Yordamchi so`z turkumlari Bog`lovchi ishtirok etgan gapni toping


Download 25.25 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi25.25 Kb.
#134779
Bog'liq
yordamchi soz turkumlari mavzusida t


Yordamchi so`z turkumlari

1.Bog`lovchi ishtirok etgan gapni toping. A) Bu ham yetmaganday o`z ishiga ham mas`uliyatsiz. B) Odamlarni ko`rib ba`zan o`ylab qolasan C) Kimki ko`ribdur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig` D) Gar shul shul eshitganim bo`lmasa ro`yo. 2. Yaponlar-chi, rahbarmi, oddiy ishchimi, ayolmi yoki erkakmi,bir-birlari bilan duch kelganda nim tabassumda egilib salom berishadi. Gapda nechta yordamchi so`z turkumiga mansub so`zlar bor? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 3. Yuklamalarning ma`no turidan qaysi biri so`z yuklamalardan iborat? 1. So`roq - taajjub 2) kuchaytiruv - ta`kid 3) inkor 4) o`xshatish – qiyoslash 5) gumon 6)ayiruv-chegaralov a) 1,2,3,4 ; b) 3,4; c) 1,3,4,6; d) 3,5,6 4. Qaysi javobda vazifadosh biriktiruv bog`lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, bilan b) -u, -yu, -da, balki c) –u, -yu,-da, -ba`zan d) –u, -yu,-da,na…na 5. Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan komakchilar qaysi? A) bo`yi,yo`sinda,borasida B) tortib,qadar,chog`li C) qaramasdan,bo`lak,orqa D) nari,burun,o`zga 6. Asos qismning aynan takrorlanishidan hosil bo`lgan,holatga taqlidni bidiruvchi takror taqlid so`z qaysi gapda hol vazifasini bajargan? A) Qimmatbaho buyum quyosh nuridan yarq-yurq tovlanardi. B) Namoz g`azabi oshib,dag`-dag` qaltiray boshladi. C) Vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz. D) To`rta savag`ich bilan tap-tap urdi. 7. Qaysi gapda biriktiruv bog`lovchisi qo`llanmaganini aniqlang. A) Qayt,baxt-u kulfatim,azob-u davlatim,qayt! B) Bu usul Sharqda ham G`arb adabiyotida ko`p qo`llanadi. C) Qalandar,haqiqat qidirib keldim,deysan, va lekin haqiqat emas,oltin qidirasen….! D) Bu sarlarda millat vakillarining g`oyat o`ziga xos hamda jonli badiiy timsollari yaratildi. 8. Balki modal so`zi va balki zidlov bog`lovchisi qaysi jihatlariga ko`ra bir-biridan farqlanadi? 1) ifodalangan Grammatik ma`nosiga ko`ra; 2) tinish belgilariga ko`ra; 3) gapning qaysi o`rnida kelishiga ko`ra ; A)1,2,3 B) faqat 1 C)2,3 D)1,3 9.Qaysi gapda kuchaytiruv –ta`kid yuklamasi qo`llangan ? A)Kitobni yopdi-yu, miyasida aylanayotgan savollarga javob izlay boshladi . B)U ilimga oshiq-u beqaror edi. C)Salim aytgan edi-yu bu ishga aloqasi yo`qligini. D)Ovchi nihoyatda kechikkanini bildi-yu umid uni olja sari burdi. 10.Bolagina so`zidan urg`u qaysi bo`g`inga tushsa ,chegaralash ma`nosi ifodalanadi? A) oxirigi bo`g`inga B) uchinchi bo`g`inga C) ikkinchi bo`g`iga D) birinchi bo`g`inga 11.Qaysi uslublarda undovlarning qo`llanish doirasi cheklangan bo`ladi? A) rasmiy va ilmiy B) og`zaki so`zlashuv ,ilmiy va publitsistik C) publitsistik, ilmiy, badiiy D) ilmiy 12.Bay-bay-bay,bunaqasini yemaganimga necha yil bo`ldi ekan….(A.Q) Ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumga mansub ? A) Undov so`z B) taqlid so`z C) modal so`z D) yuklama 13.1) tomon 2) qarab 3) sari 4) bo`ylab 5) sayin Yo`nalish ma`nosini bildiruvchi sof ko`makchilar qaysi bandda berilgan? A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) faqat 3 ta D) 3,4 14.Qaysi gapda ich so`zi ko`makchi vazifasida emas, mustaqil so`z ma`nosida kelgan ? A)”ertaga tog`asinikiga borish ”ni ichida o`yladi. B) Bir hafta ichida ’’Oygul bilan Baxtiyor ’’ dostonini yodlab oladi. C) U kelgunigacha bo`lgan vaqt ichida men mizg`ib oldim . D) Uch yil ichida qilgan mehnatlarim,nihoyat,o`z samarasini beradi. 15.Qaysi bog`lovchilar uyishiq bo`laklarning birini tasdiqlab,ikkinchisini inkor qilib keladi ? A ) inkor bog`lovchisi B) ayiruv bog`lovchisi C)ergashtiruvchi bog`lovchilar D)zidlov bog`lovchilar 16.Yo`nalish ma’nosini bildiruvchi ifodalagan sof ko`makchilar to`g`ri ko`rsatilgan? 1. Tomon 2. sari 3. Qarab 4. Qadar 5. Sayin 6. Bo`ylab A) 2 B) 1,2,5 C) 2,4 D) 1,2,3,6 17. Bilimdonlikning sir-u asrori g`ayrat hamda matonat bilan o`qish va o`rganishdadir. Ushbu gapda qo`llangan teng bog`lovchilarni toping. A) -u, hamda, bilan, va B) -u, hamda, bilan C) bilan, hamda D) -u, hamda, va 18.Undov so`zlar haqida aytilgan ushbu ma’lumotlarning qaysi bri to`g`ri. 1.Undovlarning rasmiy va ilmiy uslubda qo`llanish doirasi cheklangan. 2.Nutq jaroyonida undovlardan foydalanish so`zlovchining yoshi va mansabi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. 3. Shaxsiy xatlarda undovlardan foydalanish mumkin. 4. Undalmali murakkablashgan gaplarda undovlar har doim undalmadan oldi keladi va ular orasida vergul tinish belgisi ishlatilmaydi. A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,4 19.Qaysi gapda qo`shma gapning ikkinchi qismida keladigan sof teng bog`lovchilar qo`llangan? A) balki, negaki, chunki B) ammo, lekin, biroq C) ammo, lekin, biroq, balki D) ammo,lekin, biroq, va, hamda 20. Qaysi gapda teng bog`lovchining ikki xil mazmuniy munosabatiga mansub turi ishtirok etgan? A) Nobel neft va portlovchi moddalar chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berishni vasiyat qilib ketdi. B) Ipak kiyim- kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollaydi. C) Agar vaqti kelsa, tog`lar ham yemiriladi, lekin yoshlikda inson qalbiga ekilgan ezgulik urug`lari toabad zavol topmaydi, chunki ular inson umrining unitilmas davrida erishgan bebaho ne’matlaridir. D) Mustaqillik! Seni hayotim bilan ham, san’atim,she’rim bilan ham asrayman. 21.Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi quyidagi nechta ko`makchi bilan ma’nodosh bo`la oladi? muvofiq, uchun, sari, tomon, oid A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 22. Berilgan so`z birikmalaridan nechtasida kelishik qo`shimchalarini ko`makchilar bilan almashtirish mumkin? 1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) telefonda gaplashmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) tubdan o`zgartirmoq; A) uctasida B) to`rtasida c) beshtasida D) oltitasida 23. Qaysi gapda sifatdoshga bog`lanib kelgan sof ko`makchi sabab holini shakllantirgan? A) Maktabga o`qigani kelgani haqida gapirdi. B) Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar. C) Yaxshi o`qigani uchun u mukofatlandi. D) Uydan ketib qolgani sababini tushuntiradi. 24.Quyidagilardan jo`nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo`shilib keladigan vazifadosh ko`makchi sonini aniqlang. ko`ra, asosan, qadar, muvofiq, yarasha, tomon, qaramay

25.Lekin kun isishini kutish haqida gap bo`lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin. Eng muhimi , qor ustiga qor yog`ib dashtda qolib ketishlari ehtimoldan holi emas. Ushbu gapda ishtirok etgan yordamchi so`zlarga mansub birliklar sonini toping. A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 26.Qaysi qatorda bog`lovchi, ko`makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan? A) nahotki, basharti, uzra, agar, atigi, faqat B) hatto, nihoyat, sayin, ya’ni, tufayli, va C) nahotki, hatto, naq, ya’ni, tufayli, uzra D) nahotki, negaki, qadar, naq, hamda, ichra 27.Nega yapon yuz yil yashar-u, O`zbek buncha yoshga bormaydi? Ushbu she’riy parchada u yuklamasi qanday vazifada qo`llangan? A) biritiruv bog`lovchisi B) inkor bog`lovchisi C) ayiruv bog`lovchisi D) zidlov bog`lovchisi 28 . Na inkor bog`lovchisi qaysi gapda uyushgan bo`laklarni bog`lagan? A) Ilmsiz odam yog`och kabidir: undan na o`ziga, na xalqiga foyda bor B) Yalqov va besabr bo`lma, usenga na obro`, na baxt keltiradi. C) Bu ishda menga, na boshqalarga manfaat bor. D) Unga na bir gap yoqadi, na bir ish yoqadi. 29. O`qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan (1) johil, nodon, savodsiz o`rtasida yer bilan (2) osmoncha farq bor. Gapdagi bilan so`zi haqida to`g`ri hukmni belgilang A) 1,2-bog`lovchi B) 1-ko`makchi, 2- bog`lovchi C) 1,2- ko`makchi D) 1-bog`lovchi, 2-ko`makchi 30.”Q’ bilan “G” ni aytishga hech tili kelishmasdi. Risolat opa degan chiroyli o`qituvchimiz buni bilgani uchun ko`p ham qiynamasdi. Berilgan ikki gapda qanday yordamchi so`zlar qo`llangan? A) 2 ta ko`makch, 2 ta yuklama B) 2 ta ko`makch, 1 ta yuklama C) 1ta ko`makchi, 1ta bog`lovchi, 2 ta yuklama D) 1 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi, 1 ta yuklama 31. O`sha onda ularga nima deb javob berganimni hozir eslolmayman, chunki juda ham garangsigan edi. Berilgan gapda mustaqil so`z turkumlari sirasiga kirmaydigan nechta birlik qo`llangan? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta 32.Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, Abu Yusuf arg`un bilan Zuhrabegi og`a niyatidan xabardor bo`lgan Yordamchi so`z turkumlariga mansub birliklarda qanday undosh ishtirok etmagan? A) til orqa B) sonor C) bog`iz D) yon tovush 33. Undov so`z qatnashgan gapni aniqlang. A) Hozirgacha birov mening mushugimni pisht degan emas. B) Xonaga kirgan birinchi salom beradi. C) Obbo, bular dod-voy solib nimaga erishmoqchi bo`lishadi-ya! D) Barcha gaplarda undov soz qo`llangan 34. Ko`makchilar oldidan kelgan ismlar qanday kelishik shakllarida bo`lmaydi? A) bosh va qaratqich B) tushum va jo`nalish C) chiqish va qaratqich D) o`rin-payt va tushum 35. Ammo Saidiy hafta sayin jurnalning oxirgi sahifasida o`z ismini “bosilmaydi” bezagi bilan ko`ravergandan so`ng, yozuvchi bo`lish uchun o`zining tutgan yo`li to`g`ri ekaniga shubhalana boshladi. Ushbu gapda qo`llangan ko`makchi, va bog`lovchilar sonini toping. A) 4 ta komakchi, 1 ta bog`lovchi B) 2 ta ko`makchi, 1ta bog`lovchi C) 4 ta ko`makchi, bog`lovchi yo`q D) 3 ta ko`makchi, 1 ta bog`lovchi 36. Onam shu qadar jon holatda oldinga tashlandilarki, o`zlarini to`xtata olmay, ko`ksilari bilan ravon derazasi raxiga zarb bilan urdilar, shunda ham to`xtamay boshlarini ichkariga suqib, bo`ynilarini cho`zib- butun vujudlari ko`zga aylanib, qaldirg`ochning uyasi tomon qarashga intildilar. Berilgan gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 6 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 5 ta
Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling