Abu Hafsi Kabir


Download 31.23 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi31.23 Kb.
#1459946
  1   2   3
Bog'liq
Abu Hafsi Kabir


Abu Hafsi Kabir (767 – Buxoro – 832) – islom olamining fikhshunos olimi. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Buxorodan Bagʻdodga borib, imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (804 yil v.e.)ga shogird tushgan. Abu Hafsi Kabir fiqh boʻyicha mashhur boʻlgan. Oʻgʻli Abu Abdulloh ham islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi Kabir, oʻgʻlini Abu Hafsi Sagʻir deb ataganlar. Islom olamining islom qonunshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim boʻlgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati bilan Buxoro „Qubbat ul-islom“ – „Islom dinining gumbazi“ unvonini olgan. Abu Hafsi Kabir fiqhning turli masalalari yoritilgan „Al-Ahvoʻ-val-ixtilof“ („Havoyi gaplar va kelish-movchiliklar“), „Ar-raddu alal-Laf-ziyya“ („Yuzaki qarovchilarga raddiya“) kitoblarining muallifidir. Abu Hafsning oʻziga „Kabir Buxoriy“ – „Buxoriylarning kattasi“ va „Hojatbaror imom“ degan unvonlar berilgan, oʻgʻli Abu Abdulloh (Abu Hafs Sagʻir Buxoriy; 877 yil) ham otasi singari fiqh ilmida peshqadam boʻlgan. Abu Hafsi Kabir Buxorodagi Darvozai nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, „Haqrah“ („Haq yoʻl“) va Xoja Imom Abu Hafs deb ataganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida uning qabri va atrofidagi meʼmoriy yodgorliklar buzib tashlangan.[1]

* * *
“Abu Hafs Kabir” kunyasi bilan tanilgan Ahmad ibn Hafs Buxoriy 150 hijriy (767 milodiy) yili Buxoro shahrining Fagsodara mahallasida tug‘ilib, 216 hijriy (832 milodiy) yili o‘sha yerda vafot etgan.


Ahmad ibn Hafs ilm izlab Bag‘dodga boradi. U yerda Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy bilan uchrashadi va undan dars ola boshlaydi. Hanafiy mazhabi fiqhini o‘rganib, boshqa diniy ilmlarda ham kamolga yetganidan keyin Buxoroga qaytib keladi. U Buxoroning yetuk olimlari jumlasidan edi. Buxoro shu kishi tufayli “Qubbat-ul Islom” (“Islom dini gumbazi”) deb atalgan. Buxoro ahlining ilmli bo‘lishiga, Buxoroda ilm keng tarqalishiga ko‘p jihatdan shu kishi sabab bo‘lgan. Sam’oniyning aytishicha, Abu Hafs Kabir ko‘plab faqihlarni tarbiyalab yetishtirgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi fiqhining Movarounnahrda tarqalishida qancha jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, uning o‘g‘li Abdullohning ham bu borada xizmati katta bo‘lgan. Shuning uchun ham Abdullohni “Abu Hafs Sag‘ir”, ya’ni “Kichik Abu Hafs” deb atashgan.
Narshaxiy aytishicha, hojilar karvonidan bir kishi Abu Hafs Kabirni yoniga kelib, masala so‘ragan ekan. Abu Hafs Kabir hayratlanib: «“O‘zing-ku Iroqdan kelyapsan, nima uchun Iroq olimlaridan so‘ramading?” debdi, U kishi: “Bu masalada Iroq olimlari bilan munozara qildim, lekin javob bera olishmadi va menga “Buxoroga borib, Abu Hafs Kabir yoki uning farzandlaridan so‘ra, ular javob bera oladi”, deb aytishdi», dedi.
Imom Abu Hafs Kabir bir kecha-kunduzda Qur’on karimni ikki marta xatm qilar, odamlarga dars ham berar edi. Keksayib zaiflashgach, bir marta xatm qiladigan bo‘ldi. Yana ham zaiflashib qolgach, to dunyodan o‘tguniga qadar, bir kecha-kunduzda Kalomullohning yarmini o‘qiydigan bo‘ldi. Alloh taolo u zotni rahmati va rizosiga g‘arq etsin!
Olim fiqhning turli masalalariga doir ko‘p asarlar yozgan. Bulardan “Fatavoi Abu Hafs Kabir”, “Kitabul imon” ayniqsa mashhur bo‘lgan. Abdulkarim Sam’oniy aytishicha, Abu Amr Ahmad ibn Abu Bakr al-Xuzoiy al-Moxiy: “Men Abu Hafs Kabirning “Kitabul imon” kitoblaridan ta’lim olganman”, degan. Abu Hafs Kabirning fiqhga doir turli masalalar yoritilgan “Al-Ahvo’ val ixtilof” (“Havoiy gaplar va kelishmovchiliklar”), “Ar-Raddu alal lafziya” (“Yuzaki qarovchilarga raddiya”) kabi asarlari ham bor.
Imom Shofi’iy Abu Hanifa ta’riflarida “Odamlar fiqhda u zotning boqimandalaridir” deganlaridek, Buxoroning barcha olimlari ham Abu Hafs Kabir oldilarida qarzdordirlar. Chunki buyuk muhaddis, hadis ilmining peshvosi Imom Buxoriy u kishining shogirdi bo‘lgan. Buxoroning aksar olimlari Abu Hafsdan tahsil olishgan.
Abu Hafs Kabir, amir bo‘ladimi, oddiy fuqaro bo‘ladimi, qanday muammo bilan kelsa, hal qilib berar edi. Oldi-sotdi yoki ibodat masalalarini juda aniqlik bilan yechardi. Shu bois odamlar olimni “Hojatbaror imom” deb hurmatlashgan.
Rivoyat qilishlaricha, Imom Abu Hafs Kabir Buxoroda hanafiy mazhabi asosida ta’lim beriladigan ilk madrasani qurdirgan. Bu madrasa hozirgi “Poyi Kalon” mavzeida bo‘lgan. Alloma uylaridan madrasaga borishda bozor orqali o‘tardilar. Shunda haybatlaridan bozorchilarning shovqin-suroni to‘xtab qolardi.
Abu Hafs Kabirning ilmda zabardast o‘nlab shogirdi bo‘lgan. Ulardan Abu Ja’far Rizvon ibn Salim Badakoriy Buxoroning Badakor qishlog‘idan edi. Yana shogirdlaridan Abul Hasan Muqotil ibn Said Baydariy, Abu Solih Toyyib ibn Muqotil Xunomatiy, Muhammad ibn Hotam Subizgukiy, Muhammad ibn Abdullo Abu Zahhok Fazl ibn Hasson Sutikaniy, Abu Usmon Said ibn Sulaymon Shargiy, bu kishining otasi Abu Said Sulaymon ibn Dovud Shargiy ham Abu Hafs Kabirdan ta’lim olgan.
Imom Abu Hafs Kabir zamonasining mujaddid olimi sifatida tan olingan. Bu zotning bizgacha yetib kelgan noyob asarlari bundan keyin ham musulmonlarga xizmat qilishi shubhasiz.


Download 31.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling