Abu abdulloh
-bob. «Kahf» surasining fazilati
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. «Fath» surasining fazilati
- 3-bob. «Qul huvallohu ahad»ning fazilati
- 4-bob. Ikki «Qul a’uuzu» surasining fazli
- 5-bob Qur’on o‘qilganda (osmondan) sakiynat va maloikalarning tushishlari
- 6-bob «Janob Rasulullohdan faqat ikki muqova orasidagi narsagina, ya’ni Qur’oni Karim qolgandur»,— degan kishi haqida
- 7-bob Qur’onning boshqa kalomlardan afzalligi haqida
- 8-bob. Ollohning Kitobi vasiyat qilib qoldirilgani haqida
- 9-bob. Qur’onni tajvid birla o‘qimoq haqida
- 10-bob Quron o‘quvchiga hasad qilmoq haqida
- 11-bob. «Orangizdagi yaxshi kishilar — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatuvchilardur»
- 13-bob Qur’onni yodlagan kishining uni takrorlab, mustahkamlab turmog‘i lozimligi haqida
- 14-bob. Ulov minib turib Qur’on qiroat qilmoq haqida
- 16-bob. Qur’onni yoddan chiqarmoq haqida, «Men falon va falon oyatlarni yodimdan chiqardim» — deb aytish mumkinmi
- 17-bob. «Baqara» yoki falon va falon sura deb aytilsa, gunoh sanalmasligi haqida
- 18-bob. Qiroatda tajvidga rioya qilmoq lozimligi, Olloh taoloning «Qur’onni tajvid qoidasi birlan o‘qingiz!» va «Sizning Qur’onni odamlarga astasekin o‘qib
- 19-bob. Qiroatni cho‘zmoq haqida
- 20-bob. Tarji’ birlan qiroat qilish haqida
- 22-bob. Qur’on qiroatini boshqadan eshitmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida
- 23-bob. Qur’on o‘qittiruvchining qoriga: «Bo‘ldi, yetarli!» — deb aytmog‘i haqida
- 24-bob. Qur’onning qanchasi o‘qilsa, kifoya qilur
1-bob. «Kahf» surasining fazilati Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam «Kahf» surasini o‘qur erdi, yonida oti bog‘liq turur erdi. nogahon, o‘shal odamni bir bulut qurshab ola boshladi. Buni ko‘rib ot bezovta bo‘ldi. Boyagi odam tong otganda Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, voqe’ani baen qildi. Janob Rasululloh: «Bu sakiynat (xotirjamlik farishtasi) bo‘lib, Qur’on qiroati sababidan tushgan»,— dedilar». 2-bob. «Fath» surasining fazilati Zayd ibn Aslam otalaridan nahl qilib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 252 safarda erdilar. Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ul zot birlan birga ketaturib bir savol so‘radilar. Janob Rasululloh javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Umar raziyallohu anhu: «Onang sendan ajrab qolgur, Janob Rasulullohdan uch marta savol so‘rading, ul zot senga javob bermadilar»,— dedilar-da, tuyalarini choptirib odamlardan ilgarilab ketdilar. «Mening haqimda Qur’on (oyat) nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb xavotirlandim,— deydilar Hazrat Umar,— ko‘p o‘tmay bir kishining meni chaqirganini eshitib qoldim. Shunda o‘zimga-o‘zim: «Aytdim-a, mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb»,— dedim-da, Rasulullohning oldilariga keldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bul kecha menga bir sura nozil qilindi, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan butun olamdan ham mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Inno fatahno laka fatham mubiyno» surasini o‘qidilar». 3-bob. «Qul huvallohu ahad»ning fazilati Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam bir kishining «Qul huvallohu ahad»ni takror o‘qiyotganini eshitib, tong otganda Janob Rasulullohning oldilariga bordi- da: «Falonchi odam «Qul huvallohu ahad»ni amali oz hisoblab, takror o‘qiyotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, «Qul huvallohu ahad» surasi Qur’onning uchdan bir qismiga tengdir!»— dedilar» Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan. Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu ashyaae)sh7ar.ch ashoblariga: «Bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qimog‘ingiz qiyin bo‘lurmi?» — dedilar. Sahobalarga bu mashaqqatli ko‘rinib: «Ey Ollohning rasuli, bunga birortamizning qudratimiz yetgaymi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh yagona va abadiy» degan sura Qur’onning uchdach biridur»,— dedilar». 4-bob. Ikki «Qul a’uuzu» surasining fazli Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar kasal bo‘lsalar, ikki «Qul a’uuzu» surasini o‘qib, o‘zlariga dam solur erdilar, og‘riqlari kuchayganda ersa, men o‘zim o‘qir erdim-da, barakoti tegsin, deb ul zotning qo‘llari birlan badanlarini silar erdim» Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilarki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam har kecha to‘shakka yotayotganlarida «Qul huvallohu ahad» birlan ikki «Qul a’uuzu»ni o‘qib, kaftlariga dam urardilar, keyin ikki kaftlari birlan badanlarining qo‘llari yetgan joyigacha silar erdilar, silashni boshlari va yuzlaridan boshlab, ko‘kraklariga qadar davom ettirar erdilar, buni uch bor takrorlar erdilar». 5-bob Qur’on o‘qilganda (osmondan) sakiynat va maloikalarning tushishlari Muuammad ibn Ibrohim aytadilar: «Usayd ibn Hazir kechasi «Baqara» surasini o‘qiyotgan erdilar, yonlarida otlari bog‘liq turar erdi, birdan ot bezovta bo‘la boshladi. Ul kishi o‘qishdan to‘xtagan erdilar, ot ham tinchlandi, keyin o‘qishni davom ettirgan erdilar, ot yana bezovtalana boshladi. Ul kishi shul tariqa uch bor o‘qib, uch bor o‘qishdan to‘xtadilar Har safar o‘qiganlarida ot bezovtalanar va har safar o‘qishdan Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 253 to‘xtaganlarida tinchlanar erdi. Shunda ul kishi o‘rinlaridan turib, otning yoniga bordilar Ot bog‘langan joy yaqinida Yahyo ismli o‘g‘illari uxlab yotgan bo‘lib, unga ot shikast yetkazmasaydi, deb xavotir oldilar. Nogahon, osmonga qaragan erdilar, uni bir narsa qoplab turganini ko‘rdilar. Tong otgach, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Janob Rasululloh «Ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz, ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz!»— dedilar. Usayd ibn Hazir «Yo Rasulalloh, o‘g‘lim Yahyo ot bog‘liq turgan joy yaqinida uxlab yotgan erdi, uni ot bosib olmasaydi, deb qo‘rqdim. Oldiga borgach, osmonga qarasam, bir bulut yanglig‘ narsa turibdi, uning chiroqdek charaqlagan narsalari ham bor. Darhol, tashqariga chiqdim, lekin uni boshqa ko‘rmadim»,—dedilar Janob Rasululloh «Bildingizmi, u ne erkan »—dedilar Usayd «Yo‘q»,— dedilar Janob. Rasululloh «Ushal narsa farishtalar bo‘lib, qiroatingizni eshitib, sizga yaqin kelganlar. Agar siz Qur’onni o‘qiyverganingizda, tong otib qolib, odamlar ham ularni ko‘rib olgan bo‘lur erdilar, ular odamlar nigohidan berkinmas erdilar»,— dedilar» 6-bob «Janob Rasulullohdan faqat ikki muqova orasidagi narsagina, ya’ni Qur’oni Karim qolgandur»,— degan kishi haqida Ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishlariga qaraganda, «Shaddod ibn Mu’aqqal ul kishidan «Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan so‘ng biror narsa qoldirganlarmi?»— deb so‘rabdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ikki muqova orasidagi narsa, ya’ni Qur’ondan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar»,— debdilar. Shaddod «Biz Muhammad ibn Hanafiyya huzurlariga kirib shu savolni berganimizda ul kishi ham «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki muqova orasidagi narsadan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar» — deb javob berdilar»,— deydilar» 7-bob Qur’onning boshqa kalomlardan afzalligi haqida Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Qur’on qiroat qiluvchi kishining utruja (rangi chiroyli, lazzatli, xushbo‘y meva) yanglig‘ mazasi ham, hidi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydirgan kishi ersa, xurmoga o‘xshash mazasi shirin, lekin hidi yo‘q o‘zi fojir, lekin Qur’on o‘qiydirgan kishi rayhon kabi xushbo‘y, ammo mazasi achchiq Uzi fojir va buning ustiga Qur’on o‘qimaydirgan kishi ithamakka o‘xshaydi, uning hidi ham yo‘q, mazasi ham achchiq» Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Utgan ummatlarning Olloh taologa ibodat qilgan davriga qaraganda sizlarning davringiz asr namozi birlan shom namozi o‘rtasicha muddatdur. Sizlarni va yahudiylar birlan nasorolarni o‘zaro taqqoslaydirgan bo‘lsak, bu shunga o‘xshaydiki, bir odam: « Kim kunning yarmiga qadar bir qiyrot-bir qiyrot haq uchun menga ishlab bergay?»—deb o‘ziga xizmatchilar yolladi. Yahudiylar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin u «Kim kunning yarmidan asrgacha menga ishlab bergay?» - dedi. Nasorolar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin sizlar asrdan to shomgacha ikki qiyrot-ikki qiyrot haq uchun ishlaisizlar. Shunda ular: « Biz ko‘p ishladik ammo haqni oz oldik»,— deyishgay. U: «Men sizlarga zulm qildimmi?»—degay. Ular «Yo‘q»,— degaylar. U Bu mening fazlim, uni o‘zim xohlagan kishiga ato etgayman!»—degay» 8-bob. Ollohning Kitobi vasiyat qilib qoldirilgani haqida Talha raziyallohu anhu aytadilar: « Men Abdulloh ibn Abu Avfodan «Payg‘ambar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 254 alayhissalom vasiyat qildilarmi? deb so‘radim. Ul kishi «yo‘q» — dedilar. Men: «Unday ersa odamlarga bajarmoqlik buyurilgan vasiyat qanday yozildi, axir Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qilmabdilar-ku'»—dedim. Abdulloh «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohning Kitobini vasiyat qilib qoldirdilar» — dedilar» 9-bob. Qur’onni tajvid birla o‘qimoq haqida Olloh taoloning qavli: «Axir, biz sizga nozil qilgan va ularga (har vaqt) tilovat qilinayotgan bu Kitob ularga kifoya qilmaydimi?!» Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo hech narsaga Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlariga quloq solganchalik quloq solmagan»,— dedilar» Abu Hurayra raziyallohu anhudan nakl qilinadiki, «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh taolo hech bir narsani Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlarini eshitganchalik eshitmagan»,— dedilar» 10-bob Quron o‘quvchiga hasad qilmoq haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Hasad qilish mumkin ermas, ammo ikki kishiga hasad qilsa bo‘lur ulardan biri — agar Olloh taolo bir kishiga Qur’on ato etgan bo‘lsa-yu, u kechayu kunduz Qur’on tilovati birlan mashg‘ul bo‘lsa, ikkinchisi — bir odamki, Olloh taolo unga halol mol bergan bo‘lsa-yu, u kecha-yu kunduz uni sadaqa qilib turgan bo‘lsa» Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan 11-bob. «Orangizdagi yaxshi kishilar — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatuvchilardur» Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Sizlarning orangizdagi yaxshilaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatuvchilardur» — dedilar» Usmon ibn Affon raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Darhaqiqat, sizlarning fazlda ulug‘roqlaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqaga ham o‘rgatuvchingizdur!» — dedilar» Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Bir xotin Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini Olloh taolo yo‘lida uning payg‘ambari uchun tortiq qilganini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening xotinlarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Shunda bir sahobiy «Ey Ollohning rasuli bu ayolni menga nikohlab beringiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Unday ersa, ayolga mahr ber!» — dedilar. Sahobiy «Mahr topolmagayman»,— dedilar. Janob Rasululloh «Bir temir uzuk bo‘lsa ham una ber!» — dedilar. Sahobiy xafa bo‘lib jim qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qur’ondan nelarni bilursan?» — deb so‘radilar. Sahobiy «Falon va falon suralarni» — deb aytdilar. Janob Rasululloh «Men bu ayolni o‘shal o‘zing bilgan Qur’on evaziga senga nikohlab qo‘ydim»,— dedilar» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 255 12-bob Qur’onni yoddan o‘qimoq haqida Saul ibn Sa’d aytadilar: «Bir ayol kelib Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, men sizga o‘zimni hadya qildim!» — dedi. Janob Rasululloh unga boshdan-oyoq bir qarab chiqdilar-da, boshlarini quyi egdilar. Ayol o‘zi haqida ul zotning bir qarorga kelmaganlarini ko‘rib, o‘ltirdi. Janob Rasulullohning ashoblaridan biri turib «Ey Ollohning rasuli, agar sizning bu ayolga hojatingiz bo‘lmasa, uni menga nikohlab qo‘yingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam undan «Mahrga biror narsang bormi?»— deb so‘radilar. Sahobiy «Xudo haqi, yuq!»— dedilar. Janob Rasululloh ul kishiga «Uyga borib qara-chi, ehtimol biror narsa toparsan!» — dedilar. Sahobiy ketib, yana qaytib keldilar-da: «Xudo haqi, yo Rasulalloh, hech narsa topolmadim!» — dedilar. Janob Rasululloh yana «Qara-chi, temirdan yasalgan uzuk bo‘lsa ham, mayli!» — dedilar. Sahobiy yana uyga borib, qaytib keldilar-da: «Ey Ollohning rasuli! Temir uzuk ham yo‘q erkan, lekin mana bu ishtonim bor»,—dedilar. Bechora sahobiyning ustlarida hatto ko‘ylaklari ham bo‘lmay, birgina ishtonlarining yarmini ayolga mahr uchun bermoqchi bo‘ldilar. Janob Rasululloh «Ishtoningni qanday mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolga va agar ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku|»— dedilar. Sahobiy uzoq o‘ltirib qoldilar. Keyin, o‘rinlaridan turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rdilarki, sahobiy ketayotirlar, ul kishini darhol chaqirtirib: «Qur’ondan qancha sura bilursan?»—deb so‘radilar. Sahobiy «Qur’onning falon va falon surasini bilurman» — deb o‘zlari bilgan suralarni sanab berdilar. «Ularni yoddan qiroat qila olursanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh Sahobiy «Ha»,— deganlaridan keyin, ul zot «Bor, o‘zing bilgan Qur’on evaziga seni bu ayolga ega qildim! — dedilar». 13-bob Qur’onni yodlagan kishining uni takrorlab, mustahkamlab turmog‘i lozimligi haqida Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sohibi Qur’on (hofizi Qur’on) boglab qo‘yilgan tuyaning egasiga o‘xshaydi. Agar u uni bog‘liqda saqlab ehtiyotlasa, olib qolgay, bo‘shatib yuborsa, ketib qolgay» Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Kishining «Men mana bu va mana bu oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’onni hech kim o‘zicha esidan chiqarmagay, balki esidan chiqartiriladi. Qur’onni doim takrorlab turingizlar, chunki uning odamlar dilidan chiqib ketishi sho‘x tuyadan ham tezroqqur!» Abu Muso razilllohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Qur’onni takrorlab turingizlar, chunki u, mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, bog‘liq tuyadan ham qochuvchanroqdur!» — dedilar». 14-bob. Ulov minib turib Qur’on qiroat qilmoq haqida Abdulloh ibn Mugaffal: «Men Makka fathi kuni Janob Rasulullohning tuyalarida o‘ltirib «Fath» surasini qiroat qilganlarini ko‘rdim»,— deydilar». 15-bob. Bolalarga Qur’onni o‘rgatmoq haqida Sa’id ibn Jubayr: «Sizlar «mufassal» deb ataydirgan suralarning hammasi «muhkam» Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 256 suralardur»,— dedilar. Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan paytlarda men o‘n yashar bola bo‘lib, «muhkam» suralarni yod olgan erdim»,— dedilar». Ibn Abbos: «Men «muhkam» suralarni jamladim»,— dedilar. Sa’id: «Muhkam nedur?» — dedilar. Ibn Abbos: «Muhkam — mufassal, ya’ni batafsil suralardur»,— dedilar. 16-bob. Qur’onni yoddan chiqarmoq haqida, «Men falon va falon oyatlarni yodimdan chiqardim» — deb aytish mumkinmi? Olloh taoloning qavli: «Biz sizni qiroat qildirurmiz. Bas, siz Ollohning o‘zi unutishingizni xohlagan oyatlardan boshqasini unutmagaysiz» Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam masjidda bir kishining qiroat qilayotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni mening yodimga solib qo‘ydi»,—dedilar». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi bir kishining bir surani o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, bu oyat mening esimdan chiqartirilgan erdi»,— dedilar». Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmagay, balki unuttirilgay»,— dedilar». Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmay, balki unuttirilgay»,— dedilar». 17-bob. «Baqara» yoki falon va falon sura deb aytilsa, gunoh sanalmasligi haqida Abu Mas’ud al-Ansoriy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Baqara» surasining oxirida ikki oyat bor bo‘lib, kimki ularni kechasi o‘qisa, unga kifoya qilgay»,— dedilar». Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hishom ibn Hakimning «Furqon» surasini Janob Rasululloh o‘rgatmagan uslubda o‘qiganini eshitdim. Namozda boshiga chang solishdan o‘zimni tiydim. Namozni o‘qib bo‘lguncha sabr qildim, keyin libosini boshiga o‘rab ushladim-da, unga: «Hozir sen o‘qigan surani senga kim o‘rgatdi?»—dedim. Hishom: «Menga buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rgatganlar»,— dedi. Men unga: «Yolg‘on gapirayotirsan, xudo haqi, bu surani menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshqacha o‘rgatganlar!» — dedim. Uni yetaklab Janob Rasulullohning oldilariga keldim. «Ey Ollohning rasuli, manavi «Furqon» surasini siz menga o‘rgatgandan boshqa uslubda o‘qiyotir. Bu surani siz menga o‘rgatgan erdingiz»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Hishom, o‘sha surani o‘qi!» — dedilar. Hishom o‘sha men eshitgan uslubda o‘qidi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan»,— dedilar. Keyin, menga: «Ey Umar, siz ham o‘sha surani o‘qingiz!»—deb buyurdilar. Men Janob Rasululloh menga o‘rgatganlaridek qiroat qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan. Darhaqiqat, Qur’on yetti harfda (etti uslubda qiroat qiladirgan qilib) nozil qilingan. Bas, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 257 qaysinisi o‘zingizga oson bo‘lsa, o‘sha uslubda o‘qingiz!» — dedilar». Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi masjidda bir qorining Qur’on o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, men uni tushirib qoldirar erkanman»,— dedilar». 18-bob. Qiroatda tajvidga rioya qilmoq lozimligi, Olloh taoloning «Qur’onni tajvid qoidasi birlan o‘qingiz!» va «Sizning Qur’onni odamlarga astasekin o‘qib bermog‘ingiz uchun biz uni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» degan qavllari hamda Qur’onni she’r singari bo‘lib-bo‘lib o‘qishning makruhligi haqida Abdulloh ibn Mas’uddan naql kilinadi: «Bir kishi: «Men o‘tgan kecha «mufassal»ni o‘qib chiqdim»,— dedi. Abdulloh unga: «She’r singari o‘qigansan. Biz haqiqiy qiroatni eshitganmiz. Men Qur’ondagi «nazira» suralarni Janob Rasulullohning o‘zlaridan o‘rganib yodlaganman. Ularning o‘n sakkiztasi «mufassal» va ikkitasi «ho-mim» jumlasiga kiruvchi suralardur»,— dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu «Lo tuharrik bihi lisonaka» oyati haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, Janob Rasululloh tillari va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, buning ul zotga mashaqqatli erkanligi shundoqqina sezilib turardi. Bas, Olloh taolo «Lo uqsimu» surasidagi «yodlab olishga oshiqib vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, Qur’onni dilingizga jo qilish, uni tilingizda o‘qitish bizning zimmamizdadur» ya’ni, «Vahiyni qalbingizga joylash va uni o‘qitish bizning zimmamizdadur, qachon biz Jabroil tili orqali o‘qib bo‘lsak, shundagina siz unga ergashingiz, agar biz vahiy nozil qilsak, avval uni eshitingiz, - keyin uni sizning tilingiz birlan bayon qilurmiz» degan mazmundagi oyatni nozil qildi. Shundan keyin, qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, ul zot sukut saqlar, ketganlaridan keyin ersa Olloh va’da qilgandek o‘qir erdilar». 19-bob. Qiroatni cho‘zmoq haqida Qatoda raziyallohu anhu aytadilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan Janob Rasulullohning qiroatlari haqida so‘radim. Anas: «Janob Rasululloh cho‘zib qiroat qilur erdilar»,— dedilar». Qatoda aytadilar: «Anas raziyallohu anhudan: «Janob Rasulullohning qiroatlari qanday erdi?» —deb so‘ralganda, ul kishi: «Cho‘zib o‘qir erdilar»,— dedilar. So‘ng, Bismillohir rahmonir rahiymning «bismilloh» so‘zini alohida, «ar-rahmon» so‘zini alohida va «ar- rahiym» so‘zini alohida cho‘zib o‘qib ko‘rsatdilar». 20-bob. Tarji’ birlan qiroat qilish haqida Abdulloh ibn Mugaffal aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning tuyalari ustida o‘ltirib «Fath» surasini tarji’ birlan o‘qiganlarini eshitdim». 21-bob. Yoqimli ovoz birlan qiroat qilish haqida Abu Burda aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom Abu Musoga (yoqimli ovozlarini nazarda Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 258 tutib); «Ey Abu Muso, darhaqiqat Olloh taolo tomonidan sizga dovudiylarning surnaylaridan biri ato etilgan»,— dedilar». 22-bob. Qur’on qiroatini boshqadan eshitmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Menga bir Qur’on o‘qib bersangiz!» —dedilar. Men: «Sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xush ko‘rurman»,— dedilar». 23-bob. Qur’on o‘qittiruvchining qoriga: «Bo‘ldi, yetarli!» — deb aytmog‘i haqida Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, o‘qi!»—dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun na holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni (ey Muhammad) ularga guvoh qilib» degan oyatga kelganimda, Janob Rasululloh: «Bo‘ldi, yetarli!» — dedilar. Men to‘xtab, ul zotga qaradim, ikki ko‘zlaridan yosh quyilar erdi». 24-bob. Qur’onning qanchasi o‘qilsa, kifoya qilur? Olloh taoloning qavli: «Qur’ondan Olloh muyassar qilgancha o‘qingizlar!» Ibn Shibrimma aytadilar: «Men: «Kishi namozda Qur’onning qanchasini o‘qisa, kifoya qilgay?»—deb fikr qildim. Qur’on suralari ichidan uch oyatli («Al-Kavsar») surasidan kichigini topmadim. Shunda: «Demak, uch oyatdan kam o‘qish mumkin ermas»,— dedim». Alqama rivoyat qiladilar: «Men Abu Mas’udni Baytullohni tavof qilayotganlarida uchratib qoldim. Shunda ul kishi Janob Rasulullohning «Kimki kechasi «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur» degan hadislarini zikr qildilar». Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Otam meni tagli-taxtli bir ayolga uylab qo‘ydilar. Keyin, otam kelindan hol-ahvol so‘rab, mening xususimda ham surishtiribdilar. Shunda kelin: «Erkaklar orasida juda ajoyiblar, lekin hanuz mening to‘shagimda yotganlari yo‘q, hatto men birlan taom ham yemadilarki, hojatxonaga chiqay desalar, men kelganimdan buyon ahvol shu!» — deb javob beribdi. Otam kelinning shikoyati ko‘payib ketgandan keyin, bul haqda Payg’ambar alayhissalomga zikr qilibdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Huzurimga yuboringiz!» — debdilar. Men Janob Rasulullohga uchradim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zani qanday tutayotir-san?» — deb so‘radilar. Men: «Har kuni»,— dedim. Ul zot: «Qanchada xatm qilayotirsan?» — dedilar. Men: «Har kecha»,— dedim. Ul zot: «Har oy uch kun ro‘za tutgil, har oy bir xatm qilgil!» —dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, men bundan ko‘progiga qodirman!» —• dedim. Janob Rasululloh: «Unday ersa, bir _jum’ada (haftasiga) uch kun ro‘za tutgil!» — dedilar. Men yana: «Bundan ko‘progiga ham qodirman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, ikki kun ogiz ochib, bir kun ro‘za tutgil!»—dedilar. Men: «Bundan ko‘progiga qodirman»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday ersa, ro‘zaning afzalini — Dovud |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling