Mavzu: tasavvuf tariqati va unda komil inson tarbiyasi


Download 88.5 Kb.
bet1/6
Sana15.02.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1199949
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TASAVVUF TARIQATI VA UNDA KOMIL INSON TARBIYASI


MAVZU:TASAVVUF TARIQATI VA UNDA KOMIL INSON TARBIYASI
Reja:
Kirish

  1. Tasavvuf va uning tariqatlari

  2. Sharq mutafakkirlari o`z asarlarida komil inson haqida

  3. Tasavvuf Islom madaniyatining tarkibiy qismi

  4. Tasavvuf g’oyalarining harakat sifatida ta’riflanishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar ko`magida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha bo`lsa, ularning maqomi chegaralanadi.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo`lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo`lish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to`ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o`zidan izlaydigan darajaga ko`tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o`zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir.
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o`tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o`choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o`sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Biz bugun o`sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o`ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko`hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo`lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o`troq hayot va o`ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo`ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling