Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
 
Ibn Abbos: «Al-Kitobu ajalah» — «iddasi tugaguncha» demakdur»,— deydilar. 
 
35-bob. Uylanmasdan burun ayolni ko‘rmoq haqida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga 
bunday dedilar: «Men seni tushimda ko‘rdim, bir farishta seni ipak matoga o‘rab olib 
ketayotgan erkan. Farishta menga: «Bu sening xotiningdur»,— dedi. Men yuzingni ochib 
ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen erkansan. Shunda men: «Agar bu tushim Olloh taolodan 
bo‘lsa, albatta ro‘yobga chiqadi!» — deb qo‘ydim». 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo 
Rasulalloh, men o‘zimni sizga bag‘ishlagani (hadya qilgani) keldim!» — dedi. Janob 
Rasululloh unga bir tikilib, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, boshlarini sarak-sarak 
qildilar. Ayol, ul zotning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. 
Shunda sahobalardan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga 
ehtiyojingiz bo‘lmasa, ul holda meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. 
Janob Rasululloh: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Xudo haqi, 
yo‘q, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Uyingga borib ko‘rgil, biror narsa 
toparsan!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, hech narsa topmadim, 
yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Borib qarab ko‘r, loaqal bitta temir uzuk 
bo‘lsa ham, topib kel!» —dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, yo 
Rasulalloh, hatto temir uzuk ham topolmadim. Ammo, mening mana bu izorim 
(ishtonim) bor»,— dedi. Uning egnida ko‘ylagi bo‘lmay, izorining yarmini ayolga mahr 
qilib bermoqchi bo‘ldi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahriga berasan, axir 
uni sen kiysang, ayolga, ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku!» — dedilar. Boyagi 
kishi uzoq o‘ltirib qoldi. So‘ng, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turganlarida uning g‘amgin 
o‘ltirganini ko‘rib chaqirtirdilar. U kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U: 
«Men falon va falon suralarni bilaman» — deya o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob 
Rasululloh. «Bu suralarni yoddan qiroat qila olasanmi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. 
Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan bilgan suralaring evaziga biz seni bu ayolga ega 
qildik!» — dedilar». 
 
36-bob. Faqat valiy ishtirokidagina nikoh qilinadi! 
 
Olloh taolo: «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» — deganda juvonni, shuningdek bokirani 
ham nazarda tutadi. Olloh taolo yana: «Mushriklarga ular mo‘min bo‘lmagunlari-cha, 
(musulmon ayollarni) nikoh qilmangizlar!» va «Tul xotinlarni nikohlaringizga olingizlar!» 
— deydi. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida to‘rt xil nikoh mavjud erdi. 
Ulardan biri bugungi kunda ham bor bo‘lib, kishi o‘z qo‘l ostidagi ayollardan birini yoki 
o‘z qizini bir kishiga erga beradi, u ersa mahrini berib, uni nikohiga oladi. Ikkinchisi — 
bir kishi o‘z xotiniga, agar u hayzdan poklangan bo‘lsa: «Birovga bildirmay falonchining 
oldiga borgin-da, u birlan kelishib dom olishgin!» — deydi, so‘ng u xotinini alohida qilib 
qo‘yib, to o‘sha kishidan homiladorligi ma’lum bo‘lguncha, unga sira ham qo‘l 
tekkizmaydi. Xotinining homiladorligi ma’lum bo‘lgach, agar istasa, u birlan 
yashayveradi. U farzandlik bo‘lish niyatidagina shunday qiladi. Bu nikohni «Uzaro 
kelishilgan nikoh» deb atashgan. Uchinchisi — o‘ntacha kishi birgalashib bir ayolning 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
huzuriga kirishadi-da, hammalari uni jimo’ qilishadi, agar u homilador bo‘lib, tug‘sa, 
tuqqanidan keyin bir necha kecha o‘tgach, boyagi kishilarni chorlab odam yuboradi, 
ulardan birortasi ham o‘zini olib qocholmaydi. Barchalari ayolning huzurida to‘planishadi. 
Ayol ularga: «Qilgan ishlaringizning oqibatini bildingizlar, mana men tug‘dim, ey 
falonchi, bu sening farzanding!» — deb ulardan o‘zi xohlagan kishining ismini aytadi-da, 
bolasini o‘sha kishiga topshiradi, u kishi ersa rad etolmaydi. To‘rtinchisi — ko‘p kishilar 
yig‘ilishib, barchalari bir ayolning huzuriga kirishadi, ayol ulardan birortasiga ham «yo‘q» 
demaydi. Bunday xotinlar fohishalar bo‘lib, eshiklari tepasiga belgi sifatida bayroq osib 
qo‘yganlar, istagan kishi ularning huzurlariga kiravergan. Agar bunday ayollardan biri 
homilador bo‘lib qolib, tug‘sa, boyagi kishilar uning huzurida to‘planishganda, folbin 
xotinni chaqirishgan. Keyin, kimga fol chiqqan bo‘lsa, bolani o‘shanga berib yuborishgan, 
o‘ziga fol chiqqan kishining bolani rad qilishga sira iloji bo‘lmagan. Olloh taolo 
Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambar qilib yuborgach, bugungi kundagi 
nikohdan bo‘lak barcha johiliyat davridagi nikohlar yo‘q qilindi». 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Kitobda sizlarga aytilgan 
hukmlar yetim ayollar xususida bo‘lib, sizlar ularga Olloh taolo tomonidan buyurilgan 
narsani (mahrni) bermay uylanishga intilasizlar» degan oyati karimasi odamlar qo‘lida 
tarbiyalanayotgan yetim qizlar haqida bo‘lib, har ikkalasining (valiy birlan yetim qizning) 
moli o‘rtada bo‘lishi ham mumkin. Shunda qizning eng yaqin kishisi bo‘lmish valiy 
qizning molini qizg‘anganidan uni birovga erga bermay, o‘zi uylanishga ha-rakat qiladi». 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar kuyovlari Ibn Xuzofa as-
Sahmiy Madinada vafot etib, qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan 
erdilar: «Usmon ibn Affonni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, Hafsani sizga 
nikohlab beraman»,— dedim. Usmon: «Bir o‘ylab ko‘raychi»,— dedi. Men bir necha 
kecha kutdim. Keyin, Usmon menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirganga 
o‘xshayman»,— dedi. So‘ng, men Abu Bakr Siddiqni uchratib: «Agar istasangiz, Hafsani 
sizga nikohlab beraman»,— dedim». 
 
Mu’aqqal ibn Yasor «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimaning o‘zlari 
haqlarida nozil bo‘lganini aytib, bunday deydilar: «Men singlimni bir kishiga erga bergan 
erdim, u uni taloq qildi. Keyin, u singlimning iddasi tugaganda uni yana xotinlikka 
so‘ratgani keldi. Men unga: «Men seni uylantirdim, uy-joyli qildim, izzat-ikrom qildim, 
sen bo‘lsang, uni taloq qilib, endi yana xotinlikka so‘ratgani kelding, Olloh taolo haqi, 
endi sira ham uni senga qaytarib bermaymiz!» — dedim. U yomon odam ermasdi
singlim ham unikiga qaytib bormoqni istardi. Shunda Olloh taolo «Ularga to‘sqinlik 
qilmangizlar!» degan oyati karimasini nozil qildi. Men Janob Rasulullohga: «Endi 
to‘sqinlik qilmayman, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Uni eriga (qayta) turmushga 
ber!» — dedilar». 
 
37-bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror 
yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak? 
 
Mugiyra ibn Shu’ba bir ayolni (amakisining qizini)o‘ziga so‘rattirdi, u uning eng yaqin 
kishisi erdi. Shunda u bir kishiga (qizning o‘zidan bo‘lak yaqin kishisiga) buyurib erdi, u 
uni qizga uylantirib qo‘ydi. Abdurrahmon ibn Avf Ummu Hakim binti Qorizga: «Uzingni 
menga topshirasanmi?»—dedi. U «Ha»—deb javob berdi. Abdurrahmon unga «Bo‘ldi, 
senga uylandim!» — dedi. Ato qizni ishonti-rish yoki qizni o‘ziga nikohlab qo‘yishni uning 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
qarindoshlaridan biriga buyurish maqsadida «Bo‘ldi, men seni nikohimga oldim»— dedi. 
Sahl rivoyat qiladiki, bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Men o‘zimni sizga 
bag‘ishladim!» — dedi. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga 
ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. 
 
Oisha raziyallohu anho Olloh taoloning «Odamlar sizdan ayollar xususida fatvo 
so‘raydilar, siz aytipgizki, Olloh taolo sizlarga fatvo berur» degan oyati haqida so‘zlab: 
«Bu oyat yetim qizlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, yetim qiz, odatda, biror kishining 
qo‘lida parvarish topayotgan va o‘z molini xojasining moliga qo‘shib tasarruf qilayotgan 
bo‘ladi. Xoja ersa unga o‘zi uylanmoqchi bo‘ladi, chunki u qizning molini qizg‘anib, uni 
birovga erga bergisi kelmaydi. Shul boisdan, Olloh taolo bunday kishilarni o‘z qo‘llarida 
parvarish topayotgan yetim qizlarga uylanmoqdan qaytardi» — dedilar. 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:«Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida 
o‘ltirib erdik, bir ayol o‘zini ul zotga bag‘ishlagani (taklif qilgani) keldi. Ul zot unga bir 
tikilib qarab, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, indamadilar. Shunda sahobalaridan 
biri «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Ul zot «Mahrga berarlik 
biror narsang bormi?» — dedilar. U «Menda hechnarsa yo‘q»,— dedi Ul zot «Loaqal, 
bitta temir uzuk top!» — dedilar. U «Hatto temir uzuk ham yo‘q, ammo mana bu 
choponimni ikkiga bo‘lib, yarmini unga beraman, yarmini o‘zim olaman»,— dedi. Ul zot 
«Io‘q, bo‘lmaydi. Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha», — dedi. Ul zot 
«Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga unga ega qildik!» — 
dedilar» 
 
38-bob Kishining o‘z qizaloqlarini (balog‘atga yetmagan qizchalarini) birovga 
nikohlab qo‘ymogi haqida 
 
Olloh taolo «Va hayz ko‘rmagan yosh qizchalarning ham iddalari uch oydur» degan qavli 
birlan (balog‘atga yetmay birovga nikohlab qo‘yilgan) qizchalarning ham iddalarini uch 
oy, deb belgilab ko‘ydi («At-Talok;» surasi, 4-oyat) 
 
Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti 
yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar, u Janob 
Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashagan» 
 
39-bob Otaning o‘z qizini yoshi ulug‘ kishiga erga bermog‘i haqida 
 
Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hafsani o‘zlariga xotinlikka 
so‘ratdilar, men ul zotni nikohlab qo‘ydim»,— deydilar 
 
Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti 
yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar Oisha 
Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashaganliklari haqida aytganlar» 
 
40-bob. Sulton (hukmdor) — valiydir! 
 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring 
evaziga bu xotinga uylantirdik!» — deb aytganlar. 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Men 
o‘zimni sizga hadya qildim!» — dedi-da, uzoq kutib turib qoldi. Shunda bir kishi «Agar 
sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!»—dedi. Ul 
zot «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Mening izorimdan bo‘lak hech 
vaqom yo‘q»,— dedi. Ul zot «Agar izoringni unga bersang, izorsiz qolasanku! Boshqa 
biror narsa topib kel!»—dedilar. U «Hech narsa topolmadim»,— dedi. Ul zot «Loaqal, 
bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U topib kelolmadi. Shunda ul zot 
«Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha, falon va falon suralarni 
bilaman»,— deb o‘zi bilgan suralarning nomini aytdi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan 
narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar» 
 
41-bob. Ota yoki shu kabi kishilar bokira yoki juvonni ularning roziligisiz 
nikohlamasligi lozim! 
 
Abu X,urayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
«Tul ayolni, uning o‘zi birlan maslahatlashilmay va bokirani, uning o‘zidan ijozat 
so‘ramay, nikoxlab qo‘yilmaydi»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, bokira qiz qanday 
qilib ijozat beradi?» («Ha»,— deydi?)» — deyishdi Ul zot: «Agar sukut qilsa, (rizo 
bo‘lganidur)» — deb javob qildilar» 
 
Abu Amr rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho «Yo Rasulalloh, bokira hayo qiladi-
ku!» — dedilar. Janob Rasululloh «Sukut qilgani rizo bo‘lganidur » — dedilar». 
 
42-bob Agar kishi o‘z qizini erga bersa-yu, u rizo bo‘lmasa, nikoh bekordur! 
 
Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’ rivoyat qilishadi «Xanso’ binti 
Xuzom al-Ansoriyani otasi erga berdi. U juvon bo‘lib, nikohni rad etdi. Keyin, Janob 
Rasulullohning huzurlariga kelib bor gapni aytib erdi, ul zot nikohni bekor qildilar» 
 
Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’. «Bir kishi Xuzomdan «Qizingni 
menga nikohlab qo‘ygil» — deb iltimos qildi, u uni unga nikohlab qo‘ydi» — deb rivoyat 
qilishadi. 
 
43-bob Yetim qizni erga bermoq haqida. Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar 
yetim qizlarga noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga 
olingizlar (xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini...) 
 
Bir kishi valiyga (ayolning homiisi yoki yaqin qarindoshiga) «Meni falonchi ayolga 
uylantirib quyingiz!» — degach, uzoq vaqt kutib qolsa yoki valiy «Mahriga berarlik 
nimang bor» — deb so‘raganda, u «Falon va falon narsam bor» — deb ayqa-yu, valiy 
«Biz seni unga uylantirdik!»—desa, joizdur»,— deydilar. Sahl Janob Rasulullohni 
nazarlarida tutib. 
 
Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan «Ey onajon, Olloh taoloning «Va 
agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar 
(«mulklaringiz bo‘lgan cho‘rilar bo‘lur» degan qavligacha)» degan oyati karimasi kimlar 
xususida nozil bo‘lgan?» — deb so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar: «Ey jiyanim, 
odatda yetim qiz biror valiyning qo‘lida parvarish topayotgan bo‘ladi, valiy ersa yetim 
qizning jamoli va moliga qiziqib, unga to‘la mahr bermay uylanishga intiladi. Shul 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
boisdan ham, valiylar (etim qiz parvarish qilayotgan kishilar) yetim qizlarga 
uylanmokdan qaytarildilar». 
 
44-bob Agar kuyov bo‘lmish kishi valiyga: «Meni falonchi ayolga uylantirib 
o‘yingiz!» — desa-yu, valiy: «Biz seni falon va falon narsalar evaziga bu ayolga 
uylantirdik!» — deb ayqa, agarchi kelin bo‘lmishga «Rozimisan?» yoki «Qabul 
qildingmi?» demasa qam, nikoh joizdur! 
 
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, 
o‘zini ul zotga taklif qildi. Ul zot «Bugun mening ayollarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Bir 
kishi «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» - dedi. Ul zot «Mahrga 
nimang bor'»—dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi Ul zot «Unga loaqal bitta temir 
uzuk bo‘lsa ham, bergin!» — dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi. Ul zot «Qur’ondan 
nimalarni bilasan?» — dedilar. U «Falon va falon suralarni»,— dedi. Ul zot «Biz seni 
Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!»— dedilar». 
 
45-bob Kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni (qizni) xotinlikka 
so‘ratmaydi, birodarining uni o‘z nikoxiga olmog‘ini yoki undan voz 
kechmog‘ini kutadi. 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam biringiz savdolashib qo‘ygan narsa ustida ikkinchingizning savdolashmo-gingizdan 
hamda kishining o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni, toki ul undan voz kechgunicha 
yoki unga o‘zi ruxsat bergunicha, xotinlikka so‘ratmogidan qaytardilar» 
 
Abu Hurayra Janob Rasulullohdan nakl qilib: «Badgumon bo‘lmangizlar, badgumonlik 
eng bo‘lmagur gapdur. Gap poylamangizlar, gap tashimangizlar va bir-biringizdan 
nafratlanmangizlar, Olloh taoloning o‘zaro aka-uka bandalari bo‘lingizlar, kishi o‘z 
birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni xotinlikka so‘ratmasin, birodarining uni o‘z nikohiga 
olmogini yoki undan voz kechmogini kuqin!»—deydilar». 
 
46-bob. Xotinlikka so‘ralgan ayoldan voz kechmoqlikningtafsiri 
 
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar qizlari Hafsa tul 
qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Men Abu Bakrni uchratib: «Agar istasangiz, 
qizim Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim-da, bir necha kecha kutdim. Keyin, uni 
Janob Rasululloh o‘zlariga so‘ratdilar. Shundan so‘ng, men Abu Bakrni uchratib qoldim, 
ul kishi menga: «Sening menga qilgan taklifingga ijobiy javob bermogimga faqat bir 
narsa mone’lik qilgan erdi, u ham bo‘lsa men Janob Rasulullohning Hafsa haqida 
eslaganlarini bilar erdim, men ul zotning sirlarini oshkor qilolmas erdim, agar undan voz 
kechganlarida, men uni qabul qilgan bo‘lar erdim!» — dedilar». 
 
47-bob. Nikohdagi xutba haqida 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mashriqdan ikki kishi kelib xutba o‘qidi. 
Shunda Janob Rasululloh: «Ba’zi bayonlarda sihr bordur!» — dedilar». 
 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
48-bob. Nikohda doira chalmoq hamda ziyofat qilmoq xususida 
 
Rabi’ binti Mu’avviz ibn Afro’ rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh menga qo‘shilmoq bo‘lib 
huzurimga kirganlarida, hozir sen o‘ltirganingdek to‘shagimga o‘ltir-dilar. Joriya 
qizlarimiz doira chalishib, Badr gazotida shahid bo‘lgan ota-bobolarim haqida yiglab 
kuylay boshlashdi. Ulardan biri: «Bizning oramizda payg’ambar borlar, ul zot ertangi 
kundan boxabarlar» — deya kuylar erdi. Shunda ul zot: «Bu qo‘shigingni bas qilgil, 
avvalgi qo‘shigingni aytavergil!» — dedilar». 
 
49-bob. Olloh taoloning «Va beringizlar xotinlarga ularning mahrlarin 
xursandlik ila!» hamda «Va bergan bo‘lsangizlar dastlabki xotinlaringizga ko‘p 
bir molni, qaytarib olmangizlar ul moldan hech bir narsani!», shuningdek «Yoki 
ularga biror mahr muqarrar qilmay turib» degan qavllari xususida 
 
Sahl aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Loaqal, bitta temir uzuk 
bo‘lsaham!»—deb aytibdilar. 
 
Anas rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga 
uylandi. Janob Rasululloh uni kuyovlik libosida ko‘rib, undan bir narsa haqida so‘radilar. 
U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi». 
 
50-bob. Qur’on evaziga (mahr bermay) uylantirib qo‘ymoq haqida 
 
Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
huzurlaridagi bir qavm orasida erdim. Shunda, bir ayol o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» 
— deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot indamadilar. 
Keyin, u yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga 
hadya qilganligini aytdi. Ul zot yana indamadilar. U yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» 
—deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Shunda bir kishi o‘rnidan 
turib: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» — dedi. Ul zot: «Mahriga 
berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bitta 
temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U borib qidirib keldi-da: «Hech narsa yo‘q, 
hatto temir uzuk ham topolmadim»,— dedi. Ul zot: «Qur’ondan biror narsa 
bilasanmi?»—dedilar. U: «Men Qur’ondan falon va falon suralarni bilaman»,— dedi. Ul 
zot: «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga 
uylantirdik!» — dedilar». 
 
51-bob. Mahrning na hajmi va na vazni muhim ermas! Masalan, temir uzuk 
 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanayotgan bir 
kishiga: «Loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham!» — deb aytdilar». 
 
52-bob. Nikohdagi shartlar 
 
Hazrat Umar: «Ayollar farjining qonuniy halol bo‘lmog‘i nikoh shartlarining to‘la-to‘kis 
bajarilmog‘iga bog‘likdur!» — deydilar. 
 
Misvar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘z kuyovlari 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
haqida so‘zlayotib, uning o‘zlariga munosib kuyovlik qilayotganini aytganlarini hamda 
unga tasannolar o‘qib, maqtaganlarini eshitdim». 
 
53-bob. Nikohdagi makruq shartlar haqida 
 
Ibn Mas’ud: «Ayol o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini shart qilib qo‘ymasin!» — deydilar. 
 
Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Ayolning o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini talab qilmog‘i makruhdur. Bunday ayolning 
beti qursin! Zero, unga ham ko‘z tikkan balo bordur!» — dedilar». 
 
54-bob. Uylangan kishining qo‘lidagi sarig‘ dog‘ haqida 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, uning qo‘lida bir sarig‘ narsaning dog‘i 
bor erdi. Ul zot undan bu dog‘ning nimaning dog‘i erkanligini so‘radilar. U bir ansoriya 
ayolga uylanganini aytdi. Ul zot: «Unga qancha mahr berding?» — dedilar. U: 
«Danakdek keladirgan oltin»,— dedi. Ul zot: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgil!» — 
dedilar». 
 
55-bob. 
 
Humayd raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Zaynabga uylanganlarida har safar uylanganlarida qilganlaridek, mu-sulmonlarni 
ziyofat qilganlar-ku!» — dedi-da, mo‘minlarning onalari hujralariga borib, ularni duo 
qildi, ular ham uni duo qilishdi. Keyin, qaytib ketayotganida ikki kishini ko‘rib, yana 
orqasiga qaytdi. Usha ikki kishining chiqib kelayotganini men o‘zim unga xabar qildimmi 
yoki birov xabar qildimi, buni bilmayman». 
 
56-bob. Uylangan kishi qanday duo qilinadi? 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Abdurrahmon ibn Avfda sarig‘ dog‘ borligini ko‘rib: «Bu nima?»—dedilar. U: «Men 
danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi. Ul zot: «Borakalloh, bir 
qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgin!» — dedilar». 
 
57-bob. Kelinni kuyovning huzuriga kuzatgan ayollarni hamda kelinni duo 
qilmoq haqida 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga 
uylandilar. Shunda, onam qoshimga kelib, meni hovliga olib kirdilar. Uyda ko‘pgina 
ansoriya ayollar bo‘lib, ular menga xayru baraka va baxtli turmush tiladilar». 
 
58-bob. G’azotdan ilgari ayoliga qo‘shilmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql qilib bunday 
deydilar: «Payg‘ambarlardan biri g‘azotga otlangach, o‘z qavmiga: «Birorta ham kishi 
xotinlarini olib mening ketimdan g‘azotga ergashmasin, chunki u xotiniga yaqinlik 
qilmoqni xohlagani birlan, yaqinlik qilolmaydi, g‘azotda bunga imkon yo‘q!» — dedi». 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling