Inkor amali. Konyuksiya amali. Dizyunksiya amali
Download 0,6 Mb.
|
2-Mavzu
Mavzu: Mulohazalar. Inkor, konyuksiya va dizyunksiya. Reja:
Rost yoki yolg‘on bo‘lgan darak gap mulohaza deyiladi. Savol shaklidagi gaplar, shaxsning munosabatini bildiruvchi darak gaplar, masalan, "Yashil rang yoqimlidir" mulohaza bo‘la olmaydi. Ayrim mulohazalarning rost-yolg‘onligi bir qiymatli aniqlanmaydi. Masalan, "Bu yozuvchi Toshkentda tavallud topgan" mulohaza tayin bir yozuvchiga nisbatan rost, boshqasiga nisbatan yolg‘on bo'lishi mumkin. 1-misol. Quyidagilardan qaysi biri mulohaza boiadi? Agar u mulohaza boisa, uning rost-yolg‘onligi bir qiymatli aniqlanadimi? a)20:4=80; b) 25-8=200; c)Mcning qalamim qayerda? d)Sening ko‘zlaring moviy rangda. ∆ a) Bu mulohaza va u yolg‘on, chunki 20:4=5 bo‘ladi; b)bu mulohaza va u rost; c)bu so‘roq gap bo‘lgani uchun, u mulohaza boimaydi; d)bu mulohaza, uning rost-yolg‘onligi bir qiymatli aniqlanmaydi, chunki ayrim insonlarga nisbatan u yolg‘on, ayrimlariga nisbatan esa rost. Biz mulohazalarni p, q, r ... harflar bilan belgilaymiz. Masalan, p: Seshanba kuni yomg'ir yog‘di; q: 20:4=5; r: x — juft son. Murakkabroq mulohazalarni tuzish uchun ^ (konyunksiya - "va", "ammo"), v (dizyunksiya - "yoki"), ┐(inkor- "... emas", "... noto‘g‘ri") mantiqiy bog‘lovchilar deb ataluvchi maxsus belgilardan foydalaniladi. Ularni qarab chiqaylik. Inkor. p mulohaza uchun "p emas" yoki "p ekani noto‘g‘ri" shakldagi mulohaza p ning inkori deyiladi va ┐p kabi belgilanadi. Masalan, p: Seshanba kuni yomg‘ir yog‘di mulohazaning inkori ┐p: Seshanba kuni yomg‘ir yog‘madi. p: Madinaning ko‘zi moviy mulohazaning inkori ┐p: Madinaning ko‘zi moviy emas bo‘ladi. Ravshanki, p rost bo‘lsa, ┐p yolg‘on, p yolg‘on bo‘lsa ┐p rost mulohaza bo‘ladi. Bu ma'lumot rostlik jadvali yordamida sharhlanadi. Bunday jadval p ga qarab yangi ┐p mulohazaning rostlik qiymati rost T yoki yolg‘on F ligini aniqlaydi:
Quyidagilardan qaysi biri mulohaza bo‘ladi? Agar u mulohaza boisa, uning rost-yolg‘onligi bir qiymatli aniqlanadimi? a) 11-5=7; b) 12-juftson; c) 2ϵQ;. e) Parallelogramm 4 ta tomonga ega; f) 37 - tub son; g) Sening bo‘ying necha santimetr? h) Barcha kvadratlar to‘rtburchak; i)Qor yog‘moqdami? j)To‘rtburchak parallelogramm emas; Konyunksiya Agar ikki mulohaza "va" so‘zi bilan bog‘lansa, hosil bo‘lgan yangi mulohaza berilgan mulohazalar konyunksiyasi deyiladi. p, q mulohazalarning konyunksiyasi p^q kabi belgilanadi. Masalan, p: Eldor tushlikda palovyedi; q: Eldor tushlikda somsa yedi. Mulohazalarning konyunksiyasi quyidagicha bo‘ladi: p^q: Eldor tushlikda palov va somsa yedi. Ko‘rinib turibdiki, p^q mulohaza Eldor tushlikda ham palov, ham somsa ye-ganda, ya’ni p, q mulohazalarning ikkalasi ham rost bo‘Igandagina rost bo‘ladi. Agar p, q mulohazalarning birortasi yolg‘on bo‘lsa, u holda p^q mulohaza rost bo‘lmaydi. Dizyunksiya Agar ikki mulohaza "yoki” so‘zi bilan bog‘lansa, hosil bo‘lgan yangi mulohaza berilgan mulohazalar dizyunksiyasi deyiladi. p, q mulohazalarning dizyunksiyasi p v q kabi belgilanadi. Download 0,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling