8.Pediatriyada muomala odobi.
Darhaqiqat, bu soha mutaxassislari:
Hali tilga kirmagan, so'zlay olsa-da, xastalik belgilarini to'g'ri bayon qilib bera
olmaydigan; ozroq ma'lumot bera olsa ham «begona», «oq xalatli» insonlar bilan
gaplashishdan bosh tortadigan, betinim yig'laydigan, hech narsaga ovunmaydigan bolalar
bilan muomala qilishga majbur bo'ladi(28- rasm).
Bola tinmay yig'lab, pediatr ko'rigiga xalaqit berishi mumkin. Lekin shifokor bu
holatda asabiylashmasligi, sovuqqonlik bilan avval ona bilan savol-javob qilishi, so'ng
bolani tekshira boshlashi kerak. Yosh onaning hayot tajribalari oz va ruhiyatining nozik
ekanini hisobga olgan ravishda tashxisni yumshoqroq, kishi cho'chib ketmaydigan shaklda
aytgani ma'qul.
Bolalarni operatsiyaga tayyorlashda ularga tushunarli tilda gapirish kerak.
Pediatr kichik bemorlar bilan muomalada quyidagi tamoyillarni hisobga olishi talab
etiladi:
-
Tinch, sokin, muloyim, qat'iy gapirish;
-
Yoshni hisobga olib, o'tkaziladigan muolajalarni tushuntirish;
-
Bola uchun (imkon qadar) tushunarsiz so'zlarni ishlatmaslik;
-
Bola biron muolaja (operatsiya)da cho'chiganda boshqa bolalar misolida
tinchlantirish kerak.
Demak, pediatr - donolar aytgandek, farzandlarga katta hurmat, ehtirom bilan
munosabatda bolish lozimligini yodda saqlagani maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |