Abu abdulloh
-bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-bob. Xotindan sodir bo‘ladirgan baxqizlik xususida. Olloh taolo: «Darhaqiqat, xotinlaringizdan va bolalaringizdan ayrimlari sizga dushmandur!»—deydi
- 18-bob. Qo‘l ostidagi ozod ayol xususida
- 19-bob. To‘rttadan ziyod xotinga uylanilmaydi. Olloh taolo: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— degan
- 21-bob. «Ikki yil emizgandan so‘ng, emizish yo‘q!» degan shaxs xususida. Olloh taolo: «(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bul
- 22-bob Emishgan erkak xususida
- 23-bob Emizgan ayolning guvohligi haqida
- 24-bob Qaysi ayollarga uylanmoq halol va qaysi ayollarga uylanmoq haromdur Olloh taoloning qavli: «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz va qizlaringiz va
- 25-bob Olloh taoloning «Va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari...» degan qavli xususida
- 26-bob. Ikki singilni (opa-singilni) bir nikohda jam’ qilmoqlaringiz qam sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur...»
- 27-bob. Ayol o‘z ammasi ustiga nikohlanmaydi!
- 28-bob. Qizini yoki singlisini birovga uning qizi yoki singlisiga uylanish sharti birlan erga berish haqida
- 29-bob. Ayol o‘zini o‘zi biror erkakka bag‘ishlasa, joizmi
- 30-bob. Ehromdagi kishining nikohi (eqromdagi kishining uylanmog‘i) haqida
- 32-bob. Ayolning o‘zini o‘zi solih erkakka taklif qilmog‘i haqida
- 33-bob. Insonning o‘z qizi yoki singlisini xayriyat ahliga (xotinlikka) taklif qilmog‘i xususida
- 34-bob. Olloh azza va jallaning qavli: «Va gunoh bo‘lmas sizlarga ishora ila ul xotinlarga nikoh payg‘omini bersangizlar yoki (ul muddaoni) dillaringizda
16-bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar «Ey jiyanim, yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘ladi, u ersa qizning jamoli va moliga ega bo‘lib olmoqchi bo‘ladi-da, unga kam mahr berib uylanmoqqa intiladi. Shul boisdan ular (valiylar) yetim qizlarga uylanmoqdan qaytarildilar, ammo yetim qizlarga insof qilib, mahrini to‘la-to‘kis bersalar, ularga uylanishlari mumkin bo‘ldi, aks holda ulardan bo‘lak ayollarga uylanish buyurildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan fatvo so‘rashib erdi, Olloh taolo «Va ey habib, odamlar sizdan xotinlarni nikohlariga olmoq xususida fatvo surarlar Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 267 («nikohlaringizga olmoqchi bo‘lasizlar ularni» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taolo ularga «Agar yetim qiz go‘zal va badavlat bo‘lsa, to‘la mahr bermay unga uylanishga intildingizlar, agar xunuk yoki kambag‘al bo‘lsa, ularni qo‘yib, boshqa ayollarga uylandingizlar»,— dedi. Yetim qizlarni kambag‘al yoki xunuk, deb ularga uylanmaganlaridan keyin, ularning husni va jamoli uchun ham uylanmoqlariga yo‘l yo‘qdur. Ammo, ularga insof qilib, to‘la-to‘kis mahr bersalar, uylanmoqlari mumkindur» 17-bob. Xotindan sodir bo‘ladirgan baxqizlik xususida. Olloh taolo: «Darhaqiqat, xotinlaringizdan va bolalaringizdan ayrimlari sizga dushmandur!»—deydi Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Baxqizlik xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar». Ibn Umar: «Odamlar Janob Rasulullohning huzurlarida baxqizlik xususida so‘zlashdi. Shunda, ul zot «Agar biror narsada baxqizlik bo‘lsa, u ham xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar». Sahl ibn Sa’d bunday deydilar. «Janob Payg‘ambarimiz alayhissalom «Agar biror narsada (baxqizlik) bo‘lsa, u ham otda, xotinda va xonadondadur»,— dedilar». Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar. «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Uzimdan keyin erkaklarga xotinlardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim»,—dedilar». 18-bob. Qo‘l ostidagi ozod ayol xususida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Bariraga nisbatan uch sunnatni ado etmog‘im kerak erdi, men uni ozod qilib, so‘ng eri huzuriga borish yoki qolish ixtiyorini o‘ziga berdim. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaver, unga homiylik huquqi ozod qilgan shaxsning qo‘liga o‘tadi»,— degandilar. Bir kuni Janob Rasululloh hujramga kirib keldilar, shunda qozon ostiga o‘t qalangan erdi. Ul zot taom hidini sezib: «Qozon ko‘rinmaydimi?» — dedilar. Men: «Bariraga sadaqa qilingan go‘shtni (qozonga solib qo‘yganman), darvoqe siz sadaqa yemaysizku!» — dedim. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan, bizga ersa hadyadur»,— dedilar». 19-bob. To‘rttadan ziyod xotinga uylanilmaydi. Olloh taolo: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— degan Ali ibn Xusayn raziyallohu anhu: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— dedilar. Olloh taolo: «(Farishtalarning ham) ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan qanotlari bor-dur»— deydi, ya’ni «ikkita, uchta va to‘rtta». Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimaning mazmuni shuki, yetim qiz o‘z xojasining nazoratida (qo‘l ostida) bo‘ladi, xojasi uning moliga ega bo‘lib olmoq niyatida unga uylanadi, keyin unga na yaxshi muomala qiladi va na uning moli xususida adolat qiladi, bas bundaylar ta’blari suygan boshqa xotinlardan ikkitasi, uchtasi va to‘rttasiga uylansinlar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 268 20-bob. «Va sizlarni emizgan onalaringizni...» va (sizlar birlan) emishganlarni va nasab jihatidan ta’qiqlanganlarni (nikohingizga olmog‘ingiz) haromdur! Janob Rasululloh Oisha onamizning huzurlarida erkanliklarida Oisha onamiz bir kishining Hafsa raziyallohu anhoning huzuriga kirmoqqa ijozat so‘rayotganini eshitib-dilar. Oisha onamiz bunday deydilar: «Shunda, men: «Yo Rasulalloh! Anavi kishi hujrangizga kirmoqqa izn so‘rayotir»,— dedim. Ul zot: «Kimligini ko‘rib turibman, u Hafsaning emishgan amakisi bo‘ladi»,— dedilar. Men: «Agar shunday bo‘lsa, u holda uning emishgan amakisi mening ham huzurimga kirishi mumkin erkan-da?» — dedim. Ul zot: «Ha, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham shuni man’ qiladi»,— dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga: «Hamzaning qiziga uylanmaysiz-mi?» — deyishdi. Ul zot: «Ul qiz mening emishgan akamning qizlari bo‘ladi!»—dedilar». Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedi. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?» — dedilar. U: «Ha, men sizga qarshilik qilmayman, mening baxtimga singlim ham sherik bo‘lmog‘ini istayman!» —dedi. Ul zot: «Bu menga sira ham mumkin ermas!» — dedilar. U: «Biz sizni Ummu Salamaning qiziga uylanmoqchisiz, deb yuribmiz!»—dedi. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Hatto u mening qo‘limda tarbiyalanmayotgan qiz bo‘lganida ham bu menga mumkin ermas. Axir, u mening emishgan akamning qizi-ku! Men birlan Abu Salamani Suvayba emizgan-ku! Menga qizlaringizni ham, singillaringizni ham taklif qilmangizlar!» — dedilar. Urva bunday deydilar: «Suvayba Abu Lahabning cho‘risi bo‘lib, u uni ozod qilgan erdi, keyin Suvayba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni emizdi. Abu Lahab o‘lgach, uning oila a’zolaridan biri uni tushida ko‘rdi. U tushida Abu Lahabga: «Qanday savobli ishlaring borligini bilding?» — dedi. Abu Lahab: «Sizlarni tark etgach, Suvaybani ozod qilganimdan bo‘lak biror savobli ishim borligini ko‘rmadim!» — dedi». 21-bob. «Ikki yil emizgandan so‘ng, emizish yo‘q!» degan shaxs xususida. Olloh taolo: «(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bul hukm emizish muddatin nihoyasiga yetkazmoqni istaganlar uchundur»,— deydi («Al-Baqara» surasi, 233- oyat). Kam va ko‘p (oz va ko‘p muddat) emizishga nima mone’lik qiladi? Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaning hujrasiga kirib kelganlarida uning huzurida bir kishi o‘ltirgan erdi. Shunda ul zotning yuzlari o‘zgargandek bo‘ldi, go‘yoki uni yoqtirmagandek bo‘ldilar. Oisha buni sezib: «Bu mening (emishgan) ukam!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ukalarimdan biri, deb hisobladingmi? Emishganlik ochlikdan sut emadirgan go‘daklik chog‘idadur!»— dedilar». 22-bob Emishgan erkak xususida Urva bunday deydilar «Abulqu’aysning birodari Oishaning huzurlariga kelib, ichkariga kirmoqka izn so‘radi. U Oishaning emishgan amakilari bo‘lib, bu voqea «Hijob» oyati Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 269 nozil bo‘lgandan keyin sodir bo‘lgan erdi «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— mening ul kishiga ruxsat bergim kelmadi, keyin Janob Rasululloh kelganlarida qilgan ishimni aytdim. Janob Rasululloh ul kishiga ruxsat bermog‘imni amr qildilar» 23-bob Emizgan ayolning guvohligi haqida Ubayd ibn Abu Maryam rivoyat qiladilar: «Uqba bunday dedi: «Men bir ayolga uylandim. Keyin, bir qora xotin huzurimizga kelib «Men ikkalangizni ham emizganman»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga borib «Yo Rasulalloh, men falonchi qizi falonchiga uylanib erdim, bir qora xotin huzurimizga kelib, ikkalamizni ham emizganini aytdi, lekin u yolg‘on gapiryapti»,— dedim. Shunda ul zot yuzlarini teskari o‘girib oldilar, men ro‘paralariga aylanib o‘tib, yana «U yolg‘onchi!» — dedim. Ul zot «U birlan qandai yashaysan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini ta’kidlayapti-ku! Uni qo‘ygil!» — dedilar». 24-bob Qaysi ayollarga uylanmoq halol va qaysi ayollarga uylanmoq haromdur? Olloh taoloning qavli: «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz va qizlaringiz va singillaringiz va ammalaringiz va xolalaringiz va birodarlaringiz qizlari va singillaringiz qizlari va sizlarni emizgan onalaringiz (ya’ni, enagalaringiz) va emishgan singillaringiz va xotinlaringiz onalari va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari (ya’ni, o‘gay qizlaringiz) va agar sizlar ularning onalari ila birga yotmagan bo‘lsangizlar, ul holda sizlarga bu gunoh bo‘lmas va shuningdek, o‘z pushtlaringizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz xotinlariga uylanmoqlaringiz va ikki singilni (opa-siigilni) bir nikoxda jam’ qilmoqlaringiz ham sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur, darqaqiqat Olloh taolo mag‘firat qilguvchi, nihoyatda shafqatli zotdur!» («An-Niso» surasi, 23-oyat) Anas raziyallohu anhu Olloh taoloning «Va erli xotinlar ham (sizlarga xarom qilindi), (kofirlarning sizlar gazotda asir olib) mulkingizga aylangan xotinlari bundan mustasnodur» degan oyati karimasi xususida gapirib: «Kishi o‘z joriyasini o‘z qulidan tortib olsa, hechqisi yo‘q, ammo mushrika ayollarga, ular mo‘mina bo‘lmagunlariga qadar, uylanmangizlar!» —deydilar. Ibn Abbos «Onasi, qizi va singlisiga uylanmoq harom qilingani kabi, to‘rttadan ortiq ayolga uylanmoq ham haromdur!» — deydilar. Ibn Abbos «Nasabdosh ayollardan yetti nav’iga (ona, qiz, singil, amma, xola, birodarlar qizi, singillar qizi) va emishganlardan yetti nav’iga (emizgan enaga, emishgan singil, qaynona, o‘gay qiz, kelin, qaynsingil, kelinoyi) uylanmoq haromdur»,— dedilar, so‘ng Olloh taoloning «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz» deb boshlanadirgan oyati karimasini qiroat qildilar. Abdulloh ibn Ja’far bir vaqtning o‘zida Alining qizlari birlan (uning onasidan bo‘lak) ayollariga uylanganlar. Ibn Sirin «Buning hechqisi yo‘q»,— deydilar Hasan ersalar, avval buni «makruh» deb, keyin «buning zarari yo‘q» deb aytganlar. Hasan ibn Hasan ibn Ali bir kechada amakining (onasi boshqa-boshqa) ikki qiziga uylanganlar Jobir ibn Zayd buni qarindoshlik munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligidan «makruh» deb, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 270 «Aslida bunga ta’qiq yo‘q, chunki Olloh taolo (24- oyatda) «Mana shulardan boshqa ayollarga uylanmog‘ingiz sizlarga halol qilindi» — «degan»,— deydilar. Ikrima Ibn Abbosdan naql qilib: «Agar kishi o‘z xotinining singlisi birlan zino qilgan bo‘lsa, unga xotini harom bo‘lib qolmaydi» — deydilar. Abu Ja’far bola birlan uynashgan kishi xususida: Agar u bolaning ortiga kiritgan bo‘lsa bolaning onasiga uylana olmaydi»,— deydilar. Ikrima ibn Abbosdan naql qilib «Agar kishi qaynsinglisi birlan zino qilib qo‘ysa, unga xotini harom bo‘lmaydi» — deydilar. Abu Nasrdan zikr qilinishicha, Ibn Abbos «Xotini harom bo‘ladi»,— deb aytgan erkanlar. Imron ibn Husayn, Jobir ibn Zayd, Hasan va ba’zi iroqliklar «Xotini harom bo‘ladi»—deyishgan erkan. Abu Hurayra «Harom bo‘lmaydi, jimo’ qilaveradi» — deydilar. Hazrat Ali «Harom bo‘lmaydi, bu haqda oyat nozil qilingan»,— deydilar. 25-bob Olloh taoloning «Va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari...» degan qavli xususida Ibn Abbos «Ad-Duxuul va al-masiys va al-limos — jimo’ qilishlikdur. Agar kimki: «Bolamning qizi»,—desa, demak u ham o‘z qizidek bo‘lib, unga uylanmog‘i haromdur»,— deydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Habibaga: «Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!»—deb aytganlar. Shuningdek, o‘g‘illarning bolalarining xotinlari ham o‘g‘illarning xotinlari kabi bo‘lib, uylanmoqqa haromdur. Ugay qiz, agar o‘gay otaning qo‘l ostida parvarish topmayotgan bo‘lsa ham, o‘gay otaning unga uylanmog‘i haromdur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z o‘gay qizlarini uni boqishni o‘z zimmasiga olgan kishiga berganlar. Ul zot qizlarining qizini «qizim» deb ataganlar». Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi sizga darkormi?» — dedim. Ul zot: «Xo‘sh, uni nima qilaman?» — dedilar. Men: «Nikohingizga olasiz»,— dedim. Ul zot: «Shuni xohlaysanmi?» — dedilar. Men: «Sizga bu xususda mone’ligim yo‘q, sizga yetishib erishgan baxtimga singlim ham (menga) sherik bo‘lsa, deyman!» — dedim. Ul zot: «Unga uylanmog‘im mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Men eshitdimki, uylanarmishsiz»,— dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qizigami?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Ugay qizim bo‘lmaganida ham bu menga mumkin ermas, chunki Suvayba meni va uning otasini emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar». Hishom: «Usha qiz Abu Salamaning gavhari erdi»,—deydilar. 26-bob. Ikki singilni (opa-singilni) bir nikohda jam’ qilmoqlaringiz qam sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur...» Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedim. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?»—dedilar. Men: «Ha, sizga bul xususda qarshilik qilmayman, men singlimning baxtimga sherik bo‘lmog‘ini xohlayman!»—dedim. Ul zot: «Bu menga mumkin ermas»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «gavhar» qiziga uylanmoqchisiz deb gapirib yuribmiz»,— dedim. Ul zot: «Abu Salamaning qiziga?»—dedilar, Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Hatto u mening qo‘l ostimda parvarish topmayotgan bo‘lganida ham, bu menga mumkin ermas, chunki u mening emishgan akamning qizi bo‘lib, Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 271 Suvayba men birlan Abu Salamani emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar». 27-bob. Ayol o‘z ammasi ustiga nikohlanmaydi! Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolning o‘z ammasi yoki xolasining ustiga nikohlanmog‘ini man’ qildilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayol na ammasi va na xolasi birlan bir nikohga jam’ qilinmaydi!» — dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolni o‘z ammasi ustiga ham, xolasi ustiga ham nikohlamoqdan qaytardilar. Biz ayolning xolasini ammasi maqomida, deb bilurmiz. Chunki, Oisha onamiz: «Nasab jihatidan ta’qiqlanganlari kabi, emishganlik jihatidan ham ta’qiqlangandurlar»,— deb aytganlar». 28-bob. Qizini yoki singlisini birovga uning qizi yoki singlisiga uylanish sharti birlan erga berish haqida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «shig‘or»dan qaytardilar, «shig‘or» — bir kishining o‘z qizini (yoki singlisini) birovga uning qiziga (yoki singlisiga) uylanish sharti birlan erga berishidur. Bunda har ikki tomon ham mahr bermaydi». 29-bob. Ayol o‘zini o‘zi biror erkakka bag‘ishlasa, joizmi? Hishom otalaridan nahl qiladilar: «Xavla binti Hakim o‘zlarini o‘zlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bagishlagan (hadya qilgan) ayollardan biri erdi. Oisha onamiz bunday deydilar: «Ammo, ayol o‘zini o‘zi erkakka bag‘ishlamoqdan hayo qiladi. Olloh taoloning «Ulardan (xotinlaringizdan) istaganingizning navbatini keyinga surmog‘ingiz sizga joizdur» degan qavli nozil bo‘lganda, men Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, parvardigoringizning sizning xohishingiz xususidagina oshiqayotganini ko‘ryapman!» — dedim». 30-bob. Ehromdagi kishining nikohi (eqromdagi kishining uylanmog‘i) haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘la turib, uylandilar». 31-bob. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muvaqqat nikohdan qaytardilar Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar gazoti vaqtida muvaqqat nikoh (nikohul-mut’a)dan va xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar». Abu Hamza rivoyat qiladilar: «Men odamlarning Ibn Abbosdan muvaqqat nikohga ijozat so‘rashganini eshitganman. Shunda ul kishi ularga ruxsat berib erdilar». Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 272 Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Abu Hamzaga: «Vunga noiloj ahvolda qolinganda, ayollar yetishmaganda va shunga o‘xshash hollardagina ruxsat qilingan»,— deb aytibdilar. Salami ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Biz lashkarlar orasida turgan erdik. Shu payt Janob Rasululloh oldimizga kelib: «Quloq solingizlar, deb sizlarga aytilgan, endi quloq solingizlar!» — dedilar». Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar biror erkak va ayol o‘zaro (muvaqqat nikohga) kelishsalar, ul holda ularga uch kecha ishrat qilmoqlik joizdur va agar bundan ziyodroq yoki kamroq ishrat qilmoqni ixtiyor qilsalar, buni o‘zlari kelishib oladilar»,— dedilar. Bu hukm faqat biz g‘azotda yurganlarga taalluqlimidi yoki barchagamidi, buni bilmayman». Abu Ubaydulloh: «Bu (ya’ni, muvaqqat nikohga berilgan ruxsat) keyin bekor qilingan»,— deydilar. 32-bob. Ayolning o‘zini o‘zi solih erkakka taklif qilmog‘i haqida Sobit al-Bunoniy rivoyat qiladilar: «Men Anasning huzurida erdim, qizi ham shu yerda erdi. Anas: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, o‘zini o‘zi ul zotga taklif qilib. «Yo Rasulalloh, menga ehtiyojingiz bormi?»—dedi»—deb aytdi. Anasning qizi: «Voy behayo, voy sharmanda, voy sharmanda!» — dedi. Anas qiziga: «U sendan yaxshiroqdur, chunki u Janob Rasulullohga yetishmoqni rag‘bat qilib, o‘zini o‘zi ul zotga taklif qildi!» — dedi». Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol o‘zini o‘zi Janob Rasulullohga taklif qildi. Shunda bir kishi ul zotga: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. Janob Rasululloh: «Mahriga nimang bor?»— dedilar. U. «Hech vaqom yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!»— dedilar. U uyiga borib keldi-da: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech narsa yo‘q, hattoki temir uzuk ham topolmadim, ammo mana bu izorim (ishtonim)ning yarmi unga (mahr) bo‘la qolsin!»— dedi. Bechoraning egnida ridosi (ko‘ylagi) ham yo‘q erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahr qilasan, axir uni sen kiysang, xotiningga, u kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku!»— dedilar. Boyagi kishi tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib, o‘ltirib qoldi. Anchadan keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, unga ko‘zlari tushdi, uni yonlariga chaqirib (yoki chaqirtirib); «Qur’ondan nimalarni bilasan?», — dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — dedi-da, o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Biz seni bu ayolga ega qildik!» — dedilar». 33-bob. Insonning o‘z qizi yoki singlisini xayriyat ahliga (xotinlikka) taklif qilmog‘i xususida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hafsa binti Umar Janob Rasulullohning sahobalaridan biri bo‘lmish Xaniys ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot etib tul qolgan kezlarda Hazrat Umar al-Xattob bunday deb erdilar: «Men Usmon ibn Affonning huzuriga borib, Xafsani unga (xotinlikka) taklif qildim. U menga: «Biroz uylab ko‘rayin»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim, keyin u menga uchrab: «Shu kunlarda Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 273 uylana olmaydirgan ko‘rinaman»,— dedi. Keyin, men Abu Bakr as-Siddiqni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, (qizim) Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman»,— dedim. Ul kishi menga lom-mim demadilar, men Usmondan ko‘ra ul kishidan ko‘proq xafa bo‘ldim. Bir necha kecha kutdim. So‘ng, qizim Hafsani Janob Rasululloh o‘zlariga so‘rattirib nikohlariga oldilar. Keyinchalik, Abu Bakr as-Siddiq meni uchratib: «Xafsani menga (xotinlikka) taklif qilganingda lom-mim demaganim uchun mendan xafa bo‘lgan bo‘lsang kerak»,— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Bakr as-Siddiq: «Sen menga taklif qilgan narsa xususida javob bermogimga Janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘lganimgina mone’lik qilgan erdi, men ul zotning sirlarini oshkor qila olmas erdim, agar Janob Rasululloh uni olmaganlarida, men olgan bo‘lur erdim»,—dedilar». Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanasiz, deb yuribmiz!»— dedi. Janob Rasululloh: «Ummu Salamaga uylanmogim mumkinmi? Ummu Salamaga uylanmogim munkin bo‘lmaganidan keyin, uning qiziga ham uylanmogim mumkin ermas, chunki uning otasi mening emishgan birodarimdur!» — dedilar». 34-bob. Olloh azza va jallaning qavli: «Va gunoh bo‘lmas sizlarga ishora ila ul xotinlarga nikoh payg‘omini bersangizlar yoki (ul muddaoni) dillaringizda saqlasangizlar, Olloh taolo sizlarning ularga (nikoq xususida) zikr qilishingizni biladi va lekin ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida va’dalashmangizlar, illo qoidaga muvofiq biror so‘z ayqangizlar (gunoh yo‘kdur) va to iddadan chiqmaguncha nikohga qat’iy qaror ham qilmangizlar va bilingizlarki, Olloh taolo dillaringizda bor har bir narsani bilib turur, bas undan ehtiyot bo‘lingizlar va bilingizlarki, Olloh taolo mag‘firatli rahimdil zotdur!» («Al-Baqara» surasi, 235-oyat) Yuqoridagi oyatdagi «aknantum» — «ko‘nglingizga tugdingiz», «dilingizda saqladingiz» degan ma’noda bo‘lib, berkitilgan, o‘zgalardan yashirilgan har bir narsani anglatadi. Ibn Abbos oyatdagi «fiymo arraztum bihi min xitbatin-nisoi» degan qavl uaqida so‘zlab: «Masalan, men uylanmoqchi bo‘laman-u, dilimda biror soliha ayolning o‘zimga muyassar bo‘lmogini istayman»,— dedilar. Qosim: «Biror ayolga uylanmoqni diliga tugib qo‘ygan kishi, o‘sha ayolga «Sen menga azizsan, ko‘nglimdagidek ayolsan, Olloh taolo senga xayriyatni ravo ko‘rsin!» kabi so‘zlarni aytmog‘i mumkin»,— deydilar. Ato bunday deydilar: «Ishora ila ma’lum qiladi, oshkora aytmaydi. «Men bir xotin olmoq qasdidaman, xudoga shukrki, sen barcha orzu qiladirgan ayolsan!» deb aytadi, ayol ham erkak qay yo‘sinda gap qilgan bo‘lsa, shunday gap qiladi, zarracha ortiq gap aytmaydi. Ayolning valiysi undan yashirincha birovga va’da bermaydi. Agar ayol iddada o‘ltirgan vaqtida biror kishi birlan va’dalashgan bo‘lsa-yu, keyin u uni o‘z nikohiga olgan bo‘lsa, ularni ajratib bo‘lmaydi». Hasan: «Lo tuvo’iduuhunna sirran» (ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida va’dalashmangizlar) degan qavl zaminida zino mavjud»,— deydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling