Mavzu: tasavvuf tariqati va unda komil inson tarbiyasi
Sharq mutafakkirlari o`z asarlarida komil inson haqida
Download 88.5 Kb.
|
TASAVVUF TARIQATI VA UNDA KOMIL INSON TARBIYASI
2.Sharq mutafakkirlari o`z asarlarida komil inson haqida
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo`lgan Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798 y. da Quvada tug‘ilgan) astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning «Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi tuzildi. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo`g‘rofiy kengliklar to`g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo`nalishlariga asos solingan. Qo`lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo`lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi. Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Abu Nasr Forobiy (873-950) - musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz» unvoniga muyassar bo`lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo`lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko`rinishda: «Vujudu vojib» (olloh) va «vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib» tufayli yashash huquqiga ega bo`ladi. Ular o`zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat bo`lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo`lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar, aksidensiya (muhim bo`lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o`simliklar, minerallar va to`rtta unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko`rinishda namoyon bo`ladi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o`z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo`llari, davlatning xususiyatlari, ahloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to`g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Forobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo`lgan ta’siri sezilarli bo`lgan. Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning tabiatni o`rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o`zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro`y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o`zgarib turishi, xilma — xil olamlar to`g‘risida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta’sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e’tibor bergan. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling