Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari Ulug‗ mutafakkir Ibn Sino 280 dan ko‗p asarlar yozgan, ular


Download 14.74 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.74 Kb.
#259136
Bog'liq
Документ (30)


Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari

Ulug‗ mutafakkir Ibn Sino 280 dan ko‗p asarlar yozgan, ular

tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa

sohalarga bag‗ishlangan.

Ibn Sinoning inson ehtiyojlari, mehnat va uning moddiy ishlab

chiqarishdagi roli to‗g‗risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha:

«Hayvon tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne‘matlari

kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi.

Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o‗zlashtiradi,

inson esa o‗z mehnati bilan o‗ziga ovqat,

kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda

inson dehqonchilik bilan shug‗ullanishi kerak.

Hayvonlar garchi poda bo‗lib yashasalar ham

yolg‗iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda

o‗zlari uchun barcha yashash vositalarini topa

olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot

va o‗zaro yordamga muhtoj bo‗ladilar».

Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy

muammolarini tadqiq qiladi. U jamiyatning

amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb

hisoblaydi.

«Odamning

o„z

quvvatini



saqlashga va oziq-ovqatga bo„lgan ehtiyoji, –

deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar

o„rganishga undaydi».

O‗rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‗lovchi yirik moddiy-

madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab

chaqirim

uzoqlikdagi

davlatlar,

xalqlar

o‗rtasidagi iqtisodiy

munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi

tovarlarga bo‗lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi

bilmay turib, uzoq va xatarli yo‗lga chiqish mumkinmidi, katta

karvonlarni tog‗u toshlardan, qumu cho‗llardan olib o‗tish osonmidi,

buning uchun ma‘lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‗rish kerak

bo‗ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima

olib qaytish, karvon yo‗lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi

bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr),

geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‗pgina fanlar

rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg‗oniy, Ibn

Sino, Ibn Ro‗shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‗plab

Abu Ali Ibn Sino

(980–1037)

52


mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy

g‗oyalar ham o‗z aksini topgan. Sharq uyg‗onishi davrida yashab ijod

qilgan olimlar o‗z asarlarida shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini

bayon etganlar. Ularning ko‗plari hozirgi kunda ham o‗z ahamiyatini

saqlab kelmoqda.

Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat

miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‗g‗risida ham fikr yuritadi.

Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‗lish ehtimolini hisobga

olib, unga mablag‗ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga

erishishi zarur.

Ibn Sino ideal davlat to‗g‗risida fikr yuritib, uni quyidagicha

tavsiflab beradi:

1) hamma o‗z foydasini ko‗zlab mehnat qilishi kerak;

2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi

kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‗allik bo‗lmasin;

3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug‗ullanishi va halol savdo

qilishi sababli urushadigan odamlar bo‗lmaydi va urushlar tugatiladi,

davlatlar o‗rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‗l bilan hal etiladi;

4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‗ladi,

shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‗lmaydilar, quvnoq

ashula va musiqani yaxshi ko‗radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.

Ibn Sinoning ideal davlat to‗g‗risidagi qarashlari Platonning

«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning

«Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‗g‗risida traktat»ida aytilgan



fikrlariga ko‗p jihatdan o‗xshab ketadi.
Download 14.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling