O’tgan darsimizni takrorlab olsak. Alloh taolo Qur’oni Karimda bir necha


Download 397.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi397.87 Kb.
#1118002
Bog'liq
OSON ARAB TILI 2-DARS



OSON ARAB TILI 
2-DARS 
ميحرلا نمحرلا الله مسب 
Takror 
O’tgan darsimizni takrorlab olsak. Alloh taolo Qur’oni Karimda bir necha 
marta : 
ِرْكِ ذلِل َنآ ْرُقْلا اَن ْرَّسَي ْدَقَل َو 
“Biz Qur’onni zikr uchun oson qildik”-deydi. Zikrni ba’zi ulamolar 
tushunishlik, ba’zilari yodlash, ba’zilari nasihat olish, ba’zilari zikr qilish, ba’zilari 
tadabbur qilish deb tafsir qilganlar. 
Oyatdagi “LA”-“albatta” degani bo’lib, bu birinchi ta‘kiddir. “QOD” ham 
“albatta”, degani, bu ikkinchi ta’kiddir.
“YASSARNAA”-“biz oson qildik” deganidir. Bu fe’lning o‘tgan zamonda 
kelgani ham bir ta‘kid hisoblanadi. 
Qarang. Bu yerda uchta ta‘kid bor. Shuncha ta’kiddan keyin kim Qur’oni 
Karimni qiyin deya oladi? Demak, Qur’oni Karim – OSON! 
SAVOL: Nega Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil qildi? 
Shu paytgacha sizlar o’qigan kitoblarda, sizlar eshitgan darslarda arab tilining 
balog’atidan, fasohatidan, go’zalligidan gapirilgan. Men sizlarga arab tilini 
osonligidan gapiraman. Nega Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil qildi? 
Chunki arab tili oson bo’lganligi uchun Alloh taolo Qur’oni Karimni arab tilida nozil 
qilib qo’ydi. Arab tili nihoyatda oson. 
O’tgan darsimizni Qur’oni Karimda nechta so’z borligi haqidagi savol bilan 
tugatgan edik. Qur’oni Karimdagi nechta so’z borligi haqida man sizlarga oddiy 
hisob bilan aytaman. Mujohid rohmatullohi alayh Qur’oni Karimda kelgan 
so’zlarning sonini 77439 ta ekanini aytganlar. 


Qur’oni Karimdagi so’zlarning soni 
Keling, o’zimiz oddiygina qilib hisoblab ko’raylik. Qur’oni Karimda “Fotıha 
surasi 1-sahifa bo’lsa, “Nas” surasi 604-sahifada tugayabdi. Biz o’rtacha 600 sahifa 
deb olaylik. Har bir sahifada nechta satr bor? -15 ta satr. Har bir sahifada nechta so’z 
bor?- O’rtacha 9ta. Ba’zi joyda ko’proq, ba’zi joyda kamroq ham bo’lishi mumkin, 
lekin o’rtacha hisobda 9 ta so’z bor. Har bir sahifada o’rtacha 130 ta so’z bor. 130 
ni 600 ga ko’paytirsak 78000 chiqadi. Bu degani Qur’oni Karimdagi so’zlarning soni 
taqriban 78000 atrofidadir.
Takrorlangan so’zlar hisobi 
78000 so’zlarning ichida ko’pi takrorlangandir. Takrorlarini chiqarib 
tashlasak, 78000 kalimadan faqatgina 17000 kalima qoladi. Agar biz sarf 
qoidalarini, ya’ni fe’llarning tuslanishini o’rgansak, bor-yo’g’i 4500 ta kalima 
qoladi. Misol uchun, “yordam qilmoq” fe’lining quyidagicha tuslanishlarini 
o’rganamiz: men yordam qildim-
ُت ْرَصَن , sen yordam qilding-
َت ْرَصَن , biz yordam 
qildik-
ْرَصَن
اَن
, bular hammasi bir kalima
َرَصَن ( yordam qildi) kalimasidan chiqadi. 
Agar biz shu sarf qoidalarini ham chiqarib tashlasak, sarf qoidalari asosida shu 
َرَصَن ، َت ْرَصَن ، ُت ْرَصَن ر ِصان(yordam berilgan), روُصْنَم (yordam beruvchi) kabilarning 
hammasini bitta qilib oladigan bo’lsak, Qur’oni Karimda bor-yo’g’i 1850 ta kalima 
qoladi xalos. O’zakni masdar deymiz. Demak Qur’oni Karim 1850 tagina o’zakdan 
iborat ekan. 
Savol: 1850 ta kalimani yodlash qiyinmi?- Albatta qiyin emas. Balki juda ham 
oson. Sarf qoidalari undan ham oson. Sarf qoidalarini o’rganganizdan keyin 4500 ta 
kalimani tushungan bo’lasiz. 4500 ta kalimadan esa 17000 kalimani chiqarasiz, 
17000 kalimalar takrori bilan 78000 bo’ladi. Bu oddiy bir matematik hisob. Va bu 


yerdan biz Qur’oni Karimdagi kalimalar, lafzlar juda ham ko’p emasligini bilamiz. 
Darslarimiz davomida juda ham osonligini o’rganasiz.
Yangi usulning asoschilari kimlardir? 
Arab tilini bu usulda o’qitishga Hindistondagi va Turkiyadagi ikki ustoz bir 
birini tanimagan va bilmagan holatda asos solgan.
2015 yili edi. Bu yangi usulning asoschilaridan biri bo’lgan turkiyalik ustoz 
menga telefon qildi:
-"Mening senga zo‘r bir surprizim bor "-dedi.
-"Nima ekan", dedim. 
-"Kelganingda bilasan"-dedi. 
Kelganimdan keyin bildimki surpriz ana o‘sha Hindistonda shu yangi uslubga 
asos solgan ustoz Istanbulga Xalqaro konferensiyasiga kelgan ekan. O’sha kishi 
bilan uchrashuvga chaqirgan ekanlar. Ikkala kishi ham bir birlarini birinchi marta 
ko’rib turishibdi. Ikalalari ham o’zlarini tajribalaridan kelib chiqib, o’zlari bilmagan 
holatda (deyarli) bir xil usulda o’qitisharlariga amin bo’lishdi.
Pokistonlik ustoz 
Uchinchi ustozning usuli madrasadagi talabalarga o’qitiladigan usul bo’lib, 
yuqoridagi ikki ustoznikini o’zida jamlagan va mukammal darajaga yetkazilgandir. 
Darslarini uch bosqichga bo’lgandirlar. Har bir bosqichning bittadan kitobi bor. 
Birinchi kitobni har kim o’rganishi mumkin. Nafaqaxo’r ham, Qur‘on o‘qishni 
bilmaydigan ham, boshlang’ich sinf o’quvchisi ham bemalol o’rganishi mumkin. 
Birinchi kitobni tugatgandan keyin Qur’oni Karimni kalimasini taqriban 40000 
so’zlarini bilib oladi. Ikkinchi va uchunchi kitoblar biroz murakkablashtirilgandir. 
Kaminaga uchala ustozdan ham ularning usullarini o’rganishlik nasib qildi. 
Uchalalarining usullarini o’rtaga qo’yib, to’rtinchi bir usul chiqarishni nasib qildi. 
Alloh nasib qilsa, ana shu usulda davom etamiz.


Navbatdagi darsimizni yakunlaganimizda Qur’oni Karimdagi ko’plab 
so’zlarni o’rganib olgan bo’lamiz. Dars yakunlangach har bir sahifada biz biladigan 
kalimalar soni quyidagicha bo’ladi: 
1. 1-porada har bir sahifadagi 110 kalimani o’rgangan bo’lamiz, bilmaydigan 
kalimalarimiz 20 ta bo’ladi xalos. 
2. 2-5-poralarda har bir sahifadagi 118 kalimani o’rgangan bo’lamiz, 
bilmaydigan kalimalarimiz 12 ta bo’ladi xalos. 
3. 6-28-poralarda har bir sahifadagi 124 kalimani o’rgangan bo’lamiz, 
bilmaydigan kalimalarimiz 6 ta bo’ladi xalos.
4. 29-30-poralarda har bir sahifadagi 118 kalimani o’rgangan bo’lamiz, 
bilmaydigan kalimalarimiz 12 ta bo’ladi xalos. 
Bu degani Qur’oni Karimning ma’nosini tarjimasi juda ham oson chiqadi. 
Alloh taoloning yordami bilan mavjuda tarjimlarni ham osongina tushunasiz. Eng 
muhimi namozingizdagi suralar va duolarning ma’nosini bilgan holatda o’qiysiz.
Bu usuldan asl maqsad nima?
Ikkitagina asl maqsad:
1) Qur’oni Karimni ةءارقلا أدبم yoki كيدي نيب ةيبرعلا va ةيبرعلا ملكتن ايه shularga 
o’xshash kitoblar asosida Qur’oni Karimni o’rganish. Chunki bu kitoblar arab 
bo’lmaganlar uchun arab tilini o’qitish maqsadida yozilgandir. Agar bu ulkan 
tajribadan foydalangan holda Qur’oni Karimni o’rganadigan bo’lsak, qisqa vaqtda 
ko’p narsani o’zlashtira olamiz inshalloh. 
2) Qur’oni Karimga yaqinlashish.
Hayotiy voqea 


Sizlarga bir voqea aytib beraman. 2015 yili ramazonda masjidda e’tikofda 
o’tirganimizda, 18-19 yoshli bir tanish do’stimiz keldi: 
-“ Tahajjud o’qiyabmiz, istasang sen ham qo’shil”- dedi. 
-“Bo’ldi qo’shilaman”-dedim.
Soat 2 lar atrofi tahajjud boshlandi. Namozni jamoat bilan o’qildi. 6 kishi edik, 
men 7 chisi bo’ldim. 6tani hammasi arab yosh yigitlar. Man arab emasman. Namozni 
“ALLOHU AKBAR” deb boshlangandan, “ASSALAMU ALAYKUM VA 
ROHMATULLOH” deb tugatgunimizcha ko’zda yosh bilan o’qidik. 
SAVOL: Nega ular bunday xushu bilan o’qiyabdi? 
Chunki ular Qur’oni Karimning ma’nolarini tushinib o’qiyabdi. Qiyomat 
alomatlari, jahannam azobi yoki jannat ne’matlari kelganida yig’lab o’qiyabdi. 
Allohni azobi haqidagi oyatlar kelganida yig’ilari qandayam avjiga chiqadi tasavvur 
qila olmaysiz. Nimaga? Chunki ular arab yigitlardir, o’qiyatgan oyatlarining 
ma’nosi va mazmunini tushunadilar. Tafsirini, oyatning ahkomlarini bilmasa ham, 
ma’nolarini tushunib o’qiyabdi. Agar o’qiydigan oyatlarimizi hech bulmasa 
ma’nosini tushunib o’qiydigan bo’lsak, xushu-huzu, huzur-halovat bilan, lazzat 
bilan namoz o’qishni o’rganamiz. Buning uchun arab bo’lish shart emas, arab tilini 
bilish yetadi.
O’qish narxi qancha? 
Turkiyalik ustoz bu usul asosidagi kitoblarini nashr qilgan. Akademiyalarida 
o’z kitoblari asosida darslar o’qitiladi. Akademiyaning yillik to’lovi ikki ming dollar 
atrofida.
Pokistonlik ustoz ham ushbu uslubdagi kitoblarini nashr qilganlar va 
Pokistonning har bir chekkasida o’qitiladi. Har bitta programma 200 dollardan 
boshlanadi. Birinchi kitob 200$, ikkinchisi ham 200$, uchunchisi ham 200$ dan 
o’qitiladi.


Hindistonlik ustozning programmasi juda ham oson, juda ham tez bor-yo’g’i 
10 ta darsda birinchi bosqich tugaydi. Ammolekin u kishining programmasi 
hammasidan ham qimmat. Boshlang’ich bosqich 300$, ikkinchi bosqich esa 600$ 
yakuniy bosqich bo’lsa 1000$ xalos .
Darslarning narxidan ko’rinib turibdiki, dunyoda bu uslub o’z o’rnini topib 
bormoqda. Uni sevib o’rganuvchilar soni ham oshib bormoqda. Narxi qanchalik 
qimmat bo’lishiga qaramasdan, o’qishni istaydiganlar dunyoning har bir yerida 
topilmoqda. 
Alloh izni bilan bizni xalqimiz, bizni yoshlarimiz, bizni do’stlarimiz tolibi ilm 
bo’lishsin yoki bo’lishmasin Qur’oni Karimga yaqinlashishsa, Qur’on tili bo’lgan 
arab tilida hech bo’lmaganda namozlarini tushunib o’qishsa, judayam katta yutuq 
bo’lgan bo’lardi. Alloh nasib qilib, ertadan keyin hajga, umraga borishganda arablar 
bilan Qur’on tili bilan gaplashishsa, judayam ajoyib bo’lar edi. 

Download 397.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling