Abu ali ibn sino ilmiy merosi


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ilmiy me’rosi


Download 43.79 Kb.
bet2/2
Sana20.09.2023
Hajmi43.79 Kb.
#1681935
1   2
Bog'liq
ABU RAYHON BERUNIY, ABU ALI IBN SINO, MUHAMMAD AZ ZAMAHSHARIYLARNING ILMIY MEROSLARI

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ilmiy me’rosi

Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».3 Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.


Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi»,4 deb ta’rif etgan edi.
Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q»,5 deb baho beradi.
Beruniy zamondoshi, ko’xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o’z maqomiga ega bo’lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko’zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari buning isboti bo’la oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma” asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug’ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir.
O’rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o’rin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo’ladi. Bunda Forobiyning falsafada o’z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga o’zining sharqona falsafiy ta’limotini ko’plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo’lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko’plab qimmatbaho yo’l-yo’riqlar, dasturulamal ko’rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir.
Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo’’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar.

– Abu Ali ibn Sino ilmiy merosiga mamlakatimizda ham qiziqish katta, – deydi Turkiyadagi Baxcheshehir universiteti professori Kechkinbara Qodirjon. – Turkiyada allomaning asarlari va ularga oid yangi ilmiy nashrlar deyarli har yili chop etiladi. Ularning ayrim namunalarini Buxoro davlat tibbiyot institutiga tuhfa qildik. Anjumanda ta’kidlanganidek, buyuk ajdodingiz ilmiy merosi shu qadar ulkan ummonki, uni o‘rgangan sayin yangi-yangi javohirlar topaverasiz. Mazkur anjuman Ibn Sinoning boy merosini o‘rganishda dunyo olimlari hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Abu Ali ibn Sino ilmiy merosida falsafaga tegishli asarlar alohida o‘rin egallaydi. Uning falsafiy qarashlari shakllanishida Arastu va Forobiyning ta’siri katta. Lekin Ibn Sino falsafada o‘ziga xos maktab yaratgan betakror mutafakkir ekanini butun jahon keng e’tirof etgan. Anjumanda ham bu fikr alohida ta’kidlandi.
– Islom ta’limotiga asoslangan Ibn Sino falsafasi merosi umuminsoniy ahamiyatga ega, – deydi Isroildagi “Avitsenna” fondi raisi, professor Mixail Sach. – U o‘zidan keyingi nafaqat islom, balki yahudiy va nasroniy falsafiy tafakkuriga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Bunday o‘lmas ta’limot davr chegarasini bilmaydi. Demak, u barcha zamonlarda ezgulikka, ilm-fan taraqqiyotiga, dunyoni anglashga xizmat qilaveradi.
Ibn Sino merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda Ibn Sino jamoat fondining faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotir.
– Keyingi yillarda turli xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqdamiz, – deydi Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi N.Mahmudov. – Ayniqsa, Fransiyadagi “Avitsenna” assotsiatsiyasi va Isroildagi “Avitsenna” fondi ishtirokida buyuk ajdodimizning nafaqat turli sohalardagi ilmiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish, balki xorijda bu boradagi tajribani ommalashtirishda samarali hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Konferensiyada jamoat fondi qoshida Ibn Sino merosini o‘rganish bo‘yicha xalqaro ishchi guruhi tashkil etish haqidagi tashabbusimiz xorijlik olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ayni paytda xalqaro hamkorlarimiz bilan tibbiyot sohasini isloh qilishda xorijda erishilgan eng yaxshi yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda milliy tajribamiz bilan uyg‘unlashtirgan holda, uni tatbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotirmiz.
Anjumanda buyuk mutafakkir ilmiy merosini targ‘ib qilish, uning tavsiyalarini amalda tatbiq etgan bir guruh olim va tashkilotlarga o‘tgan yili Fransiyada ta’sis etilgan Ibn Sino xalqaro mukofoti topshirildi.
Anjuman doirasida mamlakatimiz va xorijlik olimlar tomonidan Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Ibn Sino jamoat fondi bilan mazkur oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Toshkent davlat sharkshunoslik institutida xorijiy olimlarning ma’ruzalari tinglandi.
MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ILMIY ME'ROSI VA HAYOTI.

Bizning zaminimizda azaldan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim Zamaxshariy ham ana shunday ulug‘ siymolardan biridir. Tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi Abul Qosim Mahmud Ibn Umar Zamaxshariy 1075 yil 19 martda Xorazmning Katta Qishloqlaridan biri – Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi unchalik badavlat bo‘lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo‘lgan va Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan.


Alloma haqidagi manbalarda aytilishicha, uning bir oyog‘i yog‘ochdan bo‘lib, tarixchilar bu haqda: “Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko‘rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi”, – deb yozganlar. Og‘ir illat sababli u yoshligidan bir oyoq bo‘lib qolgan va shundan so‘ng otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand o‘sgan Mahmud otasidan o‘zini madrasaga o‘qishga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi. Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zo‘r iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada o‘qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallab, o‘z tirikchiligini birqadar tuzatadi. So‘ng talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Zamaxshariy Buxoroda o‘qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi, maqsadlarining ushalishiga umid bog‘laydi.
1118 yili Zamaxshariy og‘ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmati, mansab va mol-dunyodan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga, asarlar ta’lif etishga astoydil qaror qiladi. Zamaxshariyning o‘z davri ilmlarini to‘liq egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bo‘lgan. Mana shunday ustozlardan biri – til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Zamaxshariy Bag‘dodda shayxulislom Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Abul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan tahsil oldi. Makkada bo‘lganida esa nahv va fiqh bo‘yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayx Sadid Xayyatiy, lug‘at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o‘rgandi.
Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod va Hijozda, ikki marta Makkada bo‘ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rgandi, bu mintaqa geografiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni to‘pladi. Adib ko‘p asarlarini Makkaligida yaratadi. O‘z hayotida chuqur iz qoldirgan Makkada Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. Shu boisdan u Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli laqabga muyassar bo‘ladi.
Zamaxshariy Makkadan qaytib Xorazmda bir necha yil yashaydi va 1144 yil 14 aprelda vafot etadi. Buyuk mutafakkir Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid elliqdan ortiq asarlar yaratgan, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.
Mahmud Zamaxshariy arab tilidagi nazm va nasr bilan yozilgan 60 dan ortiq ilmiy, badiiy, didaktik asarlar muallifidir. Uning asarlari ro‘yhati turli manbalarda turlicha keltiriladi. Jumladan, atoqli nemis sharqshunos olimi K.Brokkelman o‘zining - “Arab adabiyoti tarixi” nomli asarida Mahmud Zamaxshariyning 31 ta asari haqida ma’lumot bergan bo‘lsa , doktor Ahmad Muhammad al-Xufiy -“Az-Zamaxshariy” nomli risolasida uning 48 asari boriligini aytib o‘tadi. Akademik A.Rustamov “Mahmud Zamaxshariy” kitobida allomaning 39 ta asari haqida ma’lumot bor. B.Z.Xolidov o‘z maqolasida Zamaxshariyning 55 ta asar yozganligini ta’kidlaydi. Maxmud Zamaxshariy ilmiy merosining yana bir tatqiqotchisi U.Uvvattov “Nozik iboralar” nomli kitobda allomoning 34 ta asariga oid ma’lumot bergan.
Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosini tatqiqt etish jarayoni izchil davom etmoqda. Eng so‘nggi ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga kelsak, ular alloma qalamiga mansub asarlar sonining ortganligini ko‘rsatadi. Jumladan, 1998-yil Bayrutda Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asari chop etildi. Mazkur asarning muqaddima qismida tatqiqotchi olim Muhammad Bosul Uyun as-Sud alloma asarlarning ro‘yhatini keltirgan. Ularning soni 65 ta . Allomaning mazkur asarlari orasida nomga fanga ma’lum, lekin o‘zi topilmagan asarlari ham mavjud. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 25 ta asari hozirgacha topilgan emas.
Mahmud Zamaxshariyning ilmiy merosiga bo‘lgan qiziqish XIX asr oxirlaridan boshlab kuchaydi. Vatandoshimizning ijodi bilan rus sharqshunoslari V.V.Bartold, I.Y.Krachkovskiy, A.A.Borovkov, A.Krimskiy, V.L.Viatkin; g‘arb olimlaridan K.Brokkelman, Biensing, Goldsiyer, Vtshtyyen, Poppe, Nyoldeke, Rayd, Zayonchikovskiy shug‘ullanganlar. Lekin bu tatqiqotlardan birontasida “Al Unmuzaj fi-n-naxf” maxsus talqin etilmagan.
Arab olimlaridan Jurji Zaydon, Ahmad Muhammad al-Xufiy, Ali al-Bajoviy, Baxija Boqir al-Xusniy, Muhammad Abul Fazl Ibrohim, Xusni Abdujalil Yusuf, Ibrohim as-Samaroiy, Muhammad Bosil Uyyun as-Sud va boshqalar alloma ijodini har tomonlama o‘rganishga harakat qilganlar va qilmoqdalar. Alloma ijodiga bo‘lgan bunday qiziqishni biz uning meros qilib qoldirgan umrboqiy asarlardan deb bilamiz.
Bibliografik manbalarda Mahmud Zamaxshariy nomiga ikki taxallus: “al-lug‘aviy” va “an-nahviy” so‘zlari qo‘shib yozilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu nomlarning birinchisi “tilshunos”, ikkinchisi “grammatik”, ya’ni “grammatika mutaxassisi” ma’nolarini anglatadi. Binobarin, Zamaxshariy tilshunoslik, lug‘atshunoslik, grammatika kabi sohalar rivojiga ulkan hissa qo‘shgani sabab bu fanlar bilan bog‘liq taxalluslar uning nomiga qo‘shib zikr etiladigan bo‘ldi. Zero, shu paytgacha ba’zilarining faqat nomi, ba’zilarining esa qo‘lyozmasi topilgan alloma qalamiga mansub 72 asarning orasida tilshunoslik va grammatikaga oid asarlar salmoqli o‘rin egallaydi. Allomaning mazkur sohada erishgan muvaffaqiyati uning tilshunoslikdan boshqa sohalarda ham go‘zal asarlar bitishida muhim omil bo‘ldi, deyishga to‘la asos bor.
Download 43.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling