Xayr bogcha-salom maktab” yozuvlari aks ettirilgan. Atroflariga gullar qo‘yilgan. Bolalar sahnaga qo‘llarida gul va bayroqchalar bilan “ Alifbe “ musiqiy-qo‘shiq fonogrammasiga kirib keladilar.
So‘ng “ O‘zbekiston Davlat Madhiyasini tinglaydilar.
Boshlovchi: Qimmatli bolalar, hurmatli mexmonlar! Bugun bizning bog‘chamizda katta tantana. Biz bog‘chamizning navbatdagi qaldirg‘ochlarini maktab bo‘sag‘asiga kuzatyapmiz!
Tanishing bogchamizning bitiruvchisi ............................................................(deb maktabga boriladigan bolalarning ismi familiyasi tantanali ukiladi, familiya va ismi o‘qilgan bolalar bir kadam oldinga chikib sung yana o‘z joylariga turib oladilar).
YUzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona
Bir qo‘lingda sumka bor, biridachi guldasta.
Oylar o‘tar yil o‘tar, ulg‘ayasan bir kun sen.
Seni kutar koinot , kutadi qahramon el.
Qaldirg‘ochdek qanot qoqib uchyapsan,
Osmonlarni shahding bilan quchyapsan.
Kelajakda bilim olgin bo‘l olim,
Sening bilan yashnab tursin bu olam .
Endi bayramimizni ochib berish uchun so‘zni bog‘chamiz mudirasiga beramiz.
1 Bola: Hurmatli ota - onalar va mehmonlar, bog‘cha xodimlariyu, jajji ukajonlar, qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yigilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.
2 Bola: To‘g‘ri_______________________, bugungi kun hech kimning yodidan chiqmayd chunki go‘daklik chog‘imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o‘rgatgan
Hamma: mo‘‘tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
Ikkala Bola: Nima uchun bugun biz, quvnoq bayram qilamiz.
CHunki tez kun ichida , biz maktabga boramiz.
Bola: Bultur edim oltida , yoshim etmay qoldi-da,
O‘qishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil to‘ldim ettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men o‘qishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr
Do'stlaringiz bilan baham: |