Abu abdulloh
-bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-bob. Olloh taoloning «Xotinlariga yaqin bormaslikka qasam ichadirgan odamlar uchun to‘rt oy muhlat berilur, bas agar (shul muddatda) qayqalar
- 20-bob. Yo‘qolgan odam va yo‘qolgan molning hukmi
- 21-bob. Zihor va Olloh taoloning «Olloh taolo uning sen birlan aytishib aytgan so‘zini eshitdi («Kimning qurbi yetmasa, oltmish miskinni to‘yg‘azsin!» degan
- 22-bob Taloq qilganini yoki biror narsani tasdiqlayotganini yohud biror narsadan qaytarganini yoinki biror narsa xususida amr qilganini ishora birlan anglatmoq haqida
- 23-bob. Li’on va Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Va ul odamlariki tuhmat qilurlar xotinlariga, agar bo‘lmasa alarning guvohlari o‘zlaridan bo‘lak, bunday
- 24-bob. Agar kishi bolasidan tonib arz qilsa...
- 26-bob Avval erkak li’on qiladi!
- 27-bob. Li’on va li’ondan so‘ng xotinini taloq qilgan kishi haqida
- 28-bob. Masjidda mulo’ana qilmoq xususida
- 30-bob. Li’on qilingan ayolning mahri haqida
18-bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud nasroniy ayollar musulmon bo‘lsa... Ibn Abbos: «Agar nasroniy ayol eridan bir soat ilgari musulmon bo‘lsa ham, eriga (umuman) haromdur!» — deydilar. Ibrohim as-Soigrivoyat qiladilar: «Odamlar Atodan: «Ahd qabilasiga mansub bir ayol musulmon bo‘ldi, keyin u iddalik vaqtida eri ham musulmon bo‘ldi, u uning xotini bo‘lib Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 310 qola oladimi?»—deb so‘rashdi. Ato: «Io‘q, aslo! Endi, o‘shal xotin erining qayta nikohlab olmog‘ini hamda boshqa mahr bermog‘ini istashi kerak bo‘ladi»,— dedilar». Mujohid: «Agar er xotini musulmon bo‘lib, idda saqlayotgan vaqtda islomni qabul qilsa, unga uylanadi»,— deydilar. Olloh taolo: «Na (musulmon bo‘lgan) xotinlar (kofir) erlariga v na (kofir) erlar (musulmon bo‘lgan) xotinlariga halol bo‘lurlar!» — deydi. Qatoda bir vaqtda musulmon bulgan majusiy eru xotin xususida suzlab: «Ular nikohlanadilar. Agar ulardan biri ikkinchisidan ilgari musulmon bo‘lsa, musulmon bo‘lgani musulmon bo‘lmaganidan yuz o‘giradi, demak musulmon bo‘lmagan er uchun musulmon bo‘lgan xotiniga yo‘l yo‘qdur!» — deydilar. Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Bir mushrik ayol musulmonlar tomoniga o‘tdi, eri undan xul’ (mahr evaziga taloq bermoqlikni) talab qiladimi? Chunki, Olloh taolo: «Ular bergan narsalarni o‘zlariga qaytarib beringizlar!»—deydi-ku?!» — dedim. Ato: «Io‘q, chunki bu Janob Rasululloh birlan Ahd qabilasi o‘rtasida kelishib olingan erdi»,— dedilar». Mujohid: «Buning hammasi Janob Rasululloh birlan Quraysh qabilasi o‘rtasidagi sulhda qayd etilgan»,— deydilar. Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning xotinlari Oisha onamiz bunday dedilar: «Agar ayollar islomni qabul qilib Janob Rasulullohning huzurlariga kelishsa, ularni qaytarib yubormay imtihon qilib ko‘rardilar. Chunki, Olloh taolo: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarning huzuringizga mo‘min ayollar kelishsa, ularni (kofirlarga qaytarib bermay) imtihon qilib ko‘ringizlar!» — deydi. Mazkur ayollardan qaysi biri o‘shal imtihondan o‘tgan bo‘lsa, demak u og‘ir sinovdan o‘tgan bo‘lar erdi. Janob Rasululloh ayollarni gapga solib, iymonlari haqiqiy erkanligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga: «Sizlarga ruxsat, boringizlar, men sizlarni bay’at qildirib (iymonlaringizning rost erkanligiga ont ichirib) bo‘ldim!» — der erdilar. Xudo haqi, Janob Rasulullohning qo‘llari biror begona ayolga tekkan ermas, ul zot ularga faqat so‘z birlan murojaat qilar erdilar! Xudo haqi, Janob Rasululloh begona ayollarga Olloh taolo o‘zlariga amr qilgan narsa birlangina, ya’ni so‘z birlangina murojaat qilar erdilar! «Sizlarni bay’at qildirib bo‘ldim!» deb so‘z birlan murojaat qilganlari buning dalilidur». 19-bob. Olloh taoloning «Xotinlariga yaqin bormaslikka qasam ichadirgan odamlar uchun to‘rt oy muhlat berilur, bas agar (shul muddatda) qayqalar, Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi, nihoyatda rahimdil zotdur! Va agar taloq qilmoqni qasd qilsalar, albatta Olloh taolo eshitguvchi, bilguvchidur!» degan qavli xususida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini iylo’ qildilar, ya’ni bir oy birga turmayman, deb ont ichdilar. Oyoqlari yorilib (sinib) ketgan bo‘lib, boloxonalarida yolgiz o‘zlari yigirma to‘qqiz kun turdilar. So‘ng, xotinlari huzuriga kirdilar, shunda ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga qasam ichib erdingiz-ku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur!» —dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 311 Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu iylo’ haqida so‘zlab, «Erlar Olloh taolo amriga muvofiq xotinlarni idda muddatlari tugagandan so‘ng, yaxshilik ila nikohda saqlab turmoqlari yoki taloq qilmoqqa azm qilmoqlari lozim bo‘ladi»,— deydilar». Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Agar xotinini iylo’ qilganiga to‘rt oydan oshsa, uni taloq qilguniga qadar uyida ushlab turadi. Bunda, to taloq qilguniga qadar xotini taloq hisoblanmaydi»,— deydilar. Bu haqda Xazrat Usmon, H,azrat Ali, Abu Dardo’, Oisha onamiz hamda Janob Rasulullohning o‘n ikki sahobalari ham aytishgan». 20-bob. Yo‘qolgan odam va yo‘qolgan molning hukmi Ibn al-Musayyab: «Agar er jang vaqtida dom-daraksiz yo‘qolib qolsa, xotini bir yil uni kutadi. Ibn Mas’ud bir cho‘rini sotib olgan erdilar, bir yilga qadar uning egasini izlab topolmadilar. Keyin, bir-ikki dirhamdan ajratib, sadaqa qila boshladilar-da: «Yo parvardigoro, bu falonchiga (ya’ni, cho‘rining topilmagan egasiga) berishim kerak bo‘lgan qarzim uchundur!» — der erdilar hamda bizga: «Topilmaga nisbatan shunday ish tutingizlar!» — deb tayinlar erdilar». Zuhriy asirga tushib qolgan kishi haqida: «Uning qaerdaligi ma’lum bo‘lsa, xotini erga tegmaydi, uning moli ham taqsimlanmaydi. Agar er dom-daraksiz yo‘qolib keqa, xotini bir yil kutadi»,— deydilar. Munba’isning mavlosi Yazid rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohdan yo‘qolgan (topib olingan) qo‘y haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni o‘zingga olaver, chunki u seniki yoki biror birodaringniki yoki bo‘rinikidur!» — dedilar. Keyin, topib olingan tuya haqida so‘rashdi. Shunda ul zot qattiq g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketib: «U birlan ishing bo‘lmasin, uning ozuqa va suvi o‘zi birlan, agar och qolsa, egasi topib olguncha suv ichib, o‘t yeb yuraveradi!» — dedilar. So‘ng, topib olingan hamyon haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni ochib, ichidagini ko‘r, so‘ng bir yil davomida uni topib olganing haqida ovoza qil, agar egasi chiqmasa, uni molingga qo‘shib yuboraver!» — dedilar». 21-bob. Zihor va Olloh taoloning «Olloh taolo uning sen birlan aytishib aytgan so‘zini eshitdi («Kimning qurbi yetmasa, oltmish miskinni to‘yg‘azsin!» degan qavligacha)» degan qavli xususida («Zihor — kishining o‘z xotiniga: «Sen mening uchun onamning beli kabidursan!», ya’ni «Onamning beliga minmogim mumkin bo‘lmaganidek, endi seni ham mina olmayman!» deb aytmogidur. Shunday deb xotinidan arazlagan er, yarashganidan so‘ng, ichgan ontiga kafforat bermogi lozimdur). Molik raziyallohu anhu Ibn Shihobdan qulning zihori xususida so‘radilar. Ul kishi: «Ozod kishining zihori kabidur»,— dedilar. Molik: «Xotinini zihor qilgan qul ichgan onti kafforatiga ikki oy ro‘za tutib beradi»,— deydilar. Hasan: «Ozod kishining ozod xotinini zihor qilmogi birlan qulning cho‘rini zihor qilmogi o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdur»,— deydilar. Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 312 Ikrima: «Agar kishi cho‘risini zihor qilsa, hechqisi yo‘q, chunki zihor kishining o‘z xotiniga nisbatan shar’iy hukmga egadur»,— deydilar. 22-bob Taloq qilganini yoki biror narsani tasdiqlayotganini yohud biror narsadan qaytarganini yoinki biror narsa xususida amr qilganini ishora birlan anglatmoq haqida Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (mayyitga ovoz chiqarmay) to‘kilgan ko‘z yoshi uchun azoblamaydi, ammo u mana bu (birlan dod-voy solingani) uchun azoblaydi» — deb tillariga ishora qildilar». Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga «yarmini ol!» degan ma’noda (qo‘llari birlan) ishora qildilar Asmo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz o‘qidilar. Men Oishaga: «Odamlarga ne bo‘ldi?»—dedim. U boish birlan Quyoshga ishora qildi. Men «(Qiyomat) alomatimi?»— dedim. U namozda turgan holda gapimni ma’qullab bosh irgadi». Anas: «Janob Rasululloh Abu Bakr as-Siddiqqa («Beri kelingiz!» deb) qo‘llzri birlan ishora qildilar»,— deydilar. Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Gunohi yo‘q!» deb qo‘llari birlan ishora qildilar»,— deydilar Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdagi kishining ov qilmogi haqida gapirayotib! «Birortangiz «Hamla qilgil!» deb unga buyurdingizmi yoki o‘ljaga ishora qildingizmi?» — dedilar. Odamlar «Io‘q»,— deyishdi. Ul zot «Unday bo‘lsa, yeyaveringizlar!» —dedilar». Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohni tavof qildilar, har gal rukn oldiga kelganlarida unga (asolari birlan) ishora qilib qo‘yib, takbir aytar erdilar». Zaynab rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ya’juj va Ma’juj oldidagi to‘siq mana shuncha va mana shuncha ochildi va to‘qson foiz boylandi (ya’ni, o‘n foiz bo‘shatildi)»,— dedilar». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (Janob Rasululloh): «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordur. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindur, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolsa, banda Olloh taolodan nimaiki so‘rasa, tilagi mustajob bo‘lgaydur»,— dedilar-da, muborak qo‘llari birlan o‘shal vaqtning qisqaligiga ishora qildilar» Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir yahudiy bir joriyaga tajovuz qilib, uning isirg‘asini tortib oldi-da, boshini tosh birlan urib yordi. Joriyani qarindoshlari Janob Rasulullohning huzurlariga ramaqijon holda keltirishdi, u so‘zlay olmas erdi. Ul zot: «Seni falonchi o‘ldirdimi?» —deb yahudiydan bo‘lak bir odamning ismini aytdilar. Joriya «yo‘q» degan ma’noda boshi Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 313 birlan ishora qildi. Ul zot. «Seni falonchi o‘ldirdimi?»—deb yana boshqa bir odamning ismini aytdilar. Joriya yana «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot: «Unda, falonchi o‘ldirdimi?» — deb uni o‘ldirgan yahudiyning ismini aytdilar. Joriya bu safar «Ha» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘shal yahudiyni olib kelmoqni amr qildilar, uni olib kelishgach, boshini ikki tosh orasiga qo‘ydirib, majaqlattirdilar». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mashriqqa ishora qilib: «Fitna o‘sha tomondan chiqadi!»—deb aytganlarini eshitdim». Abdulloh ibi Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Quyosh botgach, bir kishiga: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber (ya’ni, talqonga suv yoki sut aralashtirib ber)!»—dedilar. Boyagi kishi: «Yo Rasulalloh, biroz ko‘qangiz bo‘lardi!»—dedi. Biroz yurishgach, ul zot yana: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»— dedilar. Boyagi kishi bu gal ham: «Yo Rasulalloh, yana biroz kuqangiz (kechroq og‘iz ochsangiz) bo‘lardi, og‘iz ochishingizga hali vaqt erta-ku!»—dedi. Yana biroz yurilgach, ul zot uchinchi bor: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»—dedilar. U ulovidan tushib, Payg‘ambarimiz alayhissalomga talqon qorib berdi, ul zot uni ichib og‘iz ochdilar. Keyin, mashriqqa qo‘llari birlan ishora qilib: «Agar tunning (qorong‘ulikning) o‘shal tomondan bosib kelayotganini ko‘rsangizlar.ro‘zador og‘iz ochaveradi»,—dedilar». Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Bilolning nidosi (azoni) birortangizga saharlikni man’ qilmaydi, chunki u saharlikka turgan kishining bomdodgacha mizg‘ib olmog‘iga hali vaqti borligini ma’lum qiladi. Bu uning bomdodga chaqirib azon aytgani ermas»,—dedilar-da, Hazrat Bilolning azonlari birlan bomdod azoni oraligida biroz mizg‘ib olmoqqa vaqt borligini anglatish maqsadida ikkala qo‘llarini ko‘tarib, birini ikkinchisidan uzoqroqqa cho‘zdilar». Abu Hurayra raziyallouu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxil birlan qo‘li ochiq odam ko‘kragidan to bo‘g‘zigacha temir jubba (sovut) kiyib olgan ikki kishiga o‘xshaydi. Qo‘li ochiq odam bir narsa ehson qildi deguncha, sovutining halqalari bo‘shashib, badanidagi sovut izlari yo‘qolgaydir. Ammo, baxil odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq, jubbasining har bir halqasi ko‘kragu bo‘ynini tobora ko‘proq qisa boshlagay, u harchand chiranmasin, jubba kengaymagay»,— dedilar-da, bo‘g‘izlariga barmoqlari birlan ishora qildilar» 23-bob. Li’on va Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Va ul odamlariki tuhmat qilurlar xotinlariga, agar bo‘lmasa alarning guvohlari o‘zlaridan bo‘lak, bunday odamning guvohligi shulki, to‘rt marta xudoga qasamyod qilib: «Albatta, men rost aytayo-tirman!» — der» Agar soqov er xotinini yozma yoki tushunarli imo-ishora birlan qazaf qilsa (zinokorlikda ayblasa), uning qazafi tili sog‘ kishining qazafi birlan barobardur. Chunki, Janob Rasululloh faroiz borasida ishoraga ijozat berganlar, buni ayrim hijozliklar va ulamolar ham tasdiqlashadi. Olloh taolo: «Keyin, Maryam bola tarafiga ishora qildi, ular: «Biz nechuk beshikda yotgan bolaga so‘zlay olamiz?» — dedilar»,— deydi. Zahhoq: «Imo- ishorasiz qazaf qilmog‘i darkor»,— deydilar. Ayrim kishilar: «Agar soqov imo-ishora Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 314 birlan qazaf qilsa, xotiniga hadd jazosi berilmaydi ham, ular li’on qilinmaydilar ham» — deb, so‘ng: «Yozma yoki imo-ishora birlan taloq qilmoqlik joizdur va taloq birlan qazaf o‘rtasida farq yo‘qdur» — deb ta’kidlashadi. Shunga binoan, agar ular qazaf faqat og‘zaki ma’lum qilinadi»—deydirgan bo‘lsalar, demak taloq ham faqat og‘zaki ma’lum qilinsagina, joiz bo‘lishini ularga aytmoq kerak bo‘ladi, aks holda taloq ham, qazaf ham botil bo‘lib, soqovning xotini ham, o‘zi ham mulo’ana qilinadi. Sha’biy va Qatoda: «Agar (soqov) barmoqlari birlan «Sen taloqsan!» deb ishora qilsa, ishorasiga asosan xotini undan ajratiladi»,— deyishadi. Ibrohim: «Soqov er, agar o‘z qo‘li birlan qazafnoma yozib bersa, qabul qilmoq lozimdur»,— deydilar. Hammod: «Soqov va garang, agar boshi birlan qazaf qilganini ishora qilsa, joizdur»,— deydilar. Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning eng yaxshi hovlisi (xonadoni) haqida sizlarga xabar berayinmi?» — dedilar. «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Banu an-Najjor, so‘ng ulardan keyingi Abd al-Ashhal, so‘ng ulardan keyingi Banu al-Hars ibn al-Xazraj, so‘ng ulardan keyingi Banu So’ida»,— dedilar. Keyin, qo‘llari birlan bir tomonga ishora qilib, barmoqlarini juftladilar-da, tosh otgandek harakat qildilar, so‘ng: «Ansorlarning barcha hovlilarida yaxshilik mavjuddur!» — dedilar». Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomat mana bu mana bunga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik yaqin erdi» — deb ko‘rsatgich barmoqlari birlan o‘rta barmoqlari orasini birlashtirdilar». Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni o‘ttiz kun bo‘ladi»,— dedilar. So‘ng: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi» — deb ham aytdilar. Ya’ni, ba’zi oy o‘ttiz kun va ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi, deb aytmoqchi bo‘ldilar». Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘llari birlan Yaman tomonga ishora qilib: «Iymon o‘shal tarafda!»—deb ikki bor aytdilar, so‘ng: «Lekin, og‘ir vaqtlar boshlanib, tuyakashlar bag‘ri tosh bo‘lib ketadi, shayton shoxi — Rabiy’a va Muzar qabilalari ham o‘sha tomondan chiqadi»,— dedilar». Sahl rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan yetimparvar ikkimiz jannatda mana bunday birga bo‘lamiz» — deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarining orasini biroz ochib ko‘rsatdilar». 24-bob. Agar kishi bolasidan tonib arz qilsa... Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, mening bolam qop-qora!» — dedi. Ul zot: «Tuyalaring bormi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Rangi qanaqa?»—dedilar. U: «Qizg‘ish»,— dedi. Ul zot: «Ularning orasida kulrangi bormi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «U qaerdan kelib qoldi?»—dedilar. U: «Menimcha, nasliga tortgandur?»— dedi. Ul zot: «O’g‘ling ham nasliga tortgan bo‘lsa kerak!»—dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 315 25-bob. Li’on qiluvchiga ont ichirmoq xususida Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi xotinini qazaf qildi. Janob Rasululloh ansoriy birlan xotiniga qasam ichirib, so‘ng ularni ajratib yubordilar». 26-bob Avval erkak li’on qiladi! Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya xotinini qazaf qildi, so‘ng kelib rost aytayotganini gapirib qasam ichdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?» — dedilar. Shunda xotin ham o‘rnidan turib rost gapirayotganiga qasam ichdi». 27-bob. Li’on va li’ondan so‘ng xotinini taloq qilgan kishi haqida Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiyning huzurlariga kelib: «Ey Osim, nima deysiz, bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud boshqa biror chora ko‘riladimi? Iltimos, shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab bilib bersangiz!» — dedi. Osim shul xususda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot bunday masala to‘g‘risida javob bergilari kelmay, Osimni shunday uyaltirdilarki, ul kishi hatto savol berganlariga ming pushaymon yedilar. Osim uylariga qaytib kelganlarida Uvaymir kelib: «Ey Osim, Janob Rasululloh sizga nima deb javob qildilar?» — dedi. Osim: «Menga yaxshilik qilmading! Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bergilari kelmadi»,— dedilar. Uvaymir: «Xudo haqi, o‘zim so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Osimning huzurlaridan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga yo‘l oldi, yetib borganida ul zot odamlar davrasida o‘ltirgan erdilar. Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud biror boshqa chora ko‘riladimi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sening va umr yo‘ldoshing xususida oyat nozil bo‘ldi, borib xotiningni olib kelgil!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bir- birini (masjid-da) mulo’ana qilishdi, shunda men Janob Rasulullohning huzurlaridagi odamlar orasida erdim. Ikkalasi mulo’ana qilishib bo‘lishgach, Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar uni nikohimda olib qolsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman!» —dedi-da, Janob Rasulullohning amr qilmoqlarini kutmay, uni uch taloq qildi. Ibn Shihob: «Ushal yil — mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar». 28-bob. Masjidda mulo’ana qilmoq xususida Bu yerda Sahl ibn Sa’d as-So’idiyning yuqoridagi rivoyatlari takroran keltirilgan. Ibn Shihob bunday deydilar: «Usha ikki eru xotindan so‘ng, bir-birini mulo’ana qiluvchilarni ajratib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Agar ayol homilador bo‘lsa, bolasi nasab xususida onasiga da’vo qilar erdi. Keyin, ayolning merosi xususida sunnat (qonun) joriy qilinib, ayol Olloh taolo farz qilgancha bolaga meros qoldiradirgan va bola onadan meros oladirgan bo‘ldi». Sahl ibn Sa’d bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal xotin qizg‘ish, pak-pakana bola tug‘sa, xotin rost gapirib, eri unga tuhmat qilgan, deb hisoblayman, basharti u qop-qora, ko‘zlari katta-katta bola tug‘sa, unda eri rost gapirib, xotini bolani birovdan orttirgan bo‘ladi»,— dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 316 29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deganlari haqida Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar. «Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir eru xotinning o‘zaro mulo’ana qilganligi haqida gapirdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, so‘ng uyiga ketdi. Uyida o‘ltirganida bir kishi huzuriga kelib, xotinini bir begona erkak birlan tutib olganini aytib shikoyat qildi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga o‘zim balo orttirib o‘ltiribman!»— dedi-da, boyagi kishini ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi va ul zotga xotinini tutib olgan kishi xususida so‘zlab berdi. Bu kishi sarg‘ish, qotma, sochlari muloyim va silliq erdi. Xotinining o‘ynashi ersa qorachadan kelgan, semiz kishi erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh qilgaysan!»—dedilar. Keyin, o‘shal ayol eri belgilarini aytgan kishiga o‘xshash bola tug‘ib qo‘ydi. Janob Rasululloh ularni li’on qildilar. Bir kishi Ibn Abbosga majlisda: «Janob Rasululloh «Birortani dalil-isboqiz rajm (toshbo‘ron) qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deb shu ayol haqida aytganmilar?»—dedi. Ibn Abbos: «Io‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi». 30-bob. Li’on qilingan ayolning mahri haqida Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga: «Bir kishi xotinini qazaf qildimi?» — dedim. Ibn Umar: «Janob Rasululloh Uvaymir al-Ajaloniy birlan uning xotinini ajratib yubordilar. Ul zot ularga uch bor: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on gapirayotganingizni bilib turibdi, qaysiningiz tavba qilgaysiz?» — dedilar. Shunda ikkalasi ham tavba qilmoqdan bosh tortib erdi, ularni ajratib yubordilar»,— dedi». Ayyub bunday deydilar: «Amr ibn Dinor menga: «Sen ana shu hadisdagi bir (muhim) narsani tushirib qoldiryapsan. Ushanda uning eri: «Bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degan erdi. Janob Rasululloh: «Senga mahrni qaytarib bermaydi, agar sen xotining xususida rost gapirgan bo‘lsang ham, bergan mahring xotiningning avratidan foydalanganing uchun unda qoladi, agar tuhmat qilgan bo‘lsang, senga mahrning qaytarib berilmasligi o‘z-o‘zidan ma’lumdur» — deb javob qilgan erdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling