Abu abdulloh
-bob Olloh taoloning qavli: «Homilador ayollarning iddasi homilalarini
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi Olloh taolo mag‘firatli va mehribon zotdur! Batahqiq, Olloh taolo kafforat berib
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: O‘z juftlaridan biriga (Hafsaga) bir sirni aytganini eslangiz! Qachonki, Hafsa ul sir «Oishaga xabar berganda va Olloh Jabroil
- 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Oisha va Hafsa, agar sizlar bu qilmishlaringiz uchun Ollohga tavba qilsangizlar, qalblaringiz moyil bo‘libdur va agar
- 4-bob Olloh taoloning qavli: «Agar payg‘ambar sizlarni taloq qilsa, oz fursatda uning rabbi sizlardan yaxshiroq xotinlarni unga o‘rinlaringizga berurki, ular
- «NUN VAL-QALAM» SURASI
- «INNO ARSALNO NUHAN» SURASI
- «QUL UXIYA ILAYYA» YOKI «JIN» SURASI
- «AL-MUDDASSIR» SURASI Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com
- Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida
- 2-bob Olloh taoloning qavli: «... va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz...» Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan «AL-QIYOMA» SURASI
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir»
- 2-bob Olloh taoloning qavli: «Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz»
- 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul olov qasrdek uchqunlar otib turur»
- 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul uchqunlar sariq va qora tuyalarga o‘xshar»
1-bob Olloh taoloning qavli: «Homilador ayollarning iddasi homilalarini tug‘ishlaridur. Kim Ollohdan qo‘rqsa, Olloh uning ishini oson qilur!» Abu Salama raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam Ibn Abbosning oldilariga keldi, Abu Hurayra raziyallohu anhu Ham shu yerda o‘ltirgan erdilar. Boyagi odam Ibn Abbosga «Eri o‘lgach, qirq kundan keyin farzand tuqqan ayolning iddasi to‘grisida menga fatvo bersangiz!»—dedi. Ibn Abbos «Homilador ayolning iddasi ikki muddatning oxiri, ya’ni to‘rt oy-u o‘n kundur»,— dedilar. Shunda men: «Homilador ayolning iddasi bolasini tuqqinchadur»,— deb gapga aralashdim. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men birlan birga birodarimning o‘gli ham kelgan erdi»,— deb meni tanishtirdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu shu masalani so‘rab kelish uchun xizmatkorlari Kuraybni Ummu Salama raziyallohu anhoning huzuriga yubordilar. Ummu Salama: «Subay’a Aslamiyya eri vafot qilganda homilador erdi. Erining o‘limidan qirq kun keyin bola tugdi. Keyin, unga sovchi Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 231 qo‘yilgan erdi, Janob Rasululloh nikohlab qo‘ydilar. Abu Sanobil ham unga sovchi qo‘ygan kishilardan erdi»,- - deb xabar berdilar». Muhammad ibn Fazl aytadilar: «Men bir davrada o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ibn Abu Laylo ham shul yerda bo‘lib, ul kishini ashoblari nihoyatda hurmat qilishardi. Shul yerda ikki muddatning oxiri (idda) to‘grisida gap ochildi. Men Subay’a binti Horis voqe’asini Abdulloh ibn Utbadan eshitganimdek rivoyat qilib erdim, ul kishining ashoblaridan ba’zilari jim bo‘lmogimga ishora qilishdi. Shunda men tushuntirishga harakat qilib: «Demak, men Abdulloh ibn Utbadan eshitganlarimni buzib rivoyat qilishga jur’at qilibman-da?! Ul kishi Kufaning bir nohiyasida yashab turibdilar, men ul kishini yolgonchiga chiqarmoqqa hayo qilurman!» — dedim. Bu haqda Abdurrahmon ibn Abu Layloning amakilari Abdulloh ibn Mas’ud ham hech narsa demagan erkanlar. So‘ng, men gapimni isbotlash uchun Abu Atiyya Molik ibn Omirga uchrashdim. Ul kishidan mazkur hadis haqida so‘radim. Shunda Abu Atiyya menga Subay’a voqeasini gapira boshladilar. Men Abu Atiyyadan: «Bu haqda Abdulloh ibn Mas’uddan biror narsa eshitganmisiz?» — deb so‘radim. Abu Atiyya bunday dedilar: «Ayollarga mashaqqat qilmoqni istab, ularga yengillik tugdirmoqni istamaysizlarmi? Axir, ayollar iddasi xususida «Baqara» surasidan so‘ng «Niso» surasi ham nozil bo‘lgan-ku! Unda «Homilador ayollarning iddasi homilalarini tugishlaridur» degan oyat mavjud»,— dedilar». «AT-TAHRIM» SURASI Olloh taoloning qavli: «Ey muhtaram payg’ambar, ne uchun siz Olloh halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilursiz? Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh magfiratli va mehribon zotdur!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Sizlar uchun Janob Rasulullohda chiroyli namuna (ibrat) bordur!» — deydilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab binti Jahshning hujralariga kirib asal ichdilar-da, ul yerda uzoq qolib ketdilar. Shunda: «Agar Janob Rasululloh qaysi birimizning yonimizga kelsalar, «Ey Ollohning rasuli, mag‘ofir yedingizmi? Sizdan mag‘ofirning hidi kelayotir, deymiz» — deb Hafsa birlan kelishib oldim. Janob Rasululloh: «Yo‘q, mag‘ofir yeganim yo‘q, lekin Zaynabning huzurida asal ichgan erdim, Ollohga qasamki, endi hech qachon asal yemayman, bul haqda hech kimga aytma!» — dedilar». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh taolo mag‘firatli va mehribon zotdur! Batahqiq, Olloh taolo kafforat berib qasamingizdan qutulishingizni buyurur, u biluvchi va hikmatli zotdur!». Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhudan bir oyat haqida so‘rash uchun bir yil payt poyladim, chunki ul kishining salobatlari sababli so‘ray olmasdim. Bir kuni ul kishi haj safariga chiqdilar, men ham birga chiqdim. Hajdan qaytayotganimizda ancha yo‘l yurganimizdan so‘ng, Hazrat Umar ibn al-Xattob bir misvok daraxtining yoniga hojat uchun bordilar, Men kutib turdim, bo‘shaganlaridan so‘ng, birga yurib ketdik, yo‘lda u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga qaysarlik qilgan o‘shal ikki xotinlari kimlar erdi?»—deb savol berdim. Umar raziyallohu anhu: «Ular Hafsa birlan Oisha erdilar»,— dedilar. Men: «Ollohga qasamki, sizdan shul Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 232 haqda so‘rayman, deb rosa bir yil imkon poyladim, chunki sizdan hayiqib sira so‘rashga botinolmas erdim»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday qilmangiz, agar meni biror narsadan xabardor, deb o‘ylasangiz, darhol so‘rayveringiz, agar men bilsam, sizga xabar qilgayman»,— dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Xudo haqi, biz johiliyat vaqtida Olloh taolo ayollar haqida oyat nozil qilib, ularga o‘zi taqsim qilgan huquqni taqsim qilmaguncha, ularni kamsitur erdik. Bir kuni men bir ish haqida fikrlab turgan erdim, xotinim menga: «Bu ishni mana bunday qilsangiz!» — deb aql o‘rgata boshladi. Shunda men unga: «Sen qayda-yu, mening ishim qayda! Mening qilmoqchi bo‘lgan ishimning senga nima og‘irligi tushayotir? — dedim. Xotinim: «Taajjub, ey Xattobning o‘g‘li, sizga hech gap qaytarib bo‘lmas! Qizingiz Hafsa ersa Janob Rasulullohning gaplarini qaytarib, kun bo‘yi ul zotning g‘azablarini keltirayotir»,— dedi». Aytishlaricha, Hazrat Umar darhol o‘rinlaridan turib, ridolarini sudragan holda Hafsaning uylariga kiribdilar-da, qizlariga' «Ey qizalog‘im, sen Janob Rasulullohga gap qaytarib, kun bo‘yi ul zotning dillarini og‘ritgan ermishsan!» — debdilar. Hafsa raziyallohu anho: «Ollohga qasam-ki, albatta biz hammamiz ham Janob Rasulullohga gap qaytarurmiz!» — debdilar. Hazrat Umar aytadilar: «Men Hafsaga: «Bilasanmi qizim, albatta men sening Olloh taoloning azobidan va Janob Rasulullohning g‘azablaridan ehtiyot bo‘lmog‘ingni xohlarman. Ey qizalog‘im, g‘o‘zalligi birlan Janob Rasulullohning muhabbatlarini qozongan anavi (Oisha) seni mag‘rur qilib qo‘ymasin!» — dedim. Keyin, chiqib, Ummu Salama raziyallohu anhoning huzurlariga kirdim-da, Hafsa va Oisha haqida gapirdim. Ummu Salama. «Taajjub, ey Xattobning o‘g‘li, hamma ishga aralashib yurursiz, hatto Janob Rasululloh birlan ul zotning xotinlarining o‘rtasiga ham tushmoqchi bo‘lib turibsiz!» — dedilar. Ollohga qasamki, Ummu Salamaning bul gaplari g‘azabimni bosdi, men tashqariga chiqib ketdim. Mening bir ansoriy do‘stim bor erdi, agar men Janob Rasulullohning huzurlarida bo‘lmasam, u menga xabar keltirib turardi, agar u bo‘lmasa, men unga xabar keltirardim. Ushal kunlari biz G’asson podsholarining biridan xavflanib turgan erdik, chunki kelgan xabarga ko‘ra u bizning ustimizga yurish boshlamokchi erdi. Shuning uchun qalbimiz to‘la vahima erdi. Nogahon, mening o‘shal ansoriy do‘stim eshikni taqillatib «Oching, oching!» — deb qattiq ovoz qildi. Men unga: «Nima, G’asson bostirib keldimi?» —desam, u menga: «Bundan ham badtarroq bo‘ldi, Janob Rasululloh barcha xotinlaridan arazladilar!» — dedi. Men: «Oisha birlan Hafsaning burni yerga ishqalsin!» — dedim-da, kiyinib olib Janob Rasulullohning huzurlariga yo‘l oldim. Kelsam, ul zot boloxonada o‘ltirgan erkanlar. Zinaning tepasida ersa qora qullari turibdi, unga: «Umar ibn al-Xattob keldi, deb ayt!» — dedim. Janob Rasululloh menga izn berdilar, men huzurlariga kirib bo‘lgan voqe’ani batafsil gapirib berdim. Ummu Salamaning gaplarini aytganimda Janob Rasululloh tabassum qildilar. Ul zot yolgiz bo‘yra ustida yonboshlab yotar, boshlari ostida ersa xurmo barglari to‘ldirilgan, teridan qilingan yostiq qo‘yilgan erdi. Oyoqlari orasida terini oshlash uchun ishlatiladirgan daraxt barglari to‘planib yotardi, devorda ersa oshlanmagan teri osig‘liq bo‘lib, men bo‘yraning biqinlariga botib ketgan izini ko‘rib, yig‘ladim. Janob Rasululloh: «Nechuk yig‘layotirsan?» — dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, albatta Kisro va Qaysar yumshoq joylarda yotibdi, siz ersangiz Ollohning rasuli bo‘la turib.», -dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Dunyo ular uchun, oxirat ersa biz uchun erkanligiga rozi ermasmisan?» — dedilar». 2-bob. Olloh taoloning qavli: O‘z juftlaridan biriga (Hafsaga) bir sirni aytganini eslangiz! Qachonki, Hafsa ul sir «Oishaga xabar berganda va Olloh Jabroil orqali payg‘ambarni bundan voqif qilganda payg‘ambar Hafsaga buning ba’zisini bildirdi, ba’zisini bildirmadi. Buni Hafsa eshitib: «Kim sizga bu xabarni yetkazdi?» — deganda, payg‘ambar: «Menga bilguchi va xabardor zot xabar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 233 berdi», — dedi» Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb aytar edilar: «Men Umar raziyallohu anhudan: «Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga qarshi til biriktirgan ikki ayol kim erdi» — deb so‘radim. Ul kishi darxol «Oisha birlan Hafsa erdi», — dedilar». 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Oisha va Hafsa, agar sizlar bu qilmishlaringiz uchun Ollohga tavba qilsangizlar, qalblaringiz moyil bo‘libdur va agar payg‘ambarga qarshi til biriktirsangizlar, ul holda, shak-shubhasiz, Olloh ham, Jabroil ham, solih mo‘minlar ham uning madadkoridurlar, shuningdek farishtalar xam yordamchidurlar» Bir kuni Janob Rasululloh xotinlaridan biri bo‘lmish Hafsaga: «Men cho‘rim Mariyani o‘zimga harom qilmoqchiman», — deb sir aytdilar. Kalbiyning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh: «Mendan keyin sening otang Abu Hafsa, ya’ni Umar ibn Al-Xattob va Abu Oisha, ya’ni Abu Bakr Siddiq mo‘minlarga xalifalik qiladilar», — deb sir aytdilar. Hafsa bu sirni Oishaga aytib qo‘ydi, Olloh taolo bundan payg’ambarni voqif qilib, mazkur oyatni nozil qildi. Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilishda o‘zaro til biriktirgan ikki ayol to‘g‘risida Hazrat Umardan so‘rashni istagandim, ammo bunga imkon topolmay bir yil yurdim Nihoyat, Umar raziyallohu anhu birlan birga haj safariga chiqdim. Zahron degan joyga yetganimizda Umar raziyallohu anhu hojat uchun chetga chikdilar. Mening qo‘limda tahorat uchun suv bor erdi, ul kishi suv qidirib yurgan erkanlar, men qo‘limdagi suvni quyib berdim So‘ng, payt topib: «Ey mo‘minlar amiri, Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilgan ikki ayol kim erdi» — deb so‘radim. Ul kishi darhol «Oisha birlan Hafsa erdi»—deb javob berdilar» 4-bob Olloh taoloning qavli: «Agar payg‘ambar sizlarni taloq qilsa, oz fursatda uning rabbi sizlardan yaxshiroq xotinlarni unga o‘rinlaringizga berurki, ular farmonbardor, iymonlik, namozxon, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi, uy ko‘rgan va uy ko‘rmagan ayollar bo‘lurlar» Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ul zotga qarshi til biriktirishdi. Shunda, men ularga: «Agar Janob Rasululloh sizlarni taloq qilsalar, parvardigorlari o‘rningizga sizlardan yaxshiroq xotinlarni ul zotga ato eqa, ajab ermas!» — dedim, shul asnoda Olloh taolo mazkur oyatni nozil qildi» «NUN VAL-QALAM» SURASI 1-bob. Olloh taoloning qavli: "badxulqning, buning ustiga haromzodaning...» Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Badxulq, buning ustiga haromzoda» deyilganda Quraysh qabilasiga mansub bir kishi nazarda tutilgan bo‘lib, uning qulog‘ida qo‘yning qulog‘ida bo‘ladirgan belgi (tamg‘a) kabi belgi bor erdi» Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitdim: «Oe, sizlarga ahli jannat haqida xabar berayinmi? Har bir za’if va bechorahol insondur. Bundaylar Ollohga qasam ichsalar, qasamlariga vafo qilurlar Oyo, sizlarga ahli do‘zaxlar haqida xabar berayinmi? Har bir badxulq, dilozor, takabbur insondur» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 234 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Soq ochiladurgan kuni ...» Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganman. «Parvardigor soqini ochganda har bir mo‘min va mo‘mina unga sajda qilur. Kimki bu dunyoda riyo uchun namoz o‘qigan ersa, harchand harakat qilmasin, beli qotib qolib sira sajdaga egilmas» («Soq»ning lug‘aviy ma’nosi «ilik yoki boldir» bo‘lib, bundan Olloh taoloning jismi bor, deb tushunmaslik lozim. Chunki, bu so‘z «Olloh taoloning qo‘li, yuzi» deyilgandagi kabi bir sifatdur) «INNO ARSALNO NUHAN» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar. «Nuh alayhissalomning qavmlarida bo‘lgan butlar keyinchalik arablarda bo‘lgan erdi. «Vad» degan but Davmatul-Jandal degan joyga qo‘yilgan bo‘lib, Kalb qabilasiga qarashli erdi, «Suvo’» degan but Huzayl qabilasiniki, «Yag‘us» — avval Murod qabilasiniki, keyin Baniy G’atif qabilasiniki bo‘lgan erdi. U Javf degan joyda erdi «Ya’uq» degan but Hamdon qabilasiniki, «Nasr» ersa Oli Zil-Kalo’ podsholigidagi Himyar qabilasiniki erdi. Mazkur butlarning nomi Nuh qavmidagi solih kishilarning ismlari bo‘lib, ular halok bo‘lganlaridan keyin, shayton Nuh qavmi dillariga: «Avliyolaringiz o‘ltirgan joylarga ularning haykallarini quringizlar va haykallarni ularning ismlari birlan atangizlar!» — deb vasvasa solgan Qavm shaytonning aytganini qilib, ularni ulug‘lab turgan Qavm olamdan o‘tgach, mazkur solih kishilarning asli kim bo‘lganliklari unutilib ketib,keyingi avlodlar o‘shal xaykallarga ibodat qiladirgan bo‘lishgan». «QUL UXIYA ILAYYA» YOKI «JIN» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblaridan bir nechasini olib o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, shaytonlarga olovli yulduzlar otilgach, ular qo‘rqib yerga tushgan erdi. Shunda shaytonlarning sardorlari «Sizlarga ne bo‘ldi» — deb so‘rashdi. Ular «Biz birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasi to‘silib qoldi. Bizga qarshi olovli yulduzlar otilmoqda» — deb javob berishdi. «Sizlar birlan osmondan xabar keladirgan yo‘lning orasi to‘sib qo‘yilganiga dunyoda sodir bo‘lgan biror hodisa sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak»,— deyishdi shaytonlarning sardorlari. Shundan so‘ng, shaytonlar mag‘ribu mashriqni kezib chiqishdi, chunki ular bunga nima sabab bo‘lganini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Ularning bir guruhi Tihoma tomonga kelayotib, Naxla degan joyda Janob Rasulullohga duch keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblari birlan Ukoza bozoriga ketayotgan erdilar. Shunda ul zot Naxlada to‘xtab bomdod namozini o‘qidilar. Shaytonlar Qur’on qiroatini eshitib va yodlab olishga harakat qilishib: «Bizlar birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasini to‘sgan narsa aynan mana shu!» — deb orqalariga qaytishdi. Ular o‘z qavmlari oldiga borib «Ey qavmimiz, bir ajoyib, kishini hidoyatga boshlaydirgan Qur’on qiroatini eshitdik, biz iymon keltirdik, endi rabbimizga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deyishdi. Olloh taolo payg‘ambarimizga «Ey Muhammad, «Menga vahiy qilindiki, jinlarning bir guruhi Qur’onni eshitdi» deb aytingiz!» degan oyatni nozil qildi. Darhaqiqat, Olloh, taolo ul zotga jinlarning gaplarini vahiy qilgan erdi». «AL-MUDDASSIR» SURASI Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 235 Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: «Men Abu Salama ibn Abdurrahmondan Qur’ondan birinchi bo‘lib nima nozil bo‘lgani haqida so‘radim. Ul kishi «Yo ayyuhal-muddassir» — deb javob berdilar. Men «Axir, ko‘pchilik «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa» deb aytishadi-ku?!»—dedim. Abu Salama bunday dedilar: «Men ham Jobir ibn Abdullohdan shul haqda so‘raganimda siz aytgan gapni aytgan erdim, shunda Jobir «Men sizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni gapirib berurman, ul zot bunday degan erdilar»,— dedilar: «Men Hiro’ tog‘idagi g‘orda e’tikofga o‘ltirdim. E’tikofimni tugatganimdan so‘ng, pastga tushdim. Shunda qulog‘imga bir ovoz chalindi, o‘ng yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, chap yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, ro‘paramga qarasam ham xech kim yo‘q, keyin ortimga burildim, hech kim yo‘q. Nihoyat boshimni tepaga ko‘targan erdim, bir narsani ko‘rdim. Xadichaning oldiga keldim-da, unga «Meni o‘rab qo‘yingizlar, ustimdan sovuq suv quyingizlar!»—dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi va ustimdan sovuq suv quyishdi. So‘ng, «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz va rabbingizni ulug‘langiz!» degan oyat nozil bo‘ldi». Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 1-bob Olloh taoloning qavli: «... va kiyimiigizni pok tutingiz...» Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning o‘zlaridan dastlabki vahiyning nozil bo‘lishi xususidagi quyidagi hadislarini eshitdim. «Bir vaqt men yurib ketayotgan erdim, osmondan kelayotgan bir ovozni eshitdim. Boshimni ko‘tarib qarab erdim, Hiro’ tog‘ida huzurimga kelgan farishta yer birlan osmon o‘rtasida kursida o‘tirganini ko‘rdim. Undan qo‘rqib tezda uyga qaytdim-da «Meni o‘rab qo‘yingizlar, meni o‘rab qo‘yingizlar!» — dedim, meni o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlanti-ringiz va rabbingizni ulug‘langiz va kiyimingizni pok tutingiz va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi» 2-bob Olloh taoloning qavli: «... va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz...» Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan «AL-QIYOMA» SURASI Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachon vahiy nozil bo‘lsa, uning so‘zlarini takrorlab tillarini harakatlantirar erdilar. Olloh taolo «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz!» degan oyatni nozil qildi». 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir» Muso ibn Abu Oisha Sa’id ibn Jubayrdan «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: «Ibn Abbos bunday der erdilar»,— dedilar: «Qachon Janob Rasulullohga vahiy nozil Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 236 qilinsa, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun uning so‘zlarini takrorlab ikki lablarini harakatlantirar erdilar. Shunda Olloh taolo ul zotga. «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik bizning zimmamizdadur»,—deb vahiy nozil qildi». 2-bob Olloh taoloning qavli: «Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz» Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan «Tilingizni hara -katlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Agar Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamga Hazrat Jabroil vahiy olib kelsalar, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun tillarini va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, ammo bu ish ancha qlyin bo‘lar erdi, qiyinligi shundoq sezilib turar erdi. Shunda Olloh taolo «Lo uqsimu» («Al-Qiyoma») surasidagi «Tezroq yodlab olmoq uchun tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyatni nozil qilib, «Uni sizning dilingizda jam qilish va tilingizda qiroat qildirish bizning zimmamizdadur. Biz farishta tili orqali qiroat qilayotganimizda siz eshitib turingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik, ya’ni sizning tilingiz birlan bayon qildirmaklik bizning vazifamizdur»,— dedi. Shundan so‘ng, Jabroil kelsalar, ul zot sukut saqlar va ketganlaridan so‘ng, Olloh va’da berganidek qiroat qilardilar». «VAL-MURSALOT» SURASI Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, ul zotga nozil qilingan «Val-Mursalot» surasini o‘zlaridan o‘rganayotgan erdik. Shu payt bir ilon chiqib qoldi. Biz uni o‘ldirishga shoshildik. Ammo, u bizdan chaqqonlik qilib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, «Sizlarning yomonligingizdan u saqlandi, uning yomonligidan ersa sizlar saqlandingizlar»,— dedilar». Abdulloh aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘orda o‘ltirgan erdik. Shu vaqtda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Biz uni Janob Rasulullohning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdik, nogahon bir ilon chiqib qoldi. Janob Rasululloh. «Sizlarga yomonlik qilmoq niyatida chiqdi, uni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Hammamiz uni o‘ldirishga shoshildik, ammo u tezroq harakatlanib, qaytib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ilon sizlarning yomonligingizdan, sizlar ersangiz uning yomonligidan saqlandingiz»,— dedilar» 1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul olov qasrdek uchqunlar otib turur» Ibn Abbos mazkur oyat mazmuni haqida gapirib: «Biz qishda yoqish uchun uch gaz keladirgan yoki undan kichikroq to‘nkalarni yig‘ib qo‘yardik va uni «qasr» deb atardik»,— deydilar. 2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul uchqunlar sariq va qora tuyalarga o‘xshar» Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 237 3-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu kun o‘shal kundurki, unda kofirlar so‘zlayolmas» Abdulloh aytadilar: «Biz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam birlan o‘ltirgan erdik. Shul yerda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Men uni ul zotning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdim, og‘izlari tilovatdan to‘xtamay turib, bir ilon bizga sapchib qoldi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ilonni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Biz ilonni o‘ldirishga shoshildik, lekin ilon qochib qutuldi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Ilon sizlarning yomonligingizdan saqlandi, sizlar ham uning yomonligidan saqlandingiz-lar»,— dedilar. Umar: «Men bu surani Minodagi g‘orda Ubaydan o‘rganib yodlagan erdim»,— deydilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling