Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriy shogird, ham safdoshi 103-b guruh Sidiqov Ilhom
Download 1.14 Mb.
|
Sharq allomalari q11111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. At – Termiziyning hadisshunos alloma bo‘lib yetishishi.
Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan.U yoshligidan aql-idrokli, utkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, aynik,sa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis tuplamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in baxslarda qatnashgan. Usha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar davrasida ilm baxs munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi.Usha paytda Nishopur musulmon Sharqddagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko‘p mashhur olimlar shu shaharda tuplangan edilar. Shu bilan birga al-Buxoriy ham at-Termiziyning bilimini yuqori Bahrlab: «Men sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqrok», deb unga nisbatan chuqur xurmatini bildirgan. At-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri davomida xurmatlab, unga samimiy sadokatda bo‘lgan. Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zaxabiyning (1274—1374) «Tazkirat ul-Xufoz» («Xofizlar haqida tazkira») nomli asarida yozishicha Termiziy o‘zustozining vafoti tufayli qattiq kayg‘uga botib «ko‘p yig‘laganidan xatto ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolib, o‘zok, yillar ko‘zi ojiz xolda yashadi». Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al-jome’ as-saxix» «Al-adab al-mufrad» «At-ta’rix as-sagiy» «At-ta’rix al-avsot» «At-ta’rix al-kabir» «Kitob al-ilal» «Barr ul-volidayn» «Asomi us-sahoba» «Kitob al-kuna» 3. At – Termiziyning hadisshunos alloma bo‘lib yetishishi.Jaxonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri — mashhur muxaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Daxxok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib kolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atal-gan) at-Termiziy bo‘lib, u xijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat bulmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida utib, dastlabki ma’lumotni ham shu sha-harda olgan. Chunonchi, yozma manbalar, tarixiy osori-atiqalardanBuxoro, Samarkand singari ilm-fan va madaniyati rivojlangan shaharlardan biri bo‘lganMana shunday madaniy muxitda usgan at-Termiziy yoshligidan turli ilmlarni egallashga zo‘r kizikish bi -lan intilgan. U o‘zok, yillar Irokda, Isfaxon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Ko‘p yillar davom etgan safarlari chogida at-Termiziy ilm-fanning turli sohalaridan — ilm al-kiroat, ilm al-bayon, fiqh, tarih ayniqsa, o‘zi yoshligidan kiziqqan hadis ilmidan o‘z davrining yirik olimlari — mashhur muxaddislari-dan ta’lim oladi. Uning ustozlaridan imom al-Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Davud, Kutayba ibn Sa’iyd, Is’hok ibn Muso, Maxmud ibn Raylon va boshqa mashhur muxaddislarni ko‘rsatish mumkin. O‘z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida at-Termiziy bir qancha asarlar yaratdiki, ularning aksariyat kismi bevosita hadislarga bag‘ishlangan. Paygambar Muhammad alayxissalomning aytgan ibratomo‘z pand-nasixatlar, diniy, axlokiy masalalarga doir qarashlari, ko‘rsatmalari hamda paygambar alayxissalom faoliyati xususida sahobalari, yaqin safdoshlari aytgan xikoyat va rivoyatlari — hadislarni tuplash keng ko‘lamda avj olgan. Shunga ko‘ra, islom ta’limotida hadislar Kur’ondan keyin turadigan muhim manbalar hisoblanadi. Islom ulamolari O‘rtasida ilk davrdan boshlab hadislarning to‘g‘riligi, ularni ishonchli manbalarga asoslanishiga katta e’tibor berilgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling