5-mavzu: Rivojlangan o‘rta asrlardavlatchiligi va boshqaruvi
Download 10.36 Kb.
|
Saljuqiylar
5-MAVZU: Rivojlangan o‘rta asrlardavlatchiligi va boshqaruvi 4-mashg‘ulot 1. Saljuqiylar davlatining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 2. Saljuqiylar va Xorazmning siyosiy munosabatlari. 3. Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi. O‘z davlatini barpo etgan ko‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar sulolasi turkiy o‘g‘uz qavmining qiniq urug‘i yoki qabilasidan chiqqan bo‘lib, hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududlariga to‘g‘ri keluvchi Sirdaryoning o‘rta oqimidan Talas vodiysigacha, Sirdaryoning qo‘yi oqimlarida ko‘chib yuruvchi etnik guruhlar bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu sulolaning paydo bo‘lishi qiniq qabilasi vakili bo‘lgan Saljuq nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u X asrning o‘rtalarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usining xizmatida bo‘lib, yirik harbiy unvon – «Suboshi» unvoniga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy «Saljuq Su-boshi» deya ma’lumot beradi. X asrning 61-62-yillarida o‘g‘o‘zlar Yabg‘usi bilan kelisholmaslik tufayli (musulmon dinini qabul qilish va qilmaslik masalasida) qiniq qabilasi ajralib ketib, ularning bir qismi Sirdarѐning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi cho‘llarda, Nurota tog‘lariga kelib o‘rnashadilar. XI asrning boshlaridan boshlab qiniq qabilalarining o‘troqlashuv jaraѐnlari kuchayib boradi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1025 yilda Movarounnahrdagi Saljuqning nabiralari Mahmud Gʻaznaviyga murojaat qilib Shimoliy Xurosonga ko‘chishni (4000 oila) so‘raydilar. Mahmud Gʻaznaviyning ruxsati bilan shu yili Saljuqning nabiralari boshliq qiniq qabilalari Saraxs, Farova va Obivard atroflariga joylashib, bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siѐsiy haѐtga tezda aralashib ketadilar. Voqealarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Saljuqiylar bilan Gʻaznaviylar o‘rtasidagi munosabatlar yildan-yilga jiddiylashib, oxir oqibat yuqorida eslatilgan Dandanakon jangi kelib chiqdi. Bu jangdan so‘ng Saljuqning nabirasi Tog‘rulbek Xurosonning hukmdori deb e’lon qilindi hamda siyosiy tarixda, Gʻarbiy Osiѐda Saljuqiylar sulolasi rasman tashkil topdi. XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiѐga harbiy yurishlar uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan davri bo‘ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi O‘zgand bo‘lgan Farg‘ona ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan so‘ng 1118 yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bo‘ldi. A. Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi. Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, yer-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan. Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), said ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan. Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi: Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor; Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullanuvchi amaldor; Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi amaldor; Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor; Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan. Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo‘lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu xonadonga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar quyidagilar bo‘lgan: Devoni tug‘ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi; Devoni istifo (moliya devoni) – davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan. Bu devonning xizmatchilari dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog‘ida bo‘lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarni ham nazorat qilganlar; Devoni ishrof (davlat nazorati) – moliya-soliq ishlarini nazorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli yer-suvlar, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozor mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borgan; Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot, harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot, harbiylar ko‘rigini tashkil etish kabi vazifalarini bajargan. Shahzodalar va malikalar ham o‘z vazirlariga ega edilar. Download 10.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling