Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olloh, taoloning qavli: «Tez fursatda u alangali o‘tga kirur» Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan. «IXLOS» SURASI
- 2-bob Qur’onning Quraysh ahli tilida — arab tilida nozil qilinganligi haqida
- 3-bob Qur’onning jamlanishi haqida
- 4-bob. Payg‘ambar alayhissalomning kotiblari haqida
- 5-bob. Qur’onning yetti harf (vajh)da nozil qilinganligi haqida
- 6-bob. Qur’on suralarini kitob qilib olish haqida
- 7-bob. Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Qur’onni imtihon qilib turganlari haqida
- 8-bob. Payg‘ambar alayhissalomning qori sahobalari haqida
- «BAQARA» SURASINING FAZILATI
«TABBAT» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Ey Muhammad, o‘zingizga yaqin qarindoshlaringizni va ulardan o‘zingizga muxlis bo‘lganlarini ogohlantiringiz!» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Safo tog‘i ustiga chiqib: «Yo sabohohu!» — deb nido qildilar. Shunda Quraysh ahli «Bu kim bo‘ldi erkan?» — deb Janob Rasulullohning tevaraklariga kelib to‘planishdi. Janob Rasululloh ularga: «Aytingizlarchi, agar men sizlarga «Mana shul tog‘ ortidan dushman otliqlari chiqib, sizlarga hujum qilmoq niyatidadur» deb xabar qilsam, menga ishonursizlarmi?» — dedilar. Ular «Biz sizning yolg‘on so‘zlaganingizni sira bilmasmiz!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, men sizlarni kelgusi qattiq azobdan ogoh qilurman!» — dedilar. Shunda Abu Lahab «Qurib ketgur, shunga chaqirdingmi bizni?!» —deb qarg‘ab erdi, Olloh taolo «Sindi Abu Lahabning ikki qo‘li va halok bo‘ldi o‘zi va saqlab qololmadi uni bundan uning moli va ul narsaki, kasb qildi» degan surani nozil qildi» Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan Olloh, taoloning qavli: «Tez fursatda u alangali o‘tga kirur» Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan. «IXLOS» SURASI Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Olloh taolo aytadiki, «Odam farzandi meni yolg‘onchi qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U meni haqorat qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U o‘lganidan so‘ng qayta tiriltirilmog‘iga ishonmay, meni yolg‘onchi qilur. Vaholanki, ilgari insonni yaratganim keyin uni qayta tiriltirmog‘imdan osonroq bo‘lmagan. Uning meni haqorat qilganiga kslsak, u: «Ollohning bolasi bor»,— deydi. Vaholanki, men yakkayu yagoka, abadiy, tug‘magan va tug‘ulmagan hamda tengi yo‘q zotdurman!» Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. «FALAQ» SURASI Ubay ibn Ka’bdan «Muavvizatayn» (ikki «Qul a’uuzu») to‘grisida so‘ralganda, ul kishi: Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 245 «Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rasam, ul zot: «Menga shunday deyildi»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— dedilar. «AN-NOS» SURASI Zarr ibn Hubaysh aytadilar: «Men Ubay ibn Ka’bga: «Ey Abu Munzir, birodaringiz Ibn Mas’ud («Mu’avvizatayn» haqida) shunday va shunday dedilar»,— dedim. Ubay ibn Ka’b: «Men ham Janob Rasulullohdan so‘raganimda, ul zot: «Menga shunday deyish buyurildi, men shunday dedim»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— deb javob berdilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 246 QUR’ON FAZILATLARI KITOBI 1-bob. Vahiy qanday nozil bo‘ldi? Dastlab nozil bo‘lgan oyatlar haqida Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomga Makkada ham o‘n yil va Madinada ham o‘n yil davomida Qur’on nozil bo‘ldi». Abu Usmon raziyallohu anhu aytadilar: «Menga xabar berilishiga qaraganda, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohning qoshlariga keldilar. Shunda ul zotning huzurlarida Ummu Salama raziyallohu anho ham bor erdilar. Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga gapira boshladilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam (jo‘rttaga): «Bu kishi kim?» — deb Ummu Salamadan so‘radilar. Ummu Salama: «Bu kishi Dihya (Dihyatul-Kalbiy)»,— dedilar. Hazrat Jabroil ketganlaridan so‘ng, Ummu Salama: «Xudo haqi, men boyagi kishini, toki Janob Rasulullohning Hazrat Jabroil kelib ketganlari haqida xutba qilayotganlarini eshitgunimcha, Dihya deb o‘yladim»,— deydilar». Ubay: «Bu hadisni kimdan eshitdingiz»—deb Abu Usmondan so‘rasalar, ul kishi: «Usoma ibn Zayddan eshitdim» — deb javob qilibdilar. Abu Hurayra raziyallohu aihu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Payg‘ambarlarning hammalariga ham vahiy yuborilgandur, unga insonlar iymon keltirgandurlar. Shuningdek, Olloh taolo menga ham vahiy yuborgandur. Men umid qilurmanki, qiyomat kuni menga ergashganlarning soni ularga ergashganlardan ko‘proq bo‘lgay!»—dedilar». Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vafotlari arafasida shul qadar ketma-ket vahiy yubordiki, uning soni butun payg‘ambarlik davrlarida kelgan vahiylardan ko‘proq erdi». Jundub raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lib, bir yoki ikki kecha o‘rinlaridan turmadilar. Shunda bir ayol keldi-da, (Hazrat Jabroilning kelmay qolganlariga ishora qilib) «Ey Muhammad, shaytoning seni tark qilgan ko‘rinur» — deb erdi, Olloh taolo «Parvardigoringiz sizni tark qilgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q» degan oyatni nozil qildi» 2-bob Qur’onning Quraysh ahli tilida — arab tilida nozil qilinganligi haqida Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Sa’id ibn al-Os, Abdulloh ibn az-Zubayr va Abdurrahmon ibn al-Harsga Qur’on suralarini mushaflarga ko‘chirmoqni amr qildilar va «Agar sizlar Zayd ibn Sobit birlan Qur’onning biror arabcha so‘zida ixtilof qilib qolsangizlar, (uni o‘zgartirmay) Quraysh ahli tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on ularning tilida nozil qilingan»,— dedilar. Ular shunday qilishdi» Safvon ibn Ya’loning xabar berishlariga qaraganda, ul kishi: «Koshkiydi, men Rasulullohga vahiy nozil bo‘layotganini ko‘rsam!»—deb orzu qilur erkanlar. Vaqtiyki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ji’rona degan joyda erdilar, ul zotning tepalariga soya qilsin uchun bir libos to‘sib qo‘yilgan erdi, yonlarida sahobalari ham bor erdilar. Shul payt o‘ziga xushbo‘yliklar sepib olgan bir odam kelib «Yo Rasulalloh, bir odam chakmon kiyib, ehrom bog‘lasa-yu, keyin o‘ziga xushbo‘yliklar sepsa, bo‘lurmi?» — deb Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 247 so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom bir soatcha vahiy kelmog‘ini kutdilar so‘ng ul zotga vahiy keldi. Shunda Umar raziyallohu anhu Ya’loga «Kel!» —deb ishora qildilar. Yalo kelib, boshlarini Janob Rasulullohga soya qilib turgan libos ostiga kiqdilar-da, Janob Rasulullohning yuzlari qizarib ketganini ko‘rdilar. Ul zot yana birmuncha vaqt xirillagan holda yotdilar, so‘ng vahiydan forig‘ bo‘ldilar-da: «Hozirgina menga umra to‘g‘risida savol bergan kishi qaerda?»— deb so‘radilar. Savol bergan kishi qidirib topib keltirildi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga «Uzingga sepgan xushbo‘ylikni uch marta yuvib tashla, so‘ng chakmoningni yechgil-da, hajingga qanday ehrom boglasang, umrangga ham shunday ehrom boglagil!» — dedilar». 3-bob Qur’onning jamlanishi haqida Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu aytadilar: «Ahli Yamoma urushidan keyin, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu menga odam yubordilar. Borsam huzurlarida Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu o‘ltiribdilar. Shunda Abu Bakr menga bunday dedilar: «Mening oldimga Umar kelib «Yamoma kuni Qur’on qorilarining ko‘pi halok bo‘ldi. Men qo‘rqamanki, boshqa janglarda ham qorilar shunday qirilib ketaversa, Qur’onni yod bilganlar qolmaydi. Istardimki, Qur’onni jam etmoqqa amr bersangiz!»—dedilar. Men Umarga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qilmagan ishni men qanday qilurman?»— dedim. Hazrat Umar «Olloh haqi, bu xayrli ishdur!»—dedilar. Shu tariqa Hazrat Umar menga qayta-qayta murojaat qilaverdilarki, hatto Olloh taolo mening qalbimni ham shu ishga moyil qilib qo‘ydi. Men ham bu ishda Hazrat Umar ko‘rgan narsani — xayriyatni ko‘rdim». Keyin, Abu Bakr menga: «Siz aqlli va yosh yigitdursiz, sizni hech qachon yomon ish ustida ko‘rmagandurmiz. Buning ustiga siz Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiylarni yozib olur erdingiz, Qur’onni jamlab yigingiz!» — dedilar. Ollohga qasamki, agar menga bir togni o‘z joyidan boshqa joyga ko‘chirmoqni buyursalar, bu ish menga Qur’onni jamlamoqdan osonroq bo‘lur erdi! Men ularga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qilmagan ishni nechuk qilursizlar?»— dedim. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Ollohga qasamki,bu ish xayrlidur!»—deb qayta-qayta murojaat qilishda davom etdilar- ki, hatto Olloh taolo Abu Bakr va Umarning dillarini moyil qilgan narsaga mening dilimni ham moyil qilib qo‘ydi. Nihoyat, men Qur’onni xurmo barglaridan, oppoq, silliq toshlardan, odamlarning dillaridan ko‘chirib jamlay boshladim, hatto «Tavba» surasining oxiri — «Ey insonlar, batahqiq sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan sizlarning kulfat- mashaqqatlaringizni ko‘rib achinuvchi, sizlarning haq dinga kelishingizga haris (tashna) va barcha mo‘minlarga marhamatli, mehribon bir payg’ambar keldi-ku! Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda aytingiz «Menga Ollohning o‘zi yetarlidir, boshqa hech qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordur, men uning o‘ziga suyandim. U Ulug Arsh sohibidur!» degan oyatlarni Abu Huzaymadan topdim. Undan boshqa biror kishida bu oyatlarni uchratmadim. Suhuf (suralar bitilgan sahifalar) Abu Bakr Siddiqning huzurlarida saqlandi. Ul kishi vafot qilganlaridan so‘ng, Umar raziyallohu anhuning huzurlarida saqlandi, ul kishi vafot qilganlaridan keyin, Hafsa binti Umarning qo‘llarida qoldi» Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Huzayfa ibn Yamon Usmon raziyallohu anhuning huzurlariga keldilar. Ahli Shom birlan ahli Iroq Armaniston va Ozarbayjonda gazotda erdilar. Ularning qiroatidagi ixtilofdan cho‘chigan Huzayfa Usmon raziyallohu anhuga: «Ey mo‘minlarning amiri, bu ummatni yahudiy va nasorolar ixtilofi singari Qur’onda ixtilof qilmoqliklaridan to‘xtatib qolingiz!»—dedilar. Usmon raziyallohu anhu Hafsa raziyallohu anhoga odam yuborib: «Suhufni bizga yuboringiz, biz undan nusxa ko‘paytirib mushaflar qilurmiz, keyin o‘zini sizga qaytarurmiz!»—dedilar. Hafsa Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 248 raziyallohu anho Suhufni Usmonga yubordilar, so‘ng Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Sa’-id ibn al-Os va Abdurrahmon ibn Harsga buyurdilar, ular Suhufdan nusxa ko‘chirib mushaflar tayyorlashdi. Hazrat Usmon uchta qurayshlik kotiblarga: «Agar Qur’on so‘zlarida Zayd birlan ixtilof qilsalaringiz, (uni o‘zgartirmay) Quraysh tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on ularning tilida nozil bo‘lgandur!»—dedilar. Kotiblar shunday qilishdi, so‘ng Hazrat Usmon Suhufni Hafsaga qaytarib berdilar. Keyin, Hazrat Usmon mushaflarni dunyoning to‘rt chekkasiga yuborib, Qur’on bitilgan bundan bo‘lak har qanday sahifa yoki mushafni yoqib yubormoqni amr qildilar». Ibn Shihob aytadilar: «Menga Xorija ibn Zayd ibn Sobitning xabar berishlaricha, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu bunday deb aytgan erkanlar: «Qur’ondan nusxa ko‘chirayotgan vaqtimda «Ahzob» surasidan bir oyatni topolmadim, vaholanki uni Janob Rasululloh qiroat qilganlarida eshitgan erdim. Uni qidirib, nihoyat Huzayma ibn Sobit al- Ansoriydan topdik. Bu oyat «Mo‘minlarning orasida ba’zi kishilar borki, ular Ollohga bergan va’dalariga har qachon sodiq bo‘ladilar» degan oyat erdi. Uni o‘z o‘rniga qo‘shib qo‘ydik». 4-bob. Payg‘ambar alayhissalomning kotiblari haqida Zayd ibn Sobit aytadilar: «Abu Bakr Siddiq menga odam yuborib: «Darhaqiqat, siz Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiylarni yozib olur erdingiz. Qur’onni jamlangiz!» — dedilar. Men Qur’onni yigdim, «Tavba» surasining oxirgi ikki oyatini Abu Huzayma al- Ansoriydangina topdim, boshqa biror kishidan bu oyatlarni topmadim. Ular «La-qad joakum rasuulun min anfusikum» deb boshlanadirgan oyatlardur». Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Barobar bo‘lmaydilar jihoddan qolgan mo‘minlar birlan Olloh yo‘lida jihod qiluvchilar» degan oyat nozil bo‘lganda, Payg’ambar alayhis- salom: «Huzurimga Zaydni chaqiringiz, lavh birlan siyoh keltirsin!»—dedilar. Keyin, menga: «Yoz!... Barobar bo‘lmaydilar...»—deb vahiy so‘zlarini aytayotganlarida ul zotning orqalarida o‘ltirgan ko‘zi ojiz Amr ibn Ummu Maktum: «Ey Ollohning rasuli, menga gazot qilmoqni qandayin buyurgaysiz, axir men ko‘zi ojiz odamman-ku?!» — dedilar. Shunda mazkur oyat o‘rniga «tana a’zolariga zarar (jarohat) yetmagan holda jihoddan qolgan mo‘minlar birlan Olloh yo‘lida jihod qiluvchilar barobar bo‘lmaydilar» degan oyat nozil bo‘ldi». 5-bob. Qur’onning yetti harf (vajh)da nozil qilinganligi haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga Hazrat Jabroil Qur’onni bir harfda (bir uslubda) o‘qimoqni o‘rgatdilar, men murojaat qilaverganimdan keyin ersa, uni yetti harfga (uslubga) yetkazdilar»,— dedilar». Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytadilar: «Men Hishom ibn Hakimning «Furqon» surasini o‘qiganlarini Janob Rasulullohning hayotlik davrlarida eshitgan erdim. Ul kishining qiroatlarini astoydil tinglasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga o‘rgatmagan uslubda o‘qiyotirlar. Shunda men namozda o‘ltirgan ul kishining yoqalaridan tutmoqchi bo‘ldim-u, ammo namozni tugatmoqlarini kutdim. Ul kishi ikki yelkalariga salom berganlaridan so‘ng, yoqalaridan tutib: «Hozir men eshitgan qiroat uslubini sizga kim o‘rgatgan?» —dedim. Ul kishi bamaylixotir: «Janob Rasulullohning o‘zlari o‘rgatganlar»,— dedilar. Men: «Yolgon gapiryapsiz! Chunki, Rasululloh sallallohu Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 249 alayhi va sallam menga siz o‘qigandan boshqacha o‘rgatganlar»,— dedim-da, ul kishini yetaklab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga olib bordim va: «Men bul kishining «Furqon» surasini bir o‘zgacha uslubda o‘qiganlarini eshitdimki, bu uslubni siz menga o‘rgatmagan erdingiz»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Uni qo‘yib yuboringiz!»— dedilar. Keyin, Hishomga: «Ey Hishom, o‘qingiz!» — dedilar. Hishom Janob Rasulullohga men eshitgan uslubda qiroat qilib berdilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu sura aynan shunday nozil qilingan».— dedilar. Keyin: «Ey Umar, siz ham o‘qingiz!» — dedilar. Men Janob Rasululloh menga o‘zlari o‘rgatganlaridek qiroat qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu sura aynan shunday nozil qilingan. Darhaqiqat, Qur’on yetti harfda (uslubda) nozil qilingan, qaysi uslubda qiroat qilmoqni oson, deb bilsangiz, o‘sha uslubda o‘qiyveringiz!» — dedilar». 6-bob. Qur’on suralarini kitob qilib olish haqida Yusuf ibn Molik xabar beradilar: «Men mo‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida erdim. Shunda ichkariga bir iroqlik kirib kelib: «Kafanning qanaqasi yaxshiroq?» — deb so‘radi. Oisha onamiz: «Eh bechora, o‘lganingizdan keyin kafanning qanday bo‘lmog‘ining sizga hech zarari yo‘q!» — dedilar. Iroqlik: «Ey mo‘minlarning onasi, menga Mushafingizni ko‘rsatingiz!» — dedi. «Ne uchun?» — dedilar Oisha raziyallohu anho. Iroqlik: «Shoyad, unga qarab men o‘zimga Qur’on qilib olsam!» — dedi. Chunki, u Qur’on suralarini tartibsiz o‘qir erdi. Oisha onamiz: «Qaysi surani avval o‘qisangiz, sizga zarari yo‘qdur. Qur’onning eng avval nozil bo‘lgan suralari uzun suralar bo‘lib, unda jannat va do‘zax haqida zikr qilinur. Islomga kirganlar soni ko‘paygandan keyin ersa, harom va halol haqida oyatlar nozil bo‘ldi. Agar «Aroq ichmangizlar!» degan oyat birinchi bo‘lib nozil bo‘lganda, odamlar: «Biz aroqni mutlaqo tark qilmaymiz!»— degan bo‘lur erdilar. Agar «Zino qilmangizlar!» degan oyat birinchi bo‘lib nozil bo‘lganda, odamlar: «Biz zinoni mutlaqo tark qilolmaymiz!»— derdilar. Muhammad alayhissalomga Makkada (u vaqtda men yosh qizaloq erdim) «Qiyomat ular birlan va’dalashgan joyimiz bo‘lib, u nihoyatda dahshatlidur» degan oyat nozil bo‘ldi. «Baqara» va «Niso» suralari nozil bo‘lganda ersa, men Janob Rasulullohning nikohlarida erdim»,— dedilar. Keyin, Oisha raziyallohu anho Mushafni olib chiqib, suralar tartibini iroqlikka aniqlab berdilar». Ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Darhaqiqat, «Bani Isroil», «Kahf», «Maryam», «Toho» va «Anbiyo» suralari dastlab nozil bo‘lgan suralar bo‘lib, ularni Qur’ondan o‘rganib olganimga ancha bo‘lgan». Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Men «Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini Janob Rasulullohning Madinaga kelmaslaridan avval yodlagan erdim». Shaqiq raziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir rak’atda juft-juft o‘qiydirgan suralarni bilib olganman»,— dedilar. Keyin, Abdulloh chiqib ketdilar-da, Alqama birlan qaytib kirdilar. Alqama chiqib ketgach, Abdullohdan «nazira» (o‘xshash) suralar haqida so‘radik. Ul kishi: «Ibn Mas’udning ta’liflariga ko‘ra, Qur’onning boshlanishidan yigirma sura, ularning oxirgisi — «Havomim»dur»,— dedilar». 7-bob. Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Qur’onni imtihon qilib turganlari haqida Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 250 Oisha raziyalloohu anho Fotima raziyallohu anhodan naql qiladilarki, Payg‘ambar alayhissalom: «Darhaqiqat, Hazrat Jabroil har yili mendan Qur’onni bir bor imtihon qilur erdilar, bu yil ersa ikki bor imtihon qildilar, bundan bilurmanki, ajalim yaqindur»,— dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom eng saxovatli odam erdilar. Ramazon oyida ersa, yanada saxovatlari ortar erdi, chunki Jabroil alayhissalom Ramazon oyining har kechasida ul zot birlan uchrashib, Qur’onni imtihon qilur erdilar. Janob Rasululloh Hazrat Jabroil birlan uchrashgan kunlari yomg‘ir keltiruvchi shamoldan ham saxovatliroq bo‘lib ketur erdilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Har yili Janob Rasulullohdan Qur’on bir bor imtihon qilinur erdi, vafot qilgan yillari ersa ikki bor imtihon qilindilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har yili o‘n kun e’tikofda o‘ltirur erdilar, vafot etadirgan yillari ersa yigirma kun e’tikofda o‘ltirdilar». 8-bob. Payg‘ambar alayhissalomning qori sahobalari haqida Abdulloh; ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning «Qur’onni to‘rt kishidan — Abdulloh ibn Mas’ud, Solim, Muoz va Ubay ibn Ka’bdan olingizlar (o‘rganingizlar)!» deb aytganlarini eshitganman. Shu gap menga hanuz xush yoqadi!» Shaqiq ibn Salama aytadilar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bizga xutba qilib: «Xudo haqi, men Janob Rasulullohning og‘izlaridan yetmishdan ortiq sura o‘rgan-dim, xudo haqi, Janob Rasulullohning sahobalari meni Ollohning Kitobini ko‘proq biluvchi, deb hisoblaydilar, vaholanki men ulardan yaxshiroq ermasman!» — dedilar. Men: «Odamlar Abdullohning bu gaplariga ne deyishar erkan?» — deb poyladim, lekin ul kishining gaplarini qaytarguvchini ko‘rmadim». Alqama aytadilar: «Biz Himsda erdik. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu «Yusuf» surasini qiroat qildilar. Bir odam: «Bu sura bunday nozil qilingan ermas»,— dedi. Ibn Mas’ud: «Men buni Janob Rasulullohga o‘qib berganimda, ul zot: «Juda chiroyli o‘qidingiz!» — deb aytganlar»,— dedilar. Birdan haligi odamdan aroq hidi keldi. Shunda Ibn Mas’ud: «Sen Ollohning Kitobini yolg‘onga chiqarish birlan birga aroq ham ichayotirsanmi?!» — deb unga hadd (darra) urdirdilar». Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Ibodatga loyiq zot bo‘lmish o‘zi tanho Olloh haqi! Ollohning Kitobidan qaysi sura nozil kilingan bo‘lsa, men uning qaerda nozil qilinganini hamda qaysi oyat nozil qilingan bo‘lsa, men uning ne haqda nozil qilinganini bilurman. Agar biror kishining Ollohning kalomini mendan yaxshiroq biluvchi erkanini bilsam, uning oldiga, u tuyada boradirgan joyda bo‘lsa ham, borur erdim!». Qatoda aytadilar: «Men Anas ibn Molikdan. «Qur’onni kim jam qilgan?»—deb so‘radim. Anas: «To‘rt kishi, hammalari ham ansorlardan bo‘lib, ular — Ubay ibn Ka’b, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd»,— dedilar». Anas raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom vafot etdilar hamki, Qur’onni to‘rt kishidan bo‘lak odam jam qilmadi, ular Abu Dardo’, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 251 va Abu Zayd. Biz Abu Zaydga Qur’on xususida merosxo‘r bo‘ldik». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu «Bizga Ubay qiroat qilmoqni o‘rgatur erdilar, biz ersak ul kishining qiroat yo‘llaridan bo‘lakcha o‘qir erdik. Shunda ul kishi. «Men Qur’onni Janob Rasulullohning og‘izlaridan o‘rganganman, uni hech narsa evaziga tark qilmasman, Olloh taolo «Qaysi oyatni mansux qilsak yoki uni sizga unutdirsak, undan yaxshirog‘ini yoki uning o‘xshashini ato qilurmiz!» deb aytgan». 9-bob QUR’ON OCHQICHI Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Biz safarda erdik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shunda bir qizcha kelib: «Mahallamiz sqsoqolini gazanda chaqib oldi, unga yordam qiladirgan hech kim yo‘q, orangizda biror duoxon bormi?» — dedi. Qizchaning gapini eshitib bir odam o‘rnidan turdi, ammo uning duoxonlik qilganini hech ko‘rmagan erdik. U borib bemorga duo o‘qigan erdi, shifo topdi. Tuzalgan bemor xursand bo‘lib unga o‘ttizta qo‘y berdi, sut birlan bizni mehmon qildi. Sherigimiz qaytib kelgandan keyin: «Ilgari ham duoxonlikk qilur erdingizmi yoki endi duoxon bo‘lib qoldingizmi?»—dedik. Ul kishi: «Yo‘q, men «Ummul-Kitob» («Fotiha» surasi) birlan davoladim»,— dedi. Biz bir-birimizga: «Bul haqqa gapirmaylik, yaxshisi Janob Rasulullohdan so‘raylik!»— dedik. Madinaga qaytganimizdan keyin, voqeani Payg‘ambarimizga so‘zladik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotiha» surasining shifo erkanligini unga kim o‘rgatdi erkan? Qo‘ylarni taqsim qilingizlarda, mening ulushimni ham beringizlar!» — dedilar». «BAQARA» SURASINING FAZILATI Abu Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki kechqurur! «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur (ya’ni, balo-ofatlardan himoya qilur)»,— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni ramazon zakotini yig‘ishga vakil qildilar. Bir odam kelib, oziq-ovqatlardan ola boshladi. Men uni ushladim-da: «Seni Janob Rasulullohning huzurlariga eltaman»,— dedim. U menga: «Kechqurun o‘rningga yotganingda «Oyatal-Kursiyni» o‘qigil, Olloh yuborgan bir qo‘riqchi doim sen birlan birga bo‘lur, tonggacha senga shayton ham yaqinlashmas»,— dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ul rost aytibdi, ammo ul kazzob shayton erdi»,— dedilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling