Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"
Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
tibbiyot kasbiga kirish (1)
5.Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot.
Bemor o'zining yuqumli kasal bilan og'riganidan xabar topgan zahoti ruhan tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba'zilari uzoq muddat davolanadi (masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba'zan qat'iy, davomli parhezning talab etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo'yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar). Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta'sirida o'zgarib boradi. Ular o'ta asabiy, xudbin (egosentrik) bo'lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan «qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo'yadi. Sil bilan og'rigan bemorlar oylab stasionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot xodimlari e'tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o'tkazib turishlari, ulardan oshkora qochmasliklari kerak. Teri-tanosil kasalliklarida bemor o'zidagi teri o'zgarishlarini yashirishga harakat qilib, jismidagi doimiy noqulaylikni his etib yashaydi. Zahm tashxisini eshitgan bemor depressiyaga uchraydi va joniga qasd qilish (ya'ni- suitsid) fikri tug'iladi. Bunday damlarda shifokor bosiqlik bilan kasallikni davolash mumkinligini tnshuntirishi kerak.Amaliyotda zahm, so'zak (gonoreya) yoki trixomonoz bilan og'rigan kasallar davolanishdan bosh tortgan hollar uchrab turadi. Albatta, bunday paytda ushbu kasallik bilan og'rigan bemorlar zudlik bilan majburiy davolanishga jo'natiladi. Bu vazifa huquqni muhofaza qilish organlari yordamida amalga oshiriladi. Demak, shifokor yuqorida qayd qilingan kasalliklarga mubtalo bo'lgan bemorlarni davolash jarayonida ularning ruhiyatidagi o'zgarishlarni va bu kasalliklarning xususiyatlarini e'tiborga olgan holda har bir bemor bilan alohida muloqot o'rnatishi durust bo'ladi. Dizenteriya, virusli gepatit, meningit kasalliklarida shifokor o'ziga xos deontologik yondoshmog'i kerak. Bemorga, bunday paytda zudlik bilan kasalxonada davolanishi kerakligi, aks holda turli asoratlar muqarrarligini, izolyatsiya qilinmasa, oilaning boshqa a'zolariga yuqish xavfi borligi tushuntirilishi kerak. Ko'pincha aholi o'rtasida ―o'zim tuzalib ketaman‖, degan noto'g'ri fikr yuradi. Xulosa qilib aytish kerak, yuqumli kasalliklar deontologiyasi bemorlarning nozik ruhiyatlari xususiyati bilan bog'liq. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling