Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib
Download 45 Kb.
|
2 5208666728606730554
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEN O’TGAN UMRGA
SENSIZ Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho’kkanimda tiz, Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To’yida yayrayman o’xshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq. O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog’i tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer go’zali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dog’I og’irmish, Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim, Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! MEN O’TGAN UMRGA Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo‘shiq talab unda har saboq. Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima - bildim. Shu-da bir yashash!.. SOG’INIB Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq. Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim? Shu kunlarda bahorga zorman, Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul. Yaxshiyamki, qalamga yorman, So‘zlab turar bor dilimni ul. Shu kunlarda bahorga zorman, O’z bahorim kabi bemisol. Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, Yo no‘noq qo‘l butagan nihol. Shu kunlarda bahorga zorman... BALKI Ko‘zingda chaqmoqqa o‘xshash o‘tli nam, Ranging siniqishi, lab titrashi sir. Balki, hisni bo‘g‘ib, irodangga jim Yolvorasan, kuch ber, bo‘lmay deb asir? Ko‘mib yubormoqchi sen tul yoshliging, U - faqat yashnashga qodir tabiat. Balki, baxt bekasi atagan kishing – Ruhi ham istamas xazoning bevaqt? Bilsang, daraxtni sindirar bo‘ron, Nihol bo‘lsa, yana o‘sar gurkirab. Balki, yo‘q ta’nalar, andisha, gumon, Baxtga haqqing yutar, diling zirqirab? Yarim taqdir go‘yo siniq ko‘zgumish, Hayot taqozosi baxt bekamlikdir. Balki, to‘kqiz guling bilmasdan so‘lish, Pok hisning amriga kirmak kerakdir? Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling