Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul molniki, beurush berdi Olloh o‘z rasuliga»
- Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar sizlarga nimaiki keltirsa, olingizlar!»
- 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar»
- «AL-MUMTAHINA» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘miilar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar...»
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar sizga bay’at qilish uchun mo‘mina ayollar kelsalar...»
- «AS-SAF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Mendan keyin Ahmad ismli iayg‘ambar kelur»
- «AL-JUM’A» SURASI Olloh taoloning qavli: «Olloh bu payg‘ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar»
- 1-bob Olloh taoloning qavli: «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni...»
- «AL-MUNOFIQUUN» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular ichgan qasamlarini sipar qilib olurlar»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu shuning uchundur-ki, ular iymon keltirdilar, so‘ng yana kofir bo‘ldilar, bas muhr urildi dillariga, endi ular tushunmaslar»
- 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar ularga «Kelingizlar, sizlar uchun Rasululloh istig‘for ayqinlar» deyilsa, ular boshlarini bururlar va siz ularning kibru qavo
- 6-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar «Payg‘ambarniig ashoblariga yordam qilmangizlar, toki ular uni tark etib tarqalib keqinlar!» — deyishur. Vaholanki
- 7-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar: «Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni ul yerdan haydab chiqargaylar»,— degaylar. Vaholanki, ulug‘lik
www.ziyouz.com kutubxonasi 224 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar...» Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Nazir xurmozorlarini yondirdilar, kesdilar. Bu xurmozorlar Buvayrada erdi. Shunda Olloh taolo «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar yo qoldirdingizlar uni o‘z tomirlarida turgan holda, har ikkisi ham Ollohning izni ila nofarmonlarni rasvo qilmog‘i uchun bo‘ldi» degan oyatni nozil qildi». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul molniki, beurush berdi Olloh o‘z rasuliga» Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Baniy Nazirning mollari Olloh taolo o‘z payg‘ambariga ulardan urushsiz olib bergan mollar bo‘lib, unga musulmonlar na ot va na tuyalarini choptirib erishgan ermas erdilar. Shuning uchun ham bu mollar Janob Rasulullohga xos bo‘lib, undan o‘z ahllariga bir yillik nafaqa berdilar. Qolgan qurol-yarog‘ va otlarni Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq uchun asrab qo‘ydilar». «AL-HASHR» SURASI Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhuga «Tavba» surasi haqida gapirdim. Shunda Ibn Abbos: «Bu sura oshkor (sharmisor) qilguvchi suradur. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar sizlarga nimaiki keltirsa, olingizlar!» Alqama rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Olloh taolo husn uchun badaniga (igna birlan) surat chizdirgan va chizgan ayollarni, yuzining mo‘ylarini qirdirgan ayollarni, kurak va qoziq tishlari orasini egovlatib kengaytirgan ayollarni, ya’ni Olloh yaratganini o‘zgartirgan ayollarni la’natladi»,— dedilar. Bu gap Baniy Asad qabilasidan bo‘lgan bir ayolga yetib bordi Uni Ummu Ya’qub deyishar erdi. Ushal Ummu Ya’qub Abdullohning huzurlariga keldi-da, ul kishiga «Men eshitdimki, siz unday va bunday ayollarni la’natlabsiz, to‘grimi?»—dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh la’natlaganlarni nechun men la’natlamayin, axir Olloh taolo ham o‘z Kitobida ularni la’natlagan-ku!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Olloh taolo haqi, ikki lavh (er va osmon) oraligidagi jamiki yozuvlarni o‘qib chiqib ham bunday gapni topolmadim!» —dedi. Abdulloh: «Olloh taolo haqi, agar haqiqatan ham axtarib ko‘rganingda erdi, «Rasululloh Olloh taolodan sizlarga nimaiki keltirgan ersa, barchasini qabul qilingizlar va nimadan qaytargan ersa, o‘sha ishni qilmangizlar!» degan so‘zlarni o‘qigan bo‘lur erding!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Ha, buni o‘qiganman»,— dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh Olloh taoloning aytgan shu qavliga ko‘ra o‘sha ishlardan qaytarganlar»,— dedilar. Ummu Ya’qub «Lekin, o‘zingizning xotinlaringiz shu ishlarni qilishsa kerak, deb o‘ylayman»,— dedi. Abdulloh «Unday ersa, uyimga borib xotinlarimni ko‘rgil!» — dedilar. Ummu Ya’qub Abdullohning uylariga borib xotinlarini ko‘rdi, ularning badanlarida o‘zi istagan narsani topmadi». Abdulloh «Agar ayollar mazkur ishlarni qilsalar, biz ularni taloq qilar erdik»— deydilar. Abdulloh; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sochiga ulama taqqan ayollarni la’natlagan erdilar»,— deydilar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 225 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Muhojirlardan ilgari Madinaga kelib o‘rnashgan va iymon-e’tiqodni mahkam ushlagan kishilar...» Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xalifa dastlabki muhojirlarga o‘z haq- huquqlarini bilmoqni hamda Janob Rasululloh hijrat qilmaslaridan ilgari Madinaga kelib joylashgan va iymonlarini mahkam ushlagan ansoriylarga, agar muhojirlardan biror yaxshilik bo‘lsa, qabul qilmoqni va agar biror xatolik bo‘lsa, afv etmoqni vasiyat qildilar» 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar» Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Bir kishi Janob Rasulullohning qoshlariga kelib «Ey Ollohning rasuli, men juda ochman!» — dedi. Janob Rasululloh xotinlariga odam yuborib, biror yegulik so‘ratdilar, lekin uylarida hech narsa topilmadi. Shunda ul zot «Bu kecha biror kishi mehmonni ziyofat qila olurmi? Ziyofat qilgan odamni Olloh taolo yarlaqasin!»—dedilar. Buni eshitib, ansor-lardan bir kishi urnidan turdi-da «Ey Ollohning rasuli, men mehmon qilurman!»—dedi, so‘ng uyiga borib «Janob Rasulullohning mehmonlariga biror yegulik bormi?» —deb xotinidan so‘radi. Ayol «Xudo haqi, bolalarning ovqatidan bo‘lak hech narsa yo‘q!» - dedi. Ansoriy «Agar bolalar ovqat tilasa, ularni uxlatib qo‘igil-da, chiroqni o‘chirgil, o‘zimiz bu kecha qornimizni tang‘ib bog‘lab qo‘ya qolurmiz!»—dedi. Ayol eri aytganiday qildi. Ertalab mezbon Janob Rasulullohning huzurlariga borganida, ul zot «Olloh taolo falon ayolning qilgan ishlaridan taajjub qilib, «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar» degan oyat nozil qildi»,— dedilar». «AL-MUMTAHINA» SURASI 1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘miilar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!» Ali raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men, Zubayr va Miqdodni jo‘natayotib «Boringizlar, «Xox» degan bog‘chaga yetganlaringizda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratgaysizlar, unda maktub bor, olib kelingizlar!» — deb burdilar. So‘ng, biz otlarimizni choptirib bog‘chaga yetib keldik. Haqiqatan, o‘sha yerda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratdik. Unga «Maktubni ber!»— deb buyurdik. U «Menda maktub yo‘q!» — deb qarshilik qildi. Men unga «Yo maktubni berasan yoki yotqizib kiyimlaringni yechurmiz!» — dedim. Nihoyat, u sochlari orasidan maktubni chiqarib berdi. Biz uni Janob Rasulullohga keltirib berdik. Ne ko‘z birlan ko‘raylikki, maktub Hotib ibn Abu Balta’adan Makka mushriklarining kattalariga yuborilgan bo‘lib, unda ul zotning rejalashtirgan ayrim ishlari to‘g‘risida xabar qilingan erdi. Payg‘ambar alayhissalom: « Ey Hotib, bu nima qilga-ning» —deb so‘radilar. Hotib ibn Abu Balta’a «Yo Rasulalloh, menga (jazo berishga) shoshilmangiz, men Qurayshdan bo‘lmasam ham, u birlan qasam ichib do‘stlashganman. Siz birlan birga hijrat qilganlarning Makkada qarindoshlari bo‘lib, ular bularning u yerdagi bola-chaqa va mollarini himoya qilurlar. Mening Makkada qarindoshim bo‘lmasa-da, ul yerda o‘zimga bir do‘st paydo qilay, ular bola-chaqam va molimni himoya qilsinlar, deb shu ishni ma’qul ko‘rdim. Lekin, buni kufr yoki dindan qaytishim sababli qilmadim!»—dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Albatta, bu haq gapni aytdi!» — dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Menga izn beringiz, yo Rasulalloh, bo‘ynini uzib tashlayin!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Axir, u Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 226 Badrda ishtirok qilganlardan-ku! Olloh taolo ahli Badrning qiladirgan ishlaridan o‘zi voqifdur, u: «Xohlagan ishlaringizni qilingizlar, sizlarni batahqiq mag‘firat qildim!» — deb aytgan»,— dedilar». Amr raziyallohu anhu: «Keyin, Hotib haqida «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi»,— deydilar. 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar...» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, mazkur oyat sababli ularni imtihon qilib ko‘rar erdilar. Imtihon shartlari quyidagi oyatda zikr qilingan: «Ey payg‘ambar, agar sizga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘zaro bo‘xton va ig‘vo to‘qimaslikka va biror yaxshi ishda sizga itoaqizlik qilmaslikka sizga bay’at qilsinlar, agar qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qilingiz va ular haqlariga Ollohdan mag‘firat talab qilingiz, darhaqiqat Olloh mag‘firatli va mehribon zotdur!» Mo‘minalardan qaysi ayol shu shartlarga iqror qilsa, unga Janob Rasululloh og‘zaki: «Batahqiq, men bay’atingni qabul qildim!» —derdilar, Ollohga qasamki, qo‘llari ayolning qo‘liga tegmas erdi! Bay’atda faqat: «Bay’atingni qabul qildim mazkur shartlarga binoan»,— derdilar» 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar sizga bay’at qilish uchun mo‘mina ayollar kelsalar...» Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasulullohga bay’at qildik. «Ollohga biror narsani sherik qilmasinlar» degan oyatni o‘qib berdilar, so‘ng azada baland ovoz birlan yig‘lashdan bizni qaytardilar. Oramizdagi bir ayol barmog‘ini tishlab: «Falonchi mening uyimda azada yig‘lashgan erdi, men ham qarzimni uzib uning uyida azada yig‘lashim kerak»,— dedi. Janob Rasululloh unga hech narsa demadilar. Ayol borib, keyin qaytib keldi, ul zot uning bay’atini qabul qildilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ollohning «Ayollar sizga yaxshi ishlarda osiy bo‘lmasinlar!» degan oyatining mazmuni Olloh taolo shaxsan ayollarga buyurgan shartlardur»,— deydilar (Bu shartlar, mufassirlarning gaplariga qaraganda, baland ovoz birlan yig‘lamaslik, begona erkak birlan tanho qolmaslik, yuzni bo‘yamaslik, ko‘kraklarni ochib yurmaslik, qarg‘amaslik, she’r o‘qimaslik va har qanday ishda Olloh va uning rasuliga itoat etmoqlik). Uboda ibn Somit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot: «Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka menga bay’at qilgaymisizlar'»—dedilar, keyin ayollar bay’ati to‘g‘ri-sidagi oyatni o‘qidilar» Sufyon o‘z rivoyatlarida bunday deydilar: «Janob Rasululloh oyatni o‘qidilar, keyin bunday dedilar. «Sizlardan qaysiningiz o‘z bay’atiga vafo qilsa, ajrini Olloh taolo bergay. Kimki mazkur shartlardan birini buzsa, muayyan jazo tortguvsidur, unga shu kafforat bo‘lur. Kimki bir gunoh qilib qo‘ysa-yu, Olloh uni yashirgan bo‘lsa, bu Ollohga xavola, agar xohlasa, gunohkorga azob bergay, agar xohlasa, uni mag‘firat qilgay». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 227 Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ramazon hayiti kuni Janob Rasululloh birlan ham, Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar va Usmon raziyallohu anhumolar birlan ham iyd namozini o‘qiganman. Ularning hammalari ham iyd namozini xutbadan avval o‘qib, keyin xutba qilur erdilar. Ushal kuni Janob Rasululloh minbardan tushdilar, odamlarning shundoq ro‘paralarida o‘ltirganlarini hozir ham ko‘rib turgandekman. Janob Rasululloh ularga yonlarini o‘girib o‘ltirdilar-da, huzurlariga Bilol raziyallohu anhu va ayollar kelgunlariga qadar odamlarga qarata quyidagi oyatni qiroat qildilar «Ey payg‘ambar, agar huzuringizga mo‘mina ayollar Ollohga hech narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘z qo‘lu oyoqlari o‘rtasida bo‘hton to‘qimaslikka (ya’ni, o‘shal paytda ayol farzand ko‘rmasa, birovning bolasini olib uning oyoqlari orasiga qo‘yardilar-da, «tug‘di-tug‘di» qilib, so‘ng uni «o‘zi tug‘di» deb e’lon qilardilar. Buni Olloh taolo qoralab, man etdi) bay’at qilish uchun kelsalar, ularning bay’atini qabul qilingiz va ularga Ollohdan mag‘firat so‘rangiz!», keyin «Sizlar mana shu shartlarni bajarishga majbursizlar!»—dedilar. Shunda bir ayol «Ey Ollohning rasuli, biz rozimiz!» —dedi, ammo boshqa ayollar javob berishmadi So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa bermoqni buyurdilar, ayollar Bilol raziyallohu anhuning etaklariga uzuk va bilakuzuk kabi ziynatlarini sadaqa qilib tashlashdi» «AS-SAF» SURASI Olloh taoloning qavli: «Mendan keyin Ahmad ismli iayg‘ambar kelur» Muhammad ibn Jubayr raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Darhaqiqat, mening bir necha ismlarim bor men Muhammadman, men Ahmadman, men Mohiyman, ya’ni men birlan Olloh taolo kufrni mahv qilur. Men Hoshirman, ya’ni mahshar kuni yurib odamlarni yig‘urman. Men Oqibman, ya’ni o‘zimdan oldin o‘tganlarning yaxshiligini davom etdirguvchiman». «AL-JUM’A» SURASI Olloh taoloning qavli: «Olloh bu payg‘ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar» Abu Hurayra raziyallozhu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdik, shunda «Jum’a» surasi nozil qilindi, unda «Olloh bu payg’ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar» degan oyat bor erdi. Men « Ey Ollohning rasuli, ular kimlar?»— deb so‘radim. Janob Rasululloh savolimga javob bermadilar, hatto men uch bor savolimni qaytardim. Oramizda Salmon Forsiy ham bo‘lib, Janob Rasululloh ko‘llarini uning yelkasiga qo‘ydilar- da, so‘ng, «Basharti iymon Surayyo yulduzida bo‘lsa ham mana bu (atrofimdagi) kishilar uni olgan bo‘lur erdilar!» — dedilar». 1-bob Olloh taoloning qavli: «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni...» Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni karvon keldi. Odamlar Janob Rasulullohning birga turganliklariga qaramay, karvon tomon tarqab ketishdi, faqat o‘n ikki kishigina ul zotning qoshlarida qoldi. Shunda Olloh taolo «Va qachon ko‘rsalar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 228 musulmonlar bir tijoratni yo bir tamoshoni, uning tarafiga tarqalib keturlar» degan oyatni nozil qildi» «AL-MUNOFIQUUN» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar: «Guvohlik berurmizki, albatta siz Ollohning rasulisiz»,— deydilar. Holbuki, Olloh sizning payg’ambarligingizni bilur va Olloh guvohlik berurki, albatta munofiqlar yolg‘on gapiruvchidurlar» Zayd ibn Arqam aytadilar: «Men gazotda erdim. Shunda Abdulloh ibn Ubayning «Rasulullohning yonidagi kishilarga nafaqa (yordam) bermasangizlar, ular uning atrofidan tarqab ketgaylar. Ziyoda izzatli kishilar Madinaga borganimizdan keyin, albatta bul xorlarni haydab chiqargaylar» deganini eshitdim. Men bu gapni amakimga (yoki Hazrat Umarga) aytdim, ul kishi Janob Rasulullohga yetkazdilar. Keyin, Janob Rasululloh meni chaqirdilar, men bor gapni ul zotga so‘zlab berdim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay va uning sheriklariga odam yubordilar. Ular kelgach, aytgan gaplaridan tonib qasam ichishdi. Shunda Janob Rasululloh meni yolgonchiga chiqarib, ularning gapiga ishondilar. Meni shul qadar gam chulgab oldikim, ilgari sira ham bunday ahvolga tushmagan erdim! Amakim menga «Janob Rasulullohga yolgon so‘zlab, ul zotning gazablariga duchor bo‘lmogingga seni ne majbur qildi?»—deb dashnom berdilar. Shul asnoda Olloh taolo «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar» degan (yuqoridagi) oyatni nozil qildi. Keyin, Payg’ambar alayhissalom meni chaqirtirib oyatni o‘qib berdilar-da: «Ey Zayd, Olloh taolo sening gapingni tasdiq qildi»,— dedilar». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular ichgan qasamlarini sipar qilib olurlar» Zayd ibn Arqam aytadilar: «Men amakim birlan birga erdim. Abdulloh ibn Ubayning «Rasulullohning atrofidagi kishilarga nafaqa qilmasangizlar, ular uni tashlab ketgaylar, biz Madinaga borganimizda ziyoda izzatli kishilar bul xorlarni albatta haydab chiqargaylar» deganini eshitib qoldim. Bu gapni darhol amakimga aytdim, amakim Janob Rasulullohga yetkazdilar. Janob Rasululloh Abdulloh ibn Ubay birlan uning sheriklarini chaqirtirdilar. Ular kelib aytmaganliklari to‘g‘risida qasam ichishdi. Shunda ul zot ularga inonib, meni yolg‘onchi qildilar, meni mislsiz g‘am chulg‘ab oldi. Men uyimdan chiqolmay o‘ltirib qoldim. Keyin, Olloh taolo «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar... («... ziyoda izzatli kishilar Madinaga borganimizda bul xorlarni haydab chiqargaylar» degan qavligacha)» deb boshlanadirgan oyatlarni nozil qildi. Janob Rasululloh meni chaqirtirib: «Olloh taolo sening gapingni tasdiqladi»—dedilar». 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu shuning uchundur-ki, ular iymon keltirdilar, so‘ng yana kofir bo‘ldilar, bas muhr urildi dillariga, endi ular tushunmaslar» Zayd ibn Arqam aytadilar: «Abdulloh ibn Ubay «Rasulullohning yonida yurgan kishilarga (muhojirlarga) nafaqa (yordam) qilmangizlar» va «Madinaga qaytib borganimizda» degan gaplarni aytganida, men bundan Payg‘ambar alayhissalomni xabardor qildim. Shunda ansorlar meni malomat qila boshlashdi, Abdulloh ibn Ubay ersa «Bunday deb aytmadim» deb qasam ichdi. Keyin, men uyga qaytdim, uxladim. Nogahon, Janob Rasululloh meni chaqirtirdilar, men bordim, ul zot menga: «Darhaqiqat, Olloh taolo sening gapingni tasdiq qildi»,— dedilar. Chunki, shul haqda oyat nozil bo‘lgan erdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 229 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar ularga boqsangiz, jismlari sizni hayratga solgay, so‘zlaganlarida quloq solursiz. Ular devorga suyab qo‘yilgan quruq yog‘ochga o‘xsharlar, har bir qichqiriqovozni ustlariga tushayotgan balo, deb o‘ylaydilar. Ular dushmandirlar, ulardan ehtiyot bo‘lingiz...» Zayd ibn Arqam aytadilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga safarga chiqqan erdik, odamlar qattiq qiynalishdi. Abdulloh ibn Ubay sheriklariga: «Rasulullohning yonlaridagi kishilarga yordam qilmangizlar, toki ular Rasulullohni tashlab qaytib keqinlar! Madinaga qaytaylik, ziyoda izzatlilar bul xorlarni haydab chiqargaylar»,— dedi. Men Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib bo‘lgan gapni aytdim. Janob Rasululloh Abdulloh ibn Ubayga odam yubordilar. U kelib bunday deb aytmaganligi to‘g‘risida qasam ichdi. Odamlar: «Zayd Rasulullohni aldabdi»—deb gap tarqatishdi. Ularning gapidan dilim qattiq g‘am chekdi. Keyin, Olloh taolo mening rost gapirganim to‘g‘risida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh ularni istig‘for aytishga da’vat qildilar, ammo ular yuzlarini o‘girib teskari qarab ketishdi». 4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar ularga «Kelingizlar, sizlar uchun Rasululloh istig‘for ayqinlar» deyilsa, ular boshlarini bururlar va siz ularning kibru qavo qilgan holda yuz o‘girganlarini ko‘rursiz». Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, siz ular uchun mag‘firat so‘radingizmi, so‘ramadingizmi, ularga nafi yo‘qdur, Olloh ularni hargiz mag‘firat qilmas, chunki Olloh bunday fosiq qavmni hidoyat qilmagay». Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz lashkar orasida turgan erdik. Shunda muhojirlardan biri ansorlardan birining orqasiga tepdi. Ansoriy: «Ey ansorlar, yordam beringizlar!» deb chaqirdi. Bundan qo‘rqib keggan muhojir ham «Ey muhojirlar, yordam beringizlar!»—deb yordamga chaqirdi. Janob Rasululloh buni eshitib «Ne bo‘ldi sizlarga, johiliyat da’vosini qilyapsizlar?!»—dedilar. Odamlar «Ey Ollohning rasuli, bir muhojir bir ansoriyni tepdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh, «Qo‘y, bunday qabih gaplarni gapirma!»— dedilar. Bu gapni Abdulloh ibn Ubay eshitib: «Shunday qilishdimi? Ollohga qasamki, agar Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni haydab chiqargay!» — dedi. Bu gap Payg’ambar alayhissalomga yetdi. Umar raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, menga qo‘yib beringiz, bu munofiqning buynini qilich birlan chopib tashlayin!» - dedilar. Payg’ambar alayhissalom. «Qo‘yaver, tagin odamlar Muhammad o‘z ashobini o‘ldirayotir!» deyishmasin!»— dedilar. Muhojirlar Madinaga kelgan paytlarida ansorlarning soni ko‘proq erdi. Keyinchalik muxojirlarning soni ko‘payib ketdi». 6-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar «Payg‘ambarniig ashoblariga yordam qilmangizlar, toki ular uni tark etib tarqalib keqinlar!» — deyishur. Vaholanki, yeru osmon xazinalari yolgiz Olloh nikidur, lekin munofiklar buni bila olmaslar!» Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Men Harrada musibat yetgan (shahid bo‘lgan) ansoriylarga qattiq achindim, bul haqda menga Zayd ibn Arqam yozib yuborgan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 230 erdi. Menit ularga qattiq achinganim xususida Zayd ham xabar topdi. U keyingi xatida Janob Rasulullohning ansorlar haqida «Ey Olloh, ansorlarni hamda ularning bolalari o‘zint magfirat qilgil!» deb duo qilganlarini eshitganini yozibdi». Abdulloh ibn al-Fazl aytadilarki, «Anas ibn molikning yonida o‘ltirgan kishilar «Zayd kim erdi? — deb so‘rashdi. Anas ibn Molik «Bu shunday odamki, Janob Rasululloh ul haqda «Bu Olloh quloq solgan zot» der edilar» dedilar». 7-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar: «Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni ul yerdan haydab chiqargaylar»,— degaylar. Vaholanki, ulug‘lik Ollohniki, uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidur va lekin munofiqlar buni bilmaslar» Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar «Biz bir g‘azotda erdik. Muhojirlardan biri ansorlardan birini tepdi. Ansoriy «Ey ansorlar, yordam beringizlar!»—dedi. Muhojir ham «Ey muhojirlar, yordam beringizlar!» — dedi. Olloh taolo bu xabarni o‘z rasuliga yetkazdi. Janob Rasululloh Ne gap »—deb so‘radilar. Odamlar «Muhojirlardan biri ansoriylardan birini tepib erdi, ansoriy ansoriylarni, muhojir ersa muhojirlarni yordamga chaqirdi»,— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom «Qo‘yingizlar, bunday yaramas gaplarni aytmangizlar!» — dedilar. Payg‘ambar alayhissalom Madinaga kelgan paytlarida ansorlar ko‘proq erdi, keyin muhojirlar ko‘payib ketdi. Abdulloh ibn Ubay «Shunday qilishdimi, Ollohga qasamki, Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni ul yerdan haydab chiqargay!»—dedi. Umar raziyallohu anhu: «Ey Ollohning rasuli, qo‘yib beringiz menga, bu munofiqning bo‘ynini o‘zib tashlayin!»—dedilar. Payg‘ambar alayhissalom «Qo‘yaver, tag‘in odamlar «Muhammad o‘z ashoblarini o‘ldirayotir!» demasinlar!»—dedilar» «AT-TALOQ» SURASI Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning xabar beriitaricha, ul kishi o‘z xotinlarini hayz ko‘rgan holida taloq qildilar. Hazrat Umar bul haqda Janob Rasulullohga aytganlarida, ul zotning achchiqlari keldi-da, bunday deb aytdilar: «Xotini birlan qaytib yarashsin, ushlab tursin, keyin taloq qilish niyatidan voz kechmasa, u birlan qo‘shilmasdan turib, hayzdan pok holida taloq qilsin, mana shu Olloh taolo buyurgan hayzdan pok bo‘lib, yana bir hayz ko‘rib, undan ham pok bo‘lguncha uyida iddadur!» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling