Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi "tasdiqlayman"


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/128
Sana02.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#184800
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (1)

ISITGICHLAR (GRELKALAR) 
Nazariy tushuncha. Isitgichlar yalig‘lanish jarayonlarning surish, tanani isitish va 
og‘riqni qoldirish maqsadida qo‘llaniladi. 
Isitgichlarni qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yalig‘lanish kasalliklarida, qon 
ketganda, o‘smalar, lat yeganda va jaroxatlanganda qo‘yish mumkin emas. 
Ishdan maqsad. Isitgichlarni qo‘llash bo‘yicha malakalar orttirish. 
Zarur jixozlarIsitgich, qaynatilgan suv, sochiq yoki choyshab. 
Isitgichlar rezinali va elektr toki bilan ishlaydigan isitgichlar bo‘lishi 
mumkin. 
Rezina isitgich sig‘imi 1-1,5 l, tiqini zich beqiladigan rezinadan 
tayyorlangan idishdir. 
Elektr isitgichning issiqlik darajasi reostat bilan boshqariladi. Regulyatori 
shnurning yostikcha bilan tutashgan joyida bo‘ladi. 
MUZLI XALTACHA 
Nazariy tushuncha. Muzli xaltacha lat yeganda, qon ketganda, o‘tkir yalig‘lanish 
jarayonlarining boshlang‘ich davrida, xasharotlar chaqqanda qo‘yiladi. 


Ishdan maqsad. Muzli xaltachani qo‘llash usulini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy 
ko‘nikma hosil qilish. 
Zarur jixozlar: Muzli xaltacha, muz bo‘laklari, sochiq yoki choyshab. 
Ishni bajarish tartibi. Muz mayda bo‘laklarga bo‘linadi va xaltachaning 
yarmigacha muz bilan to‘ldiriladi, siqib havosi chiqariladi so‘ngra tiqin yaxshilab 
zich qilib berkitiladi. Terini ortiqcha sovo‘tib yubormaslik uchun muzli xaltachani 
sochiq yoki choyshabga o‘rab kerakli soxaga qo‘yiladi. Xaltacha ho‘l bo‘lsa uni 
artish kerak. Muz erib, suvga aylansa to‘qib tashlanadi va yangi muz bo‘laklari 
solinadi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling