O’n kuncha avval qo’rquv haqida yozmoqchi edim, ammo ayrim g’alati sabablarga
Download 108.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Ruhiy qo\'rquv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Carpi Diem! (Imloviy xato va kamchiliklar uchun kamina xodimingiz uzr so’rab qoladi) Written by Izzat Arslon
Ruhiy qo’rquv. O’n kuncha avval qo’rquv haqida yozmoqchi edim, ammo ayrim g’alati sabablarga ko’ra bunday bo’lmadi, umuman boshqa mavzuda yoza ketdim… Shunday ekan, endi qo’rquv haqida yozsam (bu mavzuda oldin ham yozganman, ammo bunisi “biroz” boshqacharoq) Ko’p insonlar juda oddiy narsalardan, arzimas, qo’rqish umuman shart bo’lmagan holat, buyum, jonzot, odam, hodisa va voqealardan qo’rqib yuradilar. O’ylab qoldim, ularda tabiiy ravishda qo’rquv paydo bo’lganmi, yoki qo’rqishga o’rgatilganmi. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, ular qo’rqishga, gapira olmaslikga, o’zi umuman fikrlamaslikga o’rgatiladi. Va aniq ayta olamanki, bunday insonlarning oilasida kimdir shunday qo’rquv va qo’rquvchalarga ega. Iqtidorni ham birinchi navbatda mana shu qo’rquv o’ldiradi, yoki, aytganimdek o’sha kimdurlar ko’magida o’ldirtiriladi (o’ldiriladi). Javlon Jovliyev “Qo’rqma” deb to’g’ri aytgan edi (aslida bu kitobni bir bet ham o’qimaganman, juda zerikarli tuyulgan). Aslida qo’rquv faqatgina xudoga nisbatan bo’lishi kerak. Bu sababsiz joning og’riydigan (o’limga) joyga, “narsaga” tikkasiga borish kerak degani emas albatta (bu ahmoqlikdan ham battar). Ya’ni aqida va qarash, tushunish va anglash to’g’ri va sof bo’lishi kerak (agarda miyyangdan, qalbingdan kelsa). Yana bir qo’rquv bor, aniq bilamanki bu qo’rquv juda kamdan-kam insonni bezovta qiladi va bunday qo’rquv borligini juda kamchilik biladi. Bu qo’rquv aytish joiz bo’lsa ilohiy qo’rquvga ham, insoniy va nafsiy qo’rquvga ham o’xshamaydi. Buni tushunarli bo’lishi uchun ruhiy qo’rquv deb atasak yaxshiroq (aslida nima deb nomlashni ham bilmadim). Sen tug’ilding, yig’lading, qolganlar, ota-onang, qarindoshlaring, barcha-barchasi hursand bo’ldi. Birinchi qadamingni ham qo’yding, birinchi so’zlaringni aytding. Birinchi marta harflarni yozding, so’zlading, xullas o’qiding va balki hozir ham o’qiyabsan. Ishlayabsan, pul, uy, karyera, mansab va hokazo hammasi “easy”. Oiladan tashqari, shaxsiy oila, birinchi bo’sa, birinchi farzand, qara u ham yig’layabti, sen esa aqldan ozganday hursandsan. Ish-uy-ko’cha… Ish-uy-ko’cha va boshqalar. Xudo bersa ikkinchi va uchinchi farzandlar, ularni ham o’zing bosib o’tgan yo’llarni yurish uchun tayyorlayabsan. O’qityabsan, tarbiya qilyabsan, ulg’aytiryabsan, chumolidek tinmayabsan. Vaqt o’tdi, ota-onangni yo’qotganingga ham ancha bo’ldi, farzandlaring esa huddi sendek o’zi bilan o’zi ovora bo’ladigan yoshda, ularga qarayabsan, seni tushunmaydi, bilmaydi deb o’ylayabtilar, huddi sendek-a. Ayoling oppoqqina juvon edi, u ham sen kabi qarigan, har tong tizzalari og’riqdan bezovta qiladi. Sen esa hozirgi og’riqlaring haqida oldingidek indamaysan, aytmaysan. “Shu ekanda qarichilik” deya tan olib bo’lgansan. Ammo ayoling hammasini sezib, bilib turadi. Bo’ldi, bu dunyoda seni tushunadigan faqat mana shu “Shaftoli qoqi” qoldi xolos. U ham ertaga bormi yo’qmi bilmaysan. Kamdan-kam kuzatilsa ham birga “oyoq uzatish” haqida o’ylashni (orzu qilishni) boshlaysan. Tamom, o’sha kun keldi, sen tongdami, yo oqshomda, ko’chada yoki uyda, shifoxonadami bilmaysan. Ajal farishtasi seni kutib oldi, sen foniydagi so’nggi manzilga yetib kelding, bu dunyoda qiladigan ishlaring qolmadi, endi o’sha qilgan yaxshi yomon ishlaring uchun javob berish uchun yetib kelding, farishta seni kutib turgan edi. “Buyuk darvoza” oldidasan, bu foniylik va boqiylik o’rtasidagi darvoza. Ko’zlaring bu dunyo uchun oxiratga qadar yumildi. So’nggi bor nimadir deding. Bu so’zlaring “Kalimai toyyiba” bo’lsinda deb o’ylading (chunki bu (o’sha) vaqt nima deganingni anglamading), umid qilding va xirillagancha boqiylikga ko’chding. Haa… bu bir qarashda, unchalik ham yomon bo’lmagan hayot (xotima ham). E’tibor bergan bo’lsangiz, u shunchaki tug’ildi va shunchaki o’ldi (vafot etdi). U hatto so’nggi so’zi nima ekanligini ham anglay olmadi. Va yana e’tibor bergan bo’lsangiz, uni hech kim eslab qolmadi. Farzandlari, ana boring uzog’i bilan nabiralari oyda- yilda bir eslab turdi… Keyinchi, bo’ldi, u insoniyat, adabiyot, ilmiyat tarixidan butunlay o’chib ketdi. Shunchaki “puff” bo’ldi qoldi. Oldinlari umrni bir shag’amning yonib-o’chishiga o’xshatishardi, hozirchi? Hozir umr nari borsa birgina gugurtning yonib o’chishidek gap. Bu juda oddiy tug’ilish va o’lish. Buni kimdur qachondir anglab yetadi. Pul hammasini hal qiladi deysizmi? Qo’ysangizchi, hozir chirib yotgan milliarderlar ham shunday degandi (vaqtida). Ana o’sha pul yuqoridagi oddiylikni “hal” qila oladimi, yoki “Eynshteyn” biron formula yoki teorema bilan “hal” qila oladi deysizmi, yo’q va yana yo’q (Eynshteyn bu “oddiy” hayotga aloqador emas, bunday bo’lishi mumkin emas, shunchaki eslandi, ha shunday, u eslanadi, men uni nabirasi yoki vatandoshi emasman, negadir eslayabman, tavba-tavba). Ortga qaraysan sendan iz qoldimi? Sen iz deb o’ylaganing, senga ergashadigan soya bo’lib chiqishi haqida o’ylab ko’rganmisan (o’ylamaysan), yoki bor izlaringni ham soyang yoki “oddiylik” supurib tashlagandir. Chinakam iz qolishini xohlasang, shunchaki tug’ilib, shunchaki o’lishni xohlamasang, mana shu kichik bir hayotingga (umringga) biror ijodkorlik, yetarli darajada Islom qo’sh, balki eng asosiysi ham shu bo’slin, ammo ehtiyot bo’l, din mukammal, ammo undagi insonlar rasvo (hammasi-ham emas, ammo ko’pchiligi). Nimadir qorala, nimadir yoz, kimdir o’qisin, yoki o’qimasin (muhim emas). Hech bo’lmasa ko’ngling to’lsin, balki mana shu ko’ngil to’qligi qolar. Xazrat to’g’ri aytgandilar (boshqacha bo’lishi mumkin emas) “Dunyodagi barcha gunohlarni yelkangga ortib Alloh tomon so’nggi kunda, unga yuzlanib borsang ham, ko’nglingda, qalbingda “Alloh meni kechirarmikan, meni kechirsin” degan umiding bo’lsin” deb nasihat qilgandilar. Yoshlik juda yolg’onchi bo’ladi. Ey birodar, yoshlik o’yin-kulgu uchun emas, yoshlik ilm olish, o’sha ilmni toshga yo’nish uchun beriladi. Aqlli bo’lish uchun professor yoki Uil Hanting (Good Will Hunting) bo’lish shart emas. Shunchaki anglash va tushunishni to’g’ri bilish (to’g’rilay olish) zarur, tamom. Bir gap bor, “Yozishga arzigulik hayot kechir, yoki o’qishga arzigulik narsa yoz” bu haqida juda ko’p yozganman. Mana shular hozircha… Mana shu oddiy narsalar, oddiy hayotni yaxshigina “izli” qiladi. Muhimi so’nggi nafasda nima deyishingni anglay oladigan darajada hayot kechir. Mana shu, ha, ha mana shu (hozirgi) hayotingdan o’zing afsuslanmasang bo’ldi. Yuqorida aytgan ruhiy qo’rquv mana shu, oddiylikdan, eslanmaslikdan, so’nggi so’zni anglamaslikdan qo’rqish edi. Men mana shundan qo’rqaman… Carpi Diem! (Imloviy xato va kamchiliklar uchun kamina xodimingiz uzr so’rab qoladi) Written by Izzat Arslon Download 108.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling