Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari. Reja: Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya va sport


Halqaro olinpiyada yarakati ta’sis etilishi


Download 17.34 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi17.34 Kb.
#213898
1   2   3
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari

Halqaro olinpiyada yarakati ta’sis etilishi.

1925-yilning fevralida Buxoro shahrida O'zbekiston KPning I syezdi bo'lib o'tdi. Syezdda O'zbekiston KP sobiq Ittifoqning jangovar otryadlaridan biri sifatida uzil-kesil tashkil topdi. Syezd yosh respublika xo'jalik va madaniy qurilish ishlari dasturini har tomon-lama muhokama qildi va uni belgilab berdi. Mahalliy millat yoshlari o'rtasida harbiy xizmatga chaqirilish tayyorgarligi boshlanib ketgani munosabati bilan syezd ,,ishchi va dehqon" yoshlar o'rtasida harbiy xizmatga Jismoniy tarbiyani joriy qilishni zarur deb topdi.

Partiya Markaziy Komitetining 1925-yil 13-iyuldagi ,,Partiyaning fizkultura sohasidagi vazifalari to'g'risida"gi Qarorning ahamiyati juda katta bo'ldi. Bu qaror butun mamlakatda Jismoniy tarbiya harakati taraqqiyoti tarixida alohida o'rin tutadi. Unda Jismoniy tarbiya omma-ning sog'lomlashtirishini ajralmas qismi bo'lib qolishi, tegishli ijti-moiy va davlat tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining umumiy rejasiga kiritilishi zarur degan izohni o'qiymiz. Partiya Markaziy Komiteti „ milliy respublikalar tub aholisi a 'rtasida Jismoniy tarbiyani yo'lga qo'yishga alohida e'tibor berish zarur", deb topdi. Bu bilan Markaziy Komitet sobiq chor Rossiyasining chekka o'lkalaridagi xalqlarning feodal mustamlakachilik o'tmishidan Jismoniy tarbiya­ning rolini alohida qayd etdi.

O'zbekiston Kompartiyasining 1925-yil noyabrda bo'lib o'tgan 11 syezdi BKP(b) Markaziy Komitetining ana shu qaroriga amal qilib, yoshlar oldiga Jismoniy tarbiya masalalarini yanada keskin vazifa qilib quydi. Ana shu 1925-yil 13-iyuldagi qarordan keyin respublikada fut-bol, yengil atletika, qo 7 to 'pi, basketbol, voleybol, gimnastika qatori kurash, uloq, poyga va boshqa milliy sport turlari ham jadal sur'atlar bilan rivojlana boshladi.

O'zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilarni soni yildan yilga ortib, sport inshootlari - stadionlar, sport may-donchalari, zallar asta-sekin ko'paya bordi. Shu bilan birga respub-likadagi zavod, fabrikalarda Jismoniy tarbiya va sport borgan sari ko'proq joriy qilina boshlandi. O'zbekistonning eng yaxshi fizkultu-rachilari va sportchilaridan yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun toshkentliklardan birinchi bo'lib E.Putsillo, M.Koshoxova, M.Zemin va boshqa ko'pgina fizkulturachilar Moskva Jismoniy tarbiya institu-tini tamomlab kelib, O'zbekistonda ishlay boshladilar.

Malakali kadrlar yetishmasligi respublikada jismoniy tarbiya harakatiga to'sqinlik qilar edi, ayniqsa, bu viloyatlarda ko'proq sezi-lib turadi. Shuni hisobiga olgan holda, viloyat fizkultura kengashlari sportining ayrim turlaridan instrkutorlar tayyorlaydigan kurslar tashkil , qilish boshlandi. Chunonchi, 1925-yil yoz mavsumi oldidan Qo'qon, Buxoro, Samarqahd, Andijon shaharlarida instruktorlar tayyorlab beradigan kurslar tashkil qilindi.

1925-yildan boshlab, Toshkentdagi stadionlarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish maqsadida keng tashviqot-targ'ibot ishlari o'tkaziladigan bo'ldi. Katta futbol maydonida fizkulturachilar ishtirokida uyushtiriladigan ,,jonli shaxmat" o'yinlari ana shunday tad-birlarga kiradi. Sunday o'yinlarda fizkulturachilar rux, ot, piyoda va boshqa shaxmat donalari bo'lib harakat qilardi. Bunday uchrashuvlarda Freytman, A.Xo'jayev kabi taniqli shaxmatchilar qatnashardilar.

Shu bilan birga, O'zbeksitonda bir qator ommaviy jismoniy tar­biya bayramlari o'tkazildi. Masalan, 1925-yilda Toshkentda kasaba uyushmalarini fizkultura va sport ishlariga jalb etish maqsadida kasaba uyushmalararo fizkultura bayrami o'tkazildi. Respublikaning boshqa birqancha shaharlarida ham fizkultura bayramlari bo'lib o'tdi. Mahalliy aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ul-lanuvchilar soni tobora ko'payib bordi. Masalan, Qo'qon shaharida tuzilgan ,,Musulmonlar" futbol komandasi o'yinchilari barchasi yerli millat sportchilaridan iborat edi. 1925-yilda bu komanda Toshkent va respublikadagi boshqa shaharlirning komandalari bilan o'tkazilgan shaharlararo musobaqalarida qatnashdi. Sportning milliy turlari yana rivoj topdi.

Asosiy adabiyotlar:

1. Xо‘jayev P. Meliyev P.Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi T. Moliya 2011 y 109 – 120 betlar

2. Xо‘jayev P. Meliyev Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi.1993 y. 58 – 65 betlar.



3. Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T. “О‘qituvchi” 1993 y.

Qo’shimcha adabiyotlar:

2.Xoldorov T. Nurmatov F. Yunusova D. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T. 2013 y. 11 – 12 betlar.
Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling