Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"


  Miokard    infarkti    bilan  og'rigan  bemorga  beriladigan  savol    va


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/128
Sana02.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#184800
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (1)

10.  Miokard    infarkti    bilan  og'rigan  bemorga  beriladigan  savol    va  
maslahatlar: 
1. 
Ko'kragingizning to'sh suyagi orqasida  paydo bo'ladigan stenokardiya huruji 
oxirgi paytda tez tez qaytalayaptimi? - Ha, - Yo'q. 
2. 
Chap  qo'lga,  chap  kurak  ostiga  uzatiladigan  og'riqlar  keyingi  vaqtda 
ko'paydimi? -Ha, - Yo'q. 
3. 
Biroz  jismoniy  harakat  qilganingizda  yoki  kechalari  to'sh  suyagi  atrofida 
og'irlik, og'riq yoki kuyish holatini sezadigan bo'lib qoldingizmi? - Ha, - Yo'q. 
4. 
Yengil  jismoniy  harakat  qilgan  paytingizda  yoki  tinch  holatda  nafas 
olishingiz tezlashib ketadimi? - Ha, - Yo'q. 
5. 
Sigaret chekasizmi? - Ha, - Yo'q. 
6. 
Agar  chekuvchi  bo'lsangiz,  kuniga  10  ta  yoki  undan  ko'proq  sigaret 
chekasizmi? - Ha, - Yo'q. 
7. 
Kayfiyatingiz  (asabingiz)  doimo  buzuq  (stress)  holatda  yurasizmi?  -  Ha,  - 
Yo'q. 
8. 
Qon bosimingiz odatda baland bo'ladimi? - Ha, - Yo'q. 
9. 
Biroz  harakatdan  so'ng  yuragingiz  urushi  tezlashadimi  yoki  noteks  ura 
boshlaydimi? - Ha, - Yo q. 
10. Tez uyquga keta olmay qiynalasizmi, yomon uxlaysizmi? -Ha,-Yo'q. 
11. 
Oyoq-qo'llaringiz har zamonda sovib yoki namlanib qoladimi? - Ha, Yo'q. 
Ushbu  savollarga  olingan    tasdiq  yoki  inkor  javobga  qarab  shifokor,  hamshira 
bemorning yurak kasalligi haqida o'z tashxisini qo'ya oladi va foydali maslahatini beradi. 
Masalan,  ko'proq  «yo'q»  degan  javobni  bergan  bemorga  yuragingizga  jiddiy  tahdid 
qiluvchi  omillar  yo'q,  deydi.  Faqat  ko'proq  harakat  qilish,  ovqatlanish  tartibini  saqlash, 
semirib ketmaslik, stress va chekishdan uzoqroq bo'lishini tavsiya qiladi. 
Agar  «ha»  degan  javob  ko'p  uchrasa,  bunday  bemorga  shifokorning  tashxisi  va 
maslahati quyidagicha bo'ladi: 
-  Sizda  miokard  infarkti  kasalligiga  moyillik  bor.  Shuning  uchun  kardiolog  bilan 
maslahat qilishingizni tavsiya qilardim. Har qalay, yuragingizni elektrokardiogrammasini 


oldiring.  Ovqatingizdagi  achchiq,  yog'li  va  go'shtni  cheklang,  chekishni  tashlang.  Qon 
bosimingizni tez-tez o'lchatib turganingiz ma'qul. Shu maslahatlarimizni bajarsangiz, og'ir 
yurak kasalligini oldini olishingiz mumkin. 
Nazorat savollari: 
1. 
Turli xastalliklarda muloqotning o‘ziga xosligi sababi nima? 
2. 
 Ruhiy bemorlar bilan muloqotning o‘ziga xosligi nimada? 
3. 
O'limi  tez  orada  muqarrar  bemorlar  bilan  muloqotning  asosiy  amal 
qilinadigan jixatlari qaysilar? 
4. 
Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlar bilan muloqotda nimalarga 
rioya qilish kerak? 
5. 
Jarrohlik  bo'limidagi  bemoriar  bilan  muloqotda  nimalarga  axamiyat 
berish kerak? 
6. 
Ginekologiya va tug'ruq bo'limidagi bemorlarbilan muloqotning o‘ziga 
xosligi. 
7. 
Pediatriya bemorlari va onalari bilan muomala odobi. 
8. 
Bemor qarindoshlari bilan muloqot qoidalari. 
Miokard  infarkti  bilan og'rigan bemorga qanday savol  va  maslahatlar berish mumkin 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling