Tabiiy tanlanish va uning turlari
Download 467.81 Kb.
|
TABIIY TANLANISH VA UNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stabillashtiruvchi tanlanish.
TABIIY TANLANISH VA UNING TURLARI Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Odatda zararli o‘zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. Organizm uchun befarq o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi. Tabiiy tanlanish – organizmlar evolutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Ch. Darvin fikricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik tabiiy tanlanish uchun asos hisoblanadi. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilma-xilligi ortadi, evolutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi murakkablashadi, muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi. Ch. Darvin tabiiy tanlanish jarayonini sun’iy tanlash bilan taqqosladi. Agar sun’iy tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun’iy tanlanishni o‘tkazishda inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson manfaati uchun xizmat qiladigan belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Yashash uchun kurashga moslashgan organizmlar moslashmagan organizmlarga nisbatan kamroq nobud bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tabiiy tanlanish, organizmning muhitga moslashishida yangi populatsiya, turlarning kelib chiqishida asosiy omil ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda tabiiy tanlanishning 3 turi farqlanadi: 1) harakatlantiruvchi; 2) stabillashtiruvchi; 3) dizruptiv.
Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar gulining yirik-mayda- ligi va shakli, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar gulinikiga nisbatan o‘zgarmas. Hasharotlar yordamida changlanadigan gullarning tuzi- lishidagi turg‘unlik o‘simliklar va ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolutsiyasi bilan bog‘liq. Qush bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Download 467.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling