Abu abdulloh
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 109-bob. Kishining o‘z qizini rashk va insof qilib himoya etmog‘i haqida
- 110-bob. Erkaklar kamayib, ayollar ko‘payadi
- 111-bob. Erkak birlan ayol mahram bo‘lsalargina yolgiz qola oladilar! Eri uyida bo‘lmagan ayolning huzuriga kirmoq haqida
- 112-bob. Erkak birlan ayolning odamlar huzurida chekkaga chiqib so‘zlashmog‘ining joizligi haqida
- 113-bob. Ayolchalish erkaklarning ayol huzuriga kirmog‘i man’ qilingani haqida
- 114-bob. Ayolning habashlarga yoki shu kabi kishilarga shunchaki qaramog‘i haqida
- 115-bob. Ayollarning hojatga chiqishlari haqida
- 116-bob. Ayolning masjid va shu kabi joylarga chiqmoqqa eridan ijozat so‘ramog‘i haqida
- 117-bob. Erkakning o‘zi birlan emishgan ayollarning huzuriga kirmog‘i va ularga qaramog‘i mumkinligi haqida
- 118-bob. Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni eriga ta’rifu tavsif qilmasin!
- 119-bob. Bir kishining «Bu kecha albatta xotinlarimni ziyorat qilgayman!» deb aytgani haqida
- 120-bob. Agar kishi uzoq vaqt uyida bo‘lmagan bo‘lsa, «Oilam menga xiyonat qilmayaptimikan» degan yomon o‘y birlan kechasi kelib eshikni taqillatmasin!
- 121-bob. Bola ko‘rmoq (farzandli bo‘lmoq) ishtiyoqi
- 122-bob. Safardan qaytgan erkaklar soch-soqollarini tarashlab, ayollar ersa to‘zigan sochlarini tarab olsinlar!
- 123-bob. Olloh taoloning «Va ko‘rsatmaydilar ziynatlarini (jamollarini) erlaridan bo‘laklarga...» degan qavli haqida
- 124-bob. Olloh taoloning «Sizlardan balog‘atga yetmaganlar...» degan qavli xususida
- 1-bob. Agar ayol hayz ko‘rgan holida taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadi!
- 2-bob. Taloq qilgan kishi haqida. Kishi xotiniga yuzlanib turib uni taloq qilganini aytadimi
- 3-bob. Uch taloqqa ijozat bergan kishi haqida. Olloh taolo: «Taloq ikki bor (qaytarilur), keyin (xotinni) yaxshilik ila nikoqda saqlanur yoki xush qilib
www.ziyouz.com kutubxonasi 295 Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Olloh taolo rashk qilgay va Olloh taoloning rashki mo‘min banda Olloh taolo harom qilgan narsalarni qilganda tug‘yon urgaydur!» —dedilar» Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo rivoyat qiladilar: «Zubayr menga uylandi. Uning suv tortadirgan tuyasi-yu, otidan bo‘lak hech vaqosi yo‘q erdi. Men otiga yem berar, tuyasi yordamida suv tortar va qo‘l tegirmonda don yanchib, xamir qilar erdim. Lekin, men (hali) yaxshi non yopolmas erdim, ansoriya qo‘shnilarimdan biri yopib berar erdi. Ikkalamiz ham pokdomon ayollar erdik. Men yanchilgan donni boshimga qo‘yib, Zubayrning Janob Rasululloh in’om qilgan yeridan asl qo‘shnimning yeriga olib chiqar erdim, qo‘shnim ersa mendan uchdan bir farsax narida turar erdi. Bir kuni donni boshimga qo‘yib ketayotgan erdim, yo‘lda Janob Rasulullohni bir guruh ansorlar birlan uchratib qoldim. Ul zot meni qoshlariga chaqirdilar, keyin kaftlariga tuplab, meni opichib olmoqchi bo‘ldilar. Men erkaklar birlan birga ketishdan uyalib, Janob Rasulullohga Zubayr va uning rashki haqida eslatdim, chunki erim o‘ta rashkli odam erdi. Janob Rasululloh mening hayo qilganimni bilib, yo‘llarida davom etdilar. Keyin, men Zubayrning oldiga borib, unga: «Men boshimga donlarni qo‘yib ketayotgan erdim, Janob Rasulullohni bir guruh sahobalari birlan uchratib qoldim. Shunda ul zot tiz cho‘kib meni opichlab olmoqchi bo‘ldilar, men uyalib ko‘nmadim. So‘ng, ul zotga sizning rashkli erkanligingizni bildirdim»,— dedim. Erim: «Xudo haqi, boshingdagi doningni ko‘tarib olsalar, mayli-ya, ammo seni yuking birlan opichib olganlarida mening sha’nimga og‘ir bo‘lar erdi!»— dedi. Shundan keyin, (otam) Abu Bakr bir xizmatkor yubordilar, u meni ot boqish yumushidan ozod qildi». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan birining huzurida erdilar. Bir payt, mo‘minlarning onalaridan biri bir likopchada ul zotga taom kiritdi. Shunda Janob Rasululloh qaysi xotinlarining huzurida o‘ltirgan bo‘lsa-lar, o‘sha xotinlari taom keltirgan xizmatkorning qo‘liga urib erdi, likopcha tushib ketib, chilparchin bo‘ldi. Janob Rasululloh likopcha siniqlarini birlashtirdilar, so‘ng sochilib ketgan taomni yig‘ishtirib, unga soldilarda: «Onalaringiz rashk qildi!» — dedilar. Keyin, xizmatkorni to‘xtatib, unga hozir o‘zlari uyida o‘ltirgan xotinlarining likopchalaridan birini berib yubordilar, singan likopchani ersa likopchani sindirgan xotinlarinikida qoldirdilar». Jobir ibn Abdullou raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga kirdim (yoki jannatga keldim), u yerda bir qasrni ko‘rib. «Bu kimning qasri?»—deb so‘radim. «Umar ibn al-Xattobniki»,— deyishdi. Keyin, men unga kirmoqchi bo‘ldim, ammo kirmog‘imga (ey Umar), faqat sening rashkchi erkanligingni bilganim mone’lik qildi»,— dedilar Xazrat Umar. «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar! Yo Nabiyyalloh, sizdan rashk qilamanmi?!»—dedilar». Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir payt, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, ul zot bizga. «Bir mahal, men uxlab yotgan erdim, o‘zimni jannatda ko‘rdim. Bir ayol bir qasrning yonida yuvinib turgan erkan. «Bu qasr kimniki?»—dedim. «Bu Umarniki»,— deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligini eslab, u yerdan ortimga qaytib ketdim»,— dedilar. Hazrat Umar shu yerda o‘ltirgan erdilar, yig‘lab yubordilar, so‘ng: «Sizdan rashk qilamanmi, yo Rasulalloh?!» — dedilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 296 108-bob Ayollar rashki va g‘azabi xususida. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga. «Men sening mendan mamnun bo‘lganingni ham, mendan dargazab bo‘lganingni ham darhol bilib olaman»,— dedilar. Men: «Buni qaerdan bilasiz?» —dedim. Ul zot. «Agar mendan mamnun bo‘lsang, «Yo‘q, Muhammadning parvardigori haqi!» deb aytasan va agar mendan darg‘azab bo‘lsang, «Yo‘q, Ibrohimning parvardigori haqi!» deb aytasan»,— dedilar. Men: «Ha, shunday, xudo haqi, yo Rasulalloh! Mamnun bo‘lganimda faqat sizning ismingizni aytaman»,— dedim». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohni Xadichadan rashk qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, ko‘p maqtar erdilar. Jannatda Xadicha uchun shakar qamishdan qasr bunyod qilib qo‘yilganligini uning o‘ziga bashorat qilmoqni Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy qilgandi. 109-bob. Kishining o‘z qizini rashk va insof qilib himoya etmog‘i haqida Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh minbarda turib: «Hishom ibn al- Mugiyra qabilasi ahli o‘z qizini Ali ibn Abu Tolibga bermoqchi bo‘lib mendan izn so‘radi. Men ruxsat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ruxsat bermayman, faqat Ali ibn Abu Tolib qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanishni istasagina ruxsat beraman! Chunki, qizim mening bir bo‘lagim bo‘lib, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi va unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — dedilar». 110-bob. Erkaklar kamayib, ayollar ko‘payadi Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hali sen erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan bir erkakning ortidan qirqta ayolning lazzattalab bo‘lib yurganlarini ko‘rasan!» — dedilar». Apas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men sizlarga o‘zim shaxsan Janob Rasulullohdan eshitgan shunday bir hadisni aytib berayki, uni mendan bo‘lak biror kishi sizlarga aytib bermaydi! Men ul zotning mana bunday deganlarini eshitganman: «Qiyomatning belgilaridan biri shuki, ilm (islom dini ilmi) oradan ko‘tarilib, jaholat kuchayadi, zino, ichkilikbozlik avjga chiqadi hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketadi, hatto ellikta ayol uchun bitta homiy (erkak) to‘gri keladi». 111-bob. Erkak birlan ayol mahram bo‘lsalargina yolgiz qola oladilar! Eri uyida bo‘lmagan ayolning huzuriga kirmoq haqida Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning huzuriga kirishdan o‘zingizni tiyingizlar!» — dedilar. Shunda ansorlardan biri: «Yo Rasulalloh, qayinlarni (ya’ni, erning otasi va erning o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlarini) nazarda tutyapsizmi?»—dedi. Janob Rasululloh: «Qaynlar — o‘limdur!» — dedilar (ya’ni, bu yerda erning otasi va ernish o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlari nazarda tutilib, ular uning ayoliga mahramdurlar va u birlan yolgiz qolish ularga ruxsat etiladi. Shu boisdan ham, agar ular mazkur ayol birlan yolgiz qolishdan tiyilmay, uning Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 297 huzurida bemalol o‘ltiraversalar, birdamas-birda gunoh sodir bo‘lmogi mumkin, bu ersa dinni halokatga olib keladi)». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Erkak birlan ayol faqat mahram birlangina yolgiz qola oladilar!» - dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Xotinim haj qilmoqqa chiqib erdi, men falon va falon gazotga yozilib (boraman deb niyat qilib) qo‘ydim»,— dedi. Ul zot: «Ortingga qaytib, xotining birlan haj qilgil!» — dedilar». 112-bob. Erkak birlan ayolning odamlar huzurida chekkaga chiqib so‘zlashmog‘ining joizligi haqida Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot (huzurlaridagi kishilar ko‘z oldida; u birlan chekkaga chiqdilar-da, unga: «Sen mening uchun (ansoriya ayollar ichidagi) eng suyukli odamsan!» — dedilar». 113-bob. Ayolchalish erkaklarning ayol huzuriga kirmog‘i man’ qilingani haqida Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Salamaiing uyida o‘ltirgan erdilar, u yerda bir xunasa ham bor erdi. Usha xunasa Ummu Salamaning birodari Abdulloh ibn Abu Umayyaga: «Agar Olloh taolo ertaga sizlarga Toifni fath qilib bersa, men senga G’aylonning qizini ko‘rsataman, u to‘rttasi birlan ilgari surilib, sakkiztasi birlan tisariladi»,— dedi. Janob Rasululloh: «Buni uyingizga kiritmangizlar!» — dedilar». 114-bob. Ayolning habashlarga yoki shu kabi kishilarga shunchaki qaramog‘i haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men masjidda nayzabozlikni mashq qilayotgan habashlarga qarab turganimda Janob Rasulullohning meni kiyimlari birlan pana qilib turganlarini ko‘rdim, keyin zerikkunimcha tomosha qildim, chunki men hali o‘yin-kulgiga to‘ymagan bir yosh qizaloq erdim». 115-bob. Ayollarning hojatga chiqishlari haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Savda binti Zam’a tashqariga chiqdi. Hazrat Umar uni ko‘rib, tanidilar va unga: «Sen, xudo haqi, ey Savda, bizdan berkinolmaysan!» — dedilar. Savda ortiga qaytib, Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bo‘lgan gapni aytdi. Shunda ul zot mening hujramdagi kechki ovqatni tanovul qilayotgan bo‘lib, qo‘llaridagi sho‘rvaga bir qarab qo‘yib, so‘ng nigohlarini yuqoriga qaratdilar-da: «Olloh taolo sizlarga (ayollarga) hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqqa ijozat berdi», — dedilar». 116-bob. Ayolning masjid va shu kabi joylarga chiqmoqqa eridan ijozat so‘ramog‘i haqida Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 298 birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa sizdan izn so‘rasa, unga mone’lik qilmangiz!» — dedilar». 117-bob. Erkakning o‘zi birlan emishgan ayollarning huzuriga kirmog‘i va ularga qaramog‘i mumkinligi haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Emishgan amakim kelib, huzurimga kirmoqqa izn so‘radilar, men Janob Rasulullohdan so‘ramagunimga qadar, ul kishiga ruxsat bergim kelmadi. Janob Rasululloh kelganlarida ul zotdan shu haqda so‘radim. Ul zot: «U sening amakingdur,unga ruxsat bergil!»—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh,meni bu kishining xotini ermas, akasining xotini emizgandur!»— dedim. Ul zot: «U senga amaki bo‘ladi, huzuringga kiraversin!»—dedilar. Bu voqea biz ayollarga hijob (parda) tortilgandan so‘ng ro‘y bergan bo‘lib, bildimki tugushganlarga harom qilingan narsa emishganlarga ham harom qilingan erkan». 118-bob. Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni eriga ta’rifu tavsif qilmasin! Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni shoyad eri unga qarasa, deb eriga ta’rifu tavsif qilmasin!» — dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 119-bob. Bir kishining «Bu kecha albatta xotinlarimni ziyorat qilgayman!» deb aytgani haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Bu kecha albatta yuzta xotinni ziyorat qilgayman, har biri Olloh taolo yo‘lida jang qiladirgan bir o‘gil tugib bergay!» — dedilar. Shunda farishta ul kishiga: «Inshoolloh, deb ayt!» — dedi, ammo ul kishi buni unitib, aytmadilar. Keyin, xotinlarini ziyorat qildilar, ammo ulardan bittasigina tugdi, u ham bo‘lsa, chala. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar «inshoolloh» deganlarida, (qasamlarini) buzmagan bo‘lardilar va tilaklarining ro‘yobga chiqishidan qattiq umidvor bo‘lsalar bo‘lar erdi!»—dedilar». 120-bob. Agar kishi uzoq vaqt uyida bo‘lmagan bo‘lsa, «Oilam menga xiyonat qilmayaptimikan?» degan yomon o‘y birlan kechasi kelib eshikni taqillatmasin! Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kishining to‘satdan kechasi safardan kelib eshigini taqillatmog‘ini makruh ko‘rar erdilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz uzoq vaqt uyingizda bo‘lmagan bo‘lsangiz, to‘satdan kechasi kelib eshigingizni taqillatmangiz!» —dedilar». 121-bob. Bola ko‘rmoq (farzandli bo‘lmoq) ishtiyoqi Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 299 erdim. Ortimizga qarab yo‘lga chiqqanimizda imillab ketayotgan tuyamni tezlatdim, shunda bir kishi ketimdan ulovda yetib keldi, o‘girilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. «Namuncha sho-shilmasang!»—dedilar. «Chillali kuyovman»,— dedim. «Bokira qizga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. «Juvonga»,— dedim. «Agar bokira qizga uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan vaqtxushlik qilar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirmoqchi bo‘ldik. Shunda ul zot: «Kech bo‘lguncha kutingizlar, keyin kirasizlar, chunki ayollaringiz o‘ziga oro berib olsin, sizlar ham soch-soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot menga qarab: «Ey Jobir, fikru o‘yingda jimo’ bo‘lsin!» (ya’ni, «Farzandli bo‘lmog‘ing kerak!»)— dedilar». 122-bob. Safardan qaytgan erkaklar soch-soqollarini tarashlab, ayollar ersa to‘zigan sochlarini tarab olsinlar! Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdik. Ortimizga qaytib, Madinaga yaqinlashganimizda imillab yurayotgan tuyamni tezlashtirdim. Shunda ortimdan bir kishi ulovda yetib kelib, qo‘lidagi nayza (aso) birlan tuyamni bir nuqib erdi, sen bilgan eng yaxshi tuyalar kabi gijinglab ketdi. Ugirilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh, men hali chillasi chiqmagan kuyovman!» — dedim. Ul zot: «Uylandingmi?»— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Juvonga»,— dedim. Ul zot: «Bokiraga uylanganingda erdi, o‘zaro dilxushlik qilgan bo‘lar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirib ketayotgan erdik, ul zot: «Kechgacha oshiqmangizlar, keyin kirasizlar, toki ayollaringiz to‘zigan sochlarini tarab, sizlar ersangiz soch- soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar». 123-bob. Olloh taoloning «Va ko‘rsatmaydilar ziynatlarini (jamollarini) erlaridan bo‘laklarga...» degan qavli haqida Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning Uhud kunidagi jarohatlari nima birlan davolangani xususida bahslashib qolishdi. Keyin, shu haqqa Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan so‘rashdi. Ul kishi Janob Rasulullohning tirik qolgan eng so‘nggi madinalik sahobalari bo‘lib, bunday dedilar: «Buni mendan ko‘proq biladirgan odam qolmadi. Ushanda Fotima alayhossalom ul zotning yuzlaridan oqayotgan qonni yuvgan, Hazrat Ali ersa qalqonida suv keltirib bergan erdi. So‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulini jarohatlariga bosgan erdi». 124-bob. Olloh taoloning «Sizlardan balog‘atga yetmaganlar...» degan qavli xususida Abdurrahmon ibn Abbosrivoyat qiladilar: «Mei bir kishining Ibn Abbosdan: «Siz Janob Rasululloh birlan birga qurbon yoki ramazon hayitida bo‘lganmisiz?» — deb so‘raganini eshitdim. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob berdilar: «Ha, bo‘lganman. Agar men ul zotga suyukli bo‘lmaganimda, yosh bolaligim sababli birga bo‘lolmagan bo‘lar erdim. Ushanda Janob Rasululloh chiqib namoz o‘qidilar, so‘ng va’z aytdilar, lekin na azon va na takbir haqida eslatmadilar. Keyin, ayollarning qoshiga borib, ularga ham va’z aytdilar va pand-nasihat qilib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda men ayollarning quloqlariga va bo‘yinlariga qo‘llarini uzatib, isirg‘a va marjonlarini Hazrat Bilolga olib berishayotganini ko‘rdim. Shundan keyin, Janob Rasululloh birlan Hazrat Bilol uylariga ketishdi». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 300 125-bob. Kishining o‘z do‘stiga (o‘rtog‘iga); «Bu kecha jimo’ qildingizmi?» — deb aytmog‘i hamda kishining o‘z qizining biqiniga turtib dashnom (jazo) bermog‘i haqida (Bu yerda yuqoridagi sarlavhaning birinchi qismiga taalluqli hadis berilmagan. 1-jilddagi «Janoza» kitobida keltirilgan. Anas ibn Molikning quyidagi hadisi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari (Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida o‘ltiribdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, ul zot: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bormi?» — deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, qabrga tushgil!» — dedilar. Talha (mayyitni lahadga qo‘ygani) qabrga tushdilar»). Oisha raziyalloh u anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr as-Siddiq menga dashnom (jazo) berib, qo‘llari birlan biqinimga turta boshladilar, shunda men Janob Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlayotganlari uchungina qimirlay olmagan erdim». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 301 «TALOQ» KITOBI Olloh taoloning qavli: «Ey payg‘ambari muxtaram! (Ummatlaringizga aytingizki), qachon xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, taloq qilingizlar ularni iddalarin avvalida va saqlab turingizlar iddani» (ya’ni, agar xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, xotin hayzdan pok bo‘lib, g‘usl qilgandan keyin hamda u birlan yotmasdan turib taloq qilingizlar va har ikkingiz iddani xotiralaringizda tutingizlar). «Ahsaynohu» — «uni yodda tutdik va hisobga olib qo‘ydik», «taloqus-sunna» — «xotinni hayzdan poklangan holda, unga yaqinlik qilmay ikki guvoh huzurida taloq qilmoqlik». Nofi’ raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Bu voqea Janob Rasulullohning hayotlik vaqtlarida bo‘lgan bo‘lib, Hazrat Umar ibn al-Xattob ul zotdan shu haqda so‘radilar. Ul zot: «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin, keyin hayzdan poklanguniga qadar uyida ushlab tursin, keyin yana hayz ko‘rib, hayzdan poklansin, keyin agar istasa, uyida olib qolib yashayversin, agar ystamasa, unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin! Bu Olloh taolo amr qilgan idda bo‘lib, shunga binoan ayollar taloq qilinadi»,— dedilar». 1-bob. Agar ayol hayz ko‘rgan holida taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadi! Anas ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni qayta nikohlab olsin!»—dedilar. Hazrat Umar. «Hayz holida taloq qilgan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?» — dedilar. Ul zot: «Bo‘lmasachi!» — dedilar». Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Janob Rasululloh otamga «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin!» deb aytibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida taloq qilinsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?»— dedim. Ibn Umar: «Qarib, miyasi aynib qolgan deb o‘yladingizmi?!» — dedi». Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Men xotinimni hayz holida taloq qilib erdim, u menga taloq qilingan hisoblandi»,— dedi». 2-bob. Taloq qilgan kishi haqida. Kishi xotiniga yuzlanib turib uni taloq qilganini aytadimi? Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Al-Ju-unning qizi Janob Rasulullohning huzurlariga kiritilib, ul zot unga yaqin borganlarida: «Olloh taolo sizdan meni o‘z panohida asrasin!» —dedi. Ul zot unga: «Endi, sen buyuk zotning (Olloh taoloning) panohidasan, oilangga (uyingga) ketaver!»—dedilar». Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (Janob Rasululloh uylanganlarida) yo‘lga chiqib, ash-Shavt nomli bir chorbog‘ tomon yo‘l oldik va nihoyat ikki chorbog‘ oralig‘iga yetib kelib, dam olgani o‘ltirdik. Janob Rasululloh bizga: «Shul yerda o‘ltira turingizlar!»— dedilar-da, chorboqqa kirib ketdilar. Ul zot o‘zlari birlan bir savat tortiq olib kelgan bo‘lib, men uni an-Nu’mon ibn Sharohbil qizi Umayya doyasi birlan o‘ltirgan xurmozor ichidagi uyga olib kirib qo‘ydim. Janob Rasululloh Umayyaning huzuriga Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 302 qo‘shilmoq bo‘lib kirganlarida, unga: «Kelgil, o‘zingni menga tuhfa qilgil!»—dedilar. Shunda Umayya ul zotga: «Malika ham o‘zini o‘z fuqarosiga tortiq qiladimi?!» — dedi. Janob Rasululloh uni tinchlantirmoq uchun qo‘llarini unga uzatib erdilar, u: «Olloh taolo meni sizdan o‘z panohida asrasin!»—dedi. Ul zot: «Endi, sen (uning) panohidasan!»— dedilar-da, bizning huzurimizga chiqib keldilar. Keyin: «Ey Abu Usayd, unga ikki bosh- oyok, sarpo kiygizgin-da, uyiga jo‘natib yubor!»—dedilar». Abbos ibn Sahl va Abu Usayd rivoyat qilishadi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sharohbil qizi Umayyaga uylandilar. Umayya Janob Rasulullohning huzurlariga kiritib yuborilganda ul zot unga qo‘l uzatdilar. Shunda u buni yoqtirmagandek bo‘ldi. Janob Rasululloh (darhol) Abu Usaydga qizni yo‘lga tayyorlab, unga ikki bosh-oyoq sarpo kiygizib, so‘ng uyiga jo‘natib yubormoqni amr qildilar». Abu G’allob Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga; «Bir kishi xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qilibdi»,— dedim. U: «Sen Ibn Umarni taniysan («Bu menman» demoqchilar). U xotinini hayz holida taloq qildi. Keyin, Hazrat Umar Janob Rasulullohga shu haqda aytdilar. Ul zot xotinimni qayta nikohlab olmog‘imni, so‘ng hayzdan poklangach, istasam uni taloq qilmog‘imni amr qilibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida qilingan taloqni taloq, deb hisobladilarmi?» — dedim. U: «Qarib, miyasi aynib qolgan, deb o‘ylayapsanmi?!»—dedi». 3-bob. Uch taloqqa ijozat bergan kishi haqida. Olloh taolo: «Taloq ikki bor (qaytarilur), keyin (xotinni) yaxshilik ila nikoqda saqlanur yoki xush qilib qo‘yib yuborilur...»,— deydi (Islomdan avval arablarda qoida shul erdiki, ular xotinlarini o‘n va hatto yigirma marta taloq qilgandan keyin ham, iddalari tugamay turib yana qaytarib olur erdilar. Yuqoridagi oyat johiliyat davridagi ana shul qoidani bekor qildi, Oyatning mazmuni shuki, bir er o‘z xotinini ikki bor taloq qilib, yana qayta olmog‘i mumkin, lekin bu idda mobaynida bo‘lur. Agar idda muddati tugagan bo‘lsa, ul holda ixtiyor xotindadur. Er ikki bor xotinini taloq qilgandan keyin, yarashib yana uchinchi bor taloq qilsa, xotin boshqa bir kishiga tasodifan tegib chiqib, iddasi tugagandan keyingina avvalgi eriga halol bo‘lgay). Ibn Zubayr xotinini taloq qilgan bemor er xususida gapirib: «Uning taloq qilingan xotini undan meros oladi, deb hisoblamayman»,— dedilar. Sha’biy ersalar: «Undan meros oladi»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Usha xotin, idda muddati tugasa, erga tegadimi?»— dedilar. Ibn Zubayr: «Ha»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Agar uning keyingi eri ham o‘lsa, undan meros olmaydi, deb hisoblar erkansizda!» — dedilar. Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiy al-Ansoriyning huzuriga kelib, unga: «Ey Osim! Nima deb o‘ylaysan, agar bir kishi xotinini begona bir kishi birlan tutib olsa, u o‘sha erkakni o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi? Iltimos, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘rab bilib bergil!» — dedi.Osim shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdi, ul zot bu masalani aybli hisoblab, javob bergilari kelmadi, hatto Osimni shunday qattiq urishib berdilarki, u so‘raganiga pushaymonlar yedi. Osim uyiga qaytib kelgach, Uvaymir kelib: «Ey Osim! Janob Rasululloh nima dedilar?»—dedi. Osim: «Menga yaxshi bo‘lmadi, Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bermoqni istamadilar»,— dedi. Uvaymir: «Olloh taolo haqi! Buni so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Janob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling