qasos olmog‘i haqida ilgari oyat nozil qilgan erdi». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Nechuk nasib bo‘lur ularga nasihat, holbuki ularga haq payg‘ambar kelgandur» (ya’ni, balo kelganda nasihatga amal qilmoqdan foyda yo‘qdur) Masruq rivoyat qiladilar: «Men Abdullohning oldilariga kirdim. Abdulloh bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshni dinga chaqirgan vaqtlarida, Quraysh ul zotni yolgonchiga chiqarib, zo‘ravonlik qila boshladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Olloh, bularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborib, menga madad bergaysan!» -dedilar. Keyin, ularga shunday qahatchilik keldiki, hamma narsa qurib, hatto o‘limtiklarni yeyishdi, birortasi o‘rnidan turib osmonga qarasa, azbaroyi sillasi quriganidan o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutunga o‘xshash narsa ko‘rar erdi». Keyin, Abdulloh «Ko‘z tutingiz osmondan tutun keladirgan kunga!» degan oyatni o‘qiy boshladilar, uning «Biz ulardan azobni ariqak, keyin ular yana kufrga qayturlar» degan joyiga yetganda: «Qiyomat kuni ulardan azob aritilarmidi?!» — dedilar va yana «Yaqin kunda ularni katta (qattiq) tutish qilurmiz» degan oyatni o‘qidilar». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «So‘ng, undan yuz o‘girib, uni g‘irt jinni deyishdi» Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg’ambar qilib yubordi. Ul zot: «Men da’vatim uchun sizlardan haq olmagayman va men payg’ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakor ham ermasman!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshni dinga da’vat qilganlarida, ular bo‘yin tovlashdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohga: «Ey Olloh, Qurayshga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek yetti yillik qahatchilik yuborib, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 214 menga madad bergil!» —dedilar. Keyin, ularga qahatchilik yili keldi, hamma narsa quridi, hatto suyaklarni va terilarni yeyishdi. Qurg‘oqchilikning zo‘ridan yerdan tutunga o‘xshash narsa ko‘tarilar erdi. Mushriklarning kattasi Abu Sufyon Janob Rasulullohning yonlariga kelib: «Ey Muhammad, qavmingiz halok bo‘ldi, Ollohga duo qilingiz, ulardan azobni ariqin!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qildilar. Ammo, ular keyin yana kufrga qaytishdi». 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqin kunda ularni katta (qattiq) tutish qilurmiz, darhaqiqat biz intiqom olurmiz» Abdulloh: «Besh alomat -"Sazo", "Rum", Hujum", "Oy" va "Tutun" bo‘lib o‘tadi", deydilar. «AL-JOSIYA» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va halok etmish bizni faqat zamona» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «Odamiyzod zamonni so‘kib, menga ozor berur, vaholanki zamon men o‘zimman, barcha ishlar mening qo‘limda bo‘lib, kecha birlan kunduzni almashtirurman»,— deydi». «AL-AHQOF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man qabrdan chiqarilurman? Holbuki, har qancha jamoat o‘tdilar, mandan avval». Ikkisi faryod qilurlar Ollohga, (derlar): «Afsus holingga, iymon keltirgil, Ollohning qayta tirilmoq haqidagi va’dasi albatta qaqdur!», keyin ul derki, «.Bu avvalgilardan qolgan bir afsonalardur» Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Marvon Mu’oviya tomonidan Hijozga hokim etib tayinlangan erdi. U bir kunl odamlarni yig‘dida, ularga xutba o‘qib Yazid ibn Mu’oviya haqida yaxshi so‘zlarni gapirdi, otasi o‘rniga endi unga bay’at qilishga da’vat qildi. Shunda Abdurrahmon ibn Abu Bakr Marvonga gapirayotib Yazid haqida haqoratli so‘zlarni aytdi. Marvon uni ushlashga buyurgan erdi, u qochib Oisha onamizning uylariga kirib oldi, Marvon uni tuta olmay: «Bu bola shundayki, uning haqida Olloh taolo va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man (ul dunyoda qayta) qabrdan chiqarilurman?...» degan oyatni nozil qilgan»,— dedi. Buni eshitib, Oisha raziyallohu anho hijob (parda) orqasidan: «Olloh taolo mening pokligim xususidagina oyat nozil qilgandur, bundan bo‘lak bizning haqimizda hech narsa nozil qilmagandur!» — dedilar». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Keyin, vaqtiki ular ko‘rdilar ul azobniki, bulut suratida kelur o‘z vodiylari tomon, dedilar: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yog‘in berur». Yo‘q-yo‘q, bu o‘zlaringiz tezroq kelishini xohlagan bir bo‘rondurki, unda dardli azob bordur!» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 215 Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kichik tillari ko‘rinadirgan darajada qattiq kulganlarini sira ham ko‘rmaganman, ul zot faqat tabassum qilib qo‘yardilar, xolos. Agar shamol essa yoki bulutni ko‘rsalar, yuzlarida xavotirlik sezilar erdi. Bir kuni men: «Yo Rasulalloh, odamlar bulutni ko‘rsalar, yomgir yogur degan umidda xursand bo‘lurlar, sizning ersa bulutni ko‘rganingizda xavotir bo‘lganingizni ko‘rurman»,— dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ey Oisha, kelayotgan bulut o‘zi birlan azob olib kelmayotganmikan, deb xavotir olurman, chunki bir qavm bo‘ron (shamol) yuborilib azoblangan, ular ersa azobni ko‘rib: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yomgir berur»,— deganlar». «ALLAZIYNA KAFARUU» YoKI «MUHAMMAD» SURASI Olloh taoloning qavli: «Va qirqursizlar (uzursizlar) qarindoshlik aloqalaringizni…» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo yaratish ishidan forig‘ bo‘lgach, bachadon Olloh taoloning belbog‘idan tutdi. Olloh taolo unga: «Qo‘yib yubor!» —dedi. Bachadon: «Qon- qarindoshlik aloqalarining uzulmog‘idan asramog‘ingni tilaydirganning joyi hali shu bo‘ldimi?» — dedi. Olloh taolo «Agar men qon-qarindoshlik aloqalarini mustahkamlaganlarni yarlaqasam-u, uni uzganlardan ersa, rahmatimni forig‘ tuqam, rozi bulgaymi-san» — dedi. Bachadon «Ha, yo parvardigorim, rozidurman!» — dedi Olloh taolo «Shunday qilgumdur!» — dedi» Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh qarindoshlik munosabatlari haqida so‘zladilar, so‘ng «Agar istasangizlar, mana bu «Bas, agar sizlar hukumatga ega bo‘lsangizlar, (amalu boylikka xirs qo‘yib) mamlakatda buzg‘unchilik qilursizlar va qirqursizlar qarindoshlik aloqalaringizni» degan oyatni o‘qingizlar!» — dedilar» «AL-FATH» SURASI Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz ato etdik sizga bir ravshan fathni (zafarni)...» Zayd ibn Aslam rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarlaridan birida kechasi yo‘lda ketayotgan erdilar, Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ham ul zot birlan birga erdilar. Shunda Hazrat Umar Janob Rasulullohdan bir savol so‘radilar, ammo ul zot javob qilmadilar. Hazrat Umar ikkinchi bor so‘radilar, ul zot yana javob bermadilar, uchinchi bor so‘raganlarida ham indamadilar Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu xayolan «Onang sendan ajrab qolgur, ey Umar! Janob Rasulullohdan uch bor so‘rading, ammo ul zot senga javob kilmadilar»,— deb qo‘ydilar. Hazrat Umar bunday deydmlar «Keyin, men tuyamni tezlatib odamlar tomon ilgarilab ketdim, «Mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi!» deb xavotirlandim Ko‘p o‘tmay, xabarchining meni chaqirganini eshitdim «Uzim haqimda oyat nozil bulishidan qo‘rqqan erdim-a!» — dedim-da, Janob Rasulullohning qoshlariga kelib salom berdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bu kecha menga shunday bir sura tushirildiki, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan bu dunyodan mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» deb tilovat qildilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 216 Anas ibn Molik raziyallohu anhu «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» degan oyat Hudaybiyya g‘alabasi haqidadur»,— deydilar. Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fathi kuni «Al-fath» surasini chiroyli ovoz birlan qiroat qildilar» 1-bob Olloh taoloning qavli: «(Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath ato qildik), toki Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni mag‘firat qilsin va sizga o‘z ne’matini mukammal qilib, sizni siroti mustaqimga hidoyat qilsin...» Mugiyra bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shunchalik uzoq turardilarki, hatto oyoqlari shishib ketar erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni magfirat qilgan-ku, nechun o‘zingizni bunchalar qiynaysiz?» — deyishganda, ul zot «Olloh taoloning shu mehribonchiligiga shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»— dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shu qadar ko‘p qiyomda turardilarki, hatto oyoqlari yorilib ketardi. Men «Yo Rasulalloh, nechun bunday qilursiz, axir Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni mag‘firat qilgan-ku!» — deganimda, ul zot «Shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?» — dedilar. Ul zot vazminlashib qolganlaridan keyin, o‘ltirib namoz o‘qiydirgan bo‘ldilar, ruku’ qilmoqchi bo‘lganlarida turib qiroat qilardilar, keyin ruku’ga egilardilar» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling