Abu ah ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi


Download 63 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi63 Kb.
#242703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-6-7-8-9-10-11-sinf-tarix-testlar-4 (1)


Bilimlar bellashuvi “ 6- sinf tarix
1- savol . Buyuk Xitoy devoir.
2- savol . Ahmad al - Farg`oniy
3- savol. Qadimgi Xorazim davlati
4- savol. Qadimgi Baqtriya davlati ( xarita)
5- savol . So`ngi paleolit davri.
Javoblar

1. Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko'chmanchi xunnlarning ahyon-ahyondagi hujumlaridan hi-moyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kongligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. Qadim zamonlarda dushman qo'shinlari uchun jiddiy to'siq bo'lib xizmat qilgan, negaki otliq qo'shinlar undan oshib o'ta olmas, qal'alarni shturm bilan zabt etishni esa ko'chman-cliilar hali uddalay olishmasdi.

Podsho va amaldorlari yuz minglab dehqonlarni devor quri-lishida tekindan tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar, cho'kichlar va zambilg'altaklar yordamida barpo etadilar. O'sha kezlar dehqon oilasida o'g'il bola Lug'ilishi musibat o'rnida ko'rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir devor qurilishiga jo'natadilar, uyoqdan tirik qaytib kelish esa hammaga nasib etavermaydi.



2. “ Baytul – hikmada” faoliyat ko`rsatgan olimlardan biri buyuk astronom matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Kasir al Farg`oniy 797- 865 yillarda yashagan. Farg`onada tavallud topgani uchun sharqda Al-Farg`oniy, Yevropada Alfarganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U astronomiya? Matematika , geografiya fanlari bilan shug`ullangan. Damashqda osmon jismlarini harakati va o`rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlarida rahbarlik qildi. 832-833 yilllarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig`ida yer meridiani bir darajasini uzunligini o`lchashda qatnashdi. 861 –yil uning rahbarligidaa Nil daryosi sohilida daryo oqimi sathini o`lchaydigan “Miqyos an-Nil” inshoooti qurildi. Uning bizning davrimizgacha 8 ta asari saqlanib qolgan. Ular orasida “ Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan.1998 –yil oktabda Al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg`onada uning nomi bilan bog` barpo etildi.

3. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Aharnoniylar imperiyasidan mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o'lka aholisi xo'jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan.

Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko'zaliqir shahri xarobalari). Mil. aw. V—IV asrlarda bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo'lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi (Qal'aliqir shahri xarobalari).

Miloddan avvalgi III—II asrlarda Xorazm O'rta Osiyoning yirik antik davlatlari — Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hoi Xorazmda o'ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo'ldi. Jon-bosqal'a va Qo'yqirilganqal'a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo'yqirilganqal'a xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan.

Milodiy II—III asrlarda Tuproqqal'a shahrida bundan ham ulug'vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o'ralgan, devor bur-chaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o'tgan ko'cha shaharni ikki qismga bo'lgan, undan esa yon-atrofga ko'chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashganj

4. Baqtriya davlati hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismi, Tojikistonning janubiy qismi va O’zbekistonning janubiy hududlarida joylashgan edi. Baqtriya davlati g’arbdan Marg’iyona va Xorazm, shimoldan So’g’diyona, sharqdan sak va massagetlar yerlari bilan chegaradosh bo’lgan. Osiyo mintaqasida joylashgan bu davlatning poytaxti – Baqtriya bo’lgan.

5. So`ngi paleolit davrida ( miloddan 40-12 ming yli avval ) ko`pdan ko`p voqealar ro'y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o'zgardi. Odamning o'zi ham, tashqi qiyofasi ham o'zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam— kromanyon odami yashagan edi. So'nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand lhahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko'lbuloq manzilgohining yuqori madaajy-^atlam-laridan, shuningdek, Farg'ona vodiysidan topilgan.

Taxminan 25—30 ming yil muqaddam odamlar ancha Inkomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo'lishgan. Inson endilikda taqinchoq-lar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi.

Shunday qilib, so'nggi paleolitda insoniyat o'z rivojida tag'in bir pog'onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga — urug' jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug'ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug' a'zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qan-cha urug'lar qabilani tashkil etgan.

Turar joylar qurilishi so'nggi paleolit davri odamlarining nnihim ixtirosi bo'ldi. Kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun'iy tarzda olov (yog'och-ni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish) hosil qilishni ham o'rganib oldi.

Bilimlar bellashuvi “ 7- sinf tarix
1- savol . Ulug`bek Rasadhonasi

2- savol . Abu ali ibn Sino

3- savol. Turk xoqonligi davlati

4- savol. Turk xoqonligi davlati ( xarita)

5- savol . Bronza davri


Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling